metafizik fikrlash uslubini tanqid qildi. Hegelning ta’kidlashicha,
kategoriyalar borliqning
obyektiv shakllaridir. Borliqning asosida esa, «dunyoviy aql», «mutlaq g‘oya» yoki «dunyo
ruhi» yotadi.
Rivojlanish g‘oyasi Hegel falsafasini qamrab olgan. Uning ta’kidlashicha, rivojlanish tor
doira
ichida emas, doimiy, quyidan yuqoriga qarab boradi. Mana shu jarayonda miqdor
o‘zgarishlarining tub sifat o‘zgarishlariga olishi yuz beradi. Rivojlanishning manbai esa har
qanday o‘z-o‘zidan harakatning sababi bolgan qarama-qarshilikdir.
Hegel falsafasida borliq
dialektik o‘tishlar zanjiri sifatida bayon qilingan. Hegel fikricha, tarix dunyoviy ruhning yoki
mutlaq g‘oyaning rivoji sifatida namoyon boladi. Umuman tarix bu mohiyatan fikrning, aqlning
o‘z-o‘zidan rivoji tarixidir. Hegel ta’limoticha, aql tarixda shunday namoyon boladiki, unda har
bir xalq ruh o‘z-o‘zini anglab, tobora yuqorilab borishiga o‘z hissasini qo‘shish huquqini oladi.
Lekin bu jarayon qandaydir tartibsiz (xaotik) amalga oshmaydi. Hegel umumjahon tarixini to‘rt
bosqichga boladi:
1. Sharq dunyosi.
2. Yunon dunyosi.
3. Rumo dunyosi.
4. German dunyosi:
Hegelning da’vosicha, faqat german xalqlarida toliq erkinlik bolgan. Bu xalqlar o‘z tarixiy
rivojlanishlarida isloxotchilik (reformatsiya), 1789-yil Fransuz inqilobi mevalaridan bahramand
bolganlar. Faqat ulargina umumiy fuqarolik va siyosiy erkinlikka erishganlar. Hegelning
ta’kidlashicha, aqlga muvofiq davlatchilikni o‘rnatgan faqat german xalqigina umumjahon —
tarixiy jarayonining haqiqiy timsolidir. Hegel
umumiy falsafiy sistemasi ham, uning yaratgan
metodi ham boshqa kamchiliklardan, ichki qarama-qarshiliklardan xoli emas edi.
Dostları ilə paylaş: