432
Majburiyat bu muayyan fuqarolik huquqiy munosabatidan iborat bo‗lib,
unga amal qilishi orqali bir shaxs (qarzdor) ikkinchi shaxsga kreditor foydasiga
ma‘lum bir harakatni bajarishi, mol-mulkni topshirishi, ishni bajarishi, xizmat
ko‗rsatishi, pul to‗lashi yoki biror harakatni bajarishdan tiyilishi zarur bo‗lgan
holatga aytiladi.
55
Majburiyatlar shartnomadan, ziyon yetkazish natijasida hamda Fuqarolik
kodeksida ko‗rsatilgan boshqa asoslardan kelib chiqadi yoki vujudga keladi.
Majburiyatlar xo‗jalik shartnomalari bandlariga to‗la amal qilmaslik
natijasida yuzaga keladi.
Taraflardan biri shartlashilgan muddatda tadbirkorlik faoliyati sohasida
tovarlarni berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‗rsatish majburiyatini oladigan,
ikkinchi taraf esa tovarlarni, ishlarni, xizmatlarni qabul qilib olish va ularning
haqini to‗lash majburiyatini oladigan kelishuv
xo„jalik shartnomasi
deyiladi.
Qarzdorliklar xo‗jalik yurituvchi subyekt mansabdor shaxsining aybi bilan
bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan, uning tomonidan xo‗jalik
yurituvchi subyektning pul mablag‗lari va boshqa mol-mulki maqsadga nomuvofiq
foydalanilgan, to‗lov intizomi buzilgan, xo‗jalik yurituvchi subyekt bankrotlikka
duchor qilingan yoki shartnoma munosabatlari sohasida boshqa qoidabuzarliklar
sodir etilgan taqdirda yuzaga keladi.
Debitor va kreditor so‗zlari ma‘nosini ko‗payish va kamayish, qo‗shish va
chegirish, kirim va chiqim ma‘nosida qarash mumkin. Uning nomlanishiga asos
qilib balansning aktiv va passiv qismlarga, hisobvaraqalarining aktiv va passiv
turlarga tarkiblanishi asos qilib olingan.
Debitorlik va kreditorlik qarzlarini tahlil etishda
tahlil
mazmunini
majburiyatlarni hajmi, tarkibi, vujudga kelish davri bo‗yicha o‗rganish,
majburiyatlarining aylanuvchanligi, tahlikali majburiyatlarning himoyalanganlik
darajasini baholash, majburiyatlarning yuzaga kelishi va ularning muddatini
o‗tkazib yuborilish sabablarini o‗rganish, majburiyatlar balansini tuzish,
majburiyatlarning moliyaviy holatga ta‘sirini baholash tashkil etadi.
55
Dostları ilə paylaş: