Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova


 Moliyaviy leveridj ko„rsatkichlarini tahlili



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə282/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   287
Iqtisodiy tahlil darslik

14.6. Moliyaviy leveridj ko„rsatkichlarini tahlili 
 
Moliyaviy leveridj ko‗rsatkichi xalqaro amaliyotdan kirib kelgan muhim 
ko‗rsatkich hisoblanadi. Uning iqtisodichilar va menejerlar tomonidan baholashga 
o‗tilganiga hali uncha ko‗p vaqt bo‗lgani yo‗q. Ushbu ko‗rsatkichni baholash bir 
qancha moliyaviy koeffitsiyentlar orqali amalga oshiriladi. Moliyaviy leveridj 
ko‗rsatkichi xususiy kapitalning majburiyatlarga nisbati orqali baholanadi. Uning 
natijasiga qarab xo‗jalik subyektining moliyaviy barqarorligi va rentabellik 
darajasiga baho berish mumkin. 
Quyida moliyaviy leveridj nima ekanligi, uning turlari, aniqlash formulasi, 
moliyaviy leveridj samaradorligini aniqlash tartiblari hamda ularni tahlil etish 
tartiblarini ko‗rib o‗tishimiz mumkin. 
Moliyaviy leveridj moliyaviy richag (dastak) deb ham nomlanadi. Uning 
mazmunini o‗z mablag‗lari manbasi bilan qarz kapitali o‗rtasidagi nisbatda xo‗jalik 
subyektining foydasiga ta‘sir etish darajasini baholash tashkil etadi. Shuningdek
xo‗jalik subyektining istiqboldagi moliyaviy barqarorligini tahlil etish va 
bashoratlashda ham ushbu bog‗liqlik nisbatidan kelib chiqiladi. 
Moliyaviy levridj ko‗rsatkichlarini tahlil etish analitiklarga rentabellikni 
qo‗shimcha o‗stirish imkoniyatlarini aniqlashda, ichki va tashqi omillar ta‘sirida 
foydaning o‗zgarishiga ta‘sir etuvchi omillarning risk darajalarini baholashga 
imkon beradi. 
Foydalanish samaradorligi yuzasidan moliyaviy leveridjlarning quyidagi 
turlari aniqlanadi: 
- ijobiy (foyda summasi kreditlar, qarzlar yuzasidan foizlar to‗lovidan ortgan 
hollarda); 
- neytral turlari (foyda summasi kreditlar, qarz yuzasidan foiz to‗lovlari 
summasigagina yetgan hollarda); 
- salbiy (foyda summasi kreditlar, qarz yuzasidan foiz to‗lovlari summasiga 
yetmagan hollarda). 
Moliyaviy leveridj quyidagi formula asosida aniqlanadi: 


514 

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin