431
harakat qilish lozim. Hech kim o‗z hamkorlari bilan munosabatni buzishni
xohlamaydi. Shu sababli debitorlik va kreditorlik majburiyatlarni tahlil etishda
avvalo kontragentlarning tarkibiga va ularning doimiy faoliyat hamkorligidagi
tarixiga muhim ahamiyat qaratish lozim. Avvalo, kontragentlar bilan aloqada
qarzdorlikning yuzaga kelish sabablarini o‗zidan va undan keyingina hamkoridan
izlash lozim.
Qarzdorlik nafaqat iqtisodiy munosabatlarni, balki jamiyat hayotini, ijtimoiy
munosabatlarni ham chigallashtiradi. Korxonaning jismoniy
va huquqiy shaxslar
bilan bo‗ladigan munosabatlari alohida olingan subyektlarning muammosi emas,
balki butun iqtisod va jamiyatning ham muammosi hisoblanadi. Shu sababli,
ularning yuzaga kelishI, muddatlarining cho‗zilishi, oqlanishi, himoyalanishi kabi
masalalarga doimo muhim e‘tibor qaratish lozim. Qarzdorlikning oshib ketishi o‗z
navbatida korxonalarning moliyaviy holatiga, barqarorligiga, to‗lovga qobilligiga
ta‘sir etadi. Natijada korxonaning yashovchanligi, hayotiyligi qiyinlashadi.
Debitorlik majburiyatlari
deganda – qarshi tomonning (ajratilgan
bo‗linmalar, sho‗ba va qaram xo‗jalik jamiyatlari, xodimlar, mol yetkazib
beruvchilar va pudratchilar, byudjetga soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlar,
maqsadli davlat jamg‗armalari va sug‗urta badallari bo‗yicha, ta‘sischilarning
ustav kapitaliga ulushlari bo‗yicha) korxonaga to‗lashi lozim bo‗lgan muddatli
majburiyatlari nazarda tutiladi.
Kreditorlik majburiyatlari
deganda – qarshi tomonga korxonaning to‗lashi
lozim bo‗lgan (mol yetkazib
beruvchilar va pudratchilarga, ajratilgan
bo‗linmalarga, sho‗ba va qaram xo‗jalik jamiyatlariga, kechiktirilgan daromadlar,
majburiy to‗lovlar bo‗yicha kechiktirilgan majburiyatlar, boshqa kechiktirilgan
majburiyatlar, olingan bo‗naklar, byudjetga to‗lovlar bo‗yicha qarz, sug‗urtalar
bo‗yicha qarz, maqsadli davlat jamg‗armalariga to‗lovlar bo‗yicha qarz,
ta‘sischilarga bo‗lgan qarzlar, mehnatga haq to‗lash bo‗yicha qarz, qisqa muddatli
bank
kreditlari, qisqa muddatli qarzlar, uzoq muddatli majburiyatlarning joriy
qismi va boshqa kreditorlik qarzlari) majburiyatlari nazar tutiladi.
432
Majburiyat bu muayyan fuqarolik huquqiy munosabatidan iborat bo‗lib,
unga amal qilishi orqali bir shaxs (qarzdor) ikkinchi shaxsga kreditor foydasiga
ma‘lum bir harakatni bajarishi, mol-mulkni topshirishi,
ishni bajarishi, xizmat
ko‗rsatishi, pul to‗lashi yoki biror harakatni bajarishdan tiyilishi zarur bo‗lgan
holatga aytiladi.
55
Majburiyatlar shartnomadan, ziyon yetkazish natijasida hamda Fuqarolik
kodeksida ko‗rsatilgan boshqa asoslardan kelib chiqadi yoki vujudga keladi.
Majburiyatlar xo‗jalik shartnomalari bandlariga to‗la amal qilmaslik
natijasida yuzaga keladi.
Taraflardan biri shartlashilgan muddatda tadbirkorlik faoliyati sohasida
tovarlarni berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‗rsatish majburiyatini oladigan,
ikkinchi
taraf esa tovarlarni, ishlarni, xizmatlarni qabul qilib olish va ularning
haqini to‗lash majburiyatini oladigan kelishuv
xo„jalik shartnomasi
deyiladi.
Qarzdorliklar xo‗jalik yurituvchi subyekt mansabdor shaxsining aybi bilan
bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan, uning tomonidan xo‗jalik
yurituvchi subyektning pul mablag‗lari va boshqa mol-mulki maqsadga nomuvofiq
foydalanilgan, to‗lov intizomi buzilgan, xo‗jalik yurituvchi
subyekt bankrotlikka
duchor qilingan yoki shartnoma munosabatlari sohasida boshqa qoidabuzarliklar
sodir etilgan taqdirda yuzaga keladi.
Debitor va kreditor so‗zlari ma‘nosini ko‗payish va kamayish, qo‗shish va
chegirish, kirim va chiqim ma‘nosida qarash mumkin. Uning nomlanishiga asos
qilib balansning aktiv va passiv qismlarga, hisobvaraqalarining aktiv va passiv
turlarga tarkiblanishi asos qilib olingan.
Debitorlik va kreditorlik
qarzlarini tahlil etishda
tahlil
mazmunini
majburiyatlarni hajmi, tarkibi, vujudga kelish davri bo‗yicha o‗rganish,
majburiyatlarining aylanuvchanligi, tahlikali majburiyatlarning himoyalanganlik
darajasini baholash, majburiyatlarning yuzaga kelishi va ularning muddatini
o‗tkazib yuborilish sabablarini o‗rganish, majburiyatlar balansini tuzish,
majburiyatlarning moliyaviy holatga ta‘sirini baholash tashkil etadi.
55
Dostları ilə paylaş: