176
MSST-mahsulot sotishdan sof tushum;
SMIChT (TSOQ)-mahsulotni ishlab chiqarish tannarxi (sotib olingan
tovarlar qiymati).
Buxgalteriya
hisobida mahsulot chiqishi, xarajat va natija aloqadorligini
quyidagi bog‗lanishda hisobga olish tartibi ham belgilanadi.
Sotish hajmi - Xarajatlar=Natija
Natijaviy
ko‗rsatkich
demakki,
sotish
hajmiga
yoki
tovaroborot
ko‗rsatkichiga hamda, ishlab chiqarish xarajatlari yoki tovarlarni sotib olish
qiymatiga bog‗liq deb qaraladi. Uning birlik ifodasini
esa quyidagicha tasvirlash
mumkin:
N=D*B-D*T
(3.2)
N=D* (B-T)
(3.3)
Bunda:
N-foyda;
B-mahsulot birligini bahosi (so‗m);
D-mahsulot birligi (dona);
T-mahsulot birligini ishlab chiqarish tannarxi (so‗m).
Yuqoridagi bog‗lanishdan natijaviy ko‗rsatkichni mahsulotning miqdori,
bahosi va birlik tannarxiga bog‗liq ekanligi kelib chiqadi.
Uning ifodasi bevosita
natijaviy ko‗rsatkichni omilli tahlil etish imkonini ham beradi. Demak, natija
o‗zgarishiga hisob-kitob qilinadigan quyidagi omillar ta‘sir
etishini izohlash
mumkin:
- ishlab chiqarilgan mahsulotlar birligini o‗zgarishi;
- mahsulotlar birlik bahosining o‗zgarishi;
- mahsulotlar birlik tannarxining o‗zgarishi.
Marjinal foyda kontributsiyasiga nisbatan oladigan bo‗lsak ishlab chiqarish
xarajatlarini o‗zgaruvchan, o‗zgarmas
xarajatlarga tarkiblanishi, bog‗lanishni
yanada murakkablashtiradi. Bunda ishlab chiqarish xarajatlarining o‗zgarishida
mahsulot (ish, xizmat)lar hajmini o‗zgarishi asos qilib olingan. Amaldagi tartib
bo‗yicha shartli o‗zgaruvchan xarajatlar tarkibdan chiqarilgan. Ya‘ni
ishlab
177
chiqarish xarajatlari shartli o‗zgaruvchan va doimiy (o‗zgarmas) xarajatlarga
tarkiblanadi.
5.4-jadval
Dostları ilə paylaş: