uning rahbarligida o’quv vazifasini hal etadigan ta’limni tashkil etish shakli.
Mustaqil ish qo’yilgan maqsad bilan bog’liqlikda talabalarning aniq faoliyatini
tashkil etish va amalga oshirishdir. Talabalarning mustaqil ishlari
ularning yuqori
darajadagi faollik, ijodiylik, mustaqil tahlil, tashabbuskorlikka asoslangan
faoliyatlaridir.
Ilmiy tadqiqot natijalari asosida mustaqil ta’limga quyidagicha ta’rif beriladi:
mustaqil ta’lim-o'quv materialini mustaqil uzlashtirish, murakkablik darajasi
turlicha bo’igan topshiriqlar, amaliy vazifalarni auditoriyada hamda
auditoriyadan tashqarida ljodiy va mustaqil bajarish asosida nazariy bilim, amaliy
ko’nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan tizimli faoliyatdir.
Mustaqil ta’lim samaradorligini oshirish talabaning o’qitish vositalari bilan
ta’minlanganligiga bog’liq bo’ladi.
Mustaqil ish-o’qituvchining topshirig’i va uning rahbarligida o’quv vazifasini
hal etadigan ta’limni tashkil etish shakli. Mustaqil ish qo’yilgan maqsad bilan
bog’liqlikda talabalarning aniq faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishdir.
Talabalarning mustaqil ishlari
ularning yuqori darajadagi faollik, ijodiylik,
mustaqil tahlil, tashabbuskorlikka asoslangan faoliyatlaridir.
Professor-o‘qituvchilarining roli talabalarda o‘z-o‘zini rivojlantirish,
mustaqil bilim olish va innovatsion faoliyatni shakllantirishga inikon beruvchi
ko‘nikma va malakalarni egallash maqsadi bilan bog‘liqlikda mustaqil ishni
tashkil etishda namoyon bo`ladi.
Talabalarning roli fanga doir bilim, ko’nikma va malakalarni mustaqil
egallash, muammoni shakllantira olish va uni hal etishning optimal yo‘lini izlab
topishga qobiliyatli ljodkor shaxs bo’lishda aks etadi.
Mustaqil ish quyidagi vazifalaini muvafaqqiyatli hal etishga imkon berishi lozim:
1)
talabalarda o‘quv dasturini o'zlashtirishga doir motivatsiyani hosil qilish;
2)
ta’lim oluvchilarda bilim olishga doir mas’uliyatni oshirish;
3)
talabalarda umumiy va kasbiy layoqatlarni rivojlantirishga imkon berish;
4)
ta’lim oluvchilarda mustaqil bilim olish, o‘z-o‘zini boshqarish va o‘z-o‘zini
rivojlantirishga qobiyatlilikni shakllantirish uchun sharoit yaratish.