Modernizatsiyalash jarayonlari


boshqarishdagi o‘rni va roli



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/82
tarix24.12.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#191210
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   82
pedagogika (2)a

boshqarishdagi o‘rni va roli.
 
Respublika ta’lim tizimini boshqarishda bir qator davlat organlari-tegishli 
vazirliklar chunonchi, xalq ta’limi vazirligi hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim 
vazirligi, shuningdek, markazlar, xususan, Respublika ta’lim Markazi, akademik 
litsey va kasb-hunar kollejlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Markaz, viloyat 
shahar va xalq tuman xalq ta’limi bo‘limlari ham ishtirok etadilar. 
Ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organlarining huquqlari doirasiga 
quyidagilar kiradi: ta’lim sohasidagi yagona davlat siyosatini ro‘yobga chikarish; 


89 
ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va uslub masalalarida ularga 
rahbarlik qilish; DTS, mutaxassislarning bilim saviyasi va tayyorgarligiga bo‘lgan 
talablarning bajarilishini ta’minlash; o‘qitishning ilg‘or shakllari va yangi 
pedagogik texnologiyalarni, ta’limning texnik va axborot vositalarini o‘quv 
jarayoniga joriy etish; o‘quv va o‘quv uslubiy adabiyotlarni yaratish va nashr 
qilish va tashkil etish; ta’lim muassasalarida eksternat to‘g‘risidagi nizomlarni 
tasdiqlash; davlat oliy ta’lim muassaslarining rektorini tayinlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasiga takliflar kiritish; pedagog 
xodimlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirishni va qayta tayyordashni 
tashkil etish, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar quyidagilar 
bilan belgilanadi: 
 
Ularning respublika ta’lim tizimini boshqarishdagi o‘rni va roli

ta’lim muassaslari faoliyatining mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish 
ehtiyojlariga muvofiqligini ta’minlaydilar; 

ta’lim muassasalarini tashkil etadilar, qayta tashkil etadilar va tugatadilar 
(respublika tasarrufida bo‘lgan muassasalar bundan mustasno), ularning ustavlarini 
ro‘yhatga oladilar o‘z hududlaridagi ta’lim muassasalarini vakolat doirasida 
moliyalash miqdorini va imtiyozlarni belgilaydi; 

ta’lim sifati va darajasiga, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa 
vakolatlarni ham amalga oshiradilar. 
Ta’lim tizimini boshqarish sohasida ta’lim muassasasi faoliyatini boshqarish 
ishlarini tashkil etishga ham alohida e’tibor beriladi. Ta’lim muassasi uning rahbari 
(direktor yoki rektor) tomonidan boshqariladi. 
Tashkilotchi, oliy ma’lumotli, kamida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega 
bo‘lgan eng yaxshi o‘qituvchi tuman xalq ta’limi bo‘limi tavsiyasiga binoan viloyat 
xalq ta’limi (Toshkent shahrida-shahar xalq ta’limi) bo‘limi tomonidan direktor 
etib tayinlanadi. Viloyat xalq ta’limi bo‘limi bu haqida O‘zbekiston Respublikasi 
XTV ga ma’lum qiladi. 

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin