430
so‗ndirishga qaratilgan aniq harakatlarni amalga oshirish orqali mavjud chigallikni
hal etish yoki uni yumshatish choralarini ko‗rish lozim
52
.
Qonunchilik bilan belgilanishicha, vujudga kelgan paytdan boshlab 90 kun
o‗tgan debitorlik qarzi muddati o‗tib ketgan debitorlik qarzi deb tan olinadi.
53
Korxonada buning mavjudligi uning mansabdor shaxslariga 10 dan 15 EKIH
miqdorida jarima solishga sabab bo‗ladi.
54
Binobarin, muddati o‗tgan debitorlik qarzi korxona boshqaruvchilariga ko‗p
muammolar keltirishi mumkin.
Qayd qilish lozimki, belgilangan muddatlarning o‗tishi kontragent
tomonidan bajarilishi kerak bo‗lgan paytdan boshlanadi. Binobarin, muammoni hal
qilish uchun taraflar shartnomaviy majburiyatlarni bajarish muddatlarini uzaytirish
uchun qo‗shimcha kelishuvni rasmiylashtirishlari Yetarli bo‗ladi. Qarzdorga
nisbatan birdaniga sud muhokamasi tashabbusi bilan chiqish va unga nisbatan
majburiy undiruv choralarini qo‗llash umuman shart emas.
Yuzaga kelgan majburiyatlarni uzoq vaqt va zo‗r berib undirishga harakat
qilishdan yoki bu harakatlarning befoyda deb tan olgan holda qarz majburiyatlarini
bekor qilishdan ko‗ra, uni vujudga kelishini oldini olgan maqbul hisoblanadi.
Ya‘ni qarzdorlik haqida ushbu qarzdorlikning yuzaga kelgandan keyin emas, balki
yuzaga kelgunga qadar qayg‗urgan maqbul hisoblanadi. Buning uchun nimalar
qilish lozim. Avvalo kontragent bilan tegishli shartnomani rasmiylashtirish
bosqichining
o‗zidayoq taraflar majburiyatlarining aniq miqdorlari va
majburiyatlarni ta‘minlash choralarini ko‗zda tutgan holda amalga oshirish
mumkin. Bu shartlar qarzdorlik vujudga kelgan taqdirda uni so‗ndirishning
qo‗shimcha kafolati bo‗ladi.
Debitorlar va kreditorlar bizning strategik hamkorlarimiz hisoblanadi.
Ularga nisbatan muomalada qonuniy va ijtimoiy normalardan kelib chiqqan holda
52
https://www.norma.uz/bizning_sharhlar/debitorlik_qarzi_undirish_mumkin_emas_kechib_yuborilsin
Dostları ilə paylaş: