162
estetik parametrlarga (tovarning tashqi ko‘rinishi);
me`yoriy parametrlarga (tovarning amaldagi me`yorlarga va standartlarga
mos kelishi);
iqtisodiy parametrlarga (tovarning baho darajasi, unga ko‘rsatiladigan
servis xizmati, vositalar o‘lchami, xaridorlarning ayni vaqdagi ehtiyojlarini qondira
olishi).
Har bir istemolchi o‘z ijtimoiy ehtiyojlaridan kelib
chiqqan holda tovarlarni
sotib oladilar. Bu esa o‘z navbatida raqobatni keltirib chiqaradi.
Xaridorlarning hatti - harakatlaridan shuni ko‘rish mumkinki, ular tovarlarni
taqqoslashda, uning ishlatish samaradorligi (s), sotib olish xarajatlariga (x)
nisbatan yuqori bo‘lsa o‘sha mahsulotni ko‘proq tanlashadi.
U holda tovarning
raqobatbardoshligi (r) quyidagi,
R=S/X;
ko‘rinishni oladi.
Tovarning raqobatbardoshligini baholash quyidagi bosqichlarda bo‘ladi:
1.
O‘rinbosar tovarlarni topish va uni tahlil qilish;
2.
O‘xshash mahsulotlarning solishtirilishi orqali asosiy ko‘rsatkichlarini
belgilash;
3.
O‘z mahsulotimizdagi integral (umumiy) raqobotbardoshlik
ko‘rsatkichlarini aniqlash.
Raqobat -
lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, maqsadga erishish uchun kurash,
korxonalar o‘rtasidagi sof kurashni bildiradi. Uning asosiy quroli bo‘lib, talabni
shakllantirish va sotishni rag‘batlantirish hisoblanadi.
Raqobat turiga ko’ra ikkiga bo’linadi:
1.
Sof raqobat;
2.
G‘irrom raqobat.
163
Sof raqobat bozor talablariga ko‘ra
vijdonan kurashishni bersa, g‘irrom
raqobat uning aksini ta`minlaydi.
Jahon bozori tajribasidan raqobat quyidagi shart-sharoitlari mavjud:
Kuchlar teng va strategiyalar o‘xshash bo‘lsa, bozorda muvozanat uzoq
saqlanmaydi, ular orasida kelishmovchilik susaymaydi;
Sizning raqibingiz hamma narsadan xabardor deb biling;
Raqibingizning g‘ashini keltiruvchi harakat qilmang;
Sizning harakatingiz imkoningiz darajasida
ekaniga raqibingizni
ishontiring.
Bozorda korxonaning tutgan ulushiga qarab raqobat ko‘rsatkichlari
aniqlanadi:
a) Ilg‘or - 40 foiz;
b) Ilg‘orga da`vogar - 30 foiz;
v) Davomchilari - 20 foiz;
g) Bozorda uncha omadi kelmagan - 10 foiz
Ushbu ko‘rsatkichlarga asoslangan holda ham ularning raqobat darajasini
aniqlashimiz va baho berishimiz mumkin.
Hozirgi zamonaviy sharoitda boshqarishda iqtisodiy uslubni birinchi o‘ringa
qo‘yilishi xo‘jalik hisobidagi korxona va uning tsex, uchastkalarini asosiy printsipi
bo‘lib, bunda moliyaviy va boshqaruv tahlili muhim ahamiyatga egadir.
Faqat
moliyaviy va boshqaruv tahlili tufayli jamoa faoliyatining iqtisodiy natijalari
ob`ektiv baholanib korxonani har bir bo‘limi, har bir ishchini umumiy natijadagi
ulushi aniqlanadi. Moliyaviy va boshqaruv tahlilisiz xo‘jalik
mexanizmini
to‘g‘rilash va uni takomillashtirishni amalga oshirib bo‘lmaydi. Moliyaviy va
boshqaruv tahlili ishlab chiqarish imkoniyatlarini aniqlab qolmay,
balki moddiy
resurslardan oqilona tejamkorlik bilan foydalanishni rag‘batlantiradi, shu bilan
birga ishlovchilarni tejamkorlik ruxida tarbiyalaydi.
Raqobatchilarning imkoniyatlarini muntazam o‘rganib turish sotish uchun
mo‘ljallangan mahsulotlarni o‘z vaqtida xaridorlarga yetkazish va firma schyotiga
pul kelib tushish rejasini muvaffaqiyatli bajarishning garovidir. Faqat
164
raqobatchilarni bozorga o‘xshash tovarlar yetkazib berish imkoniyatini bilibgina
qolmay, shuningdek, ularga nisbatan sifatli va arzonroq
tovarlar taklif qilish
choralarini ko‘rish yuqori foyda olishning yana bitta omilidir. Raqobatchilarni
imkoniyatlarini o‘rganishda qator davrlar mobaynida ixtisoslik tovarlarini sotilish
holatini kuzatmoq va ma`lumotlarni tahlil etish lozimdir. Bunday tahlil quyidagi
tartibda bajariladi (3-jadval).
4.3-jadval
Dostları ilə paylaş: