Modernizatsiyalash jarayonlari


O‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarining vazifalari



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/82
tarix24.12.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#191210
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   82
pedagogika (2)a

O‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarining vazifalari
O‘quv haftasi va o‘quv mashg‘ulotlarining davomiyligini ta’minlash; dars 
jadvalini tuzib chiqish va shu jadvalga binoan darslarning o‘z vaqtida samarali 
o‘tkazilishini ta’minlash; har bir chorak oxirida, semestr davomida direktor va 
ta’lim muassasasi Pedagogik kengashi a’zolariga o‘quv jarayonining borishi 
xususidagi axborot va ma’lumotlarni berib borish; yosh mutaxassislarga amaliy va
uslubiy yordam ko‘rsatish; sinf va guruh jurnallarini to‘g‘ri yuritish va saqlanishiga 
javob berish; o‘quvchilarning bilim darajasini reja asosida tahlil qilib borish; 
o‘quvchi lar tomonidan davlat dasturlarining bajarilishini ta’minlash va nazorat 
qilish. 
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarining vazifalari
Ta’lim muassasasida o‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarish, jamoat tashkilotlari 
va mahalla, ota-onalar bilan aloqani ta’minlash; ta’lim muassasasi va undan yuqori 
miqyosda o‘tkaziladigan arsdan tashqari tadbirlarni rejalashtirish va amalga 
oshirish; ta’lim muassasasi o‘quvchilarining sinf, guruh yoki ta’lim muassasasidan 
tashqari olib borayotgan mashg‘ulotlarini kuzatib borish, ularga amaliy va metodik 
yordam uyushtirish; ta’lim muassasasidagi 
3-MAVZU. TARBIYA NAZARIYASI. OILA PEDAGOGIKASI. 
GLOBALLASHUV VA UNING TARBIYAGA TA’SIRI 
REJA 


91 
Tarbiya nazariyasi va tarbiya jarayonining mohiyati, mazmuni, maqsadi va 
vazifalari, xususiyatlari, qonuniyatlari va tamoyillari. Milliy va umuminsoniy 
qadriyatlarning o‘ziga xosligi va tarbiyadagi o‘rni. Tarbiya metodlari. Tarbiya 
turlariga umumiy tasnif.
Oila – jamiyatning asosiy bo‘g‘ini. Oila pedagogikasi metodologiyasi. Oila 
pedagogikasining shakllanish jarayonlari haqida. Oila pedagogikasining asosiy 
vazifalari. Oilaning jamiyatdagi ijtimoiy maqomi. Oila tarbiyasi. Oilaviy 
qadriyatlarning shaxs tarbiyasiga ta’siri.
Globallashuv, uning ijobiy va salbiy oqibatlari. Globallashuv jarayonida yoshlar 
ongiga ta’sir etuvchi omillar. Axborot xavfsizligi va globallashuv jarayonida 
yoshlar o‘rtasida axborot xavfsizligini ta’minlash muammolari. Globallashuv va 
ommaviy madaniyat, mafkuraviy immunitetni shakllantirishda pedagogika 
fanining vazifalari.
TARBIYA NAZARIYASINING MOHIYATI. 
Tarbiya nazariyasi pedagogika 
fanining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, 
tarbiyaviy jarayonning mazmuni, 
shakl, metod, vosita va usullari 
hamda uni tashkil etish 
muammolarini o‘rganadi. Hayotga 
yangicha siyosiy va iqtisodiy nuqtai 
nazardan yondashish o‘sib 
kelayotgan yosh avlod tarbiyasi bilan 
bog‘liq jarayonni ham qaytadan 
ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda. 
Tarbiya nazariyasi Sharq mutafakkirlari va xalq pedagogikasining tarbiya 
borasidagi boy tajribalariga tayanadi. Tarbiya nazariyasi o‘z qoidalarini asoslash 
uchun falsafa, sosiologiya, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya kabi fanlarning 
ma’lumotlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi pedagogikaning boshqa 
bo‘limlari: pedagogikaning umumiy asoslari, ta’lim nazariyasi hamda xalq ta’limi 
tizimini boshqarish bilan uzviy bog‘liq. 
Тарбия –
муайян, аниқ 
мақсад ҳамда ижтимоий
-
тарихий тажриба асосида 
шахсни ҳар томонлама 
ўстириш, унинг онги, хулқ
-
атвори ва дунёқарашини 
таркиб топтириш жараёни.


92 
Tarbiya jarayonining mazmuni. Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-
tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va 
dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya 
yosh avlodni muayyan maqsad yo‘lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda 
ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan faoliyat jarayonidir. 
Shuningdek, tarbiya mazmunini Qur’oni Karim oyatlari, Muhammad 
payg‘ambarimiz (a.s.) Hadislari, milliy va madaniy qadriyatlar, xalq pedagogikasi, 
mutafakkir va olimlarning tarbiyaga oid asarlari kabilar tashkil etadi. 
Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyati turlicha bo‘lib, uning mazmuni 
ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan. Tarbiya g‘oyasi turlicha 
ifodalangan bo‘lsada, ammo yo‘naltiruvchanlik xususiyati hamda obyektiga ko‘ra 
yakdillikni ifoda etadi. 
Tarbiya xususida taniqli o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi: «Al-
hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot - yo falokat, yo saodat – 
yo falokat masalasidur»8. Ushbu fikrlardan anglaniladiki, shaxs tarbiyasi xussiy ish 
emas, balki ijtimoiy, milliy ishdir. Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi, 
davlatlarning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog‘liq. 
O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqillikni qo‘lga kiritgach, ijtimoiy 
hayotning barcha sohalarida tub islohotlar olib borilmoqda. Islohotlarning asosiy 
g‘oyasi respublikaning rivojlanish va taraqqiyot yo‘li deb e’tirof etilgan 
demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatning barpo etish uchun xizmat qiladi. 
Demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatning barpo etish vazifasi o‘sib 
kelayotgan yosh avlod zimmasiga yuklanadi. O‘zbekiston Respublikasining 
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» hamda 
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning qator asar va 
nutqlari, chunonchi, «Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori», 
«O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» nomli asarlarida mustaqil respublikada 
ijtimoiy tarbiyani yo‘lga qo‘yish maqsadi va vazifalari belgilab berilgan. 
Tarbiya - shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan 
pedagogik jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir 
etish imkonini beradi. 
8
Авлоний

Абдулла

Туркийгулистонёҳудахлоқ


Тошкент

Ўқитувчи
, 1992. 


93 
Tarbiya jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar 
o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan hamkorlik 
jarayonidir. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongi shakllana boradi, his-
tuyg‘ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy aloqalarni 
tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo‘ladi. 
Tarbiya jarayonida o‘quvchilarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan 
to‘g‘ri uyushtirish g‘oyat muhimdir. Faoliyat jarayonida o‘quvchi tashqaridan 
kelayotgan tarbiyaviy ta’sirlarga nisbatan ma’lum munosabatda bo‘ladi. Bu 
munosabat shaxsning ichki ehtiyoj va xohishlarini ifodalaydi. Psixolog va 
pedagoglarning tadqiqotlari shaxsga tashqi omillarning (xoh salbiy, xoh ijobiy) 
ta’siri o‘quvchining ularga munosabatiga bog‘liqligini ko‘rsatadi. O‘quvchi 
faoliyatini uyushtirishgina emas, balki tarbiyalanuvchining bu faoliyatga nisbatan 
turli kechinmalarni qanday anglashi, baholashi, his qilishi, ulardan o‘zi uchun 
nimalarni olayotganligini bilishi zarur. Zero, tarbiya ijtimoiy munosabatlarning 
murakkablashib borishi asosida kechadi. 
Tarbiya jarayonida o‘quvchining ongigina emas, balki his-tuyg‘ularini ham 
o‘stirib borish, unda jamiyatning shaxsga qo‘yadigan axloqiy talablariga muvofiq 
keladigan xulqiy malaka va odatlarini hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun 
o‘quvchining ongi, hissiyoti va irodasiga ta’sir etib boriladi. Agar bularning 
birortasi e’tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Tarbiya 
jarayoniga o‘qituvchi rahbarlik qiladi. U o‘quvchilar faoliyatini belgilaydi, ularning 
ijtimoiy jarayonda ishtirok etishlari uchun shart-sharoit yaratadi. 
Ijtimoiy jarayonda faol ishtirok etish orqali o‘quvchilarning mustaqilligi, ijodiy 
tashabbuskorligi ortib boradi. Faoliyat o‘quvchilar jamoasi manfaati va istagi 
asosida uyushtirilsa, bu jarayonda o‘quvchining tengdoshlari va o‘zini o‘zi anglash 
jarayoni yuzaga keladi. O‘quvchi o‘z xulqi, xatti-harakati uchun jamoa oldida 
javobgarlikni sezishga erishgach, ijrochi emas, balki umumiy ishning faol 
qatnashchisi bo‘lib qoladi. 
Tarbiyani samarali yo‘lga qo‘yish uchun uning harakatlantiruvchi kuchi, tarbiya 
jarayonining manbaini yaxshi bilish va hisobga olish muhimdir. Bu tarbiya 
jarayonidagi ichki va tashqi qarama-qarshiliklardan iborat. 
Tarbiyada o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini ham hisobga olish kerak 
bo‘ladi. Bu jihat unutilsa, muayyan qarama-qarshiliklar vujudga keladi. 


94 
Faoliyat jarayonida hosil bo‘lgan malaka va odatlar axloq me’yorlariga rioya 
qilishni yengillashtiradi. 
Demak, tarbiyachi o‘quvchi shaxsining tez rivojlanadigan davri – o‘quvchilik 
yillarida uning ongiga turli faoliyat (o‘qish, mehnat, ijtimoiy ishlar, o‘yin, sport, 
badiiy havaskorlik) yordami bilan maxsus ta’sir etish muhimdir. Aks holda xulq 
me’yorlari, axloq talablarini yaxshi tushunmay qolishi natijasida shaxs ijtimoiy 
munosabatlarda beqaror, tasodifiy ta’sirga beriluvchan bo‘lib qolishi mumkin. 
Tarbiya yaxlit jarayonda amalga oshirilib, uning tarkibiy qismlari ayni bir vaqtda, 
faoliyatning biror turi asosida namoyon bo‘ladi. 
Tarbiya jarayonining umumiy mohiyati 
Umumiy pedagogika jarayonida tarbiya muhim o‘rin tutadi. Shaxsni 
shakllantirish, boshqarish, nazorat xarakteriga ega bo‘lib, bu borada belgilangan 
vazifalar tasodifiy harakatlar orqali emas, balki oldinda belgilangan va puxta 
o‘ylangan rejalar asosida hal etib boriladi. Tarbiya jarayonida uning maqsadi, shakl 
va metodlari, shaxsning o‘zini-o‘zi tarbiyalash va qayta tarbiyalash jihatlari muhim 
o‘rin tutadi. Tarbiya mazmuni ijtimoiy tuzum buyurtmasi asosida belgilanib, uning 
Тарбия
Ўзини
-
ўзи 
тарбиялаши
Ўзини
-
ўзи қайта 
тарбиялаши
Мақсад, шакл, методлар, 
фаолиятни ташкил этиш ва 
уни бошқариш
Ижтимоий 
буюртма
Педагогик шарт
-
шароитлар
Шахсни шакллантириш жараёни
Тарбия жараёнининг умумий моҳияти


95 
amalga oshishi uchun ma’lum shart-sharoitlarning mavjudligi talab etiladi. Ushbu 
g‘oyalar yaxlit tarzda quyidagicha aks etadi: 
Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod tarbiyasi muayyan maqsad asosida 
tashkil etiladi. Tarbiya maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish 
yo‘nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi 
kunda O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi 
komil shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat. 
Tarbiya jarayonining natijasi. Tarbiyaning natijasi yuksak ma’naviy va axloqiy 
talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tarbiyalashdir. Bu jarayon ikki 
tomonlama bo‘lib, uyushtirish va rahbarlik, shuningdek, o‘quvchi shaxsining o‘zi 
tomonidan faollik ko‘rsatilishini taqozo etadi. Bu jarayonda pedagog yetakchi rol 
o‘ynaydi. Chunki u ijtimoiy tarbiyaning umumiy maqsadlari mohiyatini tushunadi, 
maqsad yo‘lida amalga oshiriladigan vazifalar tizimidan yaxshi xabardor, tarbiya 
shakl, metod va vositalarini asosli, ilmiy tarzda tanlab oladi va tarbiya jarayoniga 
tatbiq etadi. 
Tarbiya jarayonining mohiyatini tarbiyaga har tomonlama yondashish bilan 
muvaffaqiyatli tarzda, ilmiy tahlil qilish mumkin. 
O‘quvchi o‘sib va rivojlanib borgani sari tarbiya vazifalari murakkablashib, 
chuqurlashib, tabahalashib boradi. 
Har tomonlama yetuk shaxsni tarbiyalash unga izchil ravishda aqliy, g‘oyaviy-
siyosiy, axloqiy, mehnat, estetik, jismoniy, ekologik, iqtisodiy hamda huquqiy 
tarbiya berish, o‘quvchilarning ongi, xulq-atvori va faoliyatining birligi, 
shuningdek, tarbiya jarayonini tashkil etishning yakka, guruhli va ommaviy 
shakllarini qo‘shib olib borilishini ta’minlaydigan pedagogik tizimlarni vujudga 
keltirish va bu tizim g‘oyalariga amal qilishni talab etadi. 
Ijtimoiy tarbiya jarayoni shaxsning ijtimoiy fazilatlarini shakllantirish, uning 
atrof-tevarak, jamityat, odamlar hamda o‘ziga nisbatan munosabatlari doirasini 
vujudga keltirish va uni kengaytirishga qaratilgan. Shaxs ishtirok etadigan ijtimoiy 
munosabatlar tizimi qanchalik keng, xilma-xil va chuqur bo‘lsa, uning ma’naviy 
dunyosi shunchalik boy bo‘ladi. 
O‘z tabiatiga ko‘ra tarbiya jarayoni ko‘p omilli xarakterga ega. Ya’ni, o‘quvchi 
shaxsining qaror topishi oila, ta’lim muassasasi, jamoatchilik, ijtimoiy muhit, 
shuningdek, vaziyatlar xilma-xilligi, bevosita va bilvosita ta’sirlar ostida ro‘y 
beradi. 


96 
Tarbiya jarayonining natijalari odatda bir xil xarakterda bo‘lmaydi. Bu narsa 
o‘quvchilarning psixologik (individual, tipologik), fiziologik va jismoniy 
xususiyatlari, ularning hayotiy va ma’naviy tajribasi, shaxsiy pozisiyasiga bog‘liq. 
Tarbiya jarayoni, odatda, o‘zini-o‘zi tarbiyalash, o‘zini-o‘zi qayta tarbiyalash, 
o‘quvchiningsh atrof-muhitdagi u yoki bu hodisalar bilan salbiy aloqasi natijasida 
vujudga keladigan munosabatlar va ularning xususiyatlarini bartaraf etish bilan olib 
boriladi. 
O‘zini o‘zi tarbiyalash shaxsni o‘zida ijtimoiy qadrga ega bo‘lgan fazilatlarni 
hosil qilish va takomillashtirishga hamda salbiy xislatlarni bartaraf etishga 
qaratilgan ichki faoliyat sifatida ta’riflanadi. 
O‘zini-o‘zi qayta tarbiyalash shaxsning o‘zidagi salbiy odatlar, xarakteridagi 
zararli sifatlarni yo‘qotish, ularni bartaraf etishga qaratilgan ichki faoliyati 
jarayonidir. O‘quvchi xulqidagi «og‘ish»lar oiladagi nosog‘lom muhit, ota-onaning 
tarbiyada yo‘l qo‘ygan xatolari, o‘qituvchi faoliyatidagi kamchiliklar asosida 
vujudga keladi. Qayta tarbiyalash jarayonida salbiy xulqni hosil qilgan sabab, 
sharoit o‘zgartiriladi, qayta tarbiyalashda kasb-hunar kollej va shaxsning shaxsiy 
ta’sirini oila, shu jumladan, ota-ona ham ma’qullashi lozim. 
Demak, qayta tarbiyalash o‘quvchining o‘zigagina emas, balki uning ota-onasiga 
ham qaratilishi lozim. 
Ijtimoiy tarbiyaning asosiy vazifalari. Ijtimoiy tarbiyani tashkil etish jarayonida 
bir qator vazifalar hal etiladi. Ushbu vazifalar ijtimoiy tarbiya maqsadidan kelib 
chiqib belgilanadi. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida ayni vaqtda yosh avlodni 
tarbiyalab voyaga yetkazish jarayonida quyidagi vazifalarni hal etish muhim 
ahamiyat kasb etmoqda: 
a) yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash, ularda keng dunyoqarashni tarkib 
toptirish, o‘z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv, reja va amal birligi hissini 
uyg‘otish; 
b) o‘quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar mohiyatidan ogoh etish, 
chuqur bilim va tafakkurga ega yoshlarni tarbiyalash, ularning ongini boyitish; 
v) umuminsoniy axloq me’yorlari (odamiylik, kamtarlik, o‘zaro yordam, mehr-
muhabbat, muruvvat, alodatni yoqlash, insonparvarlik, axloqsizlikka nisbatan 
nafrat va hokazolar)ning mohiyatini anglash, o‘quvchilarda muomala odobi, 
yuksak madaniyatni qaror toptirishga erishish; 


97 
g) o‘quvchilarda huquqiy va axloqiy me’yorlarga hurmat ruhida yondashish hissi 
va fuqarolik tuyg‘usi, ijtimoiy burchga mas’ullikni qaror toptirish; 
d) tabiatni muhofaza qilish, ekologik muvozanatni yuzaga keltirish borasidagi 
mas’uliyatni tarkib toptirish; 
j) vatanparvarlik va baynalminallik tuyg‘usini shakllantirish, o‘zga millat va 
xalqlarni hurmat qilish, ularning huquq va burchlarini kamsitmaslik tuyg‘usini 
qaror toptirish; 
z) mustaqil davlat – O‘zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatiga 
to‘g‘ri va xolisona baho berishga o‘rganish; 
i) insonni oliy qadriyat sifatida qadrlash, uning sha’ni, or-nomusi, qadr-qimmati, 
huquq va burchlarini hurmat qilishga o‘rgatish va boshqalar. 
O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan ijtimoiy tarbiyaning umumiy 
vazifalari ana shulardan iborat. 
Shu bilan birga ijtimoiy tarbiya yo‘nalishlari – axloqiy, aqliy, jismoniy, ekologik, 
iqtisodiy, huquqiy va siyosiy tarbiyaning xususiy maqsadidan kelib chiqqan holda 
bir qator vazifalar amalga oshiriladi. Chunonchi, 
Aqliy tarbiya – shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi bilim asoslarini 
berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkurini shakllantirishga yo‘naltirilgan 
pedagogik faoliyat jarayoni bo‘lib, shaxs tomonidan tabiat, jamiyat, shuningdek, 
inson tafakkuri haqidagi bilimlarni o‘zlashtirish, unda ilmiy dunyoqarashni 
shakllantiradi. Aqliy tarbiya yuksak ma’naviy va axloqiy sifatlarga ega shaxsni 
tarbiyalashda yetakchi o‘rin tutadi.
Bilimlar tizimini ongli ravishda o‘zlashtirish mantiqiy fikrlash, xotira, diqqat, 
idrok etish, aqliy qobiliyat, mayillik va iqtidorni rivojlantirishga ko‘maklashadi. 
Ahliy tarbiyaning vazifalari quyidagilar sanaladi: 
- shaxs tomonidan ilmiy bilimlarning muayyan hajmini o‘zlashtirilishiga erishish; 
- bilishga bo‘lgan qiziqishlarni yuzaga keltirish; 
- aqliy qobiliyat va iqtidorni rivojlantirish; 
- bilishga bo‘lgan faollikni kuchaytirish; 


98 
- mavjud bilimlarni muntazam ravishda boyitib borish, umumiy o‘rta ta’lim va 
maxsus kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishga bo‘lgan ehtiyojni rivojlantirish. 
- ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. 
Muhammad alayhissalom o‘z hadislarida; «Ilmga ilm olmoq yo‘li bilan 
erishilgaydir. Ilmu hunarni Xitoyga borib bo‘lsa ham o‘rganinglar. ... Ilm egallang. 
Ilm sahroda do‘st, hayot yo‘llarida tayanch, yolg‘iz damlarda yo‘ldosh baxtsiz 
daqiqalarda rahbar, qayg‘uli onlarda madadkor, odamlar orasida zebu-ziynat, 
dushmanlarga qarshi kurashishda quroldir» deydi. 
Shuningdek, hadisi Sharifda «Ilm olmoqqa intilish har bir muslim va muslima 
uchun farzdir» deydilar. 
Alisher Navoiy o‘zining «Farhod va Shirin» dostonidan Farhodning aqlu-idrokli, 
bilimdon, hunarmand, kamtar, insonparvar, irodali va e’tiqodli bo‘lganligini 
tasvirlaydi. 
1) axloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida – o‘quvchilarni ijtimoiy-axloqiy 
me’yorlar mazmunidan xabardor etish, ularga axloqiy me’yorlarning ijtimoiy 
hayotdagi ahamiyatini tushuntirish, ularda ijtimoiy-axloqiy me’yorlar (talab va 
ta’qiqlar)ga nisbatan hurmat hissini qaror toptirish asosida axloqiy ong va 
madaniyatni shakllantirish; 
2) aqliy tarbiyani yo‘lga qo‘yish chog‘ida – o‘quvchilarni ilm-fan, texnika va 
texnologiya borasida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar, yangilik va kashfiyotlardan 
boxabar etish, ularga ijtimoiy va tabiiy fanlar asoslari xususidagi bilimlarni berish 
tarzida tafakkurni shakllantirish, dunyoqarashini rivojlantirish; 
3) jismoniy tarbiyani tashkil etish jarayonida – o‘quvchilarni o‘z sog‘liqlarini 
saqlash va mustahkamlash, organizmni chiniqtirish, jismoniy jihatdan to‘g‘ri 
rivojlanishi hamda uning ishchanlik qobiliyatini oshirish borasida g‘amxo‘rlik 
qilish tuyg‘usini yuzaga keltirish, ularda yangi harakat to‘rlari borasida ko‘nikma 
va malakalarni hosil qilish, ularni maxsus bilimlar bilan qurollantirish, 
o‘quvchilarning yoshi, jinsiga muvofiq keladigan (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, 
chidamlilik, sabot, mehnat, chidam, iroda va xarakterni qaror toptirish) asosiy 
harakat sifatlarini rivojlantirish, ularda shaxsiy gigiyenani saqlashga nisbatan ongli 
munosabatlarni tarbiyalash; 
4) estetik tarbiyani olib borish jarayonida – o‘quvchilarda estetik his-tuyg‘u, 
estetik didni tarbiyalash, ularning ijodiy qobiliyatlari, estetik ehtiyojlari va 


99 
go‘zallikni sevish, go‘zallikka intilish tuyg‘ularini rivojlantirish, estetik 
madaniyatni shakllantirish; 
5) ekologik tarbiyani olib borish chog‘ida – o‘quvchilarga ekologik bilimlar 
berish asosida shaxs, jamiyat va tabiat birligi hamda aloqadorligini o‘quvchilarga 
tushuntirish, ularda ekotizimning inson, insoniyat, jamiyat taraqqiyotidagi muhim 
o‘rni va mohiyati borasidagi tushunchalarni qaror toptirish, tabiatga nisbatan 
ehtiyotkorona va mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish, tabiatni asrash to‘g‘risida 
g‘amxo‘rlik qilish kabi tuyg‘ularni qaror toptirish, shuningdek, ekologik 
madaniyatni shakllantirish; 
6) iqtisodiy tarbiyani tashkil etish jarayonida – o‘quvchilarga iqtisodiy bilimlarni 
berish asosida mamalakat iqtisodiy barqarorligini ta’minlash, bozor infrastrukturasi 
qoidalariga amal qilish, ichki bozorni to‘ldirish, kichik va o‘rta biznesni yaratish 
borasidagi faoliyat jarayonida ishtirok etish ko‘nikma va malakalarini hosil qilish, 
inson mehnati bilan bunyod qilingan moddiy boyliklarni asrash, ularni ko‘paytirish 
borasida qayg‘urish tuyg‘ularini qaror toptirish, iqtisodiy madaniyatni 
shakllantirish; 
7) huquqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida o‘quvchilarga davlat Konstitusiyasi, 
davlat haqidagi ta’limot, fuqarolik, oila, mehnat, xo‘jalik, ma’muriy nafaqa, sud 
ishlarini yuritish va boshqarish huquqlarining ma’nosini tushuntirish, ular ogiga 
ijtimoiy-huquqiy me’yorlarning shaxs va jamiyat hayotidagi ahamiyati haqidagi 
tushunchalarni singdirish, huquqiy munosabatlar mohiyati yuzasidan tasavvurga 
ega bo‘lishlarini ta’minlash, ularda huquqiy ong, shuningdek, huquqiy faoliyatni 
tashkil etish borasidagi ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, huquqiy madaniyatni 
shaklllantirish; 
8) g‘oyaviy-siyosiy tarbiyani tashkil etish jarayonida – o‘quvchilarga siyosiy 
bilimlarni berish, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, fuqarolik jamiyati 
asoslari, milliy davlat tuzilishi, davlat organlari faoliyati, shuningdek, O‘zbekiston 
Respublikasining ichki va tashqi siyosati mazmunini o‘rganishni ta’minlash 
asosida o‘quvchilarda siyosiy faoliyat ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish, 
siyosiy madaniyatni shakllantirish va hokazolar. 
9) tadbirkorlik tarbiyasi 
10) toleranlik tarbiyasi 
11) fuqarolik tarbiyasi 


100 
Jamiyatdagi maktablar avlodlarning qobiliyatsizlik, ishsizlik va ijtimoiy 
tabaqalanishdan zarar ko‘rganligidan to‘g‘ridan to‘g‘ri ota-ona, bolalar va 
o‘qituvchilarning intilishlarini o‘stiruvchi to‘sqinliklarni yengishda boshqa 
organlardan yordam kutishadi. (DE 2007) 
Shunisi qiziqki, hukumat tomonidan ta’limda qobiliyatsizlikka olib keluvchi 
(aytishimiz mumkinki, muammoga odatiy moslashuv tizimli o‘zgarishlarni ta’lab 
qiladi) ishsizlik, ijtimoiy tabaqalanish va tizimli bareralarni bartaraf etishga xech 
qanday takliflar bildirilmagan, balki bu e’tibordan chetdagi va imtiyozsiz bolalarni 
avvalgi baxtsizligidan ijobiy tomonga o‘tkazishda yordam berishdagi 
modernizasiya bo‘lib xizmat qiladi. Brunuyerning fikricha, o‘qituvchilarga turli 
ta’lim uslublari haqida tushunchaga ega bo‘lish cheklanmagan. Bruner uchun 
maktab o‘quvchisi ham o‘rganayotgan mavzuda qanday ta’lim olish va fikrlash 
haqida habardor bo‘lishi kerak. Bruner baxs yuritgan bu metakognitiv ta’lim olish 
aspekti- ta’lim haqida ta’lim olish obyektivlikdan ko‘ra ichki subyektivlikni 
rivojlantirishni ta’lab qiladi. Obyektivlik nazariyalari go‘yoki, nazariyachi to‘liq, 
mustaqil, barcha bilimlarga ega va o‘z fanini haqiqiy, tarbiyadan xolis baxolay 
oladigan shaxs (o‘qituvchi) nazariyachi va (o‘quvchi) subyekt o‘rtasidagi 
ajratishlarni belgilab beradi. Intersubyektiv nazariyachilar, aksincha, mijozlari 
uchun qo‘llanadigan nazariyalarni o‘zlari uchun ham qo‘llashni ta’kidlashadi; 
bunda aytiladiki, intersubyektivlik nazariyasi o‘z-o‘zini tushunish orqali 
boshqalarning ham fikrini anglashga yoki aksincha intilish kelib chiqishiga ko‘ra 
refleks ekanligini tushuntiradi. Xolden va Klaf yuqorida ta’kidlangan “refleksiv 
pedagogika” tushunchasi “o‘z javoblarimizni e’tiborga olganimizdek bolalarnikini 
ham qadrlashga undaydi” degan baxsni keltirishadi. 
Ichki subyektiv nazariyalash uchun Brunerning sinfxonaga daxldor asosiy bir 
munozarasi shuki, talabaning o‘zlashtirishi ishonchsizdek tuyulsa, o‘qituvchilar 
o‘sha talabaning xulqidagi kamchiliklarni qidirish o‘rniga o‘zlaririning shaxsiy 
tajriba uslubi va qarashlariga e’tiborli bo‘lishlari kerak. Bundan tashqari ular 
talabalarning qanday qilib tajriba olishi va o‘zlashtirishi haqidagi o‘zlarining 
o‘rganuvchi sifatdagi tushuncha va qarashlarini taqdim etishlari kerak. Buning 
yo‘lga qo‘yishning yana bir yo‘li – Blok va Villiam o‘zlarining ta’lim olishni 
baxolash qaydnomasida baxslashganidek o‘quv mashg‘ulotlarini ifodalashga izoh 
sifatida o‘zlarining talabalari bilan bo‘lgan pedagogik jarayondan yig‘ib olingan 
ma’lumotdan foydalanishda qo‘shimcha ravishda o‘qituvchilar bunday 
ma’lumotdan o‘zlarining shaxsiy o‘qitish uslubini ifodalash va baxolashda 
foydalanishi mumkin.


101 
Aslini olganda ular Fiyeldinggning shaxsiy tadqiqot pedagogikasini rivlantirish 
uchun talabalar bilan birga tadqiqotchi va amaliyotchi sifatida ishlash nazariyasini 
amalga oshirishlari mumkin9 
Tarbiya tamoyillari. Tarbiya mazmunida oldinga qo‘yilgan maqsad va vazifalarga 
muvofiq o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va 
malakalar, shaxs xulq-atvori hamda sifatlari mohiyati aks etadi. Tarbiya mazmuni 
shaxsning shakllanishiga qo‘yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyatidan iborat bo‘lib, 
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, kishilik munosabatlari mohiyati va darajasi, 
shuningdek, jamiyat mafkurasi g‘oyalari asosda belgilanadi. Zamonaviy tarbiya 
mazmunida quyidagi tamoyillar yotadi: 
Tarbiya maqsadining aniqligi. O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy 
mustaqilligining dastlabki yillaridayoq respublikada, amalga oshirilishi ko‘zda 
tutilayotgan tarbiya maqsadi aniq belgilab olindi. O‘zbekiston Respublikasining 
«Ta’lim to‘qrisida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» 
g‘oyalariga ko‘ra ijtimoiy tarbiyaning asosiy maqsadi – erkin, ijodkor, mustaqil 
fikr egasi bo‘lgan komil inson va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga 
yetkazishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish yo‘lidagi asosiy vazifa - bu shaxsda 
umumiy madaniyat unsurlari, ya’ni, shaxsning aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, 
iqtisodiy, ekologik, huquqiy, siyosiy hamda mehnat madaniyatini tarbiyalashdan 
iborat. 
O‘quvchilar va kattalarning birgalikdagi faoliyati. O‘qituvchilarning o‘quvchilar 
bilan ma’naviy madaniyatini shakllantirishning eng yaxshi namunasini izlash, shu 
asosida tarbiyachi ishining hayotiy me’yor va qadriyatlarini aniqlash o‘quvchining 
tarbiya jarayonidagi faolligini ta’minlashga olib keladi. Dunyoqarashi hali to‘la-
to‘kis shakllanmagan o‘quvchilar uchun kattalarning hayotiy tajribalari, ularning 
shaxsiy namunalari tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega. 
O‘zini-o‘zi anglash. Tarbiya insonda e’tiqod, demokratik qarashlar va hayotiy 
pozisiyaning shakllanishiga olib keladi. Tarbiya mazmunining eng muhim 
unsurlaridan biri – bu insonning hayotiy o‘zini-o‘zi anglashi, uning o‘z shaxsiy 
hayoti va faoliyatining subyekti sifatida e’tirof etilishi bilan tavsiflanadi. Inson 
99
Алекс
Муур

Таълим
бериш
ва
таълим
олиш

педагогика

таълим
дастури
ва
тарбия

Рутледж

Иккинчи
нашр
. 2012. 23-25 
бетлар



102 
kamolotida fuqarolik, kasbiy va axloqiy o‘zini-o‘zi anglash jihatlari muhim 
ahamiyatga egadir. 
Tarbiyaning shaxsga yo‘naltirilganligi. Mazkur g‘oya ta’lim muassasasi 
amaliyotining markaziy nuqtasida tarbiyaviy ishlar dasturi, tadbirlar, ularning 
shakl, metod va vositalari emas. Balki, o‘quvchi turganligini anglatishga xizmat 
qiladi. Tarbiya jarayonida uning shaxsiy xususiyatlari, qiziqishlari, o‘ziga xos 
xarakteri, o‘z qadr-qimmatini anglash tuyg‘ulari rivojlantirilib borilishi zarur. 
Ixtiyoriylik. Tarbiyalanuvchilarning iroda erkinligisiz tarbiya g‘oyalari mohiyatini 
qaror toptirish mumkin emas. Tarbiya jarayoni, agar u oqilona tashkil etilsa, bir 
vaqtning o‘zida ham o‘quvchi, ham o‘qituvchi ma’naviyatining boyitilishiga 
xizmat qiladi. Agar tarbiyachi o‘quvchining qiziqishi, faoliyati, o‘rtoqlik va 
fuqarolik burchini anglash, mustaqillikka intilish tuyg‘ularini ko‘ra va anglay 
olsagina uning irodali ekanligi ayon bo‘ladi. Tarbiyalanuvchining irodali bo‘lishi 
ta’minlangan sharoitda uning shaxsiga ta’sir ko‘rsatishga yo‘naltirilgan faoliyat 
jarayonida samaraga erishiladi. 
Jamoa yo‘nalishi. Tarbiyaviy ishlar mazmunida jamoaga nisbatan ijobiy 
munosabatni qaror toptirish yotadi. Jamoa yordamida shaxsni har tomonlama 
kamoloti, uning dunyoni anglash, uni to‘laqonli talqin etish, insonparvarlik va 
o‘zaro hamkorlik tuyg‘ularini yuzaga kelishi va rivojlanib borishi kabi holat 
amalga oshiriladi. 
Zamonaviy pedagogik jarayonda tarbiyalanuvchiga: inson aqliy, estetik, axloqiy, 
jismoniy, siyosiy-g‘oyaviy, iqtisodiy, ekologik hamda diniy tarbiya olishi 
lozimligini uqtirishining o‘zigina kam samara beradi. O‘quvchi uchun yuqorida 
qayd etilgan tarbiya yo‘nalishlarining nima uchun kerakligi, ularning insonga nima 
bera olishi kabi masalalar qiziqarlidir. Rivojlangan xorijiy mamlakatlar tarbiya 
tizimida muammoning mana shu jihati birinchi o‘ringa qo‘yilmoqda. Yuqorida 
qayd etilgan g‘oyalar to‘g‘ri tashkil etilgan pedagogik jarayonda – yetuk fuqaro, 
malakali mutaxassis hamda barkamol oila sohibini tarbiyalab voyaga yetkazish 
uchun xizmat qilishi lozim. 
Zamonaviy tarbiya mazmuni va ularda ilgari surilgan g‘oyalar yaxlit tarzda 
quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: 
Tarbiya qonuniyatlari. Ijtimoiy tarbiya maqsadi hamda vazifalarini amalga 
oshirish uchun tarbiya jarayonining o‘ziga xos qonuniyatlarini anglab olish muhim 
ahamiyatga ega. 


103 
Shuningdek, ularga quyidagilarni kiritish mumkin: tarbiyaning ma’lum maqsadga 
qaratilganligi, tarbiyaning insonparvarligi va demokratik tamoyili, tarbiyaning 
hayot bilan, mehnat bilan bog‘liqlik tamoyili, tarbiyada milliy-madaniy va 
umuminsoniy qadriyatlarning ustivorligi tamoyili, tarbiyada o‘quvchilarning yosh 
va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish tamoyili, izchillik, tizimlilik, tarbiyaviy 
ta’sirlarning birligi va uzluksizligi tamoyili va boshqalar. 
Ta’lim olish va axloq: Skinnerning “qonunni ijobiy tarzda 
mustahkamlash” nazariyasi. 
Bir nazariyachining ishi nafaqat talabalarga maktablarning va o‘qituvchilarning 
munosabati usullarini o‘zida aks ettirdi, balki jarayonga ichki hissiyot bilan 
qarashni o‘stiradi. Umumiy (masalan, maktabdagi ham ichki, ham tashqi 
vazniyatni) rivojlantirish yuz berishi va vaziyatni nazorat qilishni o‘rganib chiqqan 
bu nazaryotchi Byurhis Fredrik Skinnerdir (1953). Skinnerning ko‘plab 
nazariyalari makraziy ko‘rish atrofida aylanadi, insonlar “to‘g‘ri javobgarliklar” 
yoki javobgarliklar, ya’ni potensiyal vaziyatlarda “to‘g‘ri javobgarliklar”ning 
(ba’zida “ta’sir etuvchi qobiliyat” deb aytiladi) dalili bo‘lib, ko‘rinishi orqali yaxshi 
o‘rganadilar. Torndikning “qonunning ijobiy ta’siri” (Torindik 1914)dan 
ilhomlanib, Skinner o‘zining “qonunni ijobiy tarizda mustahkamlash” deb 
nomlangan dasturini ishlab chiqdi. Dastur agar kattalarning hulq-atvori yoshlarga 
o‘rnak bo‘larli bo‘lsa,ular maktab o‘quvchilariga va ularning mukofotlash, o‘rnak 
qilib ko‘rsatish g‘oyasini ham o‘z ichiga olgan. Bugungi kunda bunday mukofotlar 
“ahloqi uchun baho” jamoatchilik maqullagan va ijtimoiy imtiyozga ega bo‘lgan 
bir qancha shakillar tarkibiga kiradi. 
Skinnerning nazariyasi nafaqat sinfxonasidagi yuqori darajada ijobiy 
ko‘tarinkilikning muhimligiga, balki o‘quvchilarning tashqi tarafdan qo‘yilgan 
maqsadlariga qadam ba qadam intilishlari uchun yuqori strukturaviy materiallardan 
foydalanishlariga ham urg‘u beradi. chunki Skinner xato qilish haqida quydagicha 
fikr yuritadi,tushkunlikka solish yoki istakni so‘ndirish, o‘quvchilarning o‘quv 
jarayonlariga xalaqt berishi xato, u bu kabi materiallar ehtimollikdan imkon qadar 
uzoq, xatolikdan holi bo‘lishining tarafdori. O‘ta strukturalashgan, 
“ssenariylashtirilgan” – o‘qituvchilar tilida oldindan belgilab qo‘yilgan va kamdan-
kam sezilarli tarzda og‘ishgan dars shakli aniq belgilab qo‘yilgan qolipga bog‘liq 
bo‘ladi. Ba’zan buni keng tushinish mumkin, bugungi kunda muhokamali mavzu 
“an’anaviy” tarzda dars o‘tish, ya’ni o‘qituvchi boshlashi (bunga, masalan, belgilab 


104 
olingan savollarni so‘rash yoki oddiy qo‘llanmani taqdim qilish), o‘quvchi javob 
berishi bo‘lib qolmoqda.10 
Tarbiya jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Uning eng muhim xususiyati aniq 
maqsadga yo‘naltirilganligidir. 
Zamonaviy talqinda tarbiya jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi 
muayyan maqsadga erishishga qaratilgan samarali hamkorlik demakdir. Zero, 
tarbiya jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari tashkil 
etiladi, boshqariladi va nazorat qilinadi. Yagona maqsadga erishish yo‘li 
zamonaviy tarbiya jarayonining maqsadini tavsiflaydi. 
Tarbiya jarayoni ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, unda tarbiya mohiyatini yoritishga 
xizmat qiluvchi ichki va tashkil (subyektiv va obyektiv) omillar ko‘zga tashlanadi. 
Subyektiv omillar shaxsning ichiki ehtiyojlari, qiziqishlari, hayotiy munosabatlari 
mazmunini anglashga yordam bersa, obyektiv omillar shaxsning hayot kechirishi, 
shakllanishi, hayotiy muammolarni ijobiy hal etish uchun sharoit yaratadi. Tarbiya 
faoliyatining mazmuni, yo‘nalishi va shakli obektiv sharoitlar bilan qanchalik 
mutanosib kelsa, shaxsni shakllantirish borasida shunday muvaffaqiyatga 
erishiladi. Tarbiya jarayonining tashkil etilishi va boshqarilishida nafaqat 
o‘qituvchi faoliyati, balki o‘quvchining yosh va psixologik shaxsiy xususiyatlari, 
o‘y-fikrlari, hayotiy qarashlari hami muhim o‘rin tutadi. 
Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning uzoq muddat davom etishidir. 
Tarbiya natijalari tez sur’atda yoki yaqqol ko‘zga tashlanmaydi. O‘zida insoniy 
sifatlarni namoyon eta olgan shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda uzoq muddatli 
davr talab etiladi. Shaxsning muayyan vaqtning o‘zida, turli-tuman qarashlar 
mavjud sharoitda harakat qilishi tarbiya jarayonini murakkablashtiradi. Ta’lim 
muassasalarida olib borilayotgan tarbiya shaxs ongi, dunyoqarashini 
10
Алекс
Муур

Таълим
бериш
ва
таълим
олиш

педагогика

таълим
дастури
ва
тарбия

Рутледж

Иккинчи
нашр
. 2012. 3-4 
бетлар

Тарбия мақсадининг 
аниқлиги
Болалар ва 
катталарнинг 
биргаликдаги фаолияти
Ўзини
-
ўзи 
англаши
Жамоа 
йўналиши
Тарбиянинг 
шахсга 
йўналтирилганлиги
Ихтиёрийлик
Тарбия 
мазмуни
Тарбия тамойиллари


105 
shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Binobarin, yoshlik yillarida insonning asab 
tizimi yuqori darajada ta’sirchan hamda beqaror bo‘ladi. Shu bois tarbiya 
muvaffaqiyati ayni o‘quvchilik yillarida shaxsga to‘g‘ri tarbiya berish lozimligini 
talab etadi. 
Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning uzluksizligi sanaladi. Ta’lim 
muassasasida olib borilayotgan tarbiya jarayoni bu – o‘qituvchi va o‘quvchilarning 
birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari jarayonidir. O‘quvchilarda ijobiy sifatlarni 
qaror toptirishda yagona maqsad sari yo‘naltirilgan, bir-birini to‘ldiruvchi, boyitib 
boruvchi, takomillashtiruvchi faoliyat alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois oila, 
ta’lim muassasalari, jamoatchilik hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy 
tadbirlarning uzluksiz o‘tkazilishiga erishish maqsadga muvofiqdir. 
Skinnerning ishiga tegishli ahloq nazariyalarini ta’lim olishi anchayin keng 
qismda o‘sib borishi (buni to‘laroq tushunish uchun Baver va Hilgerd 1981ga 
qarang) ekani shubxasiz tushurib qoldirilgan. Bu o‘quvchilar bilan ta’lim olishdagi 
qiyinchilik bilan ishlash doirasi (Slot-Baumen 1997 y. 49-sahifa) va muayyan sinf 
ahloqini boshqarish belgilangan. Maqolada hurbat, Skinner nazariyaisning 
aspektlari, muhim va, shubhasiz, eng e’tiborli qismi sifatida sinf amaliyotidagi 
“progressiya” (Devey 1938), hatto u g‘oyalarida anchayin “an’anaviy” metodlar 
bilan eksklyuziv musiqa qo‘llanilishini tez-tez aytib o‘tgan. Biz ta’kidlashimiz 
mumkinki, o‘quvchilarning nomuvofiq hulq-atvoriga nisbatan nihoyasiz va 
samarasiz jazolashlardan ko‘ra ularning o‘zini “muqobil” tarizda tutganini 
rag‘batlantirishni yoki Skinner tushunchasi, har qanday o‘quvchini o‘qitish 
programmasini qabul qilishdan oldin o‘qituvchi muhim ma’lumotlarni belgilab 
olishi lozim: bunda o‘quvchi avvaldan bilgan va qo‘llay oladigan bilmlar olqali 
“o‘quvchi faolligidagi o‘qish” bilan bog‘langan strategiya qo‘llaniladi. 
Quyidagi qat’iy qoidalarni yaratish asosida umumiy praktikalar o‘tkazilganida 
hulq atvor, maqsad qo‘yish, imtiyozli baholar, o‘ziga xos ma’noga ega bo‘lgan 
mukofotlar bilan taqdirlash, nomunosib xatti xarakat qilgan o‘quvchilar bilan ham 
o‘chiq oydin munosabatda bo‘lish va ijobiy ma’nodagi mukofotlar bilan taqdirlash 
va yordami tegmaydigan mujmal “yoriladigan” yoki “buzg‘unchi kabi iboralarni 
qo‘llashdan qochish” kabilarning barchasi Skinner nazariyasiga ko‘ra darsda 
bemalol o‘tirishni ta’minlaydi. Nazariyada o‘sib borayotgan umumiy amaliyot 
maktablarda “huquqlar va burchlar” siyosatining o‘rnatilishini ta’minlashi ham 
ko‘riladi, shunga ko‘ra o‘quvchilar “yaxshi ahloq” yoki akademik jarayon 


106 
ta’minlanish davrlarida qisqa yoki uzun imtiyozlari bo‘lgan choraklarni qo‘lga 
kiritadilar.11 
O‘quvchini tarbiyalashda kasb-hunar kollej yetakchi o‘rin egallasa ham, 
o‘quvchilarga uzluksiz tarbiyaviy ta’sir o‘tkaza olmaydi, chunki, o‘quvchilar 
ma’lum muddatgina ta’lim muassasasida, o‘qituvchining tarbiyaviy ta’siri ostida 
bo‘lib, qolgan vaqtining asosiy qismini oilada, ko‘chada, jamoat orasida 
o‘tkazadilar. Kuzgi, qishki, bahorgi va ayniqsa, yozgi ta’tillar davrida o‘quvchilar 
ta’lim muassasasi o‘qituvchisi ta’siridan chetda qoladilar. Demak, ta’lim 
muassasasida o‘quvchilarni tarbiyalash vaqt jihatidan chegaralangan bo‘lib, sinfdan 
va kasb-hunar kollejdan tashqarida amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlardan holi 
vaqtda ular o‘qituvchi yoki tarbiyachining ta’siri hamda nazoratida uzoqlashadilar. 
O‘quvchilarga nisbatan ta’lim muassasasining ta’sirini susaytirmaslik maqsadida 
sinfdan, kasb-hunar kollejdan tashqarida va ta’til davrida ham tarbiyaviy ishlarni 
tashkil etishga alohida e’tibor beriladi. Ana shu maqsadda bir qator tarbiyaviy 
ishlar olib boriladi. 
Ayni vaqtida, respublikada, o‘quvchilarning ta’lim muassasalaridan 
uzoqlashtirmaslik maqsadida qo‘shimcha ta’lim muassasalari faoliyat olib 
bormoqda. Qo‘shimcha ta’lim muassasalarida o‘quvchilar xususiy fanlar hamda 
xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirishlari, texnik va badiiy yo‘nalishlar bo‘yicha 
bilim olishlari, amaliy faoliyat ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishlari mumkin. 
Qo‘shimcha ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan turli yo‘nalish va 
mavzulardagi uchravshuvlar, ko‘rgazmalar, ko‘riklar, suhbatlar o‘quvchilarning 
tafakkurini boyitishda, ularda mustahkam xarakter va irodani tarkib toptirishda 
muhim o‘rin tutmoqda. 
O‘rgatish va ta’lim olishning ahloqiy aspektlari va podachi atamasiga Skinner 
nazariyasida muntazam murojaat qilganini ko‘rishimiz mumkin, u kognitiv-
akademik ta’lim olish va rivojlanish bilan bog‘liqliq va pedagogika muammolari 
umumiy ma’noda juda sodda tushintirilishi bizga bir qarashdayoq hayvonot 
olamini o‘rgatishdagi sabr-toqatni esga soladi. (qo‘shimcha ma’lumot uchun 
Skinerning Pavlov bilan hamkorlikdagi Wood 1998 ahloq-odob nazariyasiga 
qarang) 
11
Алекс
Муур

Таълим
бериш
ва
таълим
олиш

педагогика

таълим
дастури
ва
тарбия

Рутледж

Иккинчи
нашр
. 2012. 4 
бет



107 
Yaqin vaqtlarda Skinnerning ko‘plab g‘oyalari taraqqiyotning nozikroq 
nazariyalari orqali ilgarilab ketdiki, ijtimoiy, ta’lim olishning o‘zaro tabiati (quyida 
muhokama qilinadi) va o‘quvchilarga faqat qabul qilishdan ko‘ra ko‘proq tajriba 
orqali bilm berishni ishlab chiqish kerakligiga urg‘u beradi. (Watkins 2009a, 2009b 
ga qarang) 
Skinner nazariyasida muayyan maqsadlar akademik-kognitiv rivojlanish va 
ahloqni o‘z ichiga oladi: 
Keng qamrovda ko‘rishni rivojlantirish, Skinner nuqtai nazariga qiyoslaganda 
xatolar qilish va ta’lim olishning muhim va fundamental aspektlarini tasvirlashda 
xatarlarga borish demakdir. (Havfni bartaraf etish tushunchasida xossalarning 
miqdori e’tirof etish va qabul qilish g‘oyasiga bog‘lanadi – balkim muhim – ta’lim 
olish jarayonidagi “omadsizlik”ni davom ettirish ta’lim bilan munozara qiladi. Bu 
sohada xilma-xil amaliyotchilarning fikr bildirishlarini ko‘rish mumkin Times 
Educational Supplement (Ta’limga qo‘shimcha vaqt)da “Ta’limning maqsadi 
nima?” 2011 yil 1 aprel 27-bet. Doun Holliyvon, masalan, o‘rta ta’limning 
amaliyot o‘qituvchisi bu bo‘limda tavakkal va omadsizlikni bog‘lagan, Piagerian 
tushunchalarining rivojlanishi va ta’lim olish bu bo‘limning ohirrog‘ida aks 
ettiriladiki, bolalarda ta’lim olishga “bilim olishga tabiiy qiziqiz” uyg‘otuvchi 
yondashuv tushuntiriladi. Tavakkal qilish, albatta, biznes yuritishdagi asosiy 
bo‘g‘in – biz bugun juda ko‘p eshitayotgan rag‘batlantirish: masalan, balki biroz 
boshqacha ijtimoiy agentliklar bazan ko‘rsatma va amaliyot doirasini “qamrab 
olmoqda”) 
Hatto talabalar ahloqini boshqarish masalasida Skinner nazariyasi 
qiyinchiliklarsiz demaydi, ayniqsa, 
bugungi kunda ko‘plab ustozlar 
ishlayotgan ko‘ptarbiyali sinflarda. 
Hususan, Skinner ishi madaniy 
masalalar ahloq bilan bog‘liqligiga 
e’tiborsiz qarashni tanqid qiladi va 
muntazam murojaatlar jazolarni va 
taqdirlashni o‘rgatishni sinfda teskari 
natija va qiyinchilikni ta’minlashi 
mumkinligi amalda isbotlangan. (Bu 
mavzudagi adabiyotlar bilan 
o‘quvchilar muammoni ko‘rib chiqishga chaqiriladi. Moore 1995 yilda xabar 
berilgan)va yana bir o‘rinda, ikki tilli o‘quvchi hurmat yuzasidan tanbih 
Тарбия жараёнининг яна бир хусусияти –
бу 
унинг яхлит ҳолда тизимли ташкил 
этилишидир. Яхлитлик шундан иборатки, 
тарбия жараёнининг мақсади, мазмуни ва 
методларини бирлиги шахсни шакллантириш 
ғоясини
амалга ошириш учун хизмат қилади. 
Бизга маълумки. Шахс маънавий
-
ахлоқий 
сифатларни навбатма
-
навбат эмас, балки 
яхлит тарзда ўзлаштира боради, шу боис 


108 
berilayotganda ko‘zini o‘qituvchidan boshqa tomonga olib qochgan va o‘qituvchi 
tomonidan qo‘pollik yoki itoatsizlikni ko‘rsatuvchi harakter deb izohlangani uchun 
ikki karra koyilgan. Misollarda qanday qilib ikki tilli talabalar tez-tez 
o‘quvchilarning mukofotga chaqirishlaridan yiqilishadi (oy ohirida to‘plangan 
ballar va hulqi uchun taqdirlanmalar e’lonida ikki tilli talabalar taqdirlanishlar 
olmagan bo‘ladilar), ular o‘z say-harakatlari bilan darslarni topshirishadi. Bunga 
sabab oddiy farqlardan ko‘ra noto‘g‘ri izohlanish Moorye 1999a dan topishingiz 
mumkin va keyingi 4-bo‘limda muhokama qilinadi. 
Skinner nazariyasi o‘qitish va ta’lim olish jarayonida o‘qituvchilarning o‘zlarini 
hulq-atvorlari muhim bo‘lmagan rolda ekani uchun tanqid qilinadi, bu mavzuda 
gap ketganida unga e’tibor berishga chegara qo‘yilgan, bu o‘rinda jazo tayinlash va 
mukofotlashdan ko‘ra ko‘proq, deydi, o‘qituvchilar o‘zlari (Men termini 5-
bo‘limda to‘laroq yoritilgan) namuna bo‘lishlari zarur. Bu “ahloq o‘ynini 
o‘ynash”ni istamayotgan o‘quvchilar – mehribonlik ko‘rsatilmagan yoki, ular 
ta’limda omadga erishmagan, yo ular o‘qituvchi tomonidan maqtab, yo koyilmagan 
– bilan yuzaga kelgan muammoni hal qilishishart bo‘lgan o‘qituvchilarga kichik 
yordam taklif qiladi.12 
Tarbiya jarayonining yaxlitlik, tizimlilik xususiyati bir qator muhim pedagogik 
talablarga amal qilish, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni qaror 
toptirishni talab etadi. 
Tarbiyaning yana bir xususiyati shundan iboratki, bu jarayon ikki tomonlama 
aloqa xususiyatiga ega bo‘lib, unda o‘quvchining o‘zi ham faol ishtirok etadi. 
Ikki tomonlama aloqa ikki yo‘nalishda, ya’ni, o‘qituvchining o‘quvchiga 
ko‘rsatadigan ta’siri (to‘g‘ri aloqa) hamda o‘quvchining o‘qituvchiga nisbatan 
munosabati (teskari aloqa) tarzida tashkil etiladi. 
Tarbiyaning pedagogik texnologiya nazariyasi g‘oyasiga muvofiq, endilikda 
o‘quvchi tarbiya jarayonining obyektigina bo‘lib qolmasdan, subyekti sifatida ham 
faoliyat ko‘rsatadi. Shuning uchun o‘qituvchi o‘quvchining ichki imkoniyatlari, 
unga nisbatan bo‘layotgan tashqi ta’sirlar va axborot manbalarini inobatga olishi 
zarur. Agarda mazkur talab unutilsa, shaxsni tarbiyalash qiyinlashadi yoki barcha 
urinishlr samarasiz yakun topadi. Mana shundan tarbiya jarayonining yana bir 
12
Алекс
Муур

Таълим
бериш
ва
таълим
олиш

педагогика

таълим
дастури
ва
тарбия

Рутледж

Иккинчи
нашр
. 2012. 5 
бет



109 
xususiyati – tarbiyada qarama-qarshilikning mavjudligi kelib chiqadi. Ushbu 
qaram-qarshiliklar o‘quvchilarga o‘z tushunchalariga muvofiq paydo bo‘lgan 
dastlabki sifatlar o‘rtasida yoki o‘quvchilarga qo‘yiladigan talablar bilan ularni 
bajarish imkoniyatlari o‘rtasidagi ziddiyatlarning kelib chiqishi uchun zamin 
yaratadi. 
Undan tashqari bu qarama-qarshiliklar ko‘pincha o‘quvchining ongi bilan xulqi 
bir-biriga muvofiq bo‘lmasligidan, o‘qituvchi va tarbiyachilarning o‘quvchilar 
yosh, psixologik, fiziologik xususiyatlari (fe’l-atvori, xarakteri, qiziqishlari, 
jismoniy, ruhiy hamda fiziologik jihatdan sog‘lomligi)ni yaxshi bilmasliklari 
oqibatida kelib chiqadi. 
Yuqorida bayon etilgan fikr-mulohazalarga tayangan holda mavzuga quyidgicha 
xulosa qilish mumkin: 
Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har 
tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish 
jarayoni bo‘lib, har qanday tuzum va zamonda ijtimoiy munosabatlar mazmunini 
aniqlash, ularni tashkil etish asosi bo‘lib kelgan. 
Yosh avlod tarbiyasi turli makon va zamonda muayyan maqsad asosida tashkil 
etiladi. Ijtimoiy tarbiyani yo‘lga qo‘yish jarayonida bir qator vazifalar hal etiladi. 
Tarbiyaning maqsad va vazifalari ijtimoiy tuzum mohiyati, taraqqiyot darajasi, 
ijtimoiy munosabatlar mazmuni, shuningdek, jamiyat fuqarolarining dunyoqarashi, 
intilishlari, orzu-niyatlari asosida belgilanadi. 
Tarbiya jarayonining xususiyatlarini chuqur anglash va ularni inobatga olgan 
holda tarbiyani tashkil etish oldinga qo‘yilgan maqsadga erishish, shuningdek, bu 
boradagi vazifalarni ijobiy hal etish imkonini beradi. 
Кўп қиррали жараён
Узлуксиз жараён
Икки томонлама
алоқа жараёни
Қарама
-
қаршиликлардан 
иборат жараён 
Узоқ муддатли жараён
Яхлит тизимли жараён
Тарбия 
жараёни
Тарбия қонуниятлари


110 
Bryunerning ishini boshqa bir ko‘rinishi bolalarning maktab muhitidan tashqarida 
va maktab hududida qanday bilim olishini ko‘rsatib beradi. Bruner tarbiya va 
ta’lim olishning hususiyatlarini tadqid eta boshladi. Natijada tadqiqot tobora 
siyosiylashib bordi. Biz Brunerning so‘ngi ishlarida uning tarbiya va ta’limni 
ko‘pincha siyosiy yo‘l bilan tadqiq qilganini ko‘rishimiz mumkun. 1996 yilda 
yozilgan “Ta’lim va tarbiya” kitobida Bruner o‘z ishlarini na’zariy sayohat
atamasi sifatida tasvirlaydi. Bu atama bir xil tarixiy davr mobaynida ko‘p sonli 
maktab o‘qituvchilarini jamlaydi deyish mumkin. Bu sayohat Piadget va 
Vigotskiyniki kabi Brunerning ishi bilishning quyosh va intrafizik jarayonlari kabi 
pedagogikada ham muhim rol o‘ynadi. Bu jarayon bolalarni maktabda ta’lim 
olishlariga tarbiyaning qay darajada ta’sir etishini isbotlangandan so‘ng jadal 
ravishda rivojlandi. Ayniqsa, bu kashfiyot tufayli kuch ishlatish, rasizm va ajratish 
(separatizm) larning bolaning ruhiy va aqliy rivojlanishiga ta’siri yoritildi. 
Kashfiyot tufayli yana bir narsa ma’lum bo‘ldiki, Brunerning tahlili tufayli 
bolaning aqliy, kognitiv linguistik rivojlanishi nafaqat uning mustaqil 
rivojlanishiga balki atrof muhit ya’ni ijtimoiy sharoitlarga ya’ni bola o‘sib 
ulg‘ayayotgan muhitga ham bog‘liq ekanligi isbotlandi. Shu nuqtai’ nazardan 
Bruner Piajeni tanqid qildi.
Brunerning tushunchalarini Walters yaxshi baholadi.(2011) “Ko‘pgina 
yoshlarimiz haligacha kuch va siquv ta’sirida yashamoqdalar. Ba’zigi bolalarimiz 
esa maktablarida xattoki kattalar ham ha li ko‘rmagan muomila va kunlarni 
ko‘rmoqdalar. Hattoki, shunday bolalarimiz ham borki ular hamisha tahqirlangan, 
ahamiyatdan chetda qolgan va beyetibor qoldirilgan. Ularning hammasi hamisha 
mufaqqiyat qozonishga loyiqdirlar. Ularni har birini rivojlantirish maktablarining 
vazifasimi yoki milliy dasturlar yaratish ma’qulmi? 
Valterning javobida bolaning bilim olishida qisman bo‘lsa ham mufaqqiyat 
qozonolishi uchun dasturning ahamiyati kattaligi keltirib o‘tiladi. Brunerning ta’lim 
jarayonida kuch ishlatilishi va tarbiya ta’siri to‘g‘risidagi fikrlari 1970-yillardayoq 
o‘z ifodasini topgan edi.
Uning “Kuch va bolalik” kitobida masalan: “U ta’kidlaydiki doimiy tazyiq va 
kuch ishlatilishi tarbiyaga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Yutuqlar esa juda kam 
va unchalik ahamiyatsiz, biri ichkarida turadi va biri nima qila olsa o‘shani oladi. 
Tuzumga qarshi chiqish undan foydalanishga olib keladi.(Bruner, 1972) bunday 
tushunchalardan keyin bruner kuchsizlik to‘g‘risidagi alohida loyihani taqdim 
qilishga muhtoj edi. 


111 
Оила
-
эр
-
хотинлик иттифоқига, қариндошлик 
алоқаларига, умумий хўжалик юритадиган эр 
ва хотин, ота
-
она ва болалар, ака
-
ука ва опа
-
сингиллар ва бошқа қариндошлар 
ўртасидаги муносабатларга асосланадиган 
кичик ижтимоий гуруҳ, жамиятнинг асоси, 
давлат қудратининг манбаи. Оиланинг ҳаёти 
моддий (биологик, хўжалик) ва маънавий
(ахлоқий, ҳуқуқий, психологик) жараёнлар 
билан характерланади. Оила
-
тарихий 
категория. Унинг шакллари ва функциялари 
Brunerning fikricha ta’limning ijtimoiy madaniy konteksti Piajening introfizik 
nazariyasidan ham ko‘ra ko‘proq kerakligi ya’ni o‘qutuvchilar uchun universal 
ta’lim berish orqali rivojlanishdan ko‘ra, ko‘proq o‘qituvchining turli usullari yoki 
mustaqil madaniy tajribalar yashash tarzi tufayli samarasiz ekanligini ko‘rsatib 
turadi.13 
Mavzuda oila va uning vazifalari,hukumatimiz tomonidan oila,onalik va bolalikni 
ijtimoiy himoya qilish borasidagi siyosatining mazmun va mohiyati, oilada bola 
tarbiyasi haqidagi ma’lumotlar ilmiy-pedagogik jihatdan talqin etiladi .Shuningdeq 
talabalar mazkur manba orqali “Oila o‘zi nima?, Oila jamiyat taraqqiyotining 
asosiy poydevori ekanligi, oilaning huquq va majburiyatlari, , oilaning barkamol 
shaxs tarbiyasidagi vazifalari,tarbiya shakllari, metodlari, vositalari to‘g‘risida 
ilmiy bilim,malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. 
Oila–ijtimoiy institutlarning eng 
qadimgisidir. Insoniyat boshidan 
kechirgan tarixiy davrlarning qanchalik 
xilma-xil va murakkab bo‘lishiga 
qaramay, ayniqsa, XXI asrda ro‘y 
berayotgan buyuk o‘zgarishlar va 
islohotlarga dosh bera olgan ushbu 
maskan o‘z tizimi, tarkibi va jamiyat oldida turgan majburiyatlarini bajarishi nuqtai 
nazaridan sog‘-omon saqlanib qolgan fuqarolik jamiyatining eng katta tuzilmasidir. 
Oilani insonlar tashkil etgani va undagi hayot-mamotni ular o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabatlardan iborat ekanligini hisobga oladigan bo‘lsaq uni sof ta’lim-tarbiya
jarayonlari maskani ham deb atash mumkin. 
13
Алекс
Муур

Таълим
бериш
ва
таълим
олиш

педагогика

таълим
дастури
ва
тарбия

Рутледж

Иккинчи
нашр
. 2012. 22-23 
бет

Оила

жамият тараққиётининг асосий пойдевори деганда нималар назарда тутилади


112 
Oila– jamiyatning ajralmas bo‘lagi. Biror bir xalq, millat yoki jamiyat yo‘qki, u 
o‘zining rivojlanish tarixida va taraqqiyot istiqbolini belgilashda oila va uning 
atrofidagi muammolarni, qadriyatlarini inobatga olmagan bo‘lsa. Har qanday 
istiqbol oilaning manfaatlaridan ayro tasavvur qilinmaydi. Zero, har bir inson 
uchun oila – bu umrning boshlanishi, barcha narsalarning muqaddimasidir. 
Qolaversa, har bir inson o‘z baxti va saodatini eng avvalo oilasi bilan 
bog‘laydi, ya’ni, o‘z uyi, oilasida baxtli bo‘lgan insongina o‘zini to‘laqonli 
baxtiyor his etadi. 
Ma’lumki, bu yorug‘ olamda hayot bor ekan, oila bor. Oila bor bo‘lsa, farzand 
deb atalmish ulug‘ va bebaho ne’mat bor. Har qaysi ota-ona jondan aziz 
farzandining baxtini, kamolini o‘ylab, hamisha ezgu orzu-umidlar bilan yashaydi, 
o‘z dilbandining sog‘lom va baquvvat, barkamol inson bo‘lib ulg‘ayishini istaydi. 
Mustaqil va yangicha fikrlaydigan, zamon talablariga javob beradigan, ma’naviy 
boy, Vataniga sodiq va fidoyi, axloqan yetuq intellektual rivojlangan, chuqur 
bilimli, har tomonlama kamol topgan shaxs ham, avvalo, sog‘lom turmush tarzi 
qaror topgan oilada shakllanadi.
Bu o‘rinda ilgari surilayotgan pedagogik g‘oyaning tub mohiyati oila tarbiyasini 
to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, mustahkamlash va yanada chuqurlashtirish bilan bog‘liqdir. 
Komil insonni voyaga yetkazishda oila va jamiyatni o‘rni uni tarbiyadagi uzviyligi, 
“Оила –жамиятнинг пойдевори, унинг кўрки, 
ҳаётбахш булоқларининг бошидир. Оила 
иқтисодий, ижтимоий, экологик, демокрафик, 
ҳатто
энг шахсий муносабатлар бирикадиган, ўзаро 
кесишадиган нуқта бўлиб ҳисобланади”
(Соифназарова Ф, Сойифназаров И. Тарбия: Одоб 
ва оқибат. Т., Ўзбекистон, 1991 й. 5
-
бет)
“Оила-(бола,чақа, хонадон; уруғ, авлод) эр-хотин уларнинг бола чақалари ва энг 
яқин туғишганларидан иборат бирга яшовчи кишилар мажмуи, хонадон” (Ўзбек 
тилининг изоҳли луғати. 5 жилдли. Учинчи жилд, “Ўзбекистон миллий 
энциклопедияси”. Давлат илмий нашриёти, Тошкент, 2007, 97 б.)
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 жилдли. Учинчи жилд, “Ўзбекистон миллий 
энциклопедияси”. Давлат илмий нашриёти, Тошкент, 2007, 97 б.
“Оила –инсон манфаатларини рўёбга чиқарадиган ягона ижтимоий 
макондир” (
А.Фитрат)
Оила табиатнинг энг гўзал мўъжизаларидан бири бўлиб, у инсонларга хос “табиий
-
биологик (жинсий муносабатлар, фарзанд дунёга келтириш), иқтисодий (мулкий 
муносабатлар, уй рўзғорни бошқариш), ҳуқуқий (никоҳни давлат йўли билан қайд 
этиш), маънавий (эр
-
хотин, ота
-
она ва болалар ўртасидаги меҳр
-
оқибат туйғуси ва 
бошқалар) муносабатларига асосланган ижтимоий бирликдир. (О.Мусурманова)
“Оила тарихий категория сифатида «кишиларнинг табиий-биологик (жинсий 
муносабатлар, фарзанд кўришў), иқтисодий (мулкий муносабатлар, уй-рўзғорни 
бошқариш), ҳуқуқий (масалан, никоҳни давлат йўли билан қайд этиш), маънавий (эр-
хотин, ота-она ва болалар ўртасидаги меҳр-муҳаббат туйғуси ва бошқалар) 
муносабатларига асосланган ижтимоий бирлиги бўлиб, унинг хилма-хил шакллари ва кўп 
қиррали вазифалари мавжуд ишлаб чиқариш ва ижтимоий муносабатларнинг табиатига, 
жамият маънавияти ва маданий тараққиётининг даражасига боғлиқ ҳолда юзага келган”. 
(О.Сафаров. М.Маҳмудов )


113 
uzluksizlik asosida amalga oshishi bu yaxlit bir qonuniy jarayondir. Oila 
pedagogikasi jamiyatning shaxs tarbiyasiga doir muhim davlat siyosatidagi 
ustuvor vazifalarini mukammal bajarishida xizmat qiladi, ta’lim–tarbiyaga doir 
bilimlarni mushtarak holda jamlab farzand tarbiyasiga doir tartib, odob-axloq 
qoidalarini sinovdan o‘tkazuvchi va amalda tadbiq qiluvchi ota– onaning 
faoliyatidir. Umuman olganda, oila va uning mohiyati, oilaning har tomonlama 
ravnaqi va jipsligini ta’minlash shart-sharoitlari, oila tarbiyasi–milliy iftixor, uning 
jamiyat negizi ekani, oila ichidagi oila kamolotini ta’minlash singari muammolarni 
tadqiq etish hamda ularni xalqqa sodda va tushunarli tarzda yetkazish shu kunning 
dolzarb vazifasidir. 
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, oilaga bo‘lgan e’tibor yanada 
oshdi. Oila fuqarolik jamiyatining, davlatning eng muhim xujayrasi, zarrasi, 
bo‘g‘ini. Oila uch jihatni: o‘zining bevosita ko‘rinishi bo‘lmish nikohni; oilaviy 
mulk va anjomlar hamda ular haqidagi g‘amxo‘rlikni, bolalar tarbiyasini o‘z ichiga 
oladi. Qonunga binoan nikoh tuzish shartlarida eng muhimlari-nikohga 
kiruvchilarning o‘zaro roziligi va ularning nikoh yoshiga yetganligi hisoblanadi. 
Oila poklik va soflikka, ikki tomonlama muhabbatga, sadoqat va vafodorlikka 
asoslanishi kerak. Oila mustahkam, tinch, faravon, sog‘lom bo‘lsagina jamiyatda
barqarorlik vujudga keladi.
OILANING HUQUQIY ASOSLARINI 
BILASIZMI ? 
Mamlakatimizda oila, onalik va bolalikni ijtimoiy 
muhofaza qilish davlatimiz siyosati darajasiga 
ko‘tarildi. Hozirgi kunda oila va uning bilan 
bevosita bog‘liq masalalar qonun yo‘li bilan
muhofaza qilingan va kafolatlangan. Chunki u 
jamiyatning ajralmas bir bo‘lagidir. Bundan jamiyat 
va oila dialektik birlikni tashkil qiladi degan mantiqiy xulosa kelib chiqadi. Oila 
huquqining asosiy manbai O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasidir. 
Konstitusiyaning XIV bobi “Oila” deb nomlanib, 63-64-65-66 moddalari oilaning 
huquqiy kafolatlariga ajratilgan bo‘lib, 63-moddasida: “Oila jamiyatning asosiy 
bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega” deyiladi. 


114 
Оила ҳуқуқининг асосий манбаи, кенг камровли оила қонунчилигининг негизи 
Ўзбекистон Республикасининг Оила Кодексидир.
1998 yil 30 aprelda Oliy Majlisning XII sessiyasida umumxalq muhokamasidan 
so‘ng «Oila Kodeksi» ning bir ovozdan qabul qilinishi, Vazirlar Mahkamasining 
1998 yil 2 fevraldagi 54-sonli qaroriga binoan Respublika «Oila» ilmiy-amaliy 
Markazining tashkil etilganligi,qator yillarni shu masalaga bag‘ishlanib davlat 
dasturlarining qabul qilinishi va amaliyotga tatbiq etilib kelinayotganligi
hukumatimiz tomonidan oila farovonligi, tinch-totuvligi va barqarorligini 
ta’minlashga bo‘lgan e’tiboridan dalolatdir. Kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy 
dasturda xuddi mana shu masalaga alohida urg‘u berilgan. 
Ya’ni: 
-“oila oilaviy an’analarni hamda ma’naviy-axloqiy merosni saqlab qoluvchi, 
davom ettiruvchi: 
-jamiyatning eng kichik bir qismi bo‘lib, bolaning madaniy, estetik va boshqa 
ehtiyojlari o‘sishini va sog‘lom turmush tarzini ta’minlovchi; 
-bolaning fe’l-atvori asoslarini shakllantiruvchi birinchi murabbiy; 
-hayotning barcha jabhalarida yosh avlodning doimo maslahatchisi, yo‘l-yo‘riq 
ko‘rsatguvchisidir”, - deyiladi. 
Oila davlat qaramog‘ida bo‘lar ekan, unda albatta onalar ijtimoiy muhofazasi 
masalasini hal etmoq lozim. 
Huquqiy jihatdan kafolatlangan oila o‘z burchlarini ham unutmasligi lozim. 
Shulardan eng asosiysi, oilani yaxshi oila qilib ko‘rsatuvchi fazilatlardan biri– 
farzandlarni oila qurishga tayyorlashdir. Darhaqiqat, mamlakatimizda yoshlarni 
oilaviy hayotga tayyorlash-oilalarning mustahkamligini ta’minlashning muhim 
shartidir. Oila poydevorining mustahkamligi-jamiyat poydevori va binosini puxta 
qilib qurishni ta’minlashning asosiy shartidir, uning moddiy va ma’naviy 
barkamolligi esa davlat va jamiyat farovonligi va barqarorligining negizidir. Zero, 
“oila farovonligi milliy farovonlik asosidir”.14 
14
КаримовИ
.
А

Хавфсизликвабарқарортараққиётйўлида

Т
., 6-
Т: “Ўзбекистон
”, 1998,400
-
бет



115 
Respublikamizda oilaning mustahkamligi, farovonligi va barqarorligini ta’minlash 
bilan bog‘liq barcha masalalarni o‘zida mujassam etgan quyidagi yo‘nalishlarda 
muhim ishlar amalga oshirilmoqda: 
-oilaviy munosabatlarning huquqiy asoslarini takomillashtirish, oila manfaatlarini 
huquqiy himoya qilishni ta’minlash, onalik va bolalik huquqlarini muhofaza qilish; 
-oilaning ijtimoiy manfaatlarini ta’minlash uchun shart-sharoit yaratish, oila 
a’zolarining sog‘lig‘ini muhofaza qilish va bilim darajasini oshirish uchun 
imkoniyatlarni yaxshilash; 
-oilaning iqtisodiy manfaatlarini ta’minlash uchun shart-sharoit yaratish, oilaning 
daromadlarini, oila a’zolarining ish bilan ta’minlash darajasini oshirish, ro‘zg‘or 
yumushi va turmush sharoitlarini yaxshilash, kam ta’minlangan oilalarni davlat 
tomonidan qo‘llab-quvvatlash;
-oilaning ma’naviy-axloqiy asoslarini va madaniy manfaatlarini
takomillashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish; 
1999 йил “Аёллар йили”
ОИЛА ЙИЛЛАРИ 
ТАСНИФИ
2002 “Қарияларни қадрлаш 
йили”
2001 йил “Оналар ва болалар 
йили”
2012 “Мустаҳкам оила йили”
1998 йил “Оила йили”
2000 йил “Соғлом авлод йили”
2013 “Соғлом бола йили”
2015 “Соғлом она ва соғлом бола 
йили”


116 
- oilaning sog‘lom, aql zakovatli yosh avlodni tarbiyalashdagi rolini oshirish, har 
tomonlama kamol topgan avlodni tarbiyalashda oila va jamiyatning vazifalarini 
takomillashtirish; 
-oila muammolarini ilmiy va ijtimoiy tadqiq etish, oila, xotin-qizlar va bolalarning 
iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini ko‘rsatuvchi statistika hisobotini to‘plash va 
takomillashtirish. 
Darhaqiqat, Vatanimiz mustaqilligining qisqa davri ichida oila, onalik va bolalikni 
muhofaza qilish, fuqarolarning huquqiy ma’rifatini oshirish, oilaning ijtimoiy-
iqtisodiy manfaatlarini ta’minlash, uy mehnati va madaniy – maishiy turmush 
sharoitini yaxshilash, oilaning ma’naviy–axloqiy asoslarini takomillashtirish, ko‘p 
bolali, kam ta’minlangan nochor oilalarni, nogironlarni, qarovchisiz keksalar, 
yolg‘izlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, oilada ma’naviy va jismoniy barkamol 
shaxsni shakllantirish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirildi. 
Ikkinchidan, adolatli, huquqiy, demokratik jamiyat qurish jarayoni shahdam 
qadamlar bilan borayotgan bir sharoitda qonun ustivorligini ta’minlash zamirida 
oila, onalikva bolalikning huquqiy manfaatlarini, oilaviy munosabatlarning 
huquqiy asoslarini takomillashtirish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish 
borasida muhim ishlar amalga oshirildi. Oliy Majlisning XII sessiyasida yangi 
mazmundagi “Oila Kodeksi” qabul qilindi. 
Huquqiy demokratik jamiyatning asosiy mezonlaridan biri hisoblangan inson 
huquqlari shu jumladan, oila, onalik va bolalikning huquqiy manfaatlarini 
muhofaza etuvchi maxsus tizim yaratildi. (Inson huquqlari bo‘yicha Milliy Markaz, 
Ombudsman instituti, Oliy Majlis huzuridagi amaldagi qonun hujjatlari 
Monitoringi instituti, yuridik universiteti huzuridagi huquqiy targ‘ibot Markazi va 
h.k. tashkil etildi). 
O‘zbekiston hukumati mamlakatimiz oilalari, xotin-qizlari va bolalarining huquq 
va manfaatlarini xalqaro huquq normalari doirasida himoya etilishini ta’minlash 
maqsadida o‘nga yaqin xalqaro huquqiy hujjatlarni ( Konvensiya, Deklarasiya, pakt 
va b.q) ratifikasiya qildi. 
Uchinchidan, oilaning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini ta’minlash, uy mehnati va 
madaniy – maishiy turmush sharoitini yaxshilash, oilaning ma’naviy-axloqiy 
asoslarini takomillashtirish, ko‘p bolali, kam ta’minlangan, qarovchisini yo‘qotgan 
nochor oilalarni, nogiron, yetim-yesirlar, yolg‘iz keksalar, bemorlarni ijtimoiy 
qo‘llab-quvvatlash, oilada jamiyat talablariga mos komil insonlarni tarbiyalash 


117 
borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar butun dunyo xalqlarining diqqat–
e’tiborida bo‘lmoqda. 
To‘rtinchidan,Respublikamiz Birinchi Prezidenti tomonidan ayolsiz oila, oilasiz 
davlat va jamiyat bo‘lishi mumkin emasligi amaliy isbotini topdi. Oilaning tinch 
totuvligi, mustahkamligi, barqarorligi va farovonligi davlat va jamiyatning 
taraqqiyotida asosiy omil ekanligi keng jamoatchilik tomonidan yangicha 
munosabat asosida tan olindi. 
Beshinchidan, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tashabbuslari bilan 1998 yilni 
“Oila yili”, 1999 yilni “Ayollar yili” deb e’tirof etilishi va shu munosabat bilan
Vazirlar Mahkamasi tomonidan maxsus Davlat dasturlarining qabul qilinganligi
va amaliyotga joriy etilganligi, ayni bir vaqtda bironta mamlakatda yoki
Respublika “Oila” ilmiy-amaliy Markazi va uning quyi bo‘limlari tashkil 
etilganligi oila, onalik va bolalik manfaatlarini nafaqat huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy 
muhofaza etish, balki ilmiy-amaliy nuqtai-nazaridan o‘rganish va olg‘a surilgan 
g‘oyalar asosida oilalarni har tomonlama farovonligini ta’minlash borasida amalga 
oshirilayotgan xayrli ishlar debochasidir. 
Oltinchidan, davlat xizmati tizimiga oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza 
etish masalalari bo‘yicha maxsus shoxobcha kiritildi. Ya’ni, Birinchi 
Prezidentimizning 1995 yil 2 martdagi Farmonlariga binoan Respublika xotin–
qizlar qo‘mitalari raislariga hokim o‘rinbosarlari maqomi berildi. O‘zbekiston 
Respublikasi vazirlar mahkamasi, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirlar 
kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar 
hokimliklari tarkibida oila, onalik va 
bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish 
kotibiyatlari kiritilib, faoliyat ko‘rsata 
boshladi. 
Yettinchidan, kuchli fuqarolik jamiyati 
barpo etishning muhim mezonlaridan 
biri jamoat tuzilmalari va fuqarolarning 
o‘zini–o‘zi boshqarish organlari 
faoliyatlarini kuchaytirish, ularning vakolatlarini kengaytirishga alohida e’tibor 
berilayotgan bir vaqtda, aynan oila, xotin-qizlar va bolalar manfaatlarini muhofaza 
etuvchi o‘ndan ortiq jamoat tashkilotlari dunyoga keldi. 
Оилада оиланинг ҳар бир аъзосини 
қонунларга
итоаткорлик руҳида 
тарбиялаш, ҳар бир шахсда қонунга 
ҳурмат
туйғусини шакллантириш учун 
оила, маҳалла, мактаб ва мутасадди 
ташкилотлар ҳамкорлиги 
механизмларини яратиш ва уни 
амалиётга тадбиқ этилишини қатъий 
таъминлаш ҳуқуқий демократик
жамиятнинг ҳуқуқий маданиятли 
фуқароларини тарбиялашнинг муҳим 


118 
O‘tgan qisqa vaqt mobaynida oilaning muqaddasligini ta’minlash borasida 
erishilgan ushbu yutuqlar negizida mamlakatimiz buyuk kelajagining poydevorini
mustahkamlash va uning taraqqiyotiga ishonch yotibdi. 
Shuningdeq barcha bosqichlardagi FXDYolar qoshida nikohga kirayotgan yoshlar 
uchun “Oila dorilfununi”maxsus kursini joriy etish ularni oilaga tayyorlashda 
muhim rol o‘ynashi tabiiydir. Mahalla 
fuqarolar yig‘inlari qoshida “Oila 
ma’naviyati”, maxsus o‘quv kursi, 
barcha mutaxassisliklar bo‘yicha 
bo‘lajak ilmiy-pedagogik kadrlar uchun 
“Oila mafkurasi” o‘quv kurslari tashkil 
etish maqsadga muvofiqdir. 
Respublikamizda hozirgi kunga qadar 
Oila davlat himoyasida, bu bejiz emas 
albatta. Respublikamiz Prezidenti 
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tashabbusi bilan 2017 yilni “Xalq bilan 
muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilindi va shu munosabat bilan 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan maxsus Davlat dasturlari qabul qilindi. Oila nima 
uchun jamiyatning asosiy poydevori hisoblanadi? 
Chunki insoniyatning paydo bo‘lishi, oilalarning vujudga kelishi, ularni qadriyat 
sifatida himoya qilish zamirida jamiyat tashkil topgan. Oilalarning har tomonlama 
mustahkamligi, tinch-totuvligi jamiyatning barqarorligini ta’minlaydi Shuning 
uchun oilani jamiyatning asosiy va tayanch bo‘g‘ini ekanligini qo‘yidagilar bilan 
izohlash mumkin: Insondagi barcha insoniy fazilatlarning poydevori oilada 
tarbiyalanadi. Shaxs esa jamiyatning bir bo‘lagi sifatida oilada olgan hayot 
falsafasini jamiyat taraqqiyotiga tatbiq etadi, o‘zining bor 
qobiliyati,imkoniyati,tarbiya qirralarini millat, xalq, mamlakat, jamiyat ravnaqi 
uchun safarbar etadi. 
Amalga oshirilayotgan bunday ta’lim-tarbiyaviy ishlar zamirida har bir fuqaroni 
O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining Farmonlari, 
Oliy majlis tomonidan 
qabulqilingan Qonunlar, 
Vazirlar mahkamasining 
qarorlari va Davlat dasturlari, 
Мамлакатимизда оила фаровонлигини 
таъминлаш давлатимизнинг асл мақсадидир. 
2016 йилнинг “Соғлом она ва бола” деб эълон
қилинишива
шу муносабат билан «Оила 
манфаатларини таъминлаш борасида 2016 
йилда амалга ошириладигаи чора
-
тадбирлар 
Давлат Дастури» нинг қабул қилиниши ва 
амалиётга тадбиқ этилиши фикримиз 
исботидир.
Фуқаролар йиғинларининг
“Вояга етмаганлар, ёшлар ва спорт масалалари бўйича 
комиссияси”, “Яраштириш комиссияси”, “Хотин
-
қизлар
билан ишлаш бўйича комиссия”, “Маърифат ва 
маънавият масалалари бўйича комиссияси” 
фаолиятига оид низомлар ҳамда “Фуқаролар 
йиғинининг диний маърифат ва маънавий
-
ахлоқий 
тарбия масалалари бўйича маслаҳатчиси фаолияти 
тўғрисида”ги низомда оила манфаатларига оид 
масалаларга алоҳида аҳамият қаратилган


119 
xalqaro huquqiy hujjatlarning mazmun va mohiyatini bilish va ularga hayotda 
amal qilishga o‘rgatish, mamlakatimiz va dunyo mamlakatlari siyosiy hayotidan
voqif etish, yashashga o‘rgatish nazarda tutiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 3fevral “Mahalla 
institutlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF 
4944-son qarori bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining 
tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, ularning jamiyat hayotidagi o‘rni va 
ahamiyatini yanada oshirish maqsadida fuqarolar yig‘ilarining faoliyat yo‘nalishlari 
bo‘yicha komissiyalar namunaviy nizomlarining tasdiqlanishi ushbu ijtimoiy 
tuzilmaning jamiyat oldidagi mas’uliyatini yana bir bora oshirdi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi hamda 
hukumatimizning qo‘llab-quvvatlashi bilan oilaviy biznes, xotin-qizlar kichik va 
o‘rta biznesini rivojlantirish, ayollar tadbirkorligi uchun banklardan imtiyozli 
kreditlar berish siyosati izchil amalga oshirilishi tufayli ayollarning oila byudjetiga 
qo‘shayotgan hissasi ham ortib bormoqda. Buning natijasida farzandlarda ham 
tadbirkorlik xislatlari o‘sishiga real imkoniyatlar yaratilmoqda.
OILANING HUQUQ VA 
MAJBURIYaTLARINI BILASIZMI? 
Oilaning o‘ziga xos huquq va majburiyatlari 
mavjud bo‘lib ularni bajarish har bir oilaning 
muqaddas burchi hisoblanadi.
Ilmiy manbalarda ular qo‘yidagicha tasnif 
etiladi: tabiiy-biologik; reproduktiv; moddiy-
iqtisodiy; huquqiy-qonuniy; axloqiy-ma’naviy; o‘zaro kommunikativlilik. 
Oila mazkur vazifalar asosiga qurilgan ijtimoiy birlikdan iboratdir. 
Oilaning tabiiy-biologik vazifasi- balog‘at yoshida yigit va qiz albatta turmush 
qurushi, o‘z naslini davom ettirishi tabiiy ehtiyoj hisoblanadi.
Fiziologikehtiyoj natijasida farzand dunyoga keltirish,tarbiyalash va voyaga 
yetkazish ya’ni nasl qoldirish (farzand dunyoga keltirish va tarbiyalash) dan 
iboratdir.
Oilaning moddiy-iqtisodiy munosabatda–uy-ro‘zg‘orni moddiy tomondan 
ehtiyojlarini ta’minlash boshqarish, mulkiy munosabatlarni ta’minlashdan 
iboratdir. 


120 
Huquqiy-qonuniy -oila qonuniy nikoh asosida quriladi. Shunda uning huquq va 
manfaatlari davlat tomonidan himoya etilishi kafolatlanadi.
Axloqiy-ma’naviy munosabatda esa oila ma’naviy qadriyatlar asosida 
shakllanishi, rivojlanishi hamda mustahkamlanishi nazarda tutiladi. Ota-onaning 
bir-birlari shuningdeq farzand oldidagi burch va mas’uliyatlari, farzandning ota-
ona hamda oila oldidagi huquq va majburiyatlari axloqiy-ma’naviy asosda amalga 
oshirilmog‘i zarur.
O‘zaro kommunikativlilikasosida oila a’zolari bir-birlari bilan munosabatga 
kirishadilar, bir-birlariga tarbiyaviy 
ta’sir etadilar, atrof-muhit, jamiyat bilan 
aloqaga kirishadilar. Shu asosda o‘z-
o‘zlarini ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-
ma’rifiy, nazariy-amaliy jihatdan 
jamiyat talablariga mos rivojlantirib 
boradilar. Ta’lim va tarbiyavazifasi- 
ota-onalarni zurriyodlarini qobil va 
aqlli, imon-e’tiqodli, sog‘-salomat 
voyaga yetishini ta’minlashlariga 
bog‘liq. Chunki, oila – nafaqat er va 
xotinni, ularning maqomlaridan kelib 
chiqib tarbiyalaydi, balki yosh avlodni 
ham oilasi, ota-onasiga munosib 
insonlar bo‘lib yetishishlari, jamiyatga foydasi tegishi uchun qayg‘uradi.
Shu bois, sharqda oila barcha fuqarolik jamiyati institutlari ichida eng muqaddasi, 
eng ulug‘i, eng muhimi ham - oila instituti hisoblanadi. Shuning uchun ham 
mamlakatimiz mustaqilligi yillarida oila,onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza 
qilish, oila institutini mustahkamligini ta’minlash,oilada komil insonlarni dunyoga 
keltirish va tarbiyalash masalasi hukumatimiz olib borayotgan siyosatning ustuvor 
masalalaridan biriga aylandi. Uni har tomonlama muhofaza etishning huquqiy 
asoslari yaratildi. Yuqorida ta’kidlangan vazifalar ijtimoiy-iqtisodiy tuzumning 
xarakteriga ko‘ra o‘zgarishi, biri dolzarb, biri esa kamroq ahamiyatli bo‘lib qolishi 
mumkin. Lekin har bir oila a’zosining shu vazifalarga pedagogik jihatdan 
tayyorligi – ularning inson sifatida o‘zini baxtli his qilishini, oilasining mustahkam 
bo‘lishi, farzandlarining komil bo‘lib yetishishlarini ta’minlaydi. 
Оиланинг ҳиссий
-
эмоционалфункцияси –
бу унинг ўз аъзолари ўртасида муайян 
илиқ муносабатларни сақлаш, улар 
ўртасида меҳр
-
оқибат, ўзаро ғамхўрлик, 
бир
-
бирини қўллаб
-
қувватлаш, севиш, 
севилиш каби қобилиятини намоён 
этишидир. Бу оила учун жуда муҳим 
бўлиб, инсоннинг руҳий саломатлиги 
айнан шу вазифани қандай 
бажараётганлигига боғлиқдир. Оиланинг 
маънавий
-
психологик муҳити соғлом 
деганда, аслида ана шу аъзолар 
ўртасидаги илиқлик, самимият, ўзаро 
бағрикенгликнинг мавжудлиги, меҳр
-


121 
ОИЛАНИНГ ВАЗИФАЛАРИ 
Оиланинг яна бир ўзига хос 
хусусияти, унинг 
нуклеарлигидир. “Нуклеар” 
лотинча сўз бўлиб, ядро 
деган маънони англатади. 
Эр
-
хотин ва болалардан 
иборат бўлган оила нуклеар 
оила деб аталади.
Эр
-
хотин ва болалардан 
иборат бўлган оила нуклеар 
оила деб аталади.
Оила жамият, табиат 
қонун

қоидалари
асосида барпо этилса ва 
яшаса
-
да, оиладаги эр –
хотин, ота –
она ва 
фарзандлар, қайнона –
қайнота, қайин ука ва 
сингиллар ўртасидаги 
ўзаро муносабатлар, оила 
анъаналари ва 
қадриятлари
борасида 
мустақил макон бўлиб 
қолаверади

Оиланинг ўзига хос қатор 
вазифалари мавжуд бўлиб, 
унинг асосий вазифаларидан 
бири 

репродуктивликдир, 
яъни фарзанд кўриш, 
авлодлар давомийлигини, 
ер юзида инсоният тарихий–
тараққиётини 
таъминлашдан иборатдир.
Репродуктивлик
Нуклеарлик
Иқтисодий
-
молиявий 
хўжалигининг фаолиятини тўғри 
юритиш
Оиланингкўп 
бўғимлилиги
Тарбия
Коммуникатив
лик


122 
Оиланинг энг муҳим вазифаларидан бири 

тарбия ҳисобланади. Оила

тарбия маскани. 
Айнан шу масканда дунёга келган фарзанд 
ота
-
онадан нафақат ирсий хусусиятларини 
олади, балки улардаги хатти
-
ҳаракат, ахлоқ
-
одоб қоидаларини ҳам эгаллаб боради 
Боланинг ақлий, ахлоқий, эстетик, иқтисодий, 
экологик, жисмоний, маънавий, гигиеник, 
жинсий тарбиясида оила асосий омил ва 
восита ҳисобланади. Бу ўринда ота
-
она
-
санъаткор, бола
-
санъат асари, тарбия 
жараёни эса санъатнинг ўзидир.
Жамиятни барқарорлигини таъминлашда: оилалардаги ижтимоий
-
иқтисодий
фаровонлик барқарорлик, тинч
-
тотувлик, 
соғломлик,наслий тозалик, меҳнатга онгли муносабат, оилапарварлик, ватанпарварлик, 
бола тарбиясига масъулиятлилик, болаларнинг истеъдод ва қобилиятларини қўллаб
-
қувватлаш,рўёбга чиқариш, оиланинг анъаналари,урф
-
одатлари ва расм
-
русумларига 
садоқатлилик, толерантлилик, оила манфаати учун фидойилик, оила шаънини ҳамма 
нарсадан устун қўйиш,ҳимоя қилиш, оила аъзоларнинг ҳуқуқ ва мажбуриятларига қатъий 
риоя этиши, маънавий етуклилик, оила аъзолари ўртасидаги ўзаро ҳурмат ва эҳтиром, ва 
бошқа мезонлар муҳим рол ўйнайди.
Оиланинг вазифаларидан яна бири 
иқтисодий
-
молиявий хўжалигининг
фаолиятини тўғри юритиш ҳисобланади. 
Катта жамиятнинг ўз иқтисодий, ижтимоий, 
молиявий масалалари бўлганидек, оиланинг 
ҳам
ўзига яраша иқтисоди, бюджети, кирим
-
чиқими, даромадлари каби ўзига хос 
молиявий жиҳатлари мавжуд.


123 
Oilaning barkamol shaxs tarbiyasidagi vazifalari 
Tarbiya murakkab va uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, uning poydevori
asosan oilada qo‘yiladi. 
Tarbiya jarayonida bolaning ongigina emas, balki xis-tuyg‘ularini ham o‘stirib 
borish, unda jamiyatning shaxsga qo‘yadigan axloqiy talablariga muvofiq 
keladigan xulqiy malaka va odatlarini hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun 
bolaning ongi, hissiyoti va irodasiga ta’sir etib boriladi. Agar bularning birortasi 
e’tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Oilada tarbiya jarayoniga 
ota-ona rahbarlik qiladi.
U bolaning faoliyatini belgilaydi, ularning ijtimoiy jarayonda ishtirok etishlari 
uchun shart-sharoit yaratadi.”15 (Jelf Helstead. Navigating the new pedagogy: six 
prinsiplex thet transform teaching. 38-b.) 
Tarbiya-ijtimoiy hodisa. U kishilik jamiyati paydo bo‘lgan davrdan beri mavjud.
Herbert Spencer - ingliz olimi “Tarbiya - bolaning shaxs sifatida har tomonlama 
rivojlanishini ta’minlashning amaliy jarayonlarini o‘z ichiga olishi kerak” - deb 
yozadi, va "bolaning yashash sharoitlari uning shaxs sifatida ulg‘ayishiga 
bog‘liqligi, ta’sirini misollar orqali keltiradi. O‘zining "Butun shaxsni 
rivojlantirish" kitobida tarbiyaning aqliy, axloqiy va jismoniy turlarini ko‘rsatib 
o‘tib, ulardan eng asosiysi axloqiy tarbiyadir deb ta’kidlaydi.16(The elements of 
teaching. Jems M. Banner. Gardners Books.) 
15Jelf Helstead. Navigating the new pedagogy: six prinsiplex thet transform teaching. 38-b 
16The elements of teaching. Jems M. Banner. Gardners Books. 
Оила тарбияси деганда ота
-
она, оиладаги катта кишилар, бува ва бувилар, ака
-
опалар ва шу кабилар томонидан болаларнинг тўғри, миллий ахлоқ
-
одоб 
нормалари асосида тарбияланишини тушуниш лозим. Зотан, болаларнинг
келажакда қандай инсон бўлиб етишиши ота
-
она, ака
-
опа ва бошқаларнинг
ўзаро муомала–муносабатлар, хулқ
-
атворига, тартиб
-
интизомига бевосита 
боғлиқдир. Халқимиз: “Қуш уясида кўрганини қилади” деб бежиз айтмаган.
О.Мусурманова


124 
Оила тарбиясида ҳикмат (фалсафий
-
педагогик йўналишлар) кўп. 
Янги ўтказилган ниҳолни тўғри ёхуд эгри ўсиши боғбон меҳнати 
ва маҳоратига боғлиқдир. Эгри ўсаётган ниҳолнинг қаддини 
ростлаб қўйилмаса, у нотўғри ривожланади. Янги туғилган гўдак
тарбияси билан ўхшашлик мавжуд. О.Мусурманова
Oila tarbiyasi ko‘p 
qirrali bo‘lib, uning 
bir-biri bilan bog‘liq 
tarkibiy qismlari 
mavjud. Mazkur tarkibiy qismlar yaxlit tarzda bola shaxsida shakllantiriladi. Ularni 
quyidagicha tasnif etish mumkin. 


125 
Аниқ мақсадга йўналтирилганлик
Тарбияда замонавий педагогик технологиялардан 
самарали фойдаланиш
Бола шахсининг шахсий ва психологик хусусиятларини 
инобатга олиш
ОИЛАДА ТАРБИЯ ШАКЛЛАРИ
АҚЛИЙ ТАРБИЯ
ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ
НАФОСАТ ТАРБИЯСИ
АХЛОҚИЙ ТАРБИЯ
МЕҲНАТ ТАРБИЯСИ
ҲУҚУҚИЙ
ТАРБИЯ
ЭКОЛОГИК ТАРБИЯ
ФУҚАРОЛИК ТАРБИЯСИ
ИҚТИСОДИЙ ТАРБИЯ
ТОЛЕРИАНТЛИК ТАРБИЯСИ
ОИЛАДА ТАРБИЯ ТАМОЙИЛЛАРИ 


126 


127 
Oilada aqliy tarbiya. Oilada aqliy tarbiyani 
shakllantirishda bolalarning dunyoqarashi va 
tafakkurini rivojlantirish, unda aqliy mehnat 
madaniyatini tarkib toptirishga qaratilgan 
maqsad yo‘lidagi faoliyat tushuniladi. Aqliy 
tarbiyani yo‘lga qo‘yish chog‘ida bolalarni 
ilm-fan, texnika va texnologiya borasida 
qo‘lga kiritilayotgan yutuqlardan, yangilik va 
kashfiyotlardan xabardor etish, ularga ijtimoiy 
fanlar asoslari xususidagi bilimlarni berish 
tarzida ularda tafakkur qobiliyatini qaror toptirish, dunyoqarashini 
shakllantirishdan iboratdir. 
Bola dunyoqarashi uning fundamental tushunchalaridan shakllanadi. Mazkur 
tushunchalar asosida bola shaxsiyati va hatti-harakatlari tashkil topadi, aniqlanadi 
va bolaning borlig‘i belgilanadi. Bunday tushunchalar o‘ziga xos bo‘lgan hayotga 
qarash prizmasini yaratadi va har bir inson o‘zi yaratgan prizmasi orqali xayotga, 
atrofidagi hodisa va narsalarga qaraydi. Shuning uchun ham bolaga ijobiy 
tushunchalarni singdirish lozim, qaysiki unga hayotdagi har bir yechimi yo‘q bo‘lib 
ko‘rinayotgan muammolar bolaning ichki kechinmalari orqali sog‘ligiga salbiy 
ta’sir ko‘rsatmasligiga yordam beradi. Bolalar ham kattalar singari muammo 
yo‘qligiga, faqatgina imkoniyat borligiga to‘laqonli ishonganidagina katta 
yutuqlarga erisha oladilar. Bolalar o‘zlari uchratgan har bir muammo va 
masalaning yechimi borligini anglashlari ular ruhiyatini ko‘taradi va yangi 
cho‘qqilarni zabt etishlariga turtki bo‘ladi. Undan tashqari, agar bola masalaga 
ijodiy yondashsa, u ushbu masalaning bir qancha yechimi borligiga amin bo‘ladi. 
Farzandimizga masala yechimini topishda tashabbus va ijodkorlikdan 
cho‘chimasdan harakat qilishni o‘rgatishimiz lozim. O‘z bolalarimiz kuchi, 
mahorati, tashabbuskorligi va aqliga ishonib, ularga masala yechimlarini mustaqil 
ravishda topishga imkoniyat berib biz ularga o‘zimiz tomonimizdan eng qimmatli 
narsani bergan bo‘lamiz.17 (Jelf Helstead. Navigating the new pedagogy: six 
prinsiplex thet transform teaching. 93-b.) 
Axloq normalari xulq-atvorning regulyatori sifatida odat normalariga zid hatti-
harakat axloqsizlik xarakati deb qaraladi. Shunisi ham borki, xuquq majburiy 
17Jelf Helstead. Navigating the new pedagogy: six prinsiplex thet transform teaching. 93-b. 
Оилада ахлоқий тарбия. Оилада 
ахлоқий тарбияни шакллантириш 
кундалик ишларимизга ва онгимизга 
актив таъсир кўрсатиб, жамият 
номидан яхшилик билан ёмонлик, 
зулм, адолат билан адолатсизлик 
ўртасидаги ва инсоний 
муносабатлардаги мақбул ва 
номақбул, ман этилмайдиган ва ман 
этиладиган ишларни, хатти
-
харакатларни белгилаб беради. 
Ахлоқий тарбиянинг вазифаси 
жамоатчилик ахлоқи, 


128 
bo‘lsa, ahloq ixtiyoriydir. Ahloqiy tarbiya odamlarni nomusli, vijdonli, adolatli, 
vatanparvar, mehnatsevar bo‘lishga o‘rgatish bilan profilaktika ishlarini ham olib 
boradi. Ahloqiy tarbiyada yaxshi xulqni takomillashtirish uchun kurashiladi.18 
(Best Books for Teaching. Gardners Books. 95-b) 
Oilada jismoniy tarbiya. Oilada jismoniy tarbiyaning vazifasi bolalar tanasidagi 
barcha a’zolarni tabiiy sog‘lom o‘sishini ta’minlash, ularni aqliy va jismoniy 
mehnatga shuningdeq Vatan mudofaasiga tayyorlashdan iboratdir. 
Oilada ekologik tarbiya. Atrof muxit va uning shaxs ma’naviy dunyosiga ta’sirini, 
tabiat va uning ahamiyatini, tabiatga muhabbatni rivojlantirish, o‘z shahrini, 
qishloq va mahallasini ko‘kalamzorlashtirish, atrof-muxit muxofazasi, bunda 
bolalarning vazifalari tabiatni muxofaza qilishda ota-onalarini namunalari, oiladagi,
maktabdagi tabiatni, o‘simliklar va hayvonot dunyosini e’zozlashga o‘rgatish, 
tabiatga ongli munosabat jarayonida bolalarning dunyoqarashini kengaytirish, 
yoshlarning ekologik tarbiyalashda
milliy an’ana va udumlarni qayta tiklash, ularga e’tiborni kuchaytirishdan iborat.
Oilada iqtisodiy tarbiya. Oilada bolalarga tejamkorliq mehnatsevarliq 
tashabbuskorliq ishbilarmonliq iqtisodiy hisob-kitob va ayni shu kabilar haqida 
fikrlay olish qobiliyatini kamol toptirishdir. Zotan, pul, molu dunyo oila 
iqtisodining negizini tashkil etadi. Iqtisod atamasi “uy xo‘jaligi” ma’nosini 
anglatadi. Demaq oila iqtisodi- uy-ro‘zg‘or yuritish haqidagi bilim, malaka va 
ko‘nikmalar yig‘indisidan iboratdir. Abdulla Avloniy ta’rifiga ko‘ra “Iqtisod deb 
pul va mol kabi ne’matlarning qadrini bilmakni aytiladur”[1]. “Pulu davlati ko‘p 
bo‘lgan inson boy emas, balki iqtisodchi inson boydir”. Oila iqtisodini 
shakllantirishda, uni boshqarish va nazorat qilishda oilaning har bir a’zosining 
o‘z o‘rni va o‘z ulushi 
mavjud. Oila iqtisodini 
rejalashtirmasdan turib, 
mamlakatimizning iqtisodiy 
taraqqiyotiga munosib ulush 
qo‘shish mumkin emas.
18Best Books for Teaching. Gardners Books. 95-b 
Чет эл олимлариданСкот Барменнинг фикрига кўра 
мотивация 4 та асосий категориядан иборат:
1. Фаолиятнинг ўзидаги қизиқишдан келиб чиқадиган холат–
ички мотивация. 
2. Бошқа одамларни ҳурсанд қиладиган холат ёки вазифа –
ижтимоий мотивациядир.
3. Ютуқ мотивацияси –
бунда бошқалар билан 
рақобатлашиш мақсадида вазифаларни яхши бажариш.
4. Кўмакчи мотивация –
бунда мотивация рағбатлаш ёки 
жазолаш орқали пайдо қилинади. 
(Jelf Helstead. Navigating 
the new pedagogy: six prinsiplex thet transform teaching. 26-b.) 


129 
Oilada mehnat tarbiyasi. Bolalarga mehnat ta’limiga oid ilmiy bilimlar berish, 
mehnat qurollari bilan muomala qilishga o‘rgatish, hayotga tayyorlashdir. Bunda 
yoshlar xalq va Vatan manfaati yo‘lida mehnat qilishlari va bunga zaruriy ehtiyoj 
sezishlari tarbiyalanadi. Mehnat tarbiyasida umumiy va ijtimoiy foydali mehnat va 
o‘z-o‘ziga xizmat qilish turlari farqlanadi. 
Oilada huquqiy tarbiya. Tarbiyalanuvchilarning (bola) huquqiy bilimlarni 
oshirish, qonunlarni yaxshi o‘zlashtirib, ularga to‘liq rioya etish ko‘nikmasini hosil 
qilish. Huquqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida bolalarga davlat Konstitusiyasi 
haqidagi ta’limotni, chunonchi, fuqaroliq oila, mehnat, xo‘jalik ma’muriy, nafaqa, 
sud ishlarini yuritish va boshqarish huquqlarining ma’nosini tushuntirish, ular 
ongiga ijtimoiy-huquqiy me’yorlarning shaxs va jamiyat hayotidagi ahamiyati 
haqidagi tasavvurga ega bo‘lishlarini ta’minlash, ularda huquqiy ong, shuningdeq 
huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko‘nikma va malakalarni hosil qilishdan 
iborat. Oilada tarbiya natijalarining samaradorligi bolalarga nisbatan motivasiyaga 
bog‘liqdir. 
Ҳикоя, тушунтириш, 
ўқитиш, маъруза, ахлоқий 
(маънавий) сухбат ва бахс.
Педагогик талаб, ўргатиш, 
машқ қилиш, тарбияловчи 
вазифалар, мусобақа, 
жамоатчилик фикри, 
намуна кўрсатиши.
Рағбатлантириш: 
маъқуллаш, кўнгилни 
кўтариш, далда бериш, 
ишонч билдириш, қайд 
қилиш, оғзаки ёки ёзма 
ташаккур билдириш, 
мукофатлаш: жазолаш: 
танбех бериш.


130 
Maqtov. Maqtov va jazo rag‘batlantirish usulidir. Maqtov tarbiyaning alohida 
olingan shaxs xulq-atvoriga ijobiy baho berishidir. Bola tarbiyalanishida 
maqtovning o‘rni muhimdir. Jamoa o‘zining u yoki bu a’zosini rag‘batlantirishi 
bolaning ijobiy xulq atvorini yoki ayrim hatti – harakatlarni mustaxkamlaydi. 
Maqtov bolani ijobiy xislatlarini tarkib toptirishda yordam beradi. Lekin maqtov 
ayrim hollarda bola xissiy rivojlanishini tezlashtirib yuboradi, unda manmanliq 
xotirjamlik tuyg‘ularini keltirib chiqaradi.
Jazolash. Jamoa bolaning axloqidan uning ishga munosabatidan muomilasidan 
mamnun bo‘lmasa, bolaga o‘z xulqini tuzatib olishda yordam ko‘rsatish uchun 
jazolash usullaridan foydalanadi. Maqtov singari jazo ham bolaning xulq atvorini 
yo‘lga solib turadi, hamda uning o‘zini noqulay sezishga, uyalishga majbur 
qiladi.19 (Navigating the new pedagogy: six prinsiplex thet transform teaching. Jelf 
Helstead. 83-b.) 
Brunerning “Kuch va bolalik” kitobida masalan: “U ta’kidlaydiki doimiy tazyiq 
va kuch ishlatilishi tarbiyaga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi” (Navigating the 
new pedagogy: six prinsiplex thet transform teaching. Jelf Helstead. 23-b.) 
19Navigating the new pedagogy: six prinsiplex thet transform teaching. Jelf Helstead. 83-b 
ОИЛАДА ТАРБИЯ ЖАРАЁНИДА ҚЎЛЛАНИЛАДИГАН ВОСИТАЛАР
Ўйин, ўқиш, жисмоний меҳнат, спорт ва бошқа фаолият турлари. Бундан ташқари тарбия 
жараёнида турли предметлар, моддий ва маьнавий маданият намуналари, ахборот 
ҳамда
техник воситалардан ҳам тарбия воситаси сифатида фойдаланилади. Чунончи, 
кўргазмали, ўқув қуроллари, бадиий
-
илмий адабиётлар, саньат асарлари, радио, 
телевидение, компьютер, магнитафон, слайд, шунингдек, оиладаги катта ва кичик 
ёшдаги шахслар билан мулоқот ҳам тарбия воситаси бўлиб хизмат қилиши мумкин. 
Тарбия воситаларидан фойдаланиш доимо унга мувофиқ келувчи тарбия методларидан 
фойдаланишни тақозо этади, чунки улар ёрдамида онг, ҳис
-
туйғу, хулқ
-
атвор таркиб 
топтирилади. 


131 
Globallashuv jarayonining yoshlar ma’naviy salohiyatiga salbiy ta’siri 
XXI asr boshlariga kelib dunyo mamlakatlari o‘rtasida o‘zaro ta’sir shu qadar 
kuchayib ketdiki, bu jarayondan to‘la ihotalanib olgan birorta ham davlat yo‘q, deb 
to‘la ishonch bilan aytish mumkin. Hattoki, xalqlararo tashkilotlardan uzoqroq 
turishga intilayotgan, ularga a’zo bo‘lishni istamayotgan mamlakatlar ham bu 
jarayondan mutlaqo chetda emas. Globallashuv shunday jarayonki, undan chetda 
turaman, degan mamlakatlar uning ta’siriga ko‘proq uchrab qolishi mumkin. 
Bunday g‘ayri ixtiyoriy ta’sir ko‘pincha salbiy bo‘ladi. Globallashuvning turli 
mamlakatlarga o‘tkazayotgan ta’siri ham turlichadir. Bu hol dunyo 
mamlakatlarining iqtisodiy, axborot, ma’naviy salohiyatlari va siyosati qanday 
ekani bilan bog‘liq. Dunyoda yuz berayotgan shiddatli jarayonlarning har bir 
mamlakatga o‘tkazayotgan salbiy ta’sirini kamaytirish va ijobiy ta’sirini 
kuchaytirish uchun shu hodisaning mohiyatini chuqurroq anglash, uning 
xususiyatlarini o‘rganish lozim. Bu hodisani chuqur o‘rganmay turib unga 
moslashish, kerak bo‘lganda, uning yo‘nalishini tegishli tarzda o‘zgartirish 
mumkin emas. 


132 
Globallashuv yana shunday jarayonki, uni chuqur o‘rganmasliq undan foydalanish 
strategiyasi, taktikasi va texnologiyasini ishlab chiqmaslik mamlakat iqtisodi va 
madaniyati, ma’naviyatini tog‘dan tushayotgan shiddatli daryo oqimiga 
boshqaruvsiz qayiqni topshirib qo‘yish bilan barobar bo‘ladi. Mustaqillik davrida 
mamlakatimiz olimlari o‘tkazgan va o‘tkazayotgan tadqiqotlarga ko‘z yugurtirish 
bu sohadagi ishlar endi boshlanayotganidan guvohlik beradi. 
Globallashuvga berilgan ta’riflar juda ko‘p. Lekin uning xususiyatini to‘laroq 
qamrab olgan bizningcha, fransuz tadqiqotchisi B.Bandi bergan ta’rif. Unda 
globallashuv jarayonining uch o‘lchovli ekaniga urg‘u beriladi: 
Globallashuv-muttasil davom etadigan tarixiy jarayon; 
Globallashuv-jahonning gomogenlashuvi va universallashuvi jarayoni; 
Globallashuv-milliy chegaralarning “yuvilib ketish” jarayoni. 
B.Bandi ta’rifida keltirilgan globallashuv o‘lchovlarining har uchchalasiga 
nisbatan ham muayyan e’tirozlar bildirish mumkin. Lekin jahonda yuz berayotgan 
jarayonlarni kuzatsaq ularning har uchovi ham unda mavjud ekanini ko‘ramiz. 
Globalizasiyaning barcha mamlakatlarga kirib kelishi, ularning o‘tish davridagi 
kuchsiz iqtisodiyotida tartibsiz burilish yasadi, bu yoshlarning turmush tarziga ham 
o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi. Biz bilamizki erkin bozor iqtisodiy tizimi 
ko‘pgina G‘arb va Sharq mamlakatlarida shakllanib ulgurdi va rivojlanish 
bosqichiga kirdi, ammo o‘tish davrini boshidan kechirayotgan mamlakatlar uchun 
iqtisodiyotining G‘arbniki kabi ko‘zga ko‘rinarli rivojlanishi uchun ularning 
mavjud jamiyatdagi xaligacha aniqlanmagan va yechimi topilmagan kamchiliklar 
xalaqit beradi deydi Ken Robertson… Aholining hayotidagi bunaqangi 
kamchiliklar va globalizasiyaning ijtimoiy ahamiyati shu o‘rnida shakllanayotgan 
Глобаллашув –
бу турли мамлакатлар иқтисоди, 
маданияти, маънавияти, одамлар ўртасидаги 
ўзаро таъсир ва боғлиқликнинг кучайишидир.


133 
madaniyatga, mentalitetga ham ta’sir etadi. Globalizasiya mamlakatdagi axoli 
orasida iqtisodiy jihatidan tabaqalanishni yuzaga chiqarish e’timoli borligini 
hisobga olib individual manfaatlar o‘rnini jamoaviy manfaatlar egallashiga asosiy 
e’tiborni qaratish zarur bo‘ladi. Mashxur sosio – peadagog Pyotr Kelli Avstraliyada 
yuqoridagi muammolarni ilmiy - analitik taxlil qilish bilan shug‘ullanuvchi 
gimnaziya va kasb xunar kollejiga asos soldi.20 
Globallashuvning mamlakatlar iqtisodi, siyosati va ma’naviyatiga o‘tkazishi 
mumkin bo‘lgan ijobiy va salbiy ta’siri Hindistonning mashhur davlat arbobi 
Mahatma Gandining quyidagi so‘zlarida yaxshi ifodalangan: ”Men uyimning 
darvoza-eshiklarini doim mahkam berkitib o‘tira olmayman, chunki uyimga toza 
havo kirib turishi kerak. Shu bilan birga, ochilgan eshik va derazalarimdan 
kirayotgan havo dovul bo‘lib, uyimni ag‘dar-to‘ntar qilib tashlashi, o‘zimni esa 
yiqitib yuborishini istamayman”. 
Globallashuvning o‘zi murakkab 
jarayon ekani, uning turli 
mamlakatlar iqtisodi, siyosati va 
ma’naviyatiga o‘tkazayotgan ta’siri 
yana ham murakkab bo‘lgani 
sababli unga nisbatan ham jahonda 
bir-biriga nisbatan qarama-qarshi 
bo‘lgan ikki guruh: globalistlar va 
aksilglobalistlar guruhlari vujudga 
keldi. 
20
Globalization and young people’s culture.Young people in a globalizing World youth report, 2003
Глобаллашув жараёнида 2 гуруҳ ажратилади:
Глобалистлар

сиёсатдонлар, бизнесменлар, 
саноатчилар ва давлат арбоблари кўпроқ
Аксилглобалистлар 

сўл кучлар, касаба 
уюшмалари ва ёшлар ташкилотлари


134 
Globalistlar tarafdorlari globalistlar, deb 
ataladi. Ular orasida davlat arboblari, 
siyosatdonlar, sanoatchi va biznesmenlar 
ko‘proq uchraydi. Globallashuv muxoliflari esa 
aksilglobalistlar nomini olgan bo‘lib, ular 
orasida ko‘proq so‘l kuchlar, kasaba 
uyushmalari va yoshlar tashkilotlarining 
vakillari bor. MDH hududida aksilglobalistlar 
Rossiya Federasiyasi hududida faol harakat olib 
bormoqdalar. Ular doimiy ravishda turli 
anjumanlar, seminarlar o‘tkazib turadilar. XX 
asr o‘rtalarida globallashuvning 
institusionallashuvi, ya’ni, tashkillashuvi 
kuchaygandan keyin bu jarayonning o‘zi ham 
keskin tezlashdi va kuchaydi. 
Institusionallashuvning kuchayganini 
Butunjahon savdo tashkiloti, Xalqaro Valyuta 
jamg‘armasi, Jahon banki, Yevropa taraqqiyoti va tiklanish banki kabi ulkan 
tashkilotlarning vujudga kelgani misolida ham ko‘rishimiz mumkin. 
Globallashuvning tezlashishi va kuchayishiga javob sifatida aksilglobalistlarning 
faoliyati ham kuchayib ketdi. Ular globallashuvning faqat salbiy oqibatlariga emas, 
umuman, uning o‘ziga qarshi chiqa boshladilar. Masalan, Rossiyalik faylasuf va 
yozuvchi A.Zinovyev “Aksilglobalizm vektorlari” nomli anjumanda so‘zlagan 
nutqida shunday deydi: “Globallashuv yangi jahon urushidir. U yangi tipdagi jahon 
urushi. Bu urushda tirik qolishning qarshilik ko‘rsatishdan boshqa yo‘lini 
ko‘rmayapman. Faqat qarshilik!”,-degan edi. 
“Aksilglobalizm vektorlari” anjumanidagi yana bir ma’ruzachi A.Parshev esa 
globallashuvga quyidagicha ta’rif beradi: “Aslida globallashuvning asosiy 
mazmuni boshqa mamlakatlarda ishlab chiqarilgan mahsulotning qo‘shimcha 
qiymatini, dunyodagi asosiy zahiralarini o‘zlashtirishdan iborat”. 
Tahlil shuni ko‘rsatadiki, globalizm tarafdorlari ham, dushmanlari ham asosiy 
e’tiborni iqtisodiyot sohasiga qaratishadi. Globallashuvning ma’naviyatga ta’siri
va ma’naviy globallashuv masalalari sotsiologiya, falsafa, madaniy
antropologiya fanlarida o‘zining aksini yetarli darajada topgani yo‘q. 


135 
Ma’naviyatni ham bir uyga qiyoslasaq tashqaridan kirayotgan shamol uy
ichidagi narsalarni ostin-ustin qilib tashlashini hyech bir xonadon sohibi 
istamaydi. Xuddi shu kabi biz ham yot g‘oyalar, oqimlar va mafkuralar
ma’naviyatimizga vayronkor ta’sir o‘tkazishiga qarshi himoya choralari 
ko‘rishimiz tabiiy. Chetdan o‘tkaziladigan mafkuraviy ta’sirga qarshi himoya
choralari ko‘rishdan avval qanday ta’sirlarni ma’kullash lozimu, qandaylarini 
rad etish kerakligini aniqlab olish lozim. Hozirgi kunda birorta ham milliy 
ma’naviyat yo‘qki, u boshqa xalqlar ma’naviyatidan to‘la ixotalangan bo‘lsa. 
Hatto, Avstraliya chakalakzorlari, Afrika savannalari va Janubiy changalzorlarda 
turmush kechirayotgan qabilalar ham qo‘shni qabilalar va zamonaviy tamaddun 
ta’sirini o‘zida his qilib turadi. “Qolaversa, tarixni tahlil qilish boshqa xalqlar 
ma’naviyatidan bahramand bo‘lgan xalqlar ma’naviyati yuksakliklarga
ko‘tarilgandan guvohlik beradi. 
Nima uchun Ommaviy madaniyatni niqob deymiz? 
«Tabiiyki, «ommaviy madaniyat» degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va 
zo‘ravonliq individualizm, egosentrizm g‘oyalarini tarqatish, kerak bo‘lsa, shuning 
hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va 
«Оммавий маданият» нима?
Нима учун “оммавий маданият”ни ниқоб 
деймиз?


136 
qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandliq ularni qo‘porishga 
qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo‘ymaydi». 
Islom KARIMOV. 
Bugun yoshlarimiz o‘ziga xos “tushunchalar urushi” sharoitida yashamoqdalar. 
“Ommaviy madaniyat” ota-bobolarimiz “qora” degan narsalarni “oq”, “oq” degan 
narsalarini “qora” deb uqtirmoqda. Ommaviy madaniyatning bir qancha salbiy 
ko‘rinishlari mavjud.
AQShda 13 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarning 
6 milliondan ko‘pi chekadi.
Passiv chekish natijasida 200 mingdan 1 milliongacha bo‘lgan bolalarda astma 
kasalligi og‘ir shaklda kechadi. 
Har yili bolalarda pnevmoniya, bronxit kabi yuqumli kasalliklarning soni 150-
200mingni tashkil qiladi. U asosan 18 oygacha bo‘lgan yangi tug‘ilgan va yosh 
bolalarda uchraydi. 
Bundan 10 yil avval qilingan hisob kitoblarga ko‘ra sayyoramizda 40 foizdan 
ko‘p kashanda bor ekan. Ular bir soniyada 300 mingdona, 1 yilda esa 12 mln 
sigareta chakishar ekan. 
Kashandalar dastidan bir yilda salkam 700 tonna sinil kislota, 400 ming tonna 
ammiaq 600 ming tonna qoramoy va 100 ming tonna chekilgan sigaretadan 
atmosferaga nikotin tarqalar ekan. 
Оммавий маданиятнинг бир қанча салбий
кўринишлари мавжуд
Кашандалик
Старизм нима?


137 
Starizm – subyektiv ehtiroslarga berilgan holda, estrada artistlari, aktyorlar, 
sportchilar, telediktorlarni ilohiylashtirish.
Yosh yigit-qizlarning shaxsiy xonalariga kirsangiz, yo chet el aktyori, yo chet el 
qo‘shiqchisi, yo chet el telediktori yoki chet sportchisining bir necha yuzlab 
rasmlarini devorlarga yopishtirib tashlaganiga ko‘zingiz tushadi. Eng qizig‘i ular 
ana shu qahramonlarining rasmini (!) yaqin kishilaridan ham ustun qo‘yishadi 
(Birorta rasmni yirtsangiz, “Bu sendan qimmat turadi, nega yirtding!?” deb 
o‘dag‘aylashidan ham buni bilish mumkin). Ular qorinlari och qolsa ham non 
olmasdan o‘zlari sevgan qahramonlarining rasmi yoki ijod namunasini olishadi. 
Ana shu qahramonlari uchun hyech narsadan toymaydilar, hatto o‘zgalarga shikast 
yetkazishdan ham. 
Zo‘ravonlik – insonga yetkaziladigan har qanday jismoniy, ma’naviy, ruhiy, 
moddiy tazyiqlar. Jumladan, o‘ziga nisbatan tazyiq o‘tkazish ham zo‘ravonlik 
sanaladi. Bunday holatlar keng avj olib bormoqda. Uning ko‘rinishlari ham 
turlicha. 
1. Xeppining 
2. To‘da-to‘da bo‘lib (bir yoki bir necha kishini) do‘pposlash 
3. Yo‘q joydan janjal qo‘zg‘ab, vahshiyona urushlar uyushtirish 
4. O‘zidan zaif bo‘lgan kishilarga kuch ishlatib, ularni biror bir nojo‘ya xatti-
harakatga undash yoki majburlash (yoki biror foydali xatti-harakat qilishdan 
qaytarib qolish) va boshqalar. 
Зўравонлик
Хеппининг


138 
Xeppining (vahshiyona «ko‘ngil ochish»lar). Bu kabi voqyealar bizning 
yurtimizda deyarli kuzatilmaydi. Lekin “ommaviy madaniyat” mahsuli bo‘lgan 
film va o‘yinlarning yurtimiz sarhadlaridan yashirinib, sezdirmay kirib kelishi va 
ularni yosh avlod tomonidan qabul qilinishini bizning mamlakatimizda ham 
xeppining bo‘lishiga sababchi bo‘lishi ehtimoldan holi emas. Ogoh bo‘laylik. 
1. Jamiyat manfaatlarini mensimaslik. 
2. O‘z manfaatlari yo‘lida hyech narsadan qaytmaslik va boshqalar manfaatidan 
uni ustun qo‘yish. 
Masalan, nikoh kuni mashinalar karvonini uyushtirish odatini ana shunday 
illatlardan biri sifatida keltirish mumkin. Chunki birgina kuyov va kelin o‘z 
manfaati deb butun shahar yo‘llarida harakatlanayotgan yo‘lovchi avtoulovlarga 
xalaqit beradi. To‘ylardagi mashinlar karvoni kundan kunga kengayib bormoqda. 
Bu esa o‘ziga yarasha noqulaylik va ayrim holatlarda fojealarni keltirib 
chiqarmoqda. Jamiyat manfaatlarini mensimaslik illatiga yana ko‘plab misolar 
keltirish mumkin. 
Индивидуализм ва 
эгоцентризм
Жамият манфаатларини 
менсимаслик
Нигилизм


139 
“Nigilizm” lotincha “Nihil”, ya’ni “hyech nima”, “hyech narsa” so‘zidan olingan. 
Nigilizm – jamiyatning axloqiy, ma’naviy norma va ustunlari, tarixiy hamda 
madaniy qadriyatlarining inkor etilishi; umume’tirof etilgan, obyektiv qadriyatlarga 
nisbatan mutlaqo salbiy hamda o‘ta tanqidiy munosabatda bo‘lish; muayyan 
hodisaga nisbatan bir yoqlama, kelishuvni rad etgan tarzda munosabat bildirish; 
buzg‘unchilik g‘oyalarini o‘zida ifodalash. 
Dunyo haqida ishonchli bilimlarga erishish mumkinligini shubha ostiga oluvchi 
ta’limotlardan biri.Skeptisizm – bilimdan ko‘ra hissiy idrokni ustun qo‘yish va shu 
asosda ish tutish. Ya’ni ular bilim va tajribalar asosida emas, balki o‘zlarining his-
tuyg‘ulari asosidagina ish ko‘rishni xohlovchilardir. 
Madaniy yodgorliklarni, qadriyatlarni vahshiylarcha vayron, oyoq osti qilish, 
yo‘qotish; madaniyatsizliq jaholat, nodonlik. 
Diniy ekstremizm va terrorizm dunyodagi eng ulkan xavfmi? 
Diniy ekstremizm va terrorizm 
ma’naviy tahdidlarning bir turi 
bo‘lib, ular o‘zlari mansub 
bo‘lgan diniy konfessiya 
vakillarini radikal harakatlarga 
chorlovchi, mamlakatdagi 
Скептицизм
Вандализм
Diniy ekstremizm Dunyodagi eng
ulkan xavfmi? 


140 
tinchlik va osoyishtalikni izdan chiqarishga intiluvchi, mavjud konstitusion 
tuzumni ag‘darib tashlashga da’vat etuvchi tajovvuzkor siyosiy faoliyatdir. 
Terrorizm hozirgi kunda jamiyatda yuzaga keladigan eng ko‘p muammolardan 
biri hisoblanadi. Bu masala hozirgi kunda rivojlangan va rivojlanayotgan 
mamlakatlardagi eng ko‘p muhokama qilinayotgan masaladir. Bu yangi fenomenon 
emas, balki u bu asrning birinchi asrida ham mavjud bo‘lgan eski jamiyatning 
qoldiqlaridan biri hisoblanadi. Lekin yillar davomida terrrorizm hayotning yangi 
avenyusi sifatida kirib kelmoqda. U hozirgi kunda o‘ta halokatli, o‘ta keng 
tarqalgan va nazorat qilish qiyin bo‘lgan muammolardan biridir. Hozirda u 
o‘tmishdagi fuqarolar urushiga qaraganda undan ham jiddiy muammolarni
keltirib chiqarmoqda. 
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozir dunyoda 500ga yaqin terrorchi tashkilotlari mavjud 
bo‘lib, ularning 80 % islom niqobi ostida faoliyat yuritadi. Ular qatoriga «al-
Qoida», «Musulmon-birodarlar», «Hizbut-tahrir», «al-Jihod al-Islomiy», «at-Takfir 
val-Hijra» (Misr), «Abu Sayyof» (Filippin), «Ozod Achex», «Lashkari jihod» 
(Indoneziya), «Qurolli islomiy harakat» (Jazoir), vahhobiylar, ABu Nidal guruhi, 
Qurolli islom guruhi, AUM Sinrikyo, Basklar va ozodlik vatani, Al-Jamoa al-
islomiya, HAMAS Musulmon birodarlari, Harakat al-mujohidiyn, Hizbulloh, «17 
noyabr Inqilobiy tashkiloti», «Inqilobiy xalq-ozodlik fronti/partiyasi» («Del Sol» 
nomi bilan ma’lum), «Inqilobiy xalq kurashi», «Sendero Lyuminoso» («Yorug‘ 
yo‘l», shuningdek «Partizanlar-xalq armiyasi»), «Tupak Amaru inqilobiy 
harakati», «O‘zbekiston Islom harakati», «O‘zini mudofaa qilish birlashgan 
kuchlari» kabi tashkilotlarni kiritish mumkin. 
Bu tashkilotlar Markaziy Osiyoda mintaqa xalqlari uchun an’anaviy bo‘lgan 
hanafiy mazxabi va moturidiya aqidasini rad etib, musulmonlarga 
siyosiylashtirilgan g‘oyalarni singdirishga urinmoqda. Ular «mavjud muammolar 
musulmon jamoalari islomiy tusini yo‘qotgani sababli mavjud, ularning nazarida 
«kofir» hisoblangan hukumatlarni ag‘darib tashlash lozim», kabi soxta diniy 
shiorlardan foydalanib siyosiy hokimiyatga intilmoqda. 
Masalan, Markaziy Osiyoda turli qiyofalarga kirib yashirin faoliyat olib borgan 
“Hizbut-tahrir” diniy ekstremistik partiyasining maqsadlaridan biri, Farg‘ona 
vodiysidagi O‘zbekiston va Qirg‘izistonning viloyatlarini birlashtirib halifalik 
tuzumiga asoslangan diniy-teokratik davlat tuzish bo‘lgan. Va ular bu maqsad 
yo‘lida bir qator terroristik faoliyatni amalga oshirishdi. 


141 
2011 yilning 20 sentyabrida Birlashgan Qirollikda Ahmaddiya Musulmonlar
qo‘mitasining barcha Parlamentar guruhlari Yevropa Parlamentida eksterimizm
masalasini qanday qilib hal etishni ko‘rib chiqishdi. Muhokama “Olloh
yo‘lida o‘zini qurbon qilganlar” deb nomlanib, diniy eksteremizm
ideologiyasiga e’tiborni qaratishdi. Umumiy mavzu bu G‘arbiy nishonlarga
hujum qilish bu shunchaki aysbergni yuza qismi ekanligi va 11 sentyabr
voqyealariga e’tibor qaratish kerakligini aytib o‘tishdi. Muhokamadagi
spekerlardan biri Sofia Lemmetyinning aytishicha: “ diniy shafqatsizlikka undash
yoki eksterimizm bu global va transmilliy murakkablikdir. Bizga uzoq
muddatli ishochli milliy va xalqaro darajadagi hamkorlar kerak bo‘lib, ijtimoiy
siyosiy va iqtisodiy jihatdan ularni qisib qo‘yish orqali biz ularning ildiziga
bolta urishimiz mumkin deb oz fikrini bildirib o‘tdi. Bu muhokamaning
maqsadi siyosatdonlarni insonlarning huquqlari buzilayotganligini ko‘rsatish va
global terror muammolarini hal qilishdan iborat. Boshqalar esa diniy
eksterimistlarning harakatlarining pasayishi va global tahdidlarning kamayishi
uchun ularning fundamental masalalarini asosan: yoqilg‘i, ekonomiq ijtimoiy va
siyosiy masalalarini dunyo bo‘yicha hukumatlar tomonidan qattiq nazorat
ostiga olinishi kerakligini ta’kidlab o‘tishdi. 
Diniy ekstremistik tashkilotlarning asosiy faoliyat uslublari sifatida ekstremistik 
ruhdagi, shu jumladan, «jihod», «shahidlik» g‘oyalari targ‘ib qilingan adabiyot, 
video va audio tasmalarni tarqatish, yashirin guruhlar tuzish va uning a’zolarini 
maxsus (radikal diniy tashviqot yuritish, qo‘poruvchilik va h.k.) tayyorgarlikdan 
o‘tkazish, o‘z tarafdorlarini davlat strukturalariga kiritishga urinish, yashirin 
«hujralarda» o‘qiyotganlarga mutaassib tushunchalarni singdirish, ayollardan iborat 
yacheykalarni kuchaytirish, ijtimoiy-siyosiy holatni muntazam ravishda qoralash, 
rasmiy diniy idora vakillarini obro‘sizlantirish, hamda bevosita terroristik aksiyalar 
o‘tkazishni ko‘rsatish mumkin. 
Qo‘poruvchilik va terrorchilik bilan shug‘ullanuvchi yovuz kuchlar ijtimoiy 
tarmoqlarda ham g‘araz niyatlarini o‘z saytlarida, kuch ishlatish yo‘liga o‘tishga 
go‘yoki majbur bo‘lganlarini asoslashga va qo‘poruvchilik harakatlarini oqlashga 
urinadilar. Bunda o‘zlarini “ozodlik kurashchisi” deb atab, tinchlik tarafdoridek 
ko‘rsatadilar. Yoshlarni esa bu yo‘lda birshashishga chaqiradilar.Dahshatli tomoni, 
g‘arazli maqsadlariga erishish uchun internet saytlariga qo‘lbola qurol tayyorlash, 
odam o‘ldirish, o‘zini-o‘zi portlatishga doir qo‘llanmalarni joylashtiradilar. 
Mutaxasislarning qayd etishicha,”al-Qoida” terrorchi tashkiloti o‘z targ‘ibotining 
99% ni ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga oshiradilar. Shuningdeq bolalar va 


142 
xudkushlik amaliyotini targ‘ib etuvchi maxsus multfilm ishlangan. Filmdan 
maqsad bolalarda terrorchilar talqinidagi “jihod” harakatlariga nisbatan moyillik 
uyg‘otish va kelajakda buzg‘unchilar saflarini ana shu yoshlar hisobidan 
to‘ldirishdir. 
Yoshlarning ma’naviy qashshoqlik girdobiga tushib qolish omillari: 
- ruhiy- axloqiy nosog‘lom tarbiya 
- ayrim yoshlarning pul topish ilinjida xorijga chiqib, qabih to‘dalarga aldanib 
qolishi 
- moddiy manfaatni ko‘zlash, ya’ni pulga, kiyimga, xorij buyumlariga o‘chlik 
- qo‘poruvchi va jangari ekstremik guruhlarning yolg‘on va’dalariga ishonish 
- “moddiy yordam” niqobi ostidagi mablag‘lar 
- ba’zida tarbiyaviy tadbirlarning yuzaki tashkil etilishi va samarasizlik.
Missionerlik va prozeletizm faoliyatining salbiy oqibatlari. 


143 
Missionerlik haqida gap ketar ekan, avvalo ushbu tushunchaning lug‘aviy va 
istilohiy ma’nolarini tushunib olish muhim ahamiyatga egaligini alohida qayd etish 
lozim. 
Ushbu so‘z lotin tilidagi «missio» fe’lidan olingan bo‘lib, «yuborish», «vazifa 
topshirish», missioner esa "vazifani bajaruvchi" degan ma’nolarni anglatadi. 
Missionerlik esa belgilangan vazifalarni hal qilishga qaratilgan nazariy va amaliy 
faoliyat majmuini bildiradi. 
Turli lug‘atlar va manbalarda missionerlikka ko‘plab ta’riflar berilgan. Ularning 
deyarli barchasida missionerlikka xos xususiyatlar atroflicha tavsiflangan. 
Jumladan, har yili qayta nashr etiladigan "Jahon kitobi" ensiklopediyasida 
"Missioner biror diniy guruh tomonidan boshqalarni o‘z diniga targ‘ib qilish va 
kiritish uchun yuborilgan inson", – degan fikr qayd etilgan. 2005 yilda Moskvada 
nashr etilgan "Kirill va Mefodiyning katta ensiklopediyasi"da esa «Missionerlik 
biror diniy birlashma vakillarining o‘z e’tiqodini boshqa din vakillari orasida 
yoyish harakati», – degan ta’rif keltirilgan. 
Umuman olganda, turli lug‘atlar va manbalarda bayon etilgan ta’riflar bir-biriga 
juda yaqin va o‘xshash bo‘lib, ularga tayangan holda quyidagi xulosani chiqarish 
mumkin: 
Миссионерлик деганда нимани тушуниш 
керак?
Миссионерлик 

бир динга эътиқод қилувчи халқлар орасида бошқа бир 
динни тарғиб қилишни англатади.


144 
Missionerlik bilan bir qatorda prozelitizm haqida ham gapirishadi? Uning 
mohiyati nimada? 
U o‘z mohiyatiga ko‘ra missionerlikning tarkibiy qismi hisoblanadi. 
Prozelitizm keltirib chiqarayotgan salbiy oqibatlarni ayrim hayotiy misollarda 
ham ko‘rish mumkin. Xususan, bizga qo‘shni bo‘lgan ayrim davlatlarda xristian 
dinini qabul qilgan kishilar vafot etganda jasadni qabristonga qo‘yish bilan bog‘liq 
muammolar kelib chiqmoqda. Mayitning musulmon ota-onalari o‘z farzandlarini 
xristian mozoriga dafn etishni xohlamaganlari, musulmonlar esa xristian dini vakili 
jasadini o‘z musulmon birodarlari yotgan joyga qo‘yishni istamaganliklari 
natijasida kelishmovchiliklar yuzaga kelmoqda. 
Shuningdeq xristian dinini qabul qilgan kishi o‘z o‘g‘lini xatna qildirishni 
xohlamagani, uning otasi esa, o‘z nabirasini musulmon urf-odatlariga ko‘ra xatna 
qildirishni istagani tufayli ota-bola o‘rtasida janjallar kelib chiqqani ham ma’lum. 
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, yuqoridagi kabi qarashlar turli 
tushunchalar mazmunini ataylab chalkashtirib, tarixiy voqyelikni buzib talqin qilish 
natijasidir. Chunki xristianlik endi paydo bo‘lgan bir sharoitda faoliyat olib borgan 
"da’vatchilar" (garchand ularga nisbatan ham "missioner" so‘zini qo‘llash keng 
tarqalgan bo‘lsa-da) bilan bugungi "missionerlar" orasida keskin farq borligini va 
ularni aslo bir qatorga qo‘yib bo‘lmasligini unutmaslik lozim. Zero, o‘z davrida 
xristianlikning faol tarafdorlari tomonidan "da’vatchilik" ishlarining olib borilishi, 
o‘z ta’limotlarini tarqatishga harakat qilishlari tabiiy bir hol edi. Bugun dunyoning 
diniy manzarasi o‘zining aniq shaklu shamoyiliga, turli xalqlar asrlar davomida 
shakllangan diniy-milliy qadriyatlariga ega bo‘lgan bir davrda ilk "da’vatchilik"dan 
Прозелитизм 

тўғридан
-
тўғри бирон бир динга ишонган фуқарони ўз 
динидан воз кечишга ва ўзга динни қабулқилишга қаратилган 
ҳаракатларни
англатади.


145 
farqli ravishda missionerlik millat, jamiyatni diniy asosda bo‘lib yuborishga 
qaratilgan buzg‘unchilikning bir ko‘rinishiga aylanib qolganini alohida ta’kidlash 
zarur. Missionerlarning aholisining 90 foizdan ortig‘ini islomga e’tiqod qiladigan 
O‘zbekistonda faoliyat olib borishga intilayotgani ham bunday buzg‘unchilikka 
yorqin misol bo‘la oladi. 
Missionerlar da’vat ishlarini ijtimoiy tarmoqlarda ham amalga oshirmoqdalar. 
”Facebook” ijtimoiy tarmoqlaridagi g‘arazli guruhlar yoki to‘dalar o‘zlarining 
qabih niyatini amalga oshirish uchun hali ongi shakllanib ulgurmagan yoshlarni 
aqidalaridan adashtirish uchun tunu kun harakat qilmoqda. Shunday ekan, insonlar 
qalbi va ongi uchun kurashlar kechayotgan globallashuv davrida yuksak 
ma’naviyat, kelajakni ishonib topshirmoqchi bo‘lgan yoshlarimizning odob-axloq 
tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish dolzarb vazifadir. Yoshlarning vaqtini to‘g‘ri 
tashkil etish, kasbga, xunarga yo‘naltirish ishlarini yanada shakllantirish, ularni 
e’tibordan chetda qoldirmaslik lozim, agar bugun biz ular bilan shug‘ullanmasaq 
“boshqalar” shug‘ullanishi aniq. 
Virtual olamda buzg‘unchi kuchlar targ‘ib etayotgan illatlar ta’siriga qarshi 
kurashda xalqimiz xulq-atvori, diniy-milliy qadriyatlardan mustaxkam joy olgan 
diyonat, pokliq halolliq odamiyliq hayo va iffat kabi ko‘plab fazilatlarning o‘rni 
beqiyos. Ushbu fazilatlarni yosh avlod qalbi va shuuriga singdirish barobarida 
ularni xar xil zaxarlovchi unsurlar yomonligidan asrashda sustkashlikka aslo yo‘l 
qo‘yib bo‘lmaydi. 
O‘zbekiston birinchi prezidenti I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat- yengilmas 
kuch” asarida aloxida ta’kidlaganlarideq “Dunyodagi zo‘ravon va tajovuzkor 
kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o‘ziga tobe qilib, bo‘ysundirmoqchi, uning 
boyliklarini egallamoqchi bo‘lsa, avvalombor, uni qurolsizlantirishga, ya’ni eng 
buyuk boyligi bo‘lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma’naviyatidan judo qilishga 
urinadi. Binobarin, ma’naviyatga qarshi qaratilgan xar qanday tahdid o‘z-o‘zidan 
mamlakat xavfsizligini, uning milliy manfaatlarini, sog‘lom avlod kelajagini 
ta’minlash yo‘lidagi jiddiy xatarlardan biriga aylanishi va oxir oqibatda jamiyatni 
inqirozga olib kelishi mumkin”.
Demaq bugungi kunda eng muhim vazifamiz o‘sib kelayotgan yosh avlodni milliy 
va ma’naviy qadriyatlar asosida tarbiyalash, ular qalbida o‘z xalqi, Vataniga mehr-
sadoqat tuyg‘usini shakllantirish, ularni xar xil buzg‘unchi kuchlar ta’siridan ogoh 
etish va munosib himoya qilishdan iboratdir.
Internet ijtimoiy tarmoqlarida sog‘lom e’tiqodga tahdid. 


146 
Hozirgi tahlikali zamonda internet tarmog‘i orqali tarqatilayotgan g‘arazli 
ma’lumotlar, turli buzg‘unchi g‘oyalar, odob-axloqni yemiruvchi manfur illatlar 
xar bir ongli kishini tashvishga solishi aniq. Internet yordamida ishlar oson va tez 
bajariladi. Lekin keyingi vaqtlarda internet bilan bog‘liq buzg‘unchiliklar global 
tarmoqdan qabih maqsadda foydalanayotganlar ko‘payib bormoqda. Asosiy 
muammo internetdan kim qanday maqsadda foydalanishida. Hozir yosh bolalar 
ham kompyuterni bemalol ishlata oladi. Bir qarashda, buning jiddiy joyi yo‘qday. 
Ammo haddan oshilsa, nazorat bo‘shashsa, oqibati ayanchli bo‘lishi mumkin. 
Internetga kirayotgan yoshlar soni soat sayin ortmoqda.O‘zbekistonda internetdan 
foydalanuvchilar soni 10 milliondan oshgani, ularning aksariyati yoshlar ekanini 
alohida qayd etish lozim. G‘alamis kimsalar yoshlarni o‘z tuzoqlariga ilintirishda 
internetdan ustalik bilan foydalanmoqda.O‘zlarini “yaqin do‘st” yoki “hidoyatga 
chorlovchi” sifatida tanitib,yoshlarni to‘g‘ri yo‘ldan adashtirmoqda. Aqidaparast 
oqimlarning iddaolarini targ‘ib qilishda internet saytlari saosiy manbaga aylandi. 
So‘nggi yillarda buzg‘unchilikni targ‘ib qiluvchi veb-saytlar soni bir necha 
barobarga ko‘paygan. Xususan, 10 yil avval bunday saytlar 20 ta bo‘lsa, bugun 
7000 dan ortib ketishi natijasida ayrim ilmsiz yoshlarning buzuq e’tiqodiga 
chalg‘ib qo‘shilib ketayotganligi achinarli xol. Bunday yoshlar turli saytlardan 
bilib-bilmay ma’lumotlarni ko‘chirib olib,o‘z e’tiqodiga putur yetkazmoqda 
Интернет бузғунчилар маконига айланишининг сабаблари.


147 
Bugun maktab o‘quvchilarining ham qo‘lida uyali telefon bor, ularning aksariyati 
internetga ulangan. Bu mitti matoh yordamida dunyoni kaftda ko‘rgandek kuzatish 
mumkin. Biroq global tuzoqlardan biriga ilinib qolish xavfi juda katta. Shu tariqa 
xar xil ma’lumotlar bola ongini zaxarlaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda vaqtni behuda 
sarflash, hyech bir foydasiz suhbatlar qurish isrofdan boshqa narsa emas. 
Yoshlar o‘rtasida eng ommabop sayt- “odnoklassniki.ru” kabi ijtimoiy tarmoqlar 
loqaydliq hayosizliq tubanlik targ‘ibotiga “xizmat” qilmoqda. Yoshlar tafakkurini 
ziflashtirishga, ongini zaxarlashga qaratilgan buzg‘unchi xabarlar toboro keng 
tarqalmoqda. 
Hozir o‘smir yoshlar ongiga ta’sir qilib, ular qalbiga o‘z buzg‘unchi g‘oyalarini 
singdirishni yoki ularni to‘g‘ri yo‘ldan ozdirishni maqsad qilgan kuchlar juda ko‘p. 
Bu holat oddiy kompyuter o‘yinlaridan tortib, internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlar, 
mobil aloqa dasturlarida ham ochiq ko‘zga tashlanadi. Internet va kompyuter 
o‘yinlari asiriga aylanish kasalligiga chalingan o‘smirlar hayotdan, ma’naviy 
qadriyatlardan tamom uzilib,butunlay o‘yinlarga berilishi yoki ball yig‘ishga, 
qimorga va yutuq- sovg‘a loish kabi o‘tkinchi qadrsiz ishlarga mukkasidan 
ketishlari mumkin. Bolalar berilib o‘ynayotgan kompyuter o‘yinlarining ildizi-
negizida ham xuddi shu illatlar bor. Miyasida o‘yinlardan tinimsiz zavqlanish 
xissini tuyayotgan bola uchun bunday “sevimli” mashg‘ulotidan bo‘lak hamma 
narsa asta-sekin ahamiyatsiz bo‘lib qoladi. Kattalarga qaraganda bolalarda biror 
narsaga bog‘lanib qolish kuchli, ularning sog‘ligiga yetadigan zarar ham bir necha 
barobar ko‘p bo‘ladi. Bunday xolatning belgilari quyidagilarda ko‘rinadi: 


148 
Бола компьютерда банд бўлишига ажратилган вақт чегарасини буза бошлайди.
Ҳамма
уй ишларини рад этади.Хатто хонасини тозалаш, кийимларини йиғиштириш 
каби ўзига тегишли бўлган ишлардан бўйин товлайди.
Байрамлардан, яқинлари ва ўртоқлари билан кўришиш, суҳбатлашишдан ҳам 
интернетни афзал кўради.
Хатто овқатланаётган вақтда ҳам интернетдан узила олмайди.
Янги виртуал танишувларга жуда ўч бўлиб қолади.
Ўқиши орқага кетади.уй вазифаларини бажармайди.Ўқитувчилар унинг 
эътиборсизлиги ва паршонхотирлигидан шикоят қила бошлашади.
Инернетга кириш имкони бўлмаса, жуда тажанг ва жиззаки бўлиб қолади.
Интернетга уланиб турмаса бошқа бирор иш билан шуғулланишни асло 
хоҳламайди.
Тан оламизми –
йўқми, бизга беозоргина бўлиб кўринган ана шу компьютер 
Компьютер ўйинларининг бола шахсига салбий таъсири:

Электро магнит тўлқинларидан нурланиш

Бола руҳий зўриқиш –“стресс” остида қолади.

Китобга, ўқишга қизиқиш унинг онгидан сиқиб чиқарилади.

Атрофдаги одамлар билан мулоқотга эҳтиёж йўқолади.

Боланинг кўриш қобилияти жуда тезлик билан пасайиб кетади.

Камҳаракатлилик бола умуртқа поғонаси ва мушакларининг 

рисоладагидек ривожланмаслигига 
сабаб бўлади.

Тез толиқиш ҳолати кучайиб боланинг иммунитети тушиб кетади.

Боши айланадиган, кўз олди қоронғилашадиган бўлиб қолади.


149 
Rossiyaning Yekatirenburg shahridagi o‘yinxonalardan birida 12 soat davomida 
o‘yin o‘ynagan 12 yoshli bola shifoxonaga xushsiz ketiriladi va kuchli insult xuruji 
bois olamdan o‘tadi. Vrachlarning fikricha, bu fojiaga bolaning virtual maxluqlar 
bilan “jang qilishi”ga haddan ortiq darajada kirishib ketgani sabab bo‘ladi. Bunday 
misollarni ko‘plab keltirish mumkin. 
So‘nggi vaqtlarda xalqaro maydondagi yangiliklarni kuzatib borayotgan bo‘lsaq 
MDHning qator mamlakatlari, xususan, Ukraina, Qozog‘iston, Rossiya va 
Qirg‘izistonda o‘smirlar o‘rtasida o‘z joniga suiqasd qilish hollari ko‘payib 
borayotgani haqida ma’lumotlar berilayotganligiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Xo‘sh, 
ularning bunday qaror qabul qilishlari va yosh umrlarini xazon qilishiga nima 
sabab bo‘layapti?
Ma’lumotlarga qaraganda, turli ijtimoiy tarmoqlarda «ko‘k kit» nomi bilan razil 
g‘arazgo‘ylar guruhi mavjud. Ularning soni bitta emas, bir nechta ekani ham 
ma’lum. Achinarli va tashvishlisi shundaki, ularning g‘alamisliklariga chuv 
tushayotganlar hayotning achchiq-chuchugi nima ekanini bilmaydigan va 
dunyoqarashi shakllanish arafasida bo‘lgan o‘smir yoshlardir. Rossiya, Ukraina, 
Qozog‘iston va Qirg‘izistonning har birida ko‘plab o‘smirlar ushbu o‘yin qurboni 
bo‘lishga ulgurgan. Ammo, bu kabi g‘alamislarning buzuq niyatlariga chuv 
tushayotganlar oz emasligini xalqaro yangiliklar dasturlarida ko‘rish mumkin. 
«O‘lim guruhi»ning topshirig‘i esa, asosan, ertalabki shirin uyqu vaqtida, tonggi 
4:20-4:50 atrofida berilishi ta’kidlanmoqda. Ularga so‘nggi vazifa berilishida, 
shuningdeq «bu tush ekani, shartni bajarishi bilan uyg‘onishi va natijasi qanday 
bo‘lganini bilish mumkin»ligi kabi gipnoz usullaridan foydalanilgani ham 
xabarlarda aytilmoqda.
Aslida, kompyuterdan to‘g‘ri foydalanilsa u darajada vahimali, xavfli narsa emas. 
U bolani bilim olishida, izlanishida foydali vosita bo‘lishi tayin. Buning uchun 
kompyuter bolaning har tomonlama kamol topishi yo‘lida ishlatilishi zarur. 


150 
Farzandining istiqbolini, yorqin kelajagini istaydigan har bir ota-ona tarbiya 
masalasiga jiddiy e’tibor bermog‘i lozim. Bola tarbiyani turli kompyuter o‘yinlari, 
internet va ijtimoiy tarmoqlardan emas, eng avvalo ota-onalaridan, bobo-
momolaridan, ezgulikka, poklikka va ma’naviyatni shakllantiruvchi yaxshi 
kitoblardan olsin. 

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin