‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


Fuqarolarning ayrim toifalariga beriladigan



Yüklə 65,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/65
tarix22.12.2023
ölçüsü65,93 Kb.
#190444
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
Ijtimoiy ta\'minot huquqi (Y.Tursunov)

14.5. Fuqarolarning ayrim toifalariga beriladigan
ijtim oiy-iqtisodiy imtiyozlar
Aholini ijtimoiy himoyalash va qo'llab-quw atlash maqsadida 
ularga turli-tum an imtiyozlar berish ko‘zda tutilgan. Bu imti- 
yozlar foydalanishga haqli bo'lgan shaxslar doirasiga, imtiyoz 
turlari va ularning ijtimoiy mohiyatiga ham da boshqa xususi- 
yatlariga ko ‘ra guruhlarga ajratilishi m um kin. Davlat Budjeti 
hisobidan fuqarolarga beriladigan ijtim oiy yordam ni amalga 
oshirish shakli sifatida ular fuqarolar kundalik turm ushida mu- 
him o ‘rin tutm oqda. Shuni ko‘rsatib o'tish kifoyaki, bugungi 
kunga kelib imtiyoz va yengilliklarning um umiy soni yuzdan 
ortiq shaklda amalga oshirilmoqda.
Biroq, bozor munosabatlari sharoitida boqimandalik, davlat 
va jamiyat hisobiga yashash, o ‘z jismoniy va aqliy salohiyatini 
ishga solishdan bo‘yin tovlashga toqat qilish mumkin emas. Shu 
sababli, 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-mod- 
dasi, 2-qismiga ko‘ra: „Imtiyoz1ar faqat qonun bilan belgilab 
qo'yilgan hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart“ .
Ijtimoiy qo'llab-quw atlash maqsadidagi imtiyozlar va yengil- 
liklardan foydalanish huquqiga ega b o ‘lgan shaxslar doirasi
1 6 2
www.ziyouz.com kutubxonasi


pensionerlar, nogironlar, yolg'iz qariyalar, ko‘p bolali va kam 
ta'm in lan g an oilalar bilangina cheklanib qolm asdan, ijtimoiy 
ahamiyati katta bo‘lgan muayyan kasb va vazifalarda band bo‘lgan 
shaxslami (pedagoglar, shifokorlar va boshqalar) hamda boshqa 
toifadagi fuqarolami ham o ‘z ichiga qamrab olgandir.
Imtiyoz va yengillik berilishi obyektlari ham xilma-xil bo ‘lib, 
turar joy kommunal xizmatlar, tibbiy xizmatlar, farmatsevtika 
ta'm inoti, transport-aloqa xizmati, soliq va boj to ‘lovlari kabilarni 
o ‘z ichiga olgan.
Imtiyoz va yengilliklar hajmi turli toifadagi fuqarolar uchun 
turlicha belgilangan bo‘lib, bunda uning davlat va jamiyat oldidagi 
xizmati, moddiy-ijtimoiy ahvoli va boshqa ko‘rsatkichlar e'tiborga 
olingan.
Imtiyozlardan foydalanish asoslari va shartlari ham turlicha 
bo‘lib, fuqaroning awalgi davrdagi xizmati, awalgi davrdagi yoki 
bugungi kunda bajarib kelayotgan vazifasi, oilaviy ahvoli kabilar- 
dan iborat bo'lishi mumkin.
Imtiyoz va yengilliklardan foydalanishning umumiy tartibiga 
ko‘ra imtiyozdan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan fuqaro yoki 
oila shunday imtiyoz yoki yengillikni berishi lozim bo ‘lgan davlat 
yoki jam oat organiga, korxona-tashkilotga yozma ariza bilan 
m u ro ja a t q ilish i h am d a im tiy o z d a n fo y d alan ish h u q u q in i 
tasdiqlovchi zarur hujjatlarni taqdim etishi lozim.
Im tiy o z d a n fo y d alan ish h u q u q i b e k o r b o 'lg a n id a yoki 
o ‘zgarganida, foydalanuvchi shaxs bu haqda belgilangan muddat 
ichida im tiyoz beruvchi organni, tegishli hollarda — boshqa 
organlami ham xabardor qilib qo‘yishi shart.
Soxta hujjatlar asosida yoki n o to ‘g‘ri m a'lum otlar taqdim
etgan holda imtiyozdan foydalanayotgan shaxslar qonun hujjat- 
lariga muvofiq m a'm uriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar 
hamda noto‘g‘ri berilgan imtiyoz tarzidagi zararlar ulardan to ‘liq 
undirib olinadi.
Endi fuqarolarga beriladigan im tiyozlar va yengilliklaming 
asosiy guruhlarini qisqacha tavsif hamda tahlil etishga harakat 
qilamiz.
1. 
Tibbiy va farmatsevtika xizmatlari k o ‘rsatish bilart bog‘liq
imtiyozlar.
Bunday imtiyozlar beriladigan fuqarolaming toifalari 
tegishli qonun hujjatlarining o ‘zida nazarda tutib qo'yiladi va 
ushbu hujjatlarda belgilangan tartibda beriladi.
1 6 3
www.ziyouz.com kutubxonasi


Tibbiy xizmat k o ‘rsatish va d o ri-d arm o n vositalari bilan 
ta'm inlash yuzasidan imtiyozlar — 0 ‘zbekiston Respublikasining 
„Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to ‘g‘risida“gi qonuni1 (qonunning 
17-moddasi) hamda uning asosida qabul qilinadigan me'yoriy 
hujjatlarga binoan beriladi2.
Jum ladan, 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar M ahkam asi- 
ning 1997-yil 2-dekabrdagi 532-sonli „D avolash-profilaktika 
muassasalarini mablag' bilan ta'm inlash tizim ini takom illash- 
tirish to ‘g ‘risid a“gi qaroriga ko‘ra, ijtim oiy aham iyati katta 
bo'lgan ayrim kasallik turlariga chalingan bem orlar tu rg ‘un 
davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanish to'lovidan 
ozod 
qilinadilar (Qaroming 1-ilovasi). Bunday kasalliklar qatoriga:
— onkologik kasalliklar;
— sil kasalligi;
— ruhiy kasalliklar;
— ixtisoslashtirilgan muassasalarda giyohvandlik;
— moxov kasalligi;
— nurlanish kasalligiga chalingan bemorlar;
— yuqumli kasalliklar;
— sifilis;
— 01 V kasalligini yuqtirganlar (OITS);
— shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish ch o g 'id a bem or- 
larning shifoxonada boMishi cheklangan muddatlarining tasdiqlan- 
gan standartlari b o ‘yicha reanimatsiya tadbirlarini va intensiv 
terapiyani talab etuvchi holatlar;
— darajasidan q a f i nazar kamqonlik kasalligiga chalingan 
homilador ayollar va tug'gan ayollar;
— endokrinologik kasalliklar kiritilgan.
Pullik kasalxonalar va pullik bo'lim larda bu imtiyoz amal 
qilmaydi.
Shuningdek, tu rg ‘un davolash-profilaktika m uassasalarida 
kasallikning turidan qat'i nazar ovqatlanish to ‘lovidan ozod qili- 
nadigan aholi toifalari ham belgilangan bo'lib, ular jumlasiga 
(pullik kasalxonalar va boMimlardan tashqari) quyidagi toifadagi 
fuqarolar kiritilganlar:
1 0 ‘zbekislon Respublikasi Oliy Majlisi Axborolnomasi. 1996-yil, 9-son, 
128-modda
2 Qa r a n g : 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 
8-yanvardagi „Aholini dori-darmon vositalari bilan ta ’minlashga doir qo‘- 
shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida“gi qarori va boshqa qarorlar. 0 ‘zbekislon 
Respublikasi Hukumati qarorlari to'plami. 1993-yil, l-son, 1-modda.
1 6 4
www.ziyouz.com kutubxonasi


1. Bolalikdan nogironlar.
2. Chin yetimlar.
3. 1 va II guruh nogironlari.
4. 1941— 1945-yillardagi urush qatnashchilari va nogironlari 
hamda ularga tenglashtirilgan shaxslar.
5. Budjetdan tashqari Pensiya jam g‘armasi tuman (shahar) 
bo'limlarida hisobda turuvchi yolg‘iz nafaqaxo‘rlar.
6. 1941 — 1945-yillarda mehnat fronti qatnashchilari.
7. Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini tugatishda qat- 
nashgan nogiron shaxslar.
8. Baynalmilalchi jangchilar.
9. 17 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlar.
10. Mudofaa ishlari boMimlarining yoMlanmalari bo‘yicha 18— 
27 yoshli chaqiriq yoshidagilar. Y uqorida qayd etib o ‘tilgan 
qarorning 4-ilovasida ambulatoriya davolashida dori-darm onlar 
bepul beriladigan kasalliklar va shaxslar ro‘yxati ham nazarda 
tutilgan va ular qatoriga quyidagilar kiradi:
1. Onkologik kasalliklar.
2. Sil kasalligi.
3. Moxov kasalligi.
4. Endokrinologik kasalliklar.
5. Ruhiy kasalliklar.
6. OIV kasalligini yuqtirganlar (OITS).
7. Yurak klapanlarini protezlash va organlami almashtirish 
bo'yicha operatsiyalardan keyin.
8. 0 ‘zgalar yordamiga muhtoj yolg‘iz nafaqaxo‘rlar.
9. 1941 —1945-yillardagi umsh davrida m ehnat fronti qat- 
nashchilari.
10. 1941 —1945-yillardagi umsh qatnashchilari va nogironlari 
hamda ularga tenglashtirilgan shaxslar.
11. Chem obil AESidagi halokat oqibatlarini tugatishda qat- 
nashgan nogiron shaxslar.
12. Baynalmilalchi jangchilar.
13. Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida 
harbiy xizmatni 
0
‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar.
2. 
Soliqlar va boshqa majburiy to ‘lovlar yuzasidan beriladigan 
imtiyozlar.
Aholining muhtoj tabaqalarini soliqlar va boshqa majburiy 
toMovlardan ozod qilish yoki ularning m iqdorini kamaytirish 
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar turm ush ko'rsatkichlarining
1 6 5
www.ziyouz.com kutubxonasi


yuksaltirilishida m uhim aham iyat kasb etuvchi m oddiy q o ‘llab- 
qu w atlash choralaridan b o ‘lib, ularni ijtim oiy-m oddiy q o 'llab - 
quvvatlash usullaridan sanaladi'01.
KALIT S O ‘ZLAR.
Ijtimoiy xizmatlar. Ijtimoiy xizmatlami ko'rsatuvchi 
davlat va jamoat organlari. Ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchi subyektlar. 
Natural ijtimoiy xizmatlar. Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish mezonlari. Ijtimoiy 
xizmatning shakllari va turlari. Davlat ta’minotiga olish — ijtimoiy himoya 
chorasi sifatida. „Mehribonlik uylar", „Saxovat uylari“ , „Muruwat 
uylari“ga joylashtirish shartlari va tartibi. Nogironlami reabilitatsiya qilish. 
Sanatoriy va kurortlarda sogliqni tiklash. Ijtimoiy-iqtisodiy imtiyozlar.

Yüklə 65,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin