179
• kommunal
xizmat xarajatlari;
• sug‗urta xizmat xarajatlari;
• sug‗urta badallari;
• soliqlar;
•amortizatsiya ajratmalari.
DX- doimiy xarajatlar, ya‘ni:
• xomashyo va materiallar;
•
ishbay ish haqlari;
• texnik xizmat ko‗rsatish;
• mukofot summalari va h.k.
Har bitta korxona mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish rejasini tuzishda
albatta kutiladigan foyda normasini hisoblashga va biznes samaradorligini
baholashga ahamiyat berishadi. Foyda normasini belgilab olish, erkin bozor
iqtisodiyoti sharoitida yanada murakkab masala hisoblanadi. Negaki
uning hisob-
kitobida turli tahlikalarni (risklarni) hisobga olishga to‗g‗ri keladi.
Foyda normasini hisoblashni murakkabligi shundaki, bunda resurslar,
mahsulotlar bahosi, soliqlar, to‗lovlar firma va kompaniyalar faoliyatiga bog‗liq
bo‗lmagan holda o‗zgaruvchanlikka ega bo‗ladi. Ularni
hisob-kitob qilish imkoni
tug‗iladi qachonki aniq ko‗rsatkichlar manbasiga ega bo‗linsa. Bu manba
inflyatsiyani ta‘sir darajasi, baholarning o‗zgarish holatlari,
ishlab chiqarish
xarajatlarini o‗zgaruvchanligi (mahsulot hajmi va resurslar bahosini o‗zgarishi
hisobiga) bo‗lishi mumkin.
Kritik hajm darajasini aniqlashga quyidagi hollarda murojaat qilinadi:
korxona yangi tashkil etilganda;
ishlab chiqarish va marketing tadqiqotlari tahlilida;
yangi mahsulot turini ishlab chiqarish yoki eski mahsulot turini rad
qilish qarorini tayyorlashda;
ishlab chiqarishni modernizatsiyalashda;
mahsulotlarni tarkibiy o‗zgarishlarini amalga oshirishda.
Kritik hajm tahlilida javob tayyorlanadigan yo‗nalishlar:
180
xarajatlarni kamaytirish mumkinmi?
sotish hajmi o‗sadimi yoki kamayadimi?
baho oshadimi yoki kamayadimi?
doimiy va o‗zgaruvchan xarajatlar qanday bo‗ladi?
Kritik hajm darajasi doimiy va o‗zgaruvchan xarajatlar summasi va
mahsulotlarni sotish baholari orqali hisob-kitob qilinadi.
Sotishning tegishli hajmiga erishish uchun avvalo
baho birligi belgilanishi
lozim. Baho birligi belgilangandan keyin kritik hajm darajasi qaytadan hisob-kitob
qilinadi. Agar olingan natija zararsizlik darajasini qanoatlantirmasa baho
korrektirovka qilinadi va daraja hisob-kitobi qaytadan amalga oshiriladi. Marjinal
foydaning ko‗zda tutilgan darajasiga erishilmasa, mahsulot tannarxini kamaytirish
choralari ko‗riladi.
Tahlil yakunida yakuniy zararsizlik darajasi hisob-kitob qilinadi va davriy
oraliqda korxonaning moliyaviy rejasi belgilab olinadi.
Kritik hajm darajasini tahlil etishning maqsadi – foyda olish imkoniyatini
belgilashdan iborat. Agar korxonaning foydaga
ishlash imkoniyatini aniq
baholasak, ijobiy pul oqimlariga ega bo‗lish imkoniyatlari ham bilinadi.
Doimiy va o‗zgaruvchan xarajatlarni qanday hisob-kitob qilish mumkin?
Ushbu xarajatlar buxgalteriya hisobining mahsulot ishlab chiqarish bo‗yicha
xarajatlarini alohida, kalkulyatsiya moddalari bo‗yicha o‗rganish orqali bilib
olinadi.
Xalqaro amaliyotda kritik hajm darajasini aniqlashda analitik tadbirlarning
quyidagi metodikasi belgilangan.
1.
O‗zgaruvchan va o‗zgarmas xarajatlar tarkiblanadi.
2.
Mahsulot ishlab chiqarishning kritik hajm darajasi belgilanadi