Modernizatsiyalash jarayonlari



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/82
tarix24.12.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#191210
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
pedagogika (2)a

“Bu ko‘p qirrali qobiliyatlilik nazariyasi Gardnerning qarashiga ta’sir ko‘rsatdi.
Maktabning maqsadi insonlarga kasbiy va avocosional maqsadlariga erishishda 
yordam berishi kerak, qaysiki o‘zlarining hohishdagi qobiliyatga mos ravishda 
ushbu jarayonni o‘zida mujassamlashtiraolgan insonlar o‘zlarini ko‘proq band, 
mahoratli hisoblaydi va jamiyatni barpo etuvchi bo‘lib tarbiyalanadi.” 
7
 
Demokratik rahbar, aksincha, o‘z qo‘l ostidagilarga mustaqillik, erk berish 
tarafdori. Ishda topshiriqlar berganda ishchilarning qobiliyatini hisobga oladi, 
shaxsiy moyilliklarni ham hisobga oladi. Buyruq yoki topshiriqlar taklif ma’nosida
beriladi. Nutqi oddiy, doimo osoyishta, sokin, unda o‘rtoklarcha do‘stona 
munosabat sezilib turadi. Biror kishini maqtash, lavozimini oshirish, kamchiligiga 
baho berish (ishdagi) doimo jamoa a’zolarining fikri bilan kelishgan xolda amalga 
oshiriladi. Tanqid, ko‘pincha, taklif, istak shaklida qilingan ishlarning mazmuniga 
baho berish xolida «aybdor»ga yetkaziladi. Har bir yangi ish jamoa maslahatisiz 
boshlanmaydi. Bunday boshliqning fazoviy ijtimoiy xolati «jamoa ichida». 
Jamoada tanqid, o‘z-o‘zini tanqid shunday yo‘lga qo‘yilganki, uning oqibatida 
hyech kim aziyat chekmaydi. Chunki ko‘proq boshliq emas, jamoaning boshqa 
faollari―norasmiy liderlar tanqid qiladilar.
Liberal (loqayd) uslubda ishlaydigan rahbarning kayfiyatini, ishga munosabatini, 
ishdan mamnun yoki mamnun emasligini bilish qiyin. Unda ta’qiqlash, po‘pisa 
bo‘lmaydi, uning o‘rniga, ko‘pincha, ishning oxirgi oqibati bilan tanishish bilan 
cheklanadi, xolos. Jamoada hamkorlik yo‘q, boshliq jamoaning muammolari
ishning baland-pasti bilan qiziqmaydiganday, go‘yoki boshqa «koinot»da yurganga 
o‘xshaydi. Aniq ko‘rsatmalar bermaydi, uning o‘rniga norasmiy liderlar yoki 
o‘ziga yaqin kishilar orqali lozim bo‘lgan topshiriqlar bajaruvchilarga yetkaziladi. 
Uning asosiy vazifasi, uning nazarida, xodimlar uchun ish sharoitini yaratish, 
ishdagi kamchiliklarni bartaraf etish, kerakli mahsulot, xom ashyo kabilarni topib 
kelish, majlislarda qatnashish va x.k.lardan iborat. Xodimlar bilan muloqotda 
bo‘lishga to‘g‘ri kelganda, u doimo xushmuomala bo‘lib, odob-axloq normalarini 
buzmaslikka xarakat qiladi, lekin hyech qachon ular bilan tortishmaydi. Majlislarda 
agar biror muammo munozarani keltirib chiqarsa, u bevosita jarayonga aralashmay, 
oxirgi so‘zni o‘ziga qoldiradi. Uning fazoviy psixologik xolati «gurux 
tashqarisida». 
«Kompetentli» yondoshuvga asoslangan ta’lim tizimida ta’lim beruvchi va 
ta’lim oluvchining roli ham o‘zgaradi. Chunki, «bilimli» yondoshuvda ta’lim 
7
Teaching and learning: Pedagogy, Curriculum 
And Culture. Alex Moore.148-бет
Раҳбарнинг касбий компетентлигини шакллантириш масаласи бугунги кунда 
ўта муҳим ҳисобланади. Раҳбарнинг компетенцияларга эга, яъни фаолиятнинг қайси
усулини эгаллаши, нималарни бажара олиши, нималарга тайёрлигини аниқлаш – 
компетентли ёндошув дейилади. 
 


83 
beruvchi faol va asosiy ishtirokchi bo‘lsa, ta’lim oluvchi esa, sust qabul qiluvchi 
sifatida ishtirok etadi. «Kompetentli» yondoshuvda ta’lim oluvchi faol 
ishtirokchiga aylanadi, chunki uning ta’lim olish faoliyati ko‘proq mustaqil 
individual topshiriqlarni bajarish va uning natijasini himoya qilishga, kreativ 
amaliy mashg‘ulotlarda doimiy ravishda savollarga javob berish va individual 
tadqiqot ishlarini olib borishga qaratilgan bo‘ladi. Ta’limda yangi tadqiqot
yo‘nalishi bo‘lgan kompetentli yondoshuvning paydo bo‘lishi hamda xorijiy 
pedagogik va metodik manbalarda «kompetentlik» va «kompetensiya» 
toyifalarining paydo bo‘lishi natijasida ular 1960 yillarning oxiri 1970 yillarning
boshlaridan boshlab oliy ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilarning kasbiy 
tayyorgarligi nazariyasi va amaliyotiga keng kirib bordi.
Ta’limni jamiyat madaniyatini o‘zlashtirish asosida ta’lim oluvchilarda 
faoliyatning turli sohalarida shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan 
muammolarni mustaqil hal etish qobiliyatini rivojlantirishning maxsus tashkil 
yetilgan jarayoni sifatida qarash mumkin. Ta’lim maqsadini bunday tushunish 
esa, o‘z navbatida kompetentli yondoshuvni ro‘yobga chiqarish uchun asos 
yaratadi. Ta’limda kompetentli yondoshuv - bu Vatanimiz pedagogikasi uchun 
nisbatan yangi hodisa.
Uning rivoji shu bilan bog‘liqki, mustaqil Respublikamizda ta’limni
modernizasiyalashning zamonaviy bosqichida eng avvalo uning maqsadi tubdan 
o‘zgaradi. 
«Kompetentlik» 
va 
«kompetensiya» 
ta’limda 
kompetentli 
yondoshuvning asosiy tushunchalaridir. Manbalar tahlili esa, ularning ilmiy 
adabiyotlarda bir qiymatli ta’rifga ega bo‘lmagan murakkab, ko‘p komponentli va 
fanlararo tushunchalar ekanligini ko‘rsatadi. Tadqiqotchilar fikricha ular hajmi, 
turkumi, semantikasi va mantiqiy tuzilmasi bo‘yicha farqlanib, kompetentli shaxs 
tavsifi (xususiyatlari, odatlari va boshqalar) sifatida qaralishi mumkin. Kompetentli 
shaxs tavsifi (xususiyat, shaxssifati, uning komponenti), shaxs tuzilmasida yaxlit 
ta’lim, shaxs xususiyatlari tizimi, bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash 
natijasida yuzaga keluvchi holatlar (tayyorgarlik, yo‘naltirilganlik va boshqalar) 
sifatida ifodalanishi mumkin, ko‘pincha esa, kompetentli bilim va tajriba bilan 
tenglashtiriladi. 
Pedagogik adabiyotlarda, bugungi kunda, «kompetensiya», «kompetentlik» 
atamalari keng qo‘llanilmoqda va barqarorlashmoqda. Ammo, hozirga qadar 
ta’limning u yoki bu bosqichi bitiruvchisining optimal obraziga qo‘llash mumkin 
Компетентликка йўналтирилган таълим америкалик тилшунос Н.Хомский (1965 
йил, Массачутес университети) томонидан таклиф этилган «компетенция» атамасининг 
умумий маъносида шаклланади. Европа Кенгаши дастури бўйича Берн шаҳрида бўлиб
ўтган симпозиумда (1996 йил) «компетенция» тушунчаси «ўқув», «компетентлик», 
«қобилият», «маҳорат» сингари тушунчалар қаторига киритилганлиги таъкидланди. 
Европа давлатларининг таълим вазирлари Болония декларациясида (1999 йил) 
таълим ислоҳатларининг концептуал асослари сифатида компетентли ёндошувни 
белгилашди. 


84 
bo‘lgan «kompetentlik» tushunchasining yagona va aniq ta’rifi mavjud emas. 
Manbalarda shaxsning bilimi, ko‘nikmasi, malakasi, qobiliyati, mehnatsevarligi, 
kasbiy mahorati kabi sifatlarini ifodalash uchun «kompetentlik» va 
«kompetentlilik» atamalaridan foydalanilgan. 
Biz ushbu ishda «kompetentlik» atamasidan foydalanamiz. Demak, biror bir 
sohada kompetentli inson shu soha haqida asosli fikr yuritish va unda samarali 
faoliyat olib borish uchun mos bilim va qobiliyatga ega hisoblanadi.
Kompetentlik - deganda ko‘pincha shaxsning faoliyat yuritishga umumiy
qobiliyati va uning kasbiy tayyorgarligida namoyon bo‘luvchi ta’lim
jarayonida o‘zlashtirilgan bilim va tajribalarga asoslangan integrallashgan sifatlari 
tushuniladi. Demak, kompetensiya va kompetentlik tushunchalari bilim,
malaka va ko‘nikma tushunchalaridan kengroq, chunki ular shaxsning
yo‘naltirilganligi, muammolarni his qila olishi, sinchkovlikni namoyon qila
olishi, egiluvchan fikrlashga ega bo‘lishi kabi sifatlarni o‘z ichiga oladi.
Rahbarning kompetentligi-bilimdonlik, kasbiga moslik, malakalilik, tajribalilik,
mas’uliyatlilikni rahbarlik faoliyatiga singdirib borish. O‘z sohasini, ishining 
ustasi bo‘lish, sohasining sirlarini har tomonlama chuqur bilish demakdir. Rahbar 
kompetensiyasining shakllanish bosqichlarini quyidagi ko‘rsatib o‘tish joiz: 

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin