81
•
mantiqli, qisqa, lo‘nda, obrazli fikrlay bilish, fikrni qiyomiga yetkazish, o‘z
so‘zamolligi bilan suhbatdoshi (yoki jamoa) qalbiga kirish kabilar rahbarda
mujassam bo‘lmog‘i kerak;
•
fidoyilik, mas’uliyatlilik, poklik, qat’iyatlilik, jur’atlilik,
jamoasi manfaati
yo‘lida jonkuyarlik ko‘rsatish;
•
mehnat-sevarlik, adolatlilik, o‘ziga va o‘zgalarga talabchanlik ko‘rsatib,
barchaga namuna bo‘lishi;
•
pedagoglarga ko‘proq erkinlik va mustaqillik berishi, ularning har bir qadamini
nazorat qilishdan saqlanishi;
•
yangiliklarni joriy qilayotganda yo‘l qo‘ygan xatolarini kechirishi, ularni o‘zlari
to‘g‘rilashi uchun vaqt va imkoniyat berishi;
•
pedagog xodimlarga sust, shijoatsiz, mujmal topshiriqlar bermaslik.
Yuqorida keltirib o‘tilgan rahbar uchun asosiy deb belgilangan talablar o‘zi
rahbar
kompetensiyasini belgilab beradi.
Jamiyat talablarini qondirish hozirgi zamon rahbaridan yuqori
madaniyat, chuqur ma’naviyat, Vatan uchun javobgarlik hissi, mas’uliyatlilik,
chuqur bilimga ega bo‘lishi, o‘z ijodiy potensialini rivojlantirishga,
innovasion
faoliyatga, o‘z ustida ishlashga, kasbiy faollikka qobiliyatlilik va shu kabi boshqa
bir qator sifatlarni talab etadi. Ya’ni ko‘pqirrali qobiliyatlilikni talab etadi.
Ko‘pqirrali qobiliyat tushunchasi kasbiy va shaxsiy kompetentlik tushunchasiga
mos kelib, Aleks Murning fikricha
“Soddaroq qilib tushuntiradigan bo‘lsak
ko‘pqirrali qobiliyatlar deganda turli xil insonlar turli xil uslublar orqali yoki bir
inson turli xil narsalarni turli xilda o‘rganilishi tushuniladi. Xou ta’kidlashicha
hyech qachon ikki o‘rganuvchi bir xil bo‘lmaydi: har bir shaxs o‘ziga xos
qobiliyatlar egasidir.
5
“Ko‘pqirrali qobiliyat tushunchasining eng ilg‘or tarafdorlaridan biri asarlari
ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan Govard Gardnerdir. (1983,1993). (yana ko‘rish
mumkin bo‘lgan asarlar Armstrong 1994, Xou 1984, 87-92 betlar va Bentli 1998).
6
Boshqaruvning uslublari ham rahbar qobiliyatlari bilan bog‘liq bo‘lib, boshqarish
uslublari 3 turda ko‘rinadi:
Avtoritar, Demokratik, Liberal.
Avtoritar rahbar barcha ko‘rsatmalarni ishchanlik ruhida, aniq, ravshan, keskin
ohangda xodimlariga yetkazadi. Muloqot jarayonida ham xodimlarga do‘q-po‘pisa,
keskin ta’qiqlash kabi qat’iy ohanglardan foydalanadi. Uning asosiy maqsadlaridan
biri nima bilan bo‘lsa-da, o‘z xukmini o‘tkazish. Uning nutqi ham
aniq va ravon,
doimo jiddiy tusda bo‘ladi. Biror ish yuzasidan xodimlarini maqtash yoki ularga
jazo berish, tanqid qilishi sof subyektiv bo‘lib, bu narsa boshliqning kayfiyatiga va
o‘sha shaxslarga nisbatan shaxsiy munosabatiga bog‘liq. Jamoa a’zolarining tilak-
istaklari, fikrlari, maslahatlari juda kam xolatlardagina inobatga olinadi.
5
Teaching and learning: Pedagogy, Curriculum
And Culture. Alex Moore.146-бет
6
Teaching and learning: Pedagogy, Curriculum
And Culture. Alex Moore.147-бет