12.4. Qarzdorlik dinamikasining natijaviy va samaradorlik ko„rsatkichlari bilan qiyosiy tahlili (qarzlarning aylanuvchanligi va qoplanuvchanligi tahlili) Foydalanuvchilar tomonidan qabul qilinadigan iqtisodiy qarorlar, xo‗jalik
yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlarini to‗g‗ri boshqarish
orqali pul mablag‗lari va pul ekvivalentlarini hosil qilish qobiliyatiga, uning
muddati va aniqligiga baho berishni talab etadi.
Xo‗jalik yurituvchi subyektning debitorlik va kreditorlik qarzlari yuzasidan
sodir bo‗lgan o‗zgarishlarni chuqur tahlil qilish, davr mobaynida ularning hajmi,
muddati, so‗ndirilishi, aylanuvchanligi bo‗yicha real holatni o‗rganishni talab
etadi.
Qarzdorlik korxonaning moliyaviy holatini baholashda eng murakkab
masala hisoblanadi. Negaki, uning hal etilishi doimo ham korxonaning o‗z
ixtiyorida emas. Ayniqsa, debitorlik majburiyatlari va ularning undirilishi,
muddatlarga amal qilinishi, qarzdorlik bo‗yicha yuzaga keladigan qo‗shimcha
majburiyatlarning paydo bo‗lishi korxona rahbariyatining sa‘y-harakatlari
bilangina amalga oshadigan oddiygina jarayon emas. O‗z navbatida debitorlik
majburiyatlaridagi holat korxonaning qarshi tomon oldidagi, kreditorlik
qarzlarining ham to‗lanishiga, ularning tizimli algoritmiga ta‘sir etadi. Negaki,
debitorlik va kreditorlik qarzlari bu faoliyatning ikki qirrasi ularning bittasidagi
buzilish ikkinchisiga, ikkinchisidagi buzilish birinchisiga ta‘sir qiladi. O‗z
navbatida bitta korxonada qarzdorlikning hal etilishi, tarmoq va bo‗g‗inda,
yakunida mamlakatdagi to‗lov intizomiga ham ta‘sir etadi.
445
Qarzdorlikni so‗ndirish albatta pul mablag‗lari va ularning ekvivalentlari
yordamida amalga oshiriladi. Korxonada pul va pul ekvivalentlarining asosiy
oqimi bu operatsion faoliyatda kuzatiladi. O‗z navbatida majburiyatlarning ham
asosiy qismi ushbu faoliyat yuzasidan kelib chiqadi. Shu sababli, korxona
rahbarlari doimo pul va pul ekvivalentlarini qisqa muddatli majburiyatlarni
qoplashga tegishli qismini ushlab turishga harakat qiladilar. O‗z navbatida ularning
faoliyat va qarzdorlikdan ortiqcha qismini ushlab turish ham korxona uchun
maqbul hisoblanmaydi. Negaki, bu aktivlarning oborotdan chetlanishiga sabab
bo‗ladi. Ortiqcha pul mablag‗larini ularning ekvivalentlariga investitsiya qilish bu
pul mablag‗larini boshqarish bo‗lib hisoblanadi.
Pul ekvivalentlari deganda ko‗pincha qisqa muddatli moliyaviy qo‗yilmalar
ham nazarda tutiladi. Moliyaviy qo‗yilmalarning qisqa muddatli shakli pul
ekvivalenti deb tan olinishi uchun, u belgilangan summadagi pul mablag‗iga oson
aylantiriladigan va qiymatidagi o‗zgarishlar riski sezilarsiz darajada bo‗lishi lozim.
Qarzdorlikning dinamikasi uning yillar bo‗yicha o‗zgarishlariga baho
berishni ifoda etadi. Bu qarzdorlikning retrospektiv tahlili hisoblanib, kelajakdagi
prognozlarini belgilash uchun ham zarur hisoblanadi. Qarzdorlikni muddat
bo‗yicha o‗rganishda ularning muddati o‗tgan majburiyatlar sifatida foyda va
zararlarga olib borilishiga muhim ahamiyat qaratish lozim. Qarzlarni foyda va
zararlarga olib borish ularning to‗la nazorat qatoridan chiqarilishini anglatmaydi.
So‗ndirilgan qarzlar albatta balansdan tashqari hisobvaraqlarida 5 yilga qadar
saqlanishi lozim.
Debitorlik majburiyatlarini qiymat ifodasida o‗rganish doimo ham korxona
moliyaviy ahvoli haqida aniq xulosalar chiqarish uchun yetarli bo‗lmaydi. Shu
sababli‚ bu jarayonlarni samaradorlik va natijaviylik ko‗rsatkichlari bilan uzviy
bog‗liqlikdagi nisbiy ifodalariga ham baho beriladi. Bunday ko‗rsatkichlar sifatida
debitorlik va kreditorlik qarzlarining aylanuvchanlik koeffitsiyentlari o‗rganiladi
va tahlil qilinadi.
Debitor va kreditor qarzdorlikni o‗rganishda aylanuvchanlikning ikki
jihatiga muhim ahamiyat qaratiladi.
446
Aylanuvchanlik koeffitsiyentlari va ularning o‗zgarishiga;
Aylanuvchanlik davri va ularning o‗zgarishiga.
12.5-jadval