192
ko‗rsatkichlariga ta‘sir etadi. Mahsulot ishlab chiqarish tarkibida qimmatbaho
mahsulot turlari ulushini ortishi tufayli mahsulot qiymat shaklida ortadi va buning
aksicha bo‗lsa, qiymat shaklida mahsulot kamayadi. Xuddi shunday yuqori
rentabellikka ega bo‗lgan mahsulot turlarini ortishi, rentabelligi past turlarini
pasayishi tufayli umumiy foyda miqdori ortadi.
Mahsulot assortimentini ishlab chiqarish maromiyligi bilan kompleks
o‗rganish operatsion faoliyatga to‗liq baho berishga, o‗zgarishlarni makon va
zamonda aniq tasniflash imkonini beradi. Shu sababli, assortiment rejaining
bajarilishi bilan bir qatorda ularni ishlab chiqarishng maromiyligiga ham baho
beriladi.
Ayrim korxonalar yillik, kvartal, oylik rejalarini ortig‗i bilan bajarishi,
ammo, ishlab chiqarishni bir maromda tashkil eta olmaslik natijasida erishilgan
samara va natijaviylik ko‗zda tutilgan yoki rejalashtirilgan yutuqni ta‘minlay
olmaydi. Shu bilan birga mahsulot ishlab chiqarishdagi maromiylikni buzilishi
shartnoma majburiyatlarini barbod bo‗lishiga, uning oqibatida jarimalar
to‗lanilishiga, moliyaviy ahvolning qiyinlashishiga ham olib keladi.
5.13-jadval
Dostları ilə paylaş: