157
3. Tovarning bozordagi holatini baholash va uni tahlili. Talabning
o‟zgaruvchanligi
Marketing – insonning ayirboshlash vositasida talab va
ehtiyojni qondirishga
qaratilgan faoliyatidir. Marketing tarkibiga bozorni o‘rganish, iste`molchi
buyurtmasiga ko‘ra mahsulotlar assortimentini rejalashtirish, bozorni egallash,
reklama, tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchidan iste`molchiga
yetkazib
berish bilan bog‘liq tadbirkorlik faoliyati kiradi.
Bozor munosabatlari sharoitida korxonani boshqarish marke-tingni ishlab
chiqarishning asosi qilib qo‘yadi, chunki xo‘jalik qa-rorlarini qabul qilish asosida
ishlab chiqarish imkoniyatlari emas,
balki bozor talablari, xaridor ehtiyojlari
yotadi. Pirovard natijada korxonaning ko‘lami, korxonani tashkiliy boshqarish tar-
kibi,
boshqaruv tamoyil va usullari, xizmat ko‘rsatish yo‘nalish-larini bozor
belgilaydi. Bozor talab va taklifdan iborat.
Talab
– bu, eng avvalo, biron-bir ne`matlar yoki xizmatlarga bo‘lgan
ehtiyojlarni bozorda namoyon bo‘lishi va ularni pul vosi-tasida ta`minlanishidir.
Taklif
– bu muayyan paytda bozorda bo‘lgan yoki
unga yetkazib berilishi
mumkin bo‘lgan tovarlar massasi sifatida belgilanadi.
Talab, avvalo, resurslarga va iste`mol tovarlari, tovarlash-gan xizmatlarga
bo‘lgan
talab sifatida yuzaga keladi, birinchisi ishlab chiqarish iste`molini,
ikkinchisi esa shaxsiy iste`molni qondirishga qaratilgan.
Kishilik jamiyati rivojlanar ekan, fan va texnika taraqqiyoti ildam qadamlar
bilan yangilanayotgan sharoitda insoniyatning tovar
va moddiy qimmatliklarga
bo‘lgan ehtiyoji-talabi uzluksiz o‘zgarib, ortib boradi.
Talab o‘zgarishi (elastikligi) mavjud bo‘lib, bu :
– baho o‘zgarishi va holati;
– xaridorlar soni va ularning didi, istagi;
– iste`molchilarning xarid etish imkoniyati;
– inflyatsiya ehtimoli va boshqalar.
Yuqoridagi talabni belgilovchi omillardan tovar bahosi va iste`molchilarning
xarid etish imkoniyati muhim o‘rin tutadi. Taklif, bozor tovar bilan to‘la
158
ta`minlangandan keyin o‘zgarmasdan bir me`yorda bo‘lishi ham mumkin,
bunda
baho oshib borishi bilan bozorga chiqariladigan tovar ko‘payishining zarurati
bo‘lmay qoladi. Shunda ishlab chiqarish hajmi ham o‘zgarmay, taklif ham bahoga
bog‘liq bo‘lmagan holda barqarorlashishi mumkin.
Taklifning o‘zgaruvchanligi, umuman talab o‘zgaruvchanligiga o‘xshab, tovar
bahosining o‘zgarishi, taklifning o‘zgarish daraja-sini aniqlash uchun taklif
o‘zgaruvchanligi ko‘rsatkichi (K) qo‘llaniladi. Unga ko‘ra,
(%)
'
(%)
'
var
lg
zgarishi
o
g
Baholarnin
zgarishi
o
miqdori
to
an
eti
Тalab
К
Agar, K>1 bo‘lsa, taklif o‘zgaruvchan;
K=1 bo‘lsa, o‘zgarmas;
K<1 bo‘lsa mutlaq o‘zgaruvchan bo‘ladiSotish hajmi, o‘rtacha baho
darajasi, sotishdan keladigan tushum va undan ko‘riladigan foyda
ichki va tashqi
bozorga bog‘liq.
4.1-jadval.
1>
Dostları ilə paylaş: