175
Foydaning to‗planishi korxonaning qaysi sohaga mansubligiga bog‗liq. Agar
u ishlab chiqarish korxonasi bo‗lsa foydaning asosiy manbai ishlab chiqarilgan va
sotilgan mahsulot hisoblanadi. Agar u xizmat ko‗rsatishga daxldor korxona
bo‗lsa‚ foydaning asosiy qismi xizmat ko‗rsatish evaziga olingan tushumdan
tashkil topadi va h.k. Shu tufayli tahlil jarayonida qaysi soha o‗rganilayotgan
bo‗lsa uning faoliyatidan kelib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Biznesni harakatga keltiruvchi kuch faoliyatning (egaistik ko‗rinishdagi
harakatlar) yakunida erishiladigan foyda hisoblanadi. Shu sababli, foyda mulk
shaklidan qat‘i nazar barcha korxonalarning faoliyatini baholashning yagona
ko‗rsatkichi sifatida qaraladi. Shuningdek, foyda bu – maqsadli harakatning
rag‗bati hamdir. Tijorat faoliyati va uning davomiyligi ko‗pincha ushbu unsurning
hajmiga, to‗g‗ri taqsimotiga va ishlatilishiga bog‗liq. Foyda o‗z-o‗zidan iqtisodiy
aktivlarni oldingi harakatlarining mutanosibligidan kelib chiqadi.
5.3-jadval
Dostları ilə paylaş: