90
Ta’lim muassasasi manfaatlarini ifodalash; o‘quv-tarbiya
jarayoni muvaffaqiyatini
ta’min etish; o‘quv dasturlarining bajarilishini nazorat qilish, ta’lim-tarbiya
ishlarining sifati va samaradorligi, bolalik
va mehnatni muhofaza qilish
talablarining rioya qilinishi, shuningdek, ta’lim
muassasasidan tashqarida
ma’naviyat ishlarini tashkil qilinishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
pedagogik va rahbar kadrlarni tanlab joy-joyiga qo‘yish, ularning vazifalarini
belgilash,
pedagogik kadrlar, kabinet va ustoxona mudirlarini belgilash, sinf va
guruh rahbarlarini tan-lash, pedagog va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni ishga qabul
qilish hamda bo‘shatish; ta’lim muassasasi pedagogik
xodimlarini attestatsiyadan
o‘tkazuvchi komissiyaga rahbarlik qilish; ta’lim muassasasi pedagogik
xodimlarining
ijodiy ishlari, ta’lim-tarbiyaning ilg‘or shakl va usullarini
qo‘llashlari uchun shart-sharoitlarni yaratish; ta’lim
muassasasiga ajratilgan
moliyaviy mablag‘lar, sarf-harajat hisobini yuritish; ta’lim muassasasi me’yoriy
hujjatlarining to‘g‘ri yuritilishini ta’minlash; ta’lim muassasasi Pedagogik
kengashi, mahalliy hokimlik organlari oldida o‘z faoliyati to‘g‘risida
hisob berib
turish. Maktab direktori o‘qituvchi va yordamchi xodimlarni ishga qabul qiladi va
ishdan bo‘shatadi, xodimlar, o‘qituvchilarni rag‘batlantiradi, shuningdek, o‘rinli
holatlarda
ularni jazolaydi, alohida o‘rnak ko‘rsatgan o‘qituvchi va xodimlarni
davlat mukofotlariga tavsiya etadi.
Dostları ilə paylaş: