Debitor va kreditor qarzdorlikning aylanuvchanlik koeffitsiyentlari va
aylanish davri ko„rsatkichlarini tahlili
Ko„rsatkichlar
O„tgan yil
Hisobot yili
Farqi
(+,-)
O„sish
sur‟ati.
%
Debitorlar,
jami
(satr
220+240+250+
260+270+280+290+300+3
10)
459 586 597
468 253 903
8 667 30
6
101.9
shundan: muddati o‗tgan
61 242 836
24 341 057
-
36 901 7
79
39.3
Joriy majburiyatlar, jami
(satr
610
+630+640+650+660+670+
680+690+700+710+720+7
30+740+750+760)
654 802 314
674 942 829
20 140
515
103.1
shu
jumladan:
joriy
kreditorlik qarzlari (satr
610+630+650+670
+680
+690+700+710+720+760)
623 266 697
651 211 265
27 276
076
104.5
shundan: muddati o‗tgan
joriy kreditorlik qarzlari
26 935 189
18 671 676
-8 263
513
69.2
Sotishdan sof tushum
2 799 935
534
2 938 333
638
138 398
104
104.9
Debitorlik
qarzlarining
aylanish koeffitsiyenti
6.09
6.27
0.18
102.9
Shundan: muddati o‗tgan
debitorlik
qarzlarining
aylanish koeffitsiyenti
45.88
122.41
76.53
271.1
Debitorlik
qarzlarining
aylanish davri
59.11
57.41
1.70
96.6
Shundan: muddati o‗tgan
debitorlik
qarzlarining
aylanish davri
7.8
2.9
-4.9
37.1
Kreditorlik
qarzlari
aylanish koeffitsiyenti
4.49
4.51
0.02
100.4
Shundan: muddati o‗tgan
kreditorlik
qarzlarining
aylanish koeffitsiyenti
107.65
163.22
55.57
152.3
447
Kreditorlik
majburiyatlarining aylanish
davri
80.1
79.8
-0.3
98.8
Shundan: muddati o‗tgan
kreditorlik
qarzlarining
aylanish davri
3.3
2.2
-1.1
66.6
Debitorlik va kreditorlik
qarzlarining
aylanish
koeffitsiyentlarining
bog‗liqligi (nisbati)
1.35
1.39
0.04
102.9
Korxonada debitorlik majburiyatlarining aylanuvchanligi o‗tgan yilga
nisbatan 0.18 ga ortgan. Aylanish davri 1.70 kunga tezlashgan. Kreditorlik
majburiyatlarining aylanish koeffitsiyenti esa 0.02 ga ortgan. Aylanish davriyligi
esa 0.3 kunga tezlashgan. Muddati o‗tgan debitorlik majburiyatlarini undirish,
muddati o‗tgan kreditorlik majburiyatlarini qoplash imkoniyatlari korxonada to‗la
mavjud.
12.5. Debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish bo„yicha
boshqaruv qarorlarini qabul qilish mexanizmlari
Qarz majburiyatlarini boshqarish ishida tizimli yondashuv zarur.
Boshqaruvni to‗g‗ri yo‗lga qo‗yishda qarzdorlik mavjudligiga, uning miqdoriga va
paydo bo‗lgan sanasiga, qarzlarni undirish muddatlarini belgilashga, ularni
so‗ndirish usullarini tanlashga alohida ahamiyat qaratish lozim. Bunda, ko‗proq
qarzdor bilan muzokara olib borish yo‗lini tanlash maqsadga muvofiqdir. Masalani
uzil-kesil hal qilish imkoni bo‗lmasa qonunda belgilangan boshqa choralarni
ko‗rishga kirishish lozim.
Debitorlik qarzlarini undirish oson jarayon emas. Bu uzoq vaqtni,
qo‗shimcha tashkiliy va moliyaviy xarajatlarni talab qiladi hamda doim bir necha
biznes tuzilmalar manfaatlari to‗qnashuvi bilan bog‗liq bo‗ladi. Bu albatta
boshqaruvchidan uddaburonlik, shijoat va jiddiylikni talab etadi. Shu bilan birga
qarzdorlikni hal etishda qonunchilik normalari bo‗yicha barcha bosqichlardan
o‗tish ham doimo ijobiy natijalarga olib kelavermaydi.
448
Korxonalarda muddatida undirilmagan va undirish imkoni bo‗lmagan
debitorlik, kreditorlik qarzlarini hisobdan chiqarish, so‗ndirish quyidagi usullarda
amalga oshiriladi.
Birinchi usul: debitorlik qarzi umidsiz bo‗lgan, payti kelganda uni
to‗g‗ridan-to‗g‗ri korxonaning zarariga hisobdan chiqariladi.
Sud qaroriga binoan majburiyatlarning tugatilishi, qarzdorning bankrotligi,
tugatilishi yoki vafot etishi oqibatida yoxud da‘vo qilish muddati o‗tishi oqibatida
uzish mumkin bo‗lmagan qarz umidsiz deb e‘tirof etiladi.
59
Bunday qarz hisobdan
chiqarilishi kerak.
Qarzdorlikning umumiy da‘vo muddati uch yil. Ularni hisobdan chiqarish
rahbarning qarori bilan amalga oshiriladi va buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
―Xarajatlar tarkibi to‗g‗risida‖gi nizomga muvofiq da‘vo bildirish muddati
o‗tgan debitorlik qarzlarni hisobdan chiqarishdan ko‗rilgan zararlar boshqa
operatsion xarajatlar sifatida korxonaning davr xarajatlari tarkibiga kiradi.
Debitorlik qarzini hisobdan chiqarishning ikkinchi usuli – bu dargumon
qarzlar bo‗yicha zaxira tashkil etishdir. Bunda belgilangan muddatda qoplanmagan
va tegishli kafolatlar bilan ta‘minlanmagan debitorlik qarzi dargumon qarz sifatida
tan olinadi.
Korxonaning yuridik va jismoniy shaxslar bilan hisob-kitoblari bo‗yicha
dargumon qarzlari summasiga zaxira tashkil qilinadi.
60
Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, har qanday usulda ham zararga hisobdan
chiqarilgan qarz hisobdan chiqarilgan paytdan boshlab besh yil mobaynida
qarzdorning mulkiy holati o‗zgargan taqdirda qarzni undirish imkoniyatini
kuzatish uchun balansdan tashqari schyotida turishi zarur.
Debitorlik qarzini hisobdan chiqarishning tanlangan usuli korxonaning hisob
siyosatida aks etadi. Agarda korxona dargumon qarzlar bo‗yicha zaxira tashkil
etmoqchi bo‗lsa, u holda uni shakllantirish va foydalanish tartibini ham hisob
siyosatida ko‗rsatishi kerak.
59
Солиқ Кодексининг 22-моддаси
60
Даргумон қарзлар бўйича захирани ташкил этиш ва фойдаланиш тартиби 21-сон БҲМСнинг
2-иловаси 216-бандида белгиланган.
449
Debitorlik va kreditorlik qarzi muddatlarini o‗tkazib yuborish hamda
korxonalarning hisobvaraqlarida tegishli mablag‗lar bo‗lgan holda to‗lovlarni
amalga oshirishning belgilangan muddatlarini buzish mansabdor shaxslarga
EKIHning 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab
bo‗ladi.
61
Mahsulot va tovar yetkazib berishda, shuningdek‚ ishlarni bajarish yoki
xizmatlar ko‗rsatishda korxona xaridorlar va buyurtmachilardan bo‗nak to‗lovini
(oldindan to‗lovni) talab qilishi mumkin. Bu holatda bo‗nak xaridorlar va
buyurtmachilardan kelgusi to‗lovlarning tushish kafolati va tovarlarni yetkazib
berish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‗rsatish bo‗yicha shartnomaning bajarilishi
kafolati bo‗lib xizmat qiladi. Bunday bo‗naklar pul mablag‗larini olgan korxona
uchun mahsulot va tovarlar yetkazib berilgunga, shuningdek‚ ish bajarilgunga yoki
xizmatlar ko‗rsatilgunga qadar yoxud ilgari olingan bo‗nak to‗lovlari qaytarilgunga
qadar majburiyatlar hosil qiladi.
Kreditorlik qarzini hisobdan chiqarish tartiblari soliq kodeksining 136-
moddasi bilan tartibga solinadi.
Muddatida so‗ndirilmagan kreditorlik qarzi quyidagi hollarda hisobdan
chiqarilishi mumkin:
- da‘vo bildirish muddati (qarz vujudga kelgan paytdan boshlab uch yil)
o‗tganda;
- kreditor korxona tugatilganda;
- majburiyatlar sudning yoki vakolatli davlat organining qaroriga binoan
hisobdan chiqarilganda.
Hisobdan chiqarilgan kreditorlik qarzi summasi asosiy ishlab chiqarishdan
olingan boshqa daromadlar tarkibiga kiritiladi. Kreditorlik qarzini hisobdan
chiqarish korxonaning boshqa daromadlariga kiradi hamda asosiy faoliyat turi
uchun ko‗zda tutilgan stavkalar bo‗yicha soliq solinadi.
Balansda debitorlik qarzini ushlab turish nihoyatda foydasiz, biroq undan aql
bilan moliyaviy holatga ziyonsiz va qonunchilik doirasida xalos bo‗lish kerak.
61
Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекснинг 175-моддаси.
450
Aniqlanishicha, amaliyotda kreditorlar uchun yetarlicha imkoniyatlar mavjud.
Kontragent bilan o‗zaro munosabatlar tarixi, qarz summasi, uning hosil bo‗lish
sanasi va boshqa omillarga bog‗liq holda:
- qo‗shimcha kelishuv yoki vaziyatga mos keladigan boshqa shartnoma
tuzish yoki qarzni butunlay kechib yuborish;
- bank yoki soliq inspeksiyasiga murojaat qilish;
- qarzdorga talabnoma yo‗llash yoki sudga qarzni undirish uchun ariza
berish;
- qarzdorni bankrot deb e‘tirof etish.
Yondashuvlarning turli-tumanligiga qaramay amalda, debitorlik va
kreditorlik qarzlarini boshqarish iqtisodiyotning barcha bo‗g‗inlaridagi korxona va
tashkilotlarda haliga qadar qiyinligicha qolmoqda. Debitorlik va kreditorlik
majburiyatlarining muddati o‗tgan qismini jami majburiyatlar tarkibidagi salmog‗i
yuqoriligicha qolmoqda. Ularni hal qilishning amalda moliyaviy mexanizmlari
mavjud qarzdorlikni ijobiy hal qilish imkonini bermayapti. Buning oqibatida
korxonalarning moliyaviy ahvoli tobora yomonlashmoqda. Ularni moliyaviy
sog‗lomlashtirish yuzasidan ko‗rilayotgan chora-tadbirlari samarasizligicha
qolmoqda.
Korxonalarning debitorlik va kreditorlik qarzdorligi va ularni muddatli hal
etish borasida amaldagi huquqiy normalarni takomillashtirish, kechiktirilgan
qarzlar siyosatidan voz kechish, qo‗llab quvvatlashning manzilli xaritalarini tuzish,
rag‗batlantirishning ta‘sirchan birliklarini yo‗lga qo‗yish, hisob-kitob shakllarini
kengaytirish, savdo va tijorat faoliyatida sug‗urta xizmatlarini yo‗lga qo‗yish,
zaxiralarni tashkil etishning mukammal tizimiga o‗tish lozim deb o‗ylaymiz.
Debitorlik qarzlarini boshqarishning maqsadi uning hajmini va tarkibini
optimallashtirish, shuningdek, samarali kredit siyosatini qo‗llash yuzasidan sotish
hajmini rag‗batlantirishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |