Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə250/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

 


459 
13-BOB. PUL OQIMLARI TAHLILI 
 
13.1.Xo„jalik yurituvchi subyektning pul mablag„larini ko„paytirishI, 
ularning ko„payish vaqtini hisob-kitob qilish va natijaga erishishda tahlilniNg 
muhimligi va asosiy vazifalari.
13.2.Korxonaning pul mablag„lari bilan ta‟minlanganligi va ular 
oqimini tahlil qilishning o„ziga xos xususiyatlari.
13.3.Pul oqimi to„g„risidagi hisobotning tuzilishi va asosiy elementlari. 
13.4.Pul oqimlarining kirimi va chiqimini samarali boshqarishda 
moliyaviy tahlilning o„rni.
13.5.Asosiy faoliyatdagi pul oqimlari tahlili. Moliyaviy va investitsion 
faoliyatdan pul oqimlari tahlili.
13.6.Pul oqimlarini tahlil qilishning to„g„ri va egri uslubi.
13.7.Pul oqimlarini boshqarishning omilli tahlili. Pul oqimlari 
harakatini tezlashtirish imkoniyatlarini aniqlash.
13.8.Pul oqimlaridagi o„zgarish tendensiyalarini tahlili. Foiz stavkalari 
va ularni hisoblash usullari.
13.9.Valyuta mablag„lari harakatining tahlili.
 
13.1. Xo„jalik yurituvchi subyektning pul mablag„larini ko„paytirish, 
ularning ko„payish vaqtini hisob-kitob qilish va natijaga erishishda tahlilning 
muhimligi va asosiy vazifalari 
 
Pul mablag‗larini oqilona boshqarish masalasi doimo mulk egalari va 
menejerlar e‘tiboridagi masala bo‗lib kelgan. Negaki, jo‗natilgan mahsulot, 
bajarilgan ish va ko‗rsatilgan xizmatlar bo‗yicha hisob-kitoblarning o‗z vaqtida 
amalga oshirilmasligi oqibatida xo‗jalik yurituvchi subyektning qarshi tomon 
oldidagi majburiyatlari ham ortib boradi. Natijada xo‗jalik yurituvchi subyektning 
moliyaviy ahvoli va natijaviyligida salbiy holatlar kuzatila boshlaydi. Shu sababli, 


460 
naqdlikni ta‘minlash, ularni to‗g‗ri boshqarish masalasiga doimo ham muhim 
ahamiyat qaratilmog‗i lozim. 
Boshqa moliyaviy hisobotlar bilan birga foydalanish chog‗ida pul oqimlari 
to‗g‗risidagi hisobot, moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun xo‗jalik 
yurituvchi subyektning pul mablag‗larini va ularning ekvivalentlarini jalb etish 
qobiliyatini baholashga asos bo‗lib xizmat qilishi bilan foydalidir. Pul oqimlari 
to‗g‗risidagi hisobot pul tushumlari va to‗lovlarini uchta asosiy toifaga ajratadi: 
operatsion faoliyat, investitsiya faoliyati va moliyaviy faoliyat. Har uch toifaning 
pul mablag‗iga birgalikda ta‘siri hisobot davrida pul mablag‗ining sof o‗zgarishini 
belgilab beradi. Pul oqimlari harakati to‗g‗risidagi axborot bo‗lajak pul oqimlari 
prognozi to‗g‗riligini tekshirish chog‗ida, foyda olish va pul oqimlarining sof 
harakati va narx o‗zgarishi ta‘siri o‗rtasidagi aloqalarni tahlil qilish chog‗ida zarur 
bo‗ladi. 
Pul mablag‗lari oqimi yuzasidan quyidagi muhim tushunchalarni tasniflash 
lozim
64

Pul mablag„lari –
kassadagi naqd pul va talab qilib olinadigan depozitlar, 
shuningdek‚ bankning hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlaridagi mablag‗lar. 
Pul ekvivalentlari
– ma‘lum pul mablag‗iga tez va oson almashtiriladigan 
hamda qiymatidagi o‗zgarishlar tufayli biroz xatari bo‗lgan qisqa muddatli, yuqori 
likvidli investitsiyalar (moliyaviy qo‗yilmalar). 
Pul oqimlari –
pul mablag‗lari hamda ular ekvivalentlarining oqimi 
(tushumi) va chiqimi (sarflanishi, chiqishi)dan iborat. 
Pul oqimlari to„g„risidagi hisobot
– hisobot davrida pul mablag‗i oqimlarini 
batafsil ko‗rsatuvchi ko‗rsatkichlar yig‗indisi. 
64
Рахимов М.Ю. Иқтисодиѐт субъектлари молиявий ҳолатининг таҳлили.Т.: Молия –иқтисод, 
2015.-316 б., Ефимова О.В. [и др.]. Анализ финансовой отчетности./учеб.пособие / - М.: Омега-Л, 
2013. - 388 с., K. R. Subramanyam FINANCIAL STATEMENT ANALYSIS, ELEVENTH EDITION 
Published by McGraw-Hill Education, 2 Penn Plaza, New York, NY 10121. Copyright © 2014 by
64

Карлин Т.Р. Анализ финансовых отчетов (на основе GAAP) Учебник. — М.: ИНФРА-М, 1998. — 
448 с. — ISBN 5-86225-675-Х, Бернстайн Л.А. Анализ финансовых отчетов М.: Финансы и 
статистика. 2003, -622 ст., 
Вахрушиной М.А. Анализ финансовый отчетности.М.: Финансы и 
статистика 2007. 367 стр


461 
Operatsion faoliyat –
xo‗jalik yurituvchi subyektning daromad keltiruvchi 
asosiy faoliyati, shuningdek‚ subyektning investitsiya va moliyaviy faoliyatiga oid 
bo‗lmagan o‗zga xo‗jalik faoliyati. 
Investitsiya faoliyati –
pul ekvivalentlariga kiritilmagan uzoq muddatli 
aktivlar va boshqa investitsiya obyektlarini sotib olish va sotish. 
Moliyaviy faoliyat –
xo‗jalik yurituvchi subyektning faoliyati bo‗lib, uning 
natijasida o‗z mablag‗i va qarz mablag‗lari miqdori va tarkibida o‗zgarishlar yuz 
beradi. 
Pul mablag‗i ekvivalentlaridan asosan investitsiyalar va boshqa maqsadlar 
uchun emas, balki faqat qisqa muddatli majburiyatlar bo‗yicha to‗lovlar uchun 
foydalaniladi. Investitsiyalarni pul ekvivalenti deb hisoblash uchun ular erkin 
ravishda naqd pulga aylantiriladigan bo‗lishi va qiymatining o‗zgarishida biroz 
xavf bo‗lishi lozim. Shu sababli‚ investitsiya qisqa muddatda to‗lanadigan bo‗lsa, 
ya‘ni xarid qilingan paytdan boshlab taxminan uch oy ichida to‗lanadigan bo‗lsa, 
uni pul ekvivalenti deb hisoblash mumkin bo‗ladi. 
Bank zayomlari moliyaviy faoliyatga taalluqlidir, lekin talab qilingan paytda 
to‗lanadigan bank overdraftlari korxonalar pul mablag‗ini boshqarishning ajralmas 
qismi hisoblanadi. Shu munosabat bilan bank overdraftlari pul mablag‗ining 
tarkibiy qismi yoki ularning ekvivalenti hisoblanadi. 
Pul oqimi pul mablag‗lari va pul ekvivalentlari moddalari o‗rtasidagi 
harakatni o‗z ichiga olmaydi, chunki ular operatsion, moliyaviy yoki investitsiya 
faoliyatiga kirmaydi yoki xo‗jalik yurituvchi subyektning pul mablag‗larini 
boshqarishga taalluqlidir. Pul mablag‗larini boshqarish pul mablag‗lari va pul 
ekvivalentlarining ortiqchasini ishga solishni o‗z ichiga oladi. 
Pul oqimlari to‗g‗risidagi hisobot hisobot davri davomida operatsiya, 
investitsiya yoki moliyaviy faoliyat natijasida xo‗jalik yurituvchi subyekt olgan pul 
oqimlari to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni taqdim etishi lozim bo‗ladi. 

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin