Foyda, tushum va aktiv hajmining o„sishidagi muvofiqlik Foydaning o‗sishi
Tushumning o‗sishi
Aktivning o‗sishi
%
F1/F0*100
ST1/ST0*100
A1/A2*100
100
O‗sishning muvofiqligi
F1/F0*100>ST1/ST0*100>A1/A2*100>100 yoki
100Realizatsiya hajmi, ishlab chiqarish xarajatlari va foyda ko‗rsatkichlari uzviy
bog‗liqlikga ega. Realizatsiya hajmi orqali yalpi daromad, yalpi tushum
ko‗rsatkichiga ega bo‗linadi. Uning ishlab chiqarish xarajatlari bilan taqqoslash
asosida foyda, natija ko‗rsatkichiga chiqiladi. Buni matematik ifodada quyidagicha
tasvirlash mumkin.
F(D)=MSST-SMIChT(TSOQ) (3.1) Bunda:
F(D)-foyda (daromad);
176
MSST-mahsulot sotishdan sof tushum;
SMIChT (TSOQ)-mahsulotni ishlab chiqarish tannarxi (sotib olingan
tovarlar qiymati).
Buxgalteriya hisobida mahsulot chiqishi, xarajat va natija aloqadorligini
quyidagi bog‗lanishda hisobga olish tartibi ham belgilanadi.
Sotish hajmi - Xarajatlar=Natija
Natijaviy
ko‗rsatkich
demakki,
sotish hajmiga
yoki
tovaroborot
ko‗rsatkichiga hamda, ishlab chiqarish xarajatlari yoki tovarlarni sotib olish
qiymatiga bog‗liq deb qaraladi. Uning birlik ifodasini esa quyidagicha tasvirlash
mumkin:
N=D*B-D*T (3.2)
N=D* (B-T) (3.3)
Bunda:
N-foyda;
B-mahsulot birligini bahosi (so‗m);
D-mahsulot birligi (dona);
T-mahsulot birligini ishlab chiqarish tannarxi (so‗m).
Yuqoridagi bog‗lanishdan natijaviy ko‗rsatkichni mahsulotning miqdori,
bahosi va birlik tannarxiga bog‗liq ekanligi kelib chiqadi. Uning ifodasi bevosita
natijaviy ko‗rsatkichni omilli tahlil etish imkonini ham beradi. Demak, natija
o‗zgarishiga hisob-kitob qilinadigan quyidagi omillar ta‘sir etishini izohlash
mumkin:
- ishlab chiqarilgan mahsulotlar birligini o‗zgarishi;
- mahsulotlar birlik bahosining o‗zgarishi;
- mahsulotlar birlik tannarxining o‗zgarishi.
Marjinal foyda kontributsiyasiga nisbatan oladigan bo‗lsak ishlab chiqarish
xarajatlarini o‗zgaruvchan, o‗zgarmas xarajatlarga tarkiblanishi, bog‗lanishni
yanada murakkablashtiradi. Bunda ishlab chiqarish xarajatlarining o‗zgarishida
mahsulot (ish, xizmat)lar hajmini o‗zgarishi asos qilib olingan. Amaldagi tartib
bo‗yicha shartli o‗zgaruvchan xarajatlar tarkibdan chiqarilgan. Ya‘ni ishlab
177
chiqarish xarajatlari shartli o‗zgaruvchan va doimiy (o‗zgarmas) xarajatlarga
tarkiblanadi.
5.4-jadval