FTAI
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya
ISSN: 2181-1776
440
“BILIG –
ILMIY FAOLIYAT” nashri |
http://bilig.academiascience.org
http://bilig.academiascience.or
ttp://bilig.academiascience.or
Hozirgi zamon taraqqiyoti sharoitida o‘quvchilarni
tayyorlash, pedagogik tizimni
baholash, o‘qitish sifatini baholash, ular egallagan bilimlar tarkibini
diagnostika qilish
mummosi nihoyatda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Mamlakatimiz pedagogikasida 70-yillarning boshlaridan e’tiboran o‘qitish jarayoni
bilan bog‘liq adabiyotlarda “ta’lim texnologiyalari” jumlasi tez-tez ishlatilib kelinmoqda.
O‘quv jarayoni sifatini oshirishning yangi yo‘llarini ishlab chiqish bir vaqtning o‘zida fan
va texnikaning so‘nggi yutuqlarini amaliyotga tatbiq qilish natijasi va uni takomillashtirish
sharoiti sifatida namoyon bo‘lmoqda
M.I.Zareskiy, B.P.Yesipov, M.A.Danilov, IL.Lerner, M.N.Skatkin va boshqa olimlar
bilim tarkibi va uni baholash sifati muammosi bilan shug‘ullanadigan yangi pedagogik
kognitologiya ilmiy yo‘nalishiga asos solishgan. Ular tomonidan
pedagogik atamalar
sifatida bilim sifati mezonlari, bilimlarning to‘liqligi, to‘g‘riligi, aniqligi, hajmi, tizimliligi,
ongliligi, chuqurligi, amaliyligi,
umumiyligi, konkretligi, mustahkamligi va boshqa
sifatlari keng iste’molga kiritilgan.
Amaliy maqsadlarda ta’lim sifati tushunchasi ta’lim oluvchini o‘rab turgan o‘quv
jarayoni muhitining «sifat o‘zgarishlari», ma’lum
bir kurs, bo‘lim yakuni asosida to‘plagan
bilim, egallagan ko‘nikma va malakalari, qadriyatlari sifatining yaxshilanganligi
tushuniladi.
Ta’lim sifati tushunchasining toraygan natijasi sifatida tayyorgarlik sifati tushunchasi
paydo bo‘ladi. Tayyorgarlik sifati tushunchasini o‘zlashtirilayotgan o‘quv
predmeti
yuzasidan amalga oshirilayotgan o‘quv jarayonida ta’lim dasturlarini amalga oshirish
darajasida ta’limni rejalashtirish, uning natijalarini baholash
sifatida muhokama qilish
mumkin bo‘ladi. Tayyorgarlik sifati tushunchasi hozirgi kunda ilmiy adabiyotlarda o‘quv
yutuqlari atamasi bilan parallel tarzda qo‘llanilib kelmoqda.
M.B.Chelishkova o‘quvchilarning ta’limda erishgan yutuqlarini baholashda, odatda,
ularning tayyorgarlik sifati va darajalari e’tiborga olinishini e’tirof etadi [1]. Uning
ta’kidlashicha, tayyorgarlik darajasi o‘quvchining muayyan o‘quv fanidan o‘zlashtirgan
bilim, ko‘nikma, malaka va tasavurlari jamlanmasi bilan belgilanadi. Bunda,
deb davom
etadi M.B.Chelishkova, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini yanada
qandaydir darajalarga bo‘lib o‘tirishga hojat yo‘qligi, chunki o‘qituvchi a’lochi
o‘quvchilarning bilim darajasi hajmi, sifati bir-biridan ajralib
turishini yaxshi bilishiga
ishora qiladi. Shuning uchun ham tayyorgarlik sifatini M.B.Chelishkova bir xil
tayyorgarlikka ega bo‘lgan a’lochi o‘quvchilarda mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarini
differensiasiyalashga yordam beradigan tasnif sifatida qaraydi. Bilimlar tasnifiga ularning
mustahkamligi, onglililigi hamda umumlashganligini kiritadi. «Aynan ular o‘quvchi
shaxsining rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi va bunday o‘quvchilar bilan oliy o‘quv
yurtlari talabalari safini yuqori sifatli bilimga ega abituriyentlar hisobiga kengaytirishga
xizmat qiladi» [1. 11-b.].