6-MAVZU. PEDAGOGIK JARAYONIDA ILMIY VA UMUMMADANIY DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISH REJA 1.Bilim, ilmiy dunyoqarash tushunchalari. Dunyoqarashning turlari. 2.O‘quvchilar dunyoqarashida yangicha fikrlashni shakllantirish zaruriyati. 3.Pedagogik jarayonda umummadaniy dunyoqarashni shakllantirish. 4.Milliy mafkurani yoshlar ongiga singdirish yo‘llari. Milliy ong va milliy iftixor o‘sishining tarbiyaviy ahamiyati. 5.Talabalarda mustaqil fikrlash va demokratik tafakkurni shakllantirishning zaruriyati. Tayanch tushunchalar: bilim, ilm, dunyoqarash, ta’lim, umummadaniy, tarbiya, mifologiya, diniy dunyoqarash ,
falsafiy dunyoqarash Ta’lim-tarbiya jarayonida ilmiy va umummadaniy dunyoqarashni shakllantirish O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlari bevosita uzluksiz ta’lim tizimi bilan bog‘liq. «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun asosida yangi turdagi – o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi shakllantirildi. Hozirgi paytda yuqori malakali va madaniyatli, mustaqil fikrlaydigan mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha muhim ahamiyatga molik ishlar olib borilmoqda. Zamonaviy ta’lim sharoitida bo‘lajak mutaxassislarda kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalar bilan bir qatorda bilimlarni mustaqil egallash va muammoni mustaqil ravishda hal etishda ijodiy yondashish qobiliyatlari ham shakllanishi kerak.
Bo‘lajak
mutaxassislarda
ushbu
xususiyatlarni
shakllantirishda
ta’lim
oluvchilarning mustaqil va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish va o‘quv
biluv faoliyatini faollashtirish muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham
bugungi kunda ta’lim oluvchilarining o‘quv-bilish faoliyatlarini ta’minlovchi va
rivojlantiruvchi faol ta’lim metodlarini o‘quv jarayoniga joriy etish asosiy
vazifalardan hisoblanadi. Ta’lim oluvchilarni mustaqil va ijodiy yondoshgan holda
muammolarni yechimini izlash, topish va mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatlarini
shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan faol ta’lim metodlaridan foydalanish
muhim hisoblanadi.
Bilim – bu ta’lim oluvchilar ongida muayyan tartibda mustahkamlangan,
ularning shaxsiy mulkini tashkil etadigan va bundan ular zaruratiga ko‘ra foydalana
oladigan dalillar, ma’lumotlar, ilmiy nazariyalar, qonunlar, tushunchalardir.
Dunyoqarash insonning cheksiz bilimi bo‘lib, insonning dunyoni oddiy
umumlashtirilgan holda aks ettirilishi bo‘lmay, balki u dunyoni insonning amaliy
qayta o‘zlashtirishning natijasi sifatidagi bilimlari.