178
tug‗diradi yoki mahsulotning qaysi birligida mahsulot sotishdan olinadigan tushum
to‗la o‗zgaruvchan va o‗zgarmas xarajatlarni qoplay oladi?
Mahsulot ishlab chiqarishning kritik hajm darajasini aniqlash yuzasidan 3 xil
yondashuv mavjud:
Grafik usul (mahsulot ishlab chiqarish hajmini aniqlashning xarajat-tushum-
foyda aloqadorligidagi kompleks grafigi tuziladi);
Tenglik usuli (Tushum-xarajat=foyda formulasidan
iborat tenglikdan
foydalaniladi);
Marjinal
daromad
usuli
(sotishdan
sof
tushum-o‗zgaruvchan
xarajatlar=marjinal foyda-doimiy xarajatlar=yalpi foyda).
Ushbu vazifani bajarish uchun firma va kompaniyalarda mahsulot ishlab
chiqarishning kritik hajm darajasi ko‗rsatkichi aniqlanadi:
ST-O‗X>DX
Boshqacha
qilib aytganda, rentabellikka erishishning eng afzal quroli – bu
o‗zgaruvchan xarajatlarni minimallashtirish (kamaytirib borish)dir. Buning uchun
rentabellikning chegaraviy nuqtasi, ya‘ni ―Zararsizlik nuqtasiˮni aniqlash zarur.
―Zararsizlik nuqtasiˮ deganda foyda va zarur zonalarini bir-biridan ajratib
turadigan chegaraviy nuqta tushuniladi. Bu nuqta xarajatlarni qoplash uchun zarur
bo‗lgan, minimal oborot hajmini yoki minimal tushum hajmini ko‗rsatadi. Bu
nuqtaga erishish tufayli ishlab chiqarilgan (sotilgan)
qandaydir minimal mahsulot
hajmi bilan korxona xarajatlarini butunlay qoplashga erishish mumkin. Bu g‗oya
―marjinal foyda konsepsiyasiˮga asoslanadi. Uning formulasi quyidagicha:
Dostları ilə paylaş: