193
Korxonada mahsulot ishlab chiqarish maromiyligini ta‘minlash yuzasidan
yilning 4 ta choragi bo‗yicha bir xilda belgilangan. Lekin amalda, birinchi
chorakda 10000 mln so‗mlik (15000-25000), 2-chorakda -5000 mln so‗mlik
(20000-25000) mahsulot kam ishlab chiqarilgan. Uchinchi va to‗rtinchi
choraklarda mahsulot ishlab chiqarish rejasi ortig‗i bilan bajarilgan. Maromiylik
hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi 85000 mln so‗mni, maromiylik
rejasining bajarilishi 85 foizga bajarilgan.
5.6. Sotish hajmini tahlili
Mahsulot ishlab chiqarish uzviyligi, davomiyligi ta‘minlanadi qachonki
ularni sotish to‗liq ta‘minlansa yoki to‗g‗ri yo‗lga qo‗yilsa. Ishlab chiqarish
murakkab jarayon-lekin sotish undanda murakkab jarayon.
Shu sababli tahlilda,
mahsulot, ish va xizmatlarni sotish hajmini o‗rganishga alohida ahamiyat
qaratiladi.
Ishlab chiqarilgan va tayyor mahsulotlar qatoriga kiritilgan aktivlarni sotish
xo‗jalik faoliyatidan olinadigan daromadlarni asosiy manbasi hisoblanadi.
Mahsulot, ish va xizmatlarni sotilganlar qatoriga kiritishning quyidagi
shartlariga amal etiladi:
- korxona tovarlarga egalik qilishning xatarlari va afzalliklarining
ancha qismini xaridorga topshirgan bo‗lishi;
- daromad miqdori ishonchli darajada baholangan bo‗lishi;
- iqtisodiy naf
kelajakda olinishi;
- bitim bilan bog‗liq, qabul qilingan yoki kutilayotgan xarajatlar, ishonchli
va aniq o‗lchangan bo‗lishi lozim
25
.
Yuridik shaxslarga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga mahsulotlarni sotish
faqat naqd pulsiz hisob-kitob bo‗yicha amalga oshirilishi mumkin. Ishlab chiqarish
joylarida tashkil qilingan yoki turg‗un
savdo shaxobchalarida, o‗zining savdo
25
(2-сон БҲМС ―Асосий хўжалик фаолиятидан олинадиган даромадлар‖, ЎзР АВ томонидан
1998 йил 26 августда 483-сон билан рўйхатга олинган).
194
do‗konlari orqali mahsulotlarni chakana sotish faqat nazorat-kassa mashinalari va
to‗lov terminallaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Korxonalar aniq talablarga rioya qilgan holda
tovar va mahsulotlarni
topshirishi (yuklab jo‗natishi), hamda ishni bajarish va xizmat ko‗rsatishni amalga
oshirishlari mumkin. Korxonalar tomonidan mahsulot va tovarlarni yuklab
jo‗natish, shuningdek‚ ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‗rsatish faqat xaridor va
buyurtmachilardan 15 foizdan kam bo‗lmagan miqdorda bo‗nak to‗lovlari
mavjudligidagina amalga oshirilishi mumkin
26
.
Mahsulot, ish xizmatlarni sotishni tahlil etish
orqali nafaqat muammolarni
aniqlash balki ularni hal qilish imkoni ham tug‗iladi. Sotishni tahlili oldiga
quyidagi vazifalar qo‗yiladi:
- rahbariyatning samarali boshqaruvi (taktik va strategik) qarorlarni qabul
qilish uchun zarur bo‗lgan ma‘lumotlar bilan ta‘minlash;
- savdoda daromad keltiruvchi tovarlar (ularning turi va tarkibini
kengaytirish), yo‗qotishlarga olib kelayotgan tovarlarni (ularni
ishlab chiqarishni
qisqartirish va to‗xtatish) aniqlash;
- korxona (marketing, sotish) bo‗limlari faoliyat samaradorligini baholash;
- bozorni segmentlarga mos ravishda ajratish;
- oqilona marketing siyosatini yuritish.
Agar tahlil obyekti bo‗yicha bitta hal qilinmagan muammo mavjud bo‗lsa
siz albatta savdoni tahlil qilishingiz lozim.
Tahlil etishda sotilgan mahsulot hajmining umumiy o‗zgarishlariga,
dinamikasiga, sotilgan mahsulotlar tarkibiga, sotish hajmining o‗zgarishiga ta‘sir
etuvchi omillarga, eksport hajmiga muhim ahamiyat beriladi.
26
ЎзР. Президентининг 1995 йил 12 майдаги "Халк хўжалигида ҳисоб-китоблар ўз вақтида
ўтказилиши учун корхона ва ташкилотлар раҳбарларининг масъулиятини
ошириш борасидаги
чора-тадбирлар тўғрисида"ги ПФ-1154-сон қарори