250
«Dunyoqarash»
tushunchasi o‘zlikni anglash, vatanparvarlik va milliy g‘urur,
tarixiy xotira, ma’naviy barkamollik kabi tuyg‘ular bilan uzviylikda shakllana
boradi. Shunga ko‘ra o‘qituvchilar fan asoslarini o‘qitar ekan, doimiy ravishda
bilimlarning uzviyligiga rioya etishi kerak.
Jamiyat taraqqiyotida, xususan barkamol shaxs tarbiyasida madaniyat katta
ahamiyat kasb etadi. Chunki
madaniyat insonnning iqtidori, salohiyati, qobiliyati
va o‘zligini namoyon etib, uning bilimlari, ko‘nikma
va tajribalarini, ma’naviy
salohiyatini amaliy faoliyati orqali kamol toptirishda asosiy rol o‘ynaydi.
Shunga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
I.A.Karimov: «Milliy va jahon madaniyatining eng yaxshi
namoyandalarini keng targ‘ib qilish va ommalashtirish yosh
avlodni, hozirgi yoshlarimizni ma’naviy tarbiyalashning
asosi bo‘lmog‘i kerak», - deb ta’kidlaydi.
38
Haqiqatan ham madaniyat shaxs tarbiyasida muhim o‘rinni
egallashi dunyo sivilizasiyasi tajribasida o‘zini isbotlagan.
Uzluksiz ta’lim tizimida yoshlarning umummadaniy dunyoqarashining tarkib
topishi va bu jarayon jamiyatning faqat ilg‘or qatlami emas, balki butun xalqning
madaniy
kamoloti - ekologiq iqtisodiy, axborot va ijtimoiy muammolarni hal
etishga bog‘liqligi hammaga ayon.. Aholining umummadaniy saviyasi ishlab
chiqarishning ham yuqori sifatiga kafolot beradi. Ayniqsa oliy ta’limning yuqori
darajasi bo‘lajak mutaxassislarning ham sifat darajasiga ta’sir etadi. O‘qitishda
yoshlarni bilim olishga ishtiyoqini uyg‘otish, tashabbuskorliq tadbirkorliq
muammolarni hal etish qobiliyatiga ega bo‘lish,
ijodiy fikr yuritish, axborot
texnologiyalarini egallab olish, ekologik ongliliq jamiyatdagi o‘zgarishlarga tayyor
turish, global tafakkur va kishilar bilan tolerantlik munosabatlarida bo‘lish kabilar
hozirgi texnologiyalashgan ijtimoiy muhitda oliy ta’lim muassasi talabalari
egallashi lozim bo‘lgan talablardir.
Zero, hozirgi mutaxassis o‘z faoliyati jarayonida ixtisosligini bir necha marta
o‘zgartirishga va o‘zgarayotgan jamiyatga moslashishiga to‘g‘ri kelmoqda. Buning
barchasi yoshlarning hozirgi davrda ishlab chiqarishning yangilanib turishi,
axborotlarning o‘zgarib borishi, mutaxassis tayyorlashda ularni mehnat madaniyati
bilan
tanishtirib borish, axborot texnologiyalari bilan ishlashga o‘rgatish, ijodiy,
ekologik va estetik rivojlanishini takomillashtirishi zarur. Bu borada har bir oliy
ta’lim muassasida ijtimoiy-gumanitar, tabiiy-matematikaga oid yoki badiiy-estetik
yo‘nalishdagi fanlarni, umuman,
barcha o‘quv fanlarini o‘qitish orqali
talabalarni ijodiy, madaniy muhitga
kiritish,
ularning
intellektual
qobiliyati
va
umummadaniy
dunyoqarashini
shakllantirishga
38
Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч.Т.:2008. Маънавият нашриёти. 78-80 бетлар
Dostları ilə paylaş: