‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


Davlat ijtimoiy sug‘urta nafaqalarining turlari



Yüklə 65,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/65
tarix22.12.2023
ölçüsü65,93 Kb.
#190444
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   65
Ijtimoiy ta\'minot huquqi (Y.Tursunov)

12.3. Davlat ijtimoiy sug‘urta nafaqalarining turlari
I. 
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi
hozirgi paytda 
davlat ijtimoiy sug‘urtasi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi 
mablagMari hisobidan emas, balki 2007-yil l-yanvardan boshlab 
vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlarga nafaqa toMash bilan bogMiq 
xarajatlar:
117
www.ziyouz.com kutubxonasi


Budjet tashkilotlari tom onidan — mehnat haqi jamg'armasiga 
ajratiladigan budjet mablag'lari doirasida;
xo'jalik yurituvchi subyektlar tom onidan — foyda solig'ini 
hisoblashda mazkur xarajatlar soliqqa tortiladigan bazadan chiqa- 
rib tashlangan holda shaxsiy m ab lag 'lari hisobidan am alga 
oshiriladi.
Mazkur nafaqani to ‘lash shartlari va tartiblari „Davlat ijti- 
moiy sug‘urtasi bo ‘yicha nafaqalar tayinlash va to'lash tartibi 
to‘g‘risidagi N izom “da belgilab berilgan. Shu sababli ushbu nafaqa 
turiga oid qoidalarni ko'rib chiqamiz.
„V aqtincha m ehnatga qobiliyatsizlik“ tushunchasi qonun 
hujjatlarida keng m a'noda talqin etiladi va kasallik yoki jarohat 
olish tufayli m eh n atg a b o ‘lgan layoqat v a q tin c h a y o ‘qolib 
qolishidan boshqa bir qator holatlami ham o ‘z ichiga oladi.
„Davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha nafaqalar tayinlash va 
to‘lash tartibi to ‘g‘risida“gi Nizomning 9-bandiga ko'ra quyidagi 
hollarda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi berilishi ko‘zda 
tutilgan:
a) vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotish bilan bog‘liq ka- 
sallikda, shikastlanishda;
b) sanatoriy-kurortlarda davolanganda;
d) kasallangan oila a'zosini parvarishlash zarur bo'lganda;
e) karantinda;
f) sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga o ‘tka- 
zilganda;
g) m ehnat qobiliyatini tiklash yoki yasama a ’zo (protez) 
qo‘ydirish uchun reabilitatsiya muassasalarida davolanganda.
Demak, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik tushunchasi ancha 
keng m a’noga ega.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi faqat belgilangan 
tartibda, berilgan vaqtincha m ehnatga layoqatsizlik varaqasi 
(kasallik varaqasi) asosidagina tayinlanishi mumkin.
„lshlayotgan fuqarolaming va o'quvchilarning vaqtincha meh- 
natga layoqatsizligini 0 ‘zbekiston Respublikasi davolash-profi- 
laktika muassasalarida ekspertizadan o'tkazish to ‘g‘risidagi N izom “ 
0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2000-yil 19-yanvarda 
ro ‘yxatga olingan b o 'l i b ', unga asosan nogiron b o ‘lm asa-da,
1 0 ‘z b e k is to n R e s p u b lik a s i v a z ir lik la r i, d a v la t q o ‘m ita la r i v a id o r a la r in in g
m e 'y o r iy h u jy a tla ri A x b o r o tn o m a s i, 2 0 0 0 - y il, 2 - s o n .
118
www.ziyouz.com kutubxonasi


m uayyan m eh n at sharoitiga m uhtoj shaxslar u ch u n tavsiya 
etiladigan ishlar; uzoq yoki umrbod mehnat qobiliyatini yo'qot- 
gan shaxslami aniqlash va ularni tekshirish uchun TMEKlarga 
yuborish; davolash-diagnostika jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etish, 
mehnatga layoqatsizlik sabablarini tahlil qilish va ularni bartaraf 
etish yuzasidan tavsiyalar berish kabi tadbirlar amalga oshiriladi. 
M azkur N izom ga ko‘ra vaqtincha m ehnatga qobiliyatsizlikni 
ekspertizadan o‘tkazishga vakolatli b o ‘lgan davolash-profilaktika 
organlari, ulaming vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari hamda 
javobgarliklari belgilab berilgan.
0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tom onidan 2000-yil 
19-yanvar kuni „M ehnatga qobiliyatsizlik varaqalari va m a'lu- 
motnomalarini berish tartibi to ‘g‘risida“gi yo'riqnom a ro‘yxatga 
o lin g a n '.
U shbu y o 'riq n o m a d a k o ‘rsatilishicha, m ulkchilik shakli, 
xo‘jalik faoliyatining turidan q a fi nazar, barcha korxona, muas- 
sasa, tashkilotlarda yollanib ishlovchi, yakka tadbirkorlik bilan 
shug‘ullanuvchi, dehqon xo‘jaliklarida m ehnat qiluvchi barcha 
xodim larning vaqtincha m ehnatga qobiliyatsizligi 0 ‘zbekiston 
Respublikasi SogMiqni saqlash vazirligi tom onidan tasdiqlangan 
shakllardagi mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi, tegishli hollarda esa 
m a'lum otnom a bilan tasdiqlanadi.
Ish haqi saqlanmagan holdagi ishlamayotgan, ta'tilda boMgan 
shaxslar, harbiy xizm atchilar (erkin yollanganlardan tashqari), 
attestatsiya qilingan Ichki ishlar vazirligi xodimlariga vaqtincha 
mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi berilmaslik ko‘zda tutilgan.
Ambulatoriya-poliklinika sharoitida davolanganida mehnatga 
qobiliyatsizlik nafaqasi davolovchi shifokor tom onidan 5 kunga 
berilishi mumkin. 5 kun o ‘tgach, har safar 10 kun muddatga 
davolovchi shifokor tomonidan boMim boshligM bilan birgalikda, 
boMim boshlig'i boMmaganida esa shifokorlar maslahat komissiyasi 
(VKK) raisi bilan birgalikda bemor sog'ayguniga qadar yoki u 
tibbiy mehnat ekspert komissiyasiga yuborilguniga qadar uzay- 
tirilishi mumkin.
Uzoq vaqt kasal boMgan shaxslarda mehnatga qobiliyatsizlik 
alomatlari paydo boMgan kundan boshlab belgilanganidan uzoq- 
roq vaqt davomida mehnatga layoqati tiklanmaganligi taqdirida
1 O 'z b e k i s t o n R e s p u b lik a s i v a z ir lik J a ri, d a v la t q o ‘m ita la r i v a id o r a ia r in in g
m e 'y o r i y h u ]ja tla ri A x b o r o tn o m a s i, 2 0 0 0 - y il, 2 - s o n
1 1 9
www.ziyouz.com kutubxonasi


n o g iro n lik bosh lan g an lig i m asalasini k o ‘rib ch iq ish u ch u n
TM EK tibbiy ko‘rigiga yuborilishi lozim.
Alkogolli ichimlik iste'mol qilishi oqibatida kasal bo'lgan yoki 
jarohat olgan shaxslarga mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi o'rniga 
ma'lum otnom a beriladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Budjetdan tashqari Pensiya jam - 
g ‘armasi m ehnat qobiliyatini yo'qotganlik varaqasi rasmiylash- 
tirilishining to ‘g‘ri yuritilishi, uning yuzasidan moliya operatsiya- 
larining amalga oshirilishi, ushbu varaqalarning hisobga olinishi 
ular yuzasidan hisobotlar to ‘g‘riligi ustidan nazorat olib boradi.
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi yo'qolgan hollarda, 
nafaqa, uning o ‘miga takroriy berilgan vaqtincha mehnatga layo- 
qatsizlik varaqasi (dublikat) asosida beriladi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo'yicha nafaqa, mehnat 
qobiliyati yo‘qolgan birinchi kundan to u tiklanguniga qadar 
yoki tibbiy-m ehnat ekspertiza komissiyasi (TM EK) tom onidan 
nogironlik belgilanguniga qadar, hatto bu davrda xodim bilan 
m ehnat shartnomasi bekor qilingan hollarda ham beriladi.
Oliy, o ‘rta maxsus, kasb-hunar ta ’lim muassasalarini, magis- 
tratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturani tam om - 
lagan va belgilangan tartibda ishga yuborilgan shaxslarga nafaqa 
to ‘lash, ular ishga chiqishi lozim bo‘lgan kundan boshlab beriladi.
Xodimning mehnatga qobiliyatsizlik kunlari yillik (asosiy va 
q o'shim cha) t a ’til davriga to ‘g‘ri kelgan hollarda, vaqtincha 
m ehnatga layoqatsizlik varaqasida k o ‘rsatilgan barcha kunlar 
uchun nafaqa toManadi.
Sanatoriy-kurartda davolanishda, agar asosiy va qo‘shimcha 
ta'til xodimning sanatoriyda davolanishi uchun yetarli boMmasa
nafaqa beriladi. Bunday holda sanatoriy-kurortda davolanishning 
barcha davri uchun (yoMlanma, davolanish muddati) sanatoriyga 
borish-kelish vaqtini qo‘shib, am m o xodim ning yillik ta ’tilini 
chiqarib tashlagan holda nafaqa beriladi.
Asosiy va qo'shim cha ta ’tildan sanatoriyga borishdan oldin 
foydalangan boMsa ham nafaqa uni chiqarib tashlagan holda 
beriladi. Bunda ish beruvchi ta'tilning yetmaydigan vaqti uchun 
xodim bilan kelishib, unga ish haqi saqlanmagan ta'til beradi.
Ikkinchi Jahon urushi nogironlariga, baynalm ilal jangchi- 
larga, Chemobil AES falokati oqibatlarini tugatishda qatnashgan 
shaxslarga, shuningdek, sanatoriyga davolanishni davom ettirish 
uchun davolash m uassasalaridan o ‘tkir miokard infarkti bilan
120
www.ziyouz.com kutubxonasi


kasallangan, jarro h lik uslubi bilan yurakning a o rta -k o ro n a r 
shuntrovkasi va anevrizmlari, oshqozonning yarali kasalligi, o ‘n 
ikki barmoq ichak kasalligidan davolangan va o ‘t pufagini olib 
tashlashdan keyin bevosita yuborilgan xodimlarga, shuningdek, 
sil kasalligi bilan og'riganlarga nafaqa sanatoriyda bo‘lgan barcha 
vaqt uchun beriladi.
0 ‘n olti yoshgacha bo‘lgan nogiron bolani tarbiyalayotgan 
ota-onalardan biriga (homiyga yoki vasiyga), nogiron bolaning 
sanatoriyda davolangan barcha davri uchun (sanatoriyga borib- 
kelish vaqtini hisobga olib) unga yakka tartibda parvarish zarurligi 
to ‘g‘risidagi tibbiy xulosa mavjud bo ‘lganda nafaqa beriladi.
Uch yoshgacha bo‘lgan bolani yoki 16 yoshgacha bo‘lgan 
nogiron bolani parvarishlashda band b o ‘lgan ona kasal bo‘lib, 
bolani parvarishlashga qurbi yetmay qolgan hollarda, parvarish 
bilan band boMgan boshqa oila a ’zolari yoki qarindoshlariga 
(mehnatga layoqatsizlik varaqasiga asosan) nafaqa beriladi.
Oilaning kasal boMgan a'zosiga qarash bo'yicha vaqtincha 
m ehnatga layoqatsizlik varaqasi bem or birovning parvarishiga 
muhtoj boMgan, lekin 7 kalendar kunidan oshmagan davr uchun 
beriladi.
0 ‘n to ‘rt yoshga yetmagan bemor bolaga qarash uchun vaq- 
tincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi bolaga parvarish kerak bo‘1- 
gan, ammo 14 kalendar kunidan oshmagan davr uchun beriladi.
Agarda xodim karantin vaqtida sanitariya-epidem iologiya 
xizmati organlari tom onidan atrofidagi shaxslar orqali yuqumli 
kasallikka chalinish xavfining oldini olish m aqsadida ishdan 
chetlatilgan boMsa toManadi.
Mavsumiy va vaqtinchalik ishlarda band boMgan xodimlarga 
m ehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida vaqtincha 
mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa 
um u m iy aso slard a, boshqa sab ab lar o q ib atid ag i v aq tin c h a
m ehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa mavsumiy yoki vaq- 
tinchalik ish to ‘g‘risida tuzilgan m ehnat shartnomasida ko‘rsa- 
tilgan ish kunlari doirasida toManadi.
Ishlayotgan nogironlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik 
bo ‘yicha nafaqa m ehnatda m ayiblanish hodisalari yoki kasb 
kasalligidan tashqari, ketm a-ket ikki oydan va kalendar yilda 
uch oydan oshmagan muddatga beriladi.
Ishlayotgan Ikkinchi Jah o n urush in in g nogironlariga va 
imtiyozlari jihatdan ularga tenglashtirilgan boshqa nogironlarga, 
Chemobil AESdagi falokat yoki uning oqibatlarini bartaraf etish
121
www.ziyouz.com kutubxonasi


bo'yicha ishlami bajarish bilan bog'liq sabablarga ko‘ra, nogiron 
boMgan shaxslarga vaqtincha m ehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi 
(mehnatda mayiblanish hodisalari yoki kasb kasalligidan tashqari), 
ketma-ket to'rt oygacha yoki kalendar yilda besh oygacha beriladi.
Agar ishlovchi nogironning vaqtinchalik m ehnatga qobi- 
liyatsizligi m ehnat qilayotganda mayiblanish yoki kasb kasalligi 
tufayli mayiblanish yuz bersa, nafaqa fuqaro to ‘la sog'ayguniga 
qadar yoki m ehnatda mayiblanish, kasb kasalligi bilan bog‘liq 
nogironlik gumhi qayta ko‘rib chiqilgunga qadar toManadi.
Sil kasalligi oqibatida vaqtincha m ehnatga qobiliyatsizlik 
bo'yicha nafaqa, shaxs toMa sog'aygunga qadar, lekin ko‘pi bilan 
10 oyga beriladi.
Xodim sil kasalligi bilan qayta kasallanganda yoki sil kasalligi 
oqibatida nogiron deb hisoblanganda nafaqa ko‘pi bilan 6 oyga 
beriladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 
14-mayda ro‘yxatga olingan „Davlat ijtimoiy sug'urtasi bo‘yicha 
nafaqalami tayinlash va toMash tartibi to ‘g‘risidagi N izom “ga ko‘ra 
vaqtincha m ehnatga qobiliyatsizlik quyidagi davrlarga to ‘g‘ri 
kelganda nafaqa toManmaydi:
— ish haqi saqlanmagan ta'til;
— bolani parvarishlash bo ‘yicha ta'til;
— ish vaqtincha to'xtatilganda;
— xodim ishdan (lavozimdan) chetlashtirilib, ish haqi to ‘- 
lash to ‘xtatib qo'yilganligi sababli ishlamagan;
— harbiy o ‘quv yoki tekshim v yigMni;
— ishlab chiqarishdan ajralm agan holda o ‘quv yurtlarida 
tahsil olish munosabati bilan berilgan qo‘shimcha ta'til.
U shbu davrlarda boshlanib, davom etayotgan m ehnatga 
qobiliyatsizlik nafaqasi xodim ishga chiqishi (lavozimga tiklanishi) 
lozim boMgan kundan boshlab beriladi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda 
berilmaydi:
— ishdan yoki boshqa vazifalardan bo'yin tovlash maqsadida 
o ‘z salomatligiga ataylab ziyon yetkazgan yoxud o‘zini kasallikka 
solganda;
— giyohvandlik yoki mastlik bilan bogMiq harakatlar oqiba- 
tida, shuningdek, spirtli va giyohvandlik m oddalarini iste^mol 
qilish natijasida kasallikka chalinganda (jarohatlanganda);
— jinoyat sodir qilish vaqtida jarohatlanganda;
1 2 2
www.ziyouz.com kutubxonasi


— sud qarori asosida majhuriy davolanishga yuborilganda 
(ruhiy kasallardan tashqari);
— hibsda bo‘lgan davrda;
— sud-tibbiyot ekspertizasidan o ‘tish davrida.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boshlanishidan oldin uzrsiz 
sabablarga ko‘ra ishga kelmagan, ular uchun shifokor belgilagan 
tartibni buzgan yoki uzrsiz sabablarga ko'ra belgilangan muddatda 
shifokor ko'rigiga yoki tibbiy-m ehnat ekspertiza komissiyasiga 
(TM EK) kelmagan xodimlar qoidani buzish ro‘y bergan kun- 
dan boshlab korxonaning Ijtimoiy sug‘urta bo'yicha komissiyasi 
belgilaydigan muddatga nafaqadan mahrum qilinadilar.
Yuridik shaxs boMmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ul- 
lanuvchi shaxslar ham da dehqon xo‘jaligi a'zolari, Budjetdan 
tashqari Pensiya jamg'armasiga sug'urta badallarini toMamagan, 
shifokor belgilagan tartibni buzgan yoki uzrsiz sabablarga ko‘ra 
belgiiangan muddatda shifokor ko‘rigiga yoki TMEKga kelmagan 
hollarda, buzish sodir bo'lgan kundan boshlab ijtimoiy ta'm inot 
b o ‘limi tom onidan belgilangan m uddatga nafaqadan m ahrum
qilinadilar.
V aqtincha m ehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi ish stajining 
davomiyligidan q a t’i nazar ish haqining 100 foizi m iqdorida 
quyidagilarga to‘lanadi:
— ishlayotgan Ikkinchi Jahon urushi qatnashchilariga;
— baynalmilal jangchilaiga va ularga tenglashtirilgan boshqa 
shaxslarga;
— qaramog'ida 16 yoshga (o'quvchilar 18 yoshga) yetmagan 
uch yoki undan ortiq bolalari bo‘Igan xodimlarga;
— C hem obil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda qat- 
nashgan xodimlarga;
— Chemobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish 
zonasidan evakuatsiya qilingan va ko‘chirilgan, qon hosil qiluvchi 
organlar kasalliklari (o ‘tkir leykoz), qalqonsimon bez va xavfli 
o'sm alar (adenom a, rak) bilan bog‘liq kasalliklarga chalingan 
xodimlarga;
— mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi natijasida vaqtincha 
mehnatga qobiliyatsizlik paydo bo'lgan xodimlarga.
Ijtim oiy aham iyatga ega b o lg a n kasalliklar (sil kasalligi, 
onkologiya kasalliklari, yangidan paydo bo‘ladigan xatarli o ‘sim- 
talar, jinsiy y o ‘l bilan o 'tad ig an kasalliklar, S P ID , moxov 
(lepra) kasalligi, ruhiy kasalliklar) b o ‘yicha hisobda turgan
1 2 3
www.ziyouz.com kutubxonasi


xodimlarga ular tomonidan davlat ijtimoiy sug‘urta badali to ‘la- 
gan davrining (um um iy ish stajining) davom iyligiga bog'liq 
ravishda vaqtincha m ehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi 
miqdorlarda to ‘lanadi:
a) umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo ‘Jgan xodimlarga 
ish haqining 100 foizi miqdorida;
b) umumiy ish staji 5 yildan 8 yilgacha bo‘lgan xodimlarga — 
ish haqining 80 foizi miqdorida;
d) 
umumiy ish staji 5 yilgacha 
bo‘lgan xodimlarga — ish
haqining 60 foizi miqdorida.
Q onun hujjatlarida ko‘zda tutilgan xodim lardan tashqari 
qolgan xodimlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha 
nafaqa quyidagi miqdorlarda to ‘lanadi:
a) umumiy 
ish staji 8 yil va undan ortiq bo‘lgan xodimlarga
ham da 21 yoshga yetm agan chin 
(sag‘ir) yetim larga — ish
haqining 80 foizi miqdorida;
b) umumiy ish staji 8 yilgacha 
bo'lgan xodimlarga — ish
haqining 60 foizi miqdorida.
Tegishli hollarda tayinlangan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik 
bo'yicha nafaqa quyidagi miqdorlarda to ‘lanadi:
a) 0 ‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari safidagi mud- 
datli xizmatdan bo'shatilgandan so‘ng bir oy ichida kasal bo‘lib 
qolgan sobiq harbiy xizmatchilarga — respublikada belgilangan 
eng kam ish haqi miqdorida;
b) boshqa hollarda — ish haqining 60 foizi miqdorida.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa barcha
hollarda belgilangan eng kam ish haqidan kam b o ‘lmasligi va 
nafaqa hisoblab chiqarilgan ish haqidan yuqori bo'lmasligi lozim.
Nafaqa miqdori vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boshlangan 
kungacha, mehnat daftarchasi yoki uning o'rniga berilgan boshqa 
hujjat, shuningdek, ijtim oiy ta 'm in o t b o ‘lim lari to m o n id an
berilgan m a'lum otnom a asosida hisoblangan umumiy ish stajiga 
muvofiq aniqlanadi.
2. 

Yüklə 65,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin