156
qilish usullari deganda tovarlarning bozordagi o‘rni,
raqobatbardoshligi kabi
holatlarini o‘rganish, o‘lchash va umumlashtirish asosida bozor infratuzilmasining
turli omillarini biznes natijalari o‘zgarishiga ta‘siri tushiniladi.
Marketing
tadqiqotida tahlilning turli metod va usullaridan foydalaniladi. Marketing
faoliyatini tahlil qilish yo‘nalaishlari quyidagilardan iborat:
1.
Bozor tahlili (kelgusidagi istiqbollar, bozorning jozibadorligi, bozor
imkoniyatlarini baholash, mahsulotlar tarkibini o‘rganish, bozorning asosiy
ishtirokchilarini umumiy tahlil qilish, bozordagi talab va
taklifni baholash, sotish
hajmini oshirishning ichki imkoniyatlarini aniqlash va csotishni prognoz qilish ).
2.
Raqobatchilarni tahlil qilish (bozordagi asosiy
raqobatchilarni aniqlash,
raqobatchilarni yutuq va kamchiliklarini o‘rganish,
raqobatchilarni biznes va
marketing faoliyatini
qiyosiy tahlil qilish, tarmoq
xususiyatidan kelib chiqib
bozorni o‘rganish(tovar hajmi, bozor sig‘imi, sohadagi rentabellik, raqobatchilar va
iste‘molchilar soni, bozorga kirish qulayligi)).
3.
Tovar siyosati tahlili (umumiy savdo dinamikasi, mahsulot turlarini
o‘rganish, mahsulot yoki xizmatni bozordagi joylashuvini o‘rganish, raqobatchilar
orasidagi Tovar imidjini o‘rganish, brendning bozor qiymatini o‘rganish,
mijozlarning xohish va istaklarini o‘rganish, mijozlarga sifatli xizmatni tashkil
etish).
4.
Baho siyosati tahlil (bozor turlarini tahlil qilish, bozorda
narxlar darajasini
baholash, talab va taklif egiluvchanligini o‘rganish, bozor
uchun oftimal narx
belgilash).
5.
Savdo siyosati tahlili (bozorni tahlil qilish, mol-etkazib beruv-chilar tahlili,
tovar logistikasi tahlili).
6.
Aloqa siyosati tahlili (reklama, reklama kompaniyalarining samaradorligi,
marketing tadqiqotlari olib borish(mahsulotni sinovdan o‘tkazish, tashqi dizayn
tahlili, reklama g‘oyalari va shakllari)).
Dostları ilə paylaş: