428
12-BOB.
DEBITORLIK
VA
KREDITORLIK
QARZLARINI
TAHLILI
12.1.Debitorlik, kreditorlik qarzlari tahlilining mazmuni, ularni tahlil
qilish maqsadi va vazifalari.
12.2.Debitorlik va kreditorlik qarzlarining shakllanishi.
12.3.Debitorlik va kreditorlik qarzlarining tarkibi va muddati bo„yicha
tahlili.
12.4.Qarzlar dinamikasining natijaviy va samaradorlik ko„rsatkichlari
bilan qiyosiy tahlili (qarzlarning aylanuvchanligi va qoplanuvchanligi tahlili).
12.5.Debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish bo„yicha tegishli
boshqaruv qarorlarini qabul qilish mexanizmlari.
12.6.Muddati o„tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari tahlili. Debitorlik
va kreditorlik qarzlari yuzasidan rezervlar tahlili.
12.1.Debitorlik, kreditorlik qarzlari tahlilining mazmuni, ularni tahlil
qilish maqsadi va vazifalari
Debitorlik va kreditorlik qarzlarini doimiy tahlil etish to‗lovlar
intizomini
mustahkamlash, muddati o‗tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni
qisqartirish bo‗yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, xo‗jalik yurituvchi
subyektlar o‗rtasidagi to‗lovlar va hisob-kitoblar
tizimini takomillashtirish,
byudjetga hamda davlat maqsadli fondlariga soliqlar va majburiy to‗lovlarning o‗z
vaqtida tushishini ta‘minlash, byudjetga hamda davlat maqsadli fondlariga
qarzlarni qisqartirish va ular vujudga kelishining oldini olish imkoni, qarzdorlikni
maqsadli boshqarish imkonini beradi.
Debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini (qarzlarini) tahlil etish orqali
iqtisodiyotning turli bo‗g‗inlarida, sektorlarida hisob-kitoblar mexanizmini
takomillashtirish hamda barcha xo‗jalik yurituvchi
subyektlar hamda bank va
moliya muassasalari tomonidan to‗lov intizomi va hisob-kitoblarning o‗z vaqtida
429
o‗tkazilishini ta‘minlash, soliqlar va majburiy to‗lovlarning to‗liq to‗lanishi
masalalari bo‗yicha amaldagi qonun hujjatlari normalariga qat‘iy rioya etilishi
ustidan ta‘sirchan nazoratni yo‗lga qo‗yish imkoni tug‗iladi.
Xo‗jalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlari holatini
tahlil qilish, korxonalar va tashkilotlarning muddati o‗tkazib yuborilgan qarzlari
taqqoslanishini muntazam ravishda tashkil etish hamda ularni qisqartirish bo‗yicha
ta‘sirchan chora-tadbirlarni ko‗rishda
subyektlarning rolini, e‘tiborini oshirishni
talab etadi.
Xo‗jalik yurituvchi subyektlar tomonidan muddati o‗tkazib yuborilgan
debitorlik qarzlarning vujudga kelishiga yo‗l qo‗ymaslik, aylanma mablag‗lardan
oqilona foydalanish, ularning saqlanishini va o‗z vaqtida to‗ldirilishini ta‘minlash
bo‗yicha mas‘ulligini oshirib borish, o‗z navbatida makroiqtisodiy ko‗rsatkichlarni
ham yaxshilashga imkon beradi. Bu esa o‗z navbatida ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishning zaruriy sharti hisoblanadi.
Debitor va kreditor qarzdorlik bilan ishlash bir muncha murakkab jarayon.
Negaki, ularning ikkinchi tomonga bog‗langanligi doimo ham manfaatli yechimlar
chiqarishga imkon bermaydi. Bu borada analitiklar nimalarga
ahamiyat qaratishi
lozim:
Birinchi navbatda analitiklar korxonaning moliyaviy-iqtisodiy holatini
monitoring qilishi, moliyaviy aktivlar va passivlarni inventarizatsiyalashni amalga
oshirishi lozim. Avvalo, navbatda qarz mavjudligi, uning miqdori,
asosi va uni
yuzaga kelish muddatlari dalilini aniqlashi lozim.
Ikkinchidan vujudga kelgan qarzlarni so‗ndirish bo‗yicha yondashuvni
tanlab olish lozim. Qonunchilik me‘yorlari kreditorga o‗z ixtiyoriga ko‗ra
sudgacha hal qilish tusidagi choralarni ko‗rishga, sud instansiyalariga sud
buyrug‗ini berish to‗g‗risidagi ariza bilan yoki qarzni undirish to‗g‗risida da‘vo
arizasi bilan bevosita murojaat qilishni tanlash imkoniyatini ham ko‗zda tutadi.
Uchinchidan qarzni undirishning tanlangan strategiyasiga (talabnomani
qarzdorga yuborish, sudga murojaat qilish
uchun hujjatlarni tayyorlash, majburiy
ijro etish uchun ijro varaqasini berish va h.k.) muvofiq amalga oshiriladigan qarzni
430
so‗ndirishga qaratilgan aniq harakatlarni amalga oshirish orqali mavjud chigallikni
hal etish yoki uni yumshatish choralarini ko‗rish lozim
52
.
Qonunchilik bilan belgilanishicha, vujudga kelgan paytdan boshlab 90 kun
o‗tgan debitorlik qarzi muddati o‗tib ketgan debitorlik qarzi deb tan olinadi.
53
Korxonada buning mavjudligi uning mansabdor shaxslariga 10 dan 15 EKIH
miqdorida jarima solishga sabab bo‗ladi.
54
Binobarin, muddati o‗tgan debitorlik qarzi korxona boshqaruvchilariga ko‗p
muammolar keltirishi mumkin.
Qayd qilish lozimki, belgilangan muddatlarning o‗tishi kontragent
tomonidan bajarilishi kerak bo‗lgan paytdan boshlanadi. Binobarin, muammoni hal
qilish uchun taraflar shartnomaviy majburiyatlarni bajarish muddatlarini uzaytirish
uchun qo‗shimcha kelishuvni rasmiylashtirishlari Yetarli bo‗ladi. Qarzdorga
nisbatan birdaniga sud muhokamasi tashabbusi bilan
chiqish va unga nisbatan
majburiy undiruv choralarini qo‗llash umuman shart emas.
Yuzaga kelgan majburiyatlarni uzoq vaqt va zo‗r berib undirishga harakat
qilishdan yoki bu harakatlarning befoyda deb tan olgan holda qarz majburiyatlarini
bekor qilishdan ko‗ra, uni vujudga kelishini oldini olgan maqbul hisoblanadi.
Ya‘ni qarzdorlik haqida ushbu qarzdorlikning yuzaga kelgandan keyin emas, balki
yuzaga kelgunga qadar qayg‗urgan maqbul hisoblanadi. Buning uchun nimalar
qilish lozim. Avvalo kontragent bilan tegishli shartnomani rasmiylashtirish
bosqichining
o‗zidayoq taraflar majburiyatlarining
aniq miqdorlari va
majburiyatlarni ta‘minlash choralarini ko‗zda tutgan holda amalga oshirish
mumkin. Bu shartlar qarzdorlik vujudga kelgan taqdirda uni so‗ndirishning
qo‗shimcha kafolati bo‗ladi.
Debitorlar va kreditorlar bizning strategik hamkorlarimiz hisoblanadi.
Ularga nisbatan muomalada qonuniy va ijtimoiy normalardan kelib chiqqan holda
52
https://www.norma.uz/bizning_sharhlar/debitorlik_qarzi_undirish_mumkin_emas_kechib_yuborilsin
Dostları ilə paylaş: