323
- aktivlarning qaramlik koeffitsiyenti;
- foizlarni qoplash koeffitsiyenti.
Korxonada moliyaviy resurslarni to‗g‗ri shakllantirish, ularning
taqsimlanishi, foydalanish samaradorligi moliyaviy barqarorlikni ta‘minlashning
muhim omillari hisoblanadi. Ya‘ni, moliyaviy barqarorlik
korxona moliyaviy
resurslarni qay darajada mohirona boshqarayotganligini ifodalaydi.
Moliyaviy barqarorlikni ta‘minlash yuzasidan quyidagi muhim ahamiyat
qaratish lozim: dastlabki kapitalning shakllantirilishiga, ishlab chiqarishni tashkil
etilishiga, daromad va xarajatlar farqida ijobiy natijaviylikka, aylanma mablag‗lar
bilan ta‘minlanganligiga, moliyalashtirishda
avtonomlik darajasiga, ish va
bozordagi aktivligining himoyalanganligiga va h.k. jihatlarga.
Moliyaviy barqarorlik mutlaq va nisbiy ko‗rsatkichlarda baholanadi.
Moliyaviy barqarorlikning mutlaq ko‗rsatkichlari – aktivlar, ishlab chiqarish
zaxiralari va ularni moliyalashtirish manbalarining muayyan davriylikdagi holatini
ifoda etadi.
Korxona aktivlari va ishlab chiqarish zaxiralarini moliyalashtirish
manbalariga albatta birinchi navbatda o‗z mablag‗lari manbasi (ustav
kapitali,
rezerv kapitali, qo‗shilgan kapital, taqsimlanmagan foyda, maqsadli tushumlardan
iborat), uzoq va qisqa davriylikda olingan bank kreditlari va qarzlari kiradi.
Aktivlarni moliyalashtirishda ko‗proq uzoq muddatli kreditlar va qarzlar
ustunlik qilsa, ishlab chiqarish zaxiralarini to‗plash va moliyalashtirishda qisqa
muddatli kreditlar va qarzlardan keng foydalaniladi.
Moliyaviy barqarorlikni mutlaq ko‗rsatkichlarini aniqlashda,
aktivlar va
zaxiralarni moliyalashtirishda quyidagi ko‗rsatkichlar tizimidan foydalaniladi:
- aktivlar (uzoq muddatli);
- ishlab chiqarish zaxiralari;
- o‗z mablag‗lari manbasi;
- uzoq muddatli majburiyatlar (kreditlar va qarzlar);
- qisqa muddatli majburiyatlar (kreditlar va qarzlar).
324
Korxonalar moliyaviy holatini tashhislash va uni sog‗lomlashtirishning aniq
chora-tadbirlarini ko‗rish aslida makro ko‗lamdagi barqarorlikni ta‘minlashning
ham muhim omili hisoblanadi. Shu sababli‚ yuzaga kelgan holatda e‘tiborni,
birinchi navbatda korxonalarni moliyaviy sog‗lomlashtirishga va ularning
kelgusida barqaror o‗sishini ta‘minlashga qaratmoq lozim.
Korxonaning moliyaviy holati xo‗jalik subyektining moliyaviy resurslar
bilan ta‘minlanish darajasini, ularning maqsadli joylashtirilishi
va samarali
foydalanish darajasini, boshqa huquqiy va jismoniy shaxslar bilan bo‗ladigan
moliyaviy munosabatlarni, to‗lovga qobillik va moliyaviy barqarorlik holatini
tavsiflashni xarakterlaydi.
Moliyaviy barqarorlik nisbiy ifodalari aktivlarni (uzoq muddatli) va
zaxiralarni moliyalashtirishning, moliyaviy mustahkamlik va qaramlikning, o‗z va
qarz mablag‗larini jalb etilishida ijobiy natijaning saqlanishini xarakterlaydi.
Korxona moliyaviy barqarorligini ta‘minlashning
eng muhim omili bu
uning faoliyat natijaviyligidagi ijobiy natijaviylikning iqtisodni oltin qoidasiga
asoslangan tartibining saqlanishidir.
Bu tartibning umumiy ifodasini quyidagi bog‗lanishlarda berib o‗tish
mumkin:
Dostları ilə paylaş: