380
11.6. Mahsulot sotishdan ko„rilgan yalpi foyda va unga ta‟sir etuvchi
omillar tahlili
Mahsulot sotishdan ko‗rilgan
yalpi foyda
quyidagi operatsiya va hodisalar
natijasida hosil bo‗ladigan daromadni hisobga olishda qo‗llanilishi kerak:
(a) tovarlarni sotish;
(b) xizmatlarni ko‗rsatish;
(v) boshqa tomonlar xo‗jalik yurituvchi subyektning foizlar, royalti va
dividendlar ko‗rinishidagi daromadlarni keltiradigan aktivlardan foydalanishi.
Tovarlarga xo‗jalik yurituvchi subyekti tomonidan
sotish maqsadida ishlab
chiqarilgan tovarlar hamda qayta sotish uchun xarid qilingan tovarlar, masalan
chakana savdo bilan shug‗ullanadigan sotuvchi tomonidan xarid qilingan tovarlar
yoki qayta sotish maqsadida saqlanayotgan yer va boshqa mulklar kiradi.
Xizmat ko‗rsatish odatda xo‗jalik yurituvchi subyektni shartnomada belgilab
qo‗yilgan topshiriqni kelishilgan davr davomida bajarishini o‗z ichiga oladi.
Xizmatlar bir yoki bir necha davrlar davomida ko‗rsatilgan hollarda ular tegishli
davrlar bo‗yicha hisobga olinadi.
Xo‗jalik yurituvchi subyektning aktivlaridan boshqa tomonlar foydalanishi
natijasida quyidagi ko‗rinishdagi daromadlar yuzaga keladi:
(a) foizlar – xo‗jalik yurituvchi subyektiga tegishli bo‗lgan pul mablag‗lari
yoki ularning ekvivalentlaridan yoki xo‗jalik yurituvchi subyektiga to‗lanishi kerak
bo‗lgan summalardan foydalanilgani uchun olinadigan haq;
(b) royalti – xo‗jalik yurituvchi subyektiga tegishli bo‗lgan
uzoq muddatli
aktivlar, masalan patentlar, savdo belgilari, avtorlik huquqlari va dasturiy
ta‘minotlardan foydalanilgani uchun olinadigan haq;
(v) dividendlar – ulushli investitsiyalarning egalariga ularning ayrim turdagi
kapitaldagi ulushiga mutanosib ravishda foydaning taqsimlanishi.
Daromadlar xo‗jalik yurituvchi subyektining faqat o‗zi uchun olingan yoki
olinadigan iqtisodiy nafning yalpi tushumini qamrab oladi. Uchinchi tomon
nomidan
undirib olingan summalar, masalan sotishga soliqlar, tovarlar va
381
xizmatlardan olinadigan soliqlar, qo‗shilgan qiymat solig‗i, xo‗jalik yurituvchi
subyektga kelib tushadigan iqtisodiy naf bo‗lib xizmat
qilmaydi va kapitalning
ko‗payishiga olib kelmaydi. Shu bois, ular daromaddan chiqarib tashlanadi.
Shunga o‗xshash, vositachilik munosabatlarida, iqtisodiy nafning yalpi tushumi
buyurtmachi nomidan undiriladigan summalarni qamrab oladi, lekin xo‗jalik
yurituvchi subyektining kapitali oshishiga olib kelmaydi.
Buyurtmachi nomidan
undirilgan summalar daromad bo‗lib hisoblanmaydi. Aksincha, daromad bo‗lib
vositachilik haqi hisoblanadi.
Milliy hisobchilikda asosiy faoliyatdan olingan daromadlarning muhim
qatori sifatida sotishdan sof tushum tarkiblanadi.
Sotishdan sof tushum jami tushumdan sotishga soliqlar (egri soliqlarni)
chegirish asosida topiladi.
Sotishdan yalpi foyda sotishdan sof tushumdan sotilgan mahsulot (ish va
xizmat)larning tannarxini chegirish orqali topiladi.
Operatsiya natijasida hosil bo‗ladigan daromad summasi odatda xo‗jalik
yurituvchi subyekt bilan xaridor yoki aktivdan foydalanuvchilar o‗rtasidagi
kelishuvlar asosida aniqlanadi. U olingan yoki olinadigan tovonning haqqoniy
qiymati bo‗yicha baholanadi, bunda xo‗jalik yurituvchi subyekt tomonidan ruxsat
etilgan har qanday savdo chegirmalari yoki ulgurji savdo chegirmalari hisobga
olinadi.
Tovarlarni (mahsulotlarni) sotilgan qatorga kiritish va tushumlarni daromad
sifatida tan olishni moliyaviy hisobotning xalqaro
standartlarida quyidagi
normalari belgilanadi:
(a) tovarlarga egalik qilish bilan bog‗liq bo‗lgan ahamiyatli risklar va
mukofotlar xaridorga o‗tkazilganda;
(b) xo‗jalik yurituvchi subyekt sotilgan tovarlarni endilikda egalik huquqiga
xos bo‗lgan darajada boshqara olmaganida va ularni samarali darajada nazorat qila
olmaganida;
(v) daromadning summasini ishonchli darajada baholash mumkin bo‗lganda;
382
(g) operatsiyalar bilan bog‗liq bo‗lgan iqtisodiy nafning olinishi ehtimoli
mavjud bo‗lganida;
(d) operatsiya bo‗yicha amalga oshirilgan yoki amalga oshiriladigan
xarajatlar ishonchli darajada baholana olganda.
Mulkka egalik qilish huquqi bilan bog‗liq ahamiyatli risklar va mukofotlar
xo‗jalik yurituvchi subyekti tomonidan xaridorga o‗tkazilishi
paytini aniqlash
uchun operatsiyaning jihatlarini o‗rganish talab etiladi. Aksariyat hollarda, egalik
huquqi bilan bog‗liq risklar va mukofotlarning o‗tkazilishi xaridorga yuridik egalik
qilish huquqi yoki tasarruf qilish huquqining o‗tishi paytiga to‗g‗ri keladi.
11.12-jadval
Dostları ilə paylaş: