442
Korxonada hisobot davri oxiriga qarz balansi 651 211 265 ming so‗mga teng
bo‗lgan. Shundan: 468 253 903 ming so‗mi debitorlik majburiyatlari, 651 211 265
ming so‗mi kreditorlik majburiyatlaridir. Kreditorlik majburiyatlarining debitorlik
majburiyatlarining ortgan qismi 182 957 362 ming so‗mni tashkil qilgan. Hisobot
davri boshiga debitorlik va kreditorlik majburiyatlari orasidagi farq 163 680 100
ming so‗mni tashkil qilgan. Debitorlik kreditorlik balansi 623 266 697 ming
so‗mga teng bo‗lgan. Debitorlik va kreditorlik qarzlari
balansi davr boshiga
nisbatan 27 944 568 ming so‗mga ortgan.
Debitorlik va kreditorlik qarzlari tarkibida muddati o‗tgan, to‗lov muddati
kelgan va to‗lov muddati o‗tmagan majburiyatlarni alohida tarkiblash lozim.
Debitorlik va kreditorlik qarzlarining muddati o‗tgan sifatida tan olish
tartiblari qonunchilik normalari asosida belgilanadi.
Korxona va tashkilotlarning moliyaviy
ahvolini mustahkamlash, yetkazib
berilgan mahsulot, bajarilgan ishlar va xizmatlar uchun iste‘molchilarning o‗z
vaqtida hisob-kitob qilishlarini ta‘minlash, xalq xo‗jaligida to‗lov intizomining
ahvoli uchun rahbarlarning mas‘uliyatini oshirish maqsadida qabul qilingan ―Xalq
xo‗jaligida hisob-kitoblar o‗z vaqtida o‗tkazilishi uchun
korxona va tashkilotlar
rahbarlarining mas‘uliyatini oshirish borasidagi chora-tadbirlari to‗g‗risidaˮgi PF-
1154 sonli 1995-yil 12-maydagi Prezident farmonida belgilanishicha, barcha
mulkchilik shakllaridagi xo‗jalik yurituvchi subyektlarning iste‘molchilar va
buyurtmachilarga, agar ular yetkazib beriladigan (bajariladigan ishlar, xizmatlar)
qiymatining kamida 15 foizini oldindan to‗lamasalar, mahsulot jo‗natishi, ishlarni
bajarishi va xizmatlar ko‗rsatishi ta‘qiqlanishi belgilangan.
Mazkur farmonga ko‗ra, tovarlar amalda jo‗natilgan,
ishlar bajarilgan,
xizmatlar ko‗rsatilgan kundan boshlab to‗qson kun o‗tgandan keyin, yetkazib
berilgan tovarlar, ko‗rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar uchun mablag‗lar kelib
tushmaganligi muddati o‗tib ketgan debitorlik qarzi deb hisoblanadi.
Muddati o‗tib ketgan debitorlik qarzi mavjud bo‗lgan taqdirda barcha
mulkchilik shaklidagi korxona va
tashkilotlarning rahbarlariga, shuningdek‚
443
mazkur korxonalarning bosh buxgalterlariga intizomiy choralar, hatto jinoiy
javobgarlikka tortish choralari qo‗llanishi lozimligi qayd etiladi.
Hukumat qarori bilan muddati uzaytirilgan
debitorlik va kreditorlik
qarzlariga, respublika tashqarisidagi hamda korxona faoliyatiga aloqador
bo‗lmagan sabablar tufayli vujudga kelgan qarzlar summasi albatta bundan
mustasno hisoblanadi.
12.4-jadval
Dostları ilə paylaş: