„D avlat ijtimoiy sug‘urta bo'yicha
nafaqalar tayinlash va
toMash tartibi to ‘g‘risidagi N izom “ga muvofiq homiladorlik va
tug‘ish bo ‘yicha nafaqani tayinlash va to ‘lash uchun belgilangan
tartibda berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asos bo‘ladi.
H om iladorlikning 30 haftasigacha ro‘y bergan tug'uruqlar
chog‘ida homiladorlik va tug'ish bo'yicha mehnatga layoqatsizlik
varaqasi D PM tom o n id an tirik bola tug'ilgan hollarda 126
kalendar kuniga beriladi, bolaning o ‘lik tug'ilishi yoki
bolaning
tu g 'u ru q sodir boMgandan keyin dastlabki 168 soat (7 kun)
davomida vafot etishi hollarida esa mehnatga
layoqatsizlik varaqasi
70 kalendar kuniga beriladi.
Onaning tug‘uruq chog‘ida yoki tug‘uruqdan keyingi davrda
vafot etishi hollarida qolgan kunlarga bo‘lgan mehnatga layoqat-
sizlik varaqasi yangi tug‘ilgan bolani parvarish qilishni amalga
oshirayotgan shaxsga beriladi.
Bevosita tug‘uruqxonadan yangi tug‘ilgan chaqaloqlami far-
zandlikka olgan yoki ularga vasiylik
qilishni zimmasiga olgan
shaxslaiga mehnatga layoqatsizlik varaqasi bola farzandlikka olingan
(vasiylik tayinlangan) kundan boshlab ellik olti kun
o ‘tgunga
qadar beriladi. Ikki yoki undan ortiq yangi tug‘ilgan
chaqa-
loqlarni farzandlikka olish (vasiylikning tayinlanishi) hollarida
mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki maMumotnoma bola tug‘ilgan
kunidan boshlab 70 kalendar kuniga beriladi.
Homilador ayol homiladorlik va tug‘ish ta'tilini rasmiylash-
tirish uchun o‘z vaqtida murojaat
qilmagan hollarda mehnatga
layoqatsizlik varaqasi, agar m urojaat qilish tu g ‘uruq kunidan
boshlab 6 oydan kechiktirmay amalga oshirilgan bo‘lsa, murojaat
qilish kunidan e'tiboran beriladi.
Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha berilgan vaqtincha mehnatga
layoqatsizlik varaqasi yo'qolgan hollarda nafaqa uning o ‘rniga
takroriy berilgan vaq tin ch a m ehnatga layoqatsizlik varaqasi
(dublikat) asosida beriladi.
Homiladorlik va tug‘ish bo'yicha nafaqa (shu jumladan, ho-
mila tushgan hollarda) vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasida
ko‘rsatilgan barcha davr uchun toManadi.
Ishni vaqtinchalik to ‘xtatish yoki ishlab chiqarishdan ajral-
magan holda o ‘quv yurtlarida tahsil olish m unosabati bilan
berilgan qo‘shimcha ta'til davrida, homiladorlik va tug'ish bo'yicha
ta'til
berilgan holda, nafaqa ko‘rsatilgan davr tugagandan keyin
ayol ta'tilga chiqishi lozim boMgan kundan boshlab beriladi.
1 2 5
www.ziyouz.com kutubxonasi
Xodim yillik (asosiy va qo'shim cha) ta'tilda va bolani parva-
rishlash uchun ta'tilda bo ‘lgan vaqtda homiladorlik va tug‘ish
bo'yicha ta'til berilganda, nafaqa homiladorlik va tug'ish bo'yicha
ta'tilning vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasida ko‘rsatilgan
barcha kunlari uchun beriladi. Bolani parvarishlash bo'yicha ta'til
davri uchun nafaqa tarif stavkasidan (lavozim m aoshidan) va
ta'til boshlanishidan oldingi 12 oy mobaynida olingan mukofot-
laming o'rtacha oylik summasidan
hisoblab chiqariladi Bunda
vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi ochilgan kuniga bo‘lgan
tarif stavkasi joylarda belgilangan tum an koeffitsiyenti va usta-
malami hisobga olgan holda olinadi.
Ish haqi toMash to'xtatilib, ishdan (lavozimdan) chetlash-
tirish oqibatida ayol ishlamagan davrida homiladorlik va tug‘ish
bo‘yicha ta ’til uchun m ehnatga layoqatsizlik varaqasi berilgan
holda nafaqa to ‘lanmaydi. Agar homiladorlik va tug‘ish bo'yicha
ta'til ishga qo'yilgandan keyin ham davom etadigan bo‘lsa, nafaqa
u ishga chiqishi lozim b o ig an kundan boshlab beriladi.
Homiladorlik va tu g ish bo‘yicha nafaqa ish haqining 100
foizi miqdorida beriladi.
3.
Dostları ilə paylaş: