160
«og‟ir bola»
kategoriyali tovarlar – bu yangi turdagi tovar-lar bo‘lib,
reklamaga muhtoj bo‘lgan, bozorga olib chiqilishi kerak bo‘lgan, vaqtinchalik
foyda keltirmayotgan, ammo kelajakda «yul-duz» tovar bo‘lishi mumkin bo‘lgan;
«o‟lik yuk» yoki «omadsiz»
kategoriyali tovarlar – bugungi kun talabiga
javob bermaydigan, iqtisodiy o‘sishga
imkon bermaydigan, foyda keltirmaydigan.
Korxona mahsulotini guruhlarga ajratib o‘rganish orqali to‘g‘ri, aniq
strategiya ishlab chiqiladi. Strategiyani amalga oshirish orqali «og‘ir bola»
kategoriyasiga mansub tovarlarni moliyalashtirish orqali ularni «sog‘in sigirlar»,
«yulduz» kategoriya-lariga yetkazish yo‘llari belgilanadi.
4. Tovar va korxonaning baho siyosatining tahlili
«Mahsulot» deb bozorga taklif etilgan sotiladigan,
ishlati-ladigan yoki
ehtiyojni qondiradigan barcha narsalarga aytiladi. Mahsulotga baho belgilanib
bozorga chiqarilishi bilan tovarga aylanadi. Demak, tovar marketing faoliyatining
yuragi hisoblana-di. Mahsulot (tovar)ning kompleks
tahlili marketing tadqiqoti-
ning ajralmas elementidir. Bu korxonaning raqobat ustunligini baholashda bosh
element hisoblanadi. Korxonani tovar siyosati kompleks
tahlilining maqsadi
talabning to‘lovga qodirligi, mahsulot assortimenti
va nomenklaturasini
shakllanishi tufayli rejalashtirilgan sotish hajmini maqsadga muvofiq yo‘nalishi
samaradorligini aniqlash tashkil etadi. Marketing tahlili jarayonida optimal
assortimentdagi mahsulotni sotish siyosatining shakllanishi ko‘p
jihatdan
korxonaning baho siyosatiga bog‘liq. Tahlil jarayonida bahoni tashkil etish
mexanizmi, talab va takliflarni o‘rganish asosida (maksimal foyda,
bozor
kengayishi, sotish hajmining ortishi va h.k.) bahoning yuqori va pastki chegaralari
belgilanadi.
Marketing tahlilining asosiy usullaridan biri – korxona mahsulotining bahosi,
kuchli raqobatdagi korxona hamda o‘rtacha bozor baholarining qiyosiy tahlilidir.