433
Debitorlik va kreditorlik
majburiyatlari tahlilining
vazifalari
qatoriga
quyidagilarni kiritish mumkin:
- aniq, to‗liq va o‗z vaqtida pul mablag‗lari va ularning harakati yuzasidan
aniq hisob-kitoblarning yo‗lga qo‗yilganligini baholash;
- hisob-kitoblarning va to‗lov intizomiga qat‘iy rioya qilinganlik holatini
baholash;
- debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining (qarzlarining) turlari, to‗lov
muddatlari va asoslanganligi bo‗yicha tarkibini aniqlash;
- muddati o‗tgan debitorlik va kreditorlik
majburiyatlari holatiga, ularning
jami majburiyatlar tarkibidagi salmog‗iga baho berish;
- tovarlarni kreditga sotish, hisob-kitoblarning turli shakllari bo‗yicha
yuzaga kelgan majburiyatlarni baholash;
- bank kreditlari va qarzlaridan maqsadli foydalanish, ular bo‗yicha
majburiyatlarning joriy qismining qoplanishi yuzasidan holatini o‗rganish;
- mahsulot (tovarlar, ish va xizmat)larni xorijga sotish bo‗yicha
majburiyatlarning yuzaga kelishi va ularning oqlanishi
yuzasidan korxonadagi
(hisob-kitoblarning shakli, valyuta kurslarining o‗zgarishlariga va h.k. ta‘sirida)
joriy va istiqboldagi tahlikalarni baholash.
Tahlil uchun zarur bo‗lgan ma‘lumotlar moliyaviy hisobotning birinchi
shakli ―Buxgalteriya balansi‖ to‗g‗risidagi hisobotdan, buxgalteriya balansiga
ilovadan hamda balansning tegishli qatorlari bo‗yicha qaydlar,
izohlar va
tushuntirishlardan, ―Korxonaning moliyaviy ahvoli to‗g‗risidagi‖ statistik hisobot
shakllaridan olinadi. Shuningdek, ichki moliyaviy tahlilda bosh kitob,
hisob
reestrlaridan, qarzdorlik vedemostlari, debitorlik va kreditorlik majburiyatlari
yuzasidan dalolatnomalar va boshqa manbalardan foydalaniladi.
Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari bevosita korxona bilan qarshi tomon
o‗rtasida bo‗ladigan o‗zaro hisob-kitoblardan kelib chiqadi. Ularning yuzaga
kelishi yuzasidan quyidagi sabablarni ko‗rsatish mumkin:
- qarzdorlikning yuzaga kelishidagi eng muhim sabab bu – xo‗jalik
yurituvchi subyektlarning to‗lov
layoqatiga ega emasligi, moliyaviy holatning
434
yomonligidir. Debitor va kreditor qarzdorlik, ular hajmining o‗sib borishi, to‗lov
muddatlarining cho‗zilib ketishi aktivlar va ularning likvidligidan pastligi bilan
izohlanadi;
- shartnomaviy munosabatlarga to‗liq rioya
qilmaslik ham debitor va
kreditor qarzdorlikning ortishiga olib keladi va tashkiliy sabablardan bittasidir;
- mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotish yuzasidan pul mablag‗lari va
o‗zaro hisob-kitoblarning mulkka bo‗lgan egalik huquqining boshqa birovga
o‗tishi bilan bog‗lanmaganlik sharti majburiyatlar yuzaga kelishining muhim
sabablaridan biridir;
- hisob-kitoblar, qarzdorlikni tartibga solishdagi qat‘iy me‘yorlarni
ishlab
chiqarish, tijorat va moliya faoliyatining zamonaviy talablariga va shakliga mos
emasligi ham qarzdorlikni oshishiga sabab bo‗lmoqda. Ya‘ni, qarzdorlikni yuzaga
kelishining o‗zigina emas, balki uni undirish yuzasidan korxona yo‗l qo‗yadigan
xarajatlar summasi tobora oshib ketmoqda;
- qarzdorlikning oshishi va ularni to‗lash muddatlarining tobora cho‗zilib
ketishining asl sabablaridan biri bu jismoniy va huquqiy shaxslarda qarzdorlik
madaniyatining yo‗qligi hamdir. Qarzdorlikni so‗ndirish imkoniyatlari bo‗lgan
holda,
uni ortga surish, kechiktirish, to‗lamaslikka afsuski ko‗pchilikda moyillik
kuchli.
Dostları ilə paylaş: