345
Korxonaning oxirgi 4 yillik natijalari bo‗yicha zaxira va xarajatlarning o‗z
mablag‗lari manbasi va qarz mablag‗lari hisobiga moliyalashtirish holatida bir xil
holat kuzatilgan. O‗z aylanma mablag‗larini naqdligi va uni zaxira xarajatlarini
moliyalashtirishdagi
holatidan
boshqa
barcha
shartlarda
korxonaning
moliyalashtirish manbalari ijobiyligiga erishilgan.
10.33-jadval
Moliyaviy barqarorlikning nisbiy ifodalarini dinamik tahlili
Moliyaviy barqaorlik
ko„rsatkichlari
Aniqlanishi
Yillar
O„zgarishi (+,-)
2014 2015 2016
201
7
2017
y.
2014y.
ga
nisbat
an
2017
y.
2015
y.ga
nisbat
an
2017y.
2016y.
ga
nisbat
an
1.
Avtonomiya
(moliyaviy mustaqillik)
koeffitsiyenti (Ka)
Normal darajasi: 0,5 va
undan yuqori (optimal
darajasi: 0,6-0,7)
Xususiy kapital
/ Aktivlar
0,512 0,524 0.586
0.4
17
-0,95
-0,107 -0.169
2.
Uzoq
muddatli
moliyaviy
mustaqillik
koeffitsiyenti (Kummm)
Normal darajasi: 0,9
Kritik darajasi: 0,75
(O‗z
mablag‗lari
manbasi+Uzoq
muddatli
majburiyatlar) /
Aktivlar
0,865 0,912 0,941
0,9
23
0,058
0,011
0,018
3.
Moliyaviy qaramlik
koeffitsiyenti (Kmq)
Optimal darajasi: 0,5
Majburiyatlar /
Aktivlar
0,422 0,408 0,413
0,5
82
0,160
0,174
0,169
4.
O‗z
aylanma
mablag‗lari
bilan
ta‘minlanganlik
koeffitsiyenti (Ko‗amn)
Normal darajasi: 0,1 va
undan yuqori
(O‗z
mablag‗lari
manbasi –
Uzoq muddatli
aktivlar) / Joriy
aktivlar
-
-
-
-
-
-
-
5.
Kapitallashuv
koeffitsiyenti (Kk)
1 dan yuqori bo‗lishi
uning qarz kapitaliga
qaramligini bildiradi.
Majburiyatlar /
O‗z mablag‗lari
manbasi
0,665 0,670 0.703
1.3
97
0,732
0,670
0.694
6.
Moliyalashtirish
koeffitsiyenti (Km).
Qancha kichik bo‗lsa
qaramlik kuchayadi
O‗z mablag‗lari
manbasi / Qarz
kapitali
1,31
1,45
1,65
10,
82
9,51
9,37
9,17
Korxonada avtonomiya koeffitsiyentining yillar kesimida 2014-2016-
yillarda o‗sishi, 2017-yilda pasayish tendensiyasi kuzatilgan. Uzoq muddatli
346
moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti, uzoq muddatli
moliyaviy mustaqillik
darajasida barcha yillar bo‗yicha o‗sish kuzatilgan. Moliyaviy qaramlik
koeffitsiyenti majburiyatlarning aktivlarga nisbati darajasida ham o‗sish
kuzatilgan. Bu albatta salbiy holat deb baholanishi ham mumkin. Ya‘ni
majburiyatlarning jami kapital tarkibidagi salmog‗i o‗tgan yillarga nisbatan keskin
ortib ketmoqda. O‗z va qarz mablag‗lari o‗rtasidagi nisbat 2017-yilda eng yuqori
natijani qayd etgan, quyi natija 2014-yilda kuzatilgan.
Raqobatdosh iqtisodiyotda moliyaviy barqarorlik korxona yashovchanligini
ta‘minlashning bosh omili hisoblanadi.
Moliyaviy barqarorlikni o‗stirishning muhim omillari sifatida aktivlarni
moliyalashtirish manbalaridagi nisbatni to‗g‗ri tanlash, uni o‗stirib borish,
moliyalashtirish samaradorligi, to‗lovga qobillik, likvidlikni,
ish va bozor
aktivligini o‗stirish choralarini ko‗rish hisoblanadi.
Aktivlarning va foydaning o‗sishida to‗lovga qobillikni ta‘minlash masalasi
moliyaviy barqarorlikda markaziy o‗rinda turadi. Shu sababli‚ aktivlarning -
tushumning - foydaning o‗sishiga, ularning o‗sishidagi uzviy bog‗liqlik va
aloqadorlikka alohida ahamiyat qaratiladi.
Aktivlarning
optimal
darajasi
va
tarkibini
shakllantirish,
ularni
moliyalashtirishning maqbul yechimiga chiqish, aktivlardan samarali foydalanish
va faoliyat natijaviyligini to‗g‗ri baholashga moliyaviy barqarorlikni ta‘minlashda
muhim e‘tibor qaratiladi.
Moliyaviy barqarorlikka ega bo‗lmaslik juda ko‗p muammolar va tahlikalar
paydo qiladi. Bu tahlikalar moliyaviy ahvolning nobarqarorligiga, iqtisodiy
nochorlikka, raqobatdoshlikning tushib ketishiga olib keladi.
Moliyaviy barqarorlikni ta‘minlashning tashkiliy, texnik,
iqtisodiy va
moliyaviy imkoniyatlariga muhim ahamiyat qaratish lozim.
Iqtisodiy va moliyaviy imkoniyatlar juda murakkab jarayonlar tizimini
tadqiq etishni talab etadi. Bunda ayniqsa moliyalashtirish imkoniyatlariga alohida
ahamiyat qaratish lozim. Korxonaning yashovchanlik darajasini o‗stirishda
moliyaviy imkoniyatlar birinchi o‗rinda turadi. Ularning yechimi esa iqtisodiy
347
hodisa va jarayonlar, ularning samarasida va natijasida paydo bo‗ladi. Shu sababli‚
birinchi navbatda resurslarning muqobil tarkiblanishiga, ulardan samarali
foydalanishga, faoliyat natijaviyligiga tahlilda alohida urg‗u beriladi.
Shu bilan birga moliyaviy ahvol va uning kelajakda o‗zgarishlari haqidagi
ma‘lumotlar bazasi bilan nafaqat korxona
boshqaruvchi xodimlarini, balki tashqi
subyektlar (sheriklar, mol yetkazib beruvchilar, xaridorlar va axborot
foydalanuvchilarning keng doirasini ham) axborotlar bilan ta‘minlash masalasiga
alohida ahamiyat berish zarur.
Moliyaviy holat, barqarorlik bo‗yicha salbiy holatlar immunitetni
shakllantirish oson kechadigan jarayon emas.
Moliyaviy barqarorlikni ta‘minlash faqat korxonadagi holat bilangina
o‗nglanadigan holat emas. Buning
uchun albatta tashqi omillar, makroiqtisodiy
barqarorlikni ta‘minlashning muhim omillari ham korxonada ijobiy natijaviylikni
ta‘minlashga yordam berishi lozim.
Moliyaviy barqarorlikni o‗stirish yuzasidan nimalar qilish lozim:
Birinchidan, balansning chuqur tarkibiy o‗zgarishlarini amalga oshirish
lozim. Bunda asosiy e‘tiborni moliyalashtirish manbalarida o‗z mablag‗lari
manbasi, xususiy kapital hajmini o‗stirishga, uning jami moliyaviy salohiyatdagi
salmog‗ini imkon darajasida oshirishga asosiy e‘tiborni qaratish lozim. Buning
yagona yechimiga dastlabki kapitalni o‗stirish, uning ishchanligi, natijaviyligini
ta‘minlash asosida erishiladigan qo‗shilgan kapital,
rezerv kapitali va foydani
o‗stirish hisobigagina erishiladi.
Ikkinchidan moliyaviy barqarorlikni o‗stirishning muhim imkoniyatlari
zaxira va xarajatlarni optimallashtirish, ularning ishlab chiqarish va faoliyat uchun
zaruriy qismini shakllantirish, turib qolishlarga, ortiqcha normalarda saqlanishiga
yo‗l qo‗ymaslik kiradi.
Moliyaviy imkoniyatlarni o‗stirishda kreditorlar bilan aloqalarning yaxshi
yo‗lga qo‗yilganligi ham muhim o‗rin tutadi.
Moliyaviy barqarorlikning balans moddalari orqali baholashda mutlaq
moliyaviy
barqarorlik, normal moliyaviy barqaror, nobarqaror, kriziz holatidagi
348
moliyaviy ahvolni darajasiga, korxonaning bir holatdan ikkinchi holatga o‗tishini
tarkibiy jihatdan chuqur tadqiq etish va aniq yechimlarga imkon beruvchi
xulosalarini shakllantirish menejerlar doimiy e‘tiborida bo‗lishi lozim.
Moliyaviy barqarorlikni ta‘minlashda yana bir muhim jihat debitorlik va
kreditorlik majburiyatlarini oqilona boshqarish imkoniyatlariga qaratilmog‗i lozim.
Ularning aylanuvchanligi va aylanish davrini davriy o‗rganish
asosida moliyaviy
imkoniyatlari hisob-kitob qilinishi zarur.
10.34-jadval
Dostları ilə paylaş: