4-MAVZU
.
TA’LIM NAZARIYASI
REJA
Didaktikaning predmeti, vazifalari va asosiy kategoriyalari. Sharq va G‘arb
mutafakkirlarining pedagogik g‘oyalari. Ta’lim paradigmalari, prinsiplari,
qonuniyatlari. Ta’lim jarayoni. Ta’lim metodlari, shakllari va vositalari. Dars –
ta’limning asosiy shakli sifatida. Dars tipologiyasi va unga qo‘yiladigan didaktik
talablar Ta’lim sifatini nazorat qilish. Nazorat shakllari, turlari va qonuniyatlari.
Didaktika. Didaktikaning predmeti va vazifalari
Pedagoglar fikricha, ta’lim barcha davrlarda ham ijtimoiy hodisa sanaladi.
Ta’lim shaxs tomonidan ijtimoiy tajribalarning o‘zlashtirilish jarayonini
tezlashtiradi, uni zarur ko‘nikma va malakalar bilan qurollantiradi.
Pedagog – olimlar yillar davomida ta’lim tizimida Nega o‘qitamiz? Nimani
o‘qitamiz? Qanday o‘qitamiz? Qayerda o‘qitamiz? kabi savollarga javob izladilar.
Didaktika “nimaga o‘qitish?”, “nimani o‘qitish?”, “qayerda o‘qitish?”, “qanday
o‘qitish?” kabi savollarga javob beradi.
Ushbu holatga asosan 1990 yillarning o‘rtalarida ta’lim sohasiga oid teoriyalar va
ularning asoschilari, o‘sha davr amaliy darslari va o‘qitish tarixi, talqin qilish
kabilar bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Men o‘z hamkasblarimga qarata o‘zida “ qanday
o‘qitish” kabi savollarga javob topish imkoniyatiga ega bo‘lgan qo‘llanmalar avval
ham, xozir ham ta’lim jarayonida asosiy ustun bo‘lib kelgan va talabalar,
izlanuvchilarga amaliy maslahat ko‘rsata olgan deb ayta olaman.21
21
Алекс
Муур
.
Таълим
бериш
ватаълим
олиш
:
Педагогика
,
таълим
дастури
ва
тарбия
.
Рутлеж
.
Иккинчи
нашр
. 2012.
–
Б
. (
Иккинчи
нусха
учун
сўз
бошида
).
151
Дидактиканинг ривожланиш тарихи:
Дидактика атамаси юнонча “didacticis” –
ўргатувчи, “didaska”
ўрганувчи сўзларидан келиб чиққан бўлиб, педагогиканинг
ўқитиш ва таълим муаммоларини ишлаб чиқувчи қисмидир.
Маълум бўлишича, илк бора ушбу атама немис педагоги
Вольфганг Ратке (Ратихия) (1571
-
1635) асарларида таълим
санъатини белгилшида юзага келган. Дидактика тушунчасини у
таълимнинг назарий ва услубий асосларини тадқиқот қилиш
билан шуғулланувчи илм фан деб тушунар эди. Дидактиканинг
асосий илмий ишланмасини биринчи марта Я.А. Коменский
амалга оширган. У 1632 йилда чех тилида “Буюк дидактика”
асарини ёзади, 1633 –
1638 йилларда асарни лотин тилига
таржима қилади ва 1657 йилда Амстердамда нашр қилинади.
Дидактика тушунчаси остида Я.А. Коменский: “барчани барча
нарсага ўргатиш санъати”ни тушунади. Бу капитал асар тарихга
жаҳон педагогикасининг оламшумул ютуғи сифатида кирган ва
ҳозирги
вақтга қадар ҳам ўзининг аҳамиятини сақлаб келмоқда.
Shumunosabatibilanpedagogikaningoldidaquyidagisavollarturibdi:
Bujarayonqandaybo‘lishikerak?Shaxsnirivojlantirishvashakllantirishuchunta’limda
nqandayfoydalanishvauniqandayamalgaoshirishlozim?Ushbumasalalarninazariyto
mondanishlabchiqishalohidailmiyfan – didaktikanirivojlantirishniasoslabbergan.
Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati, uni o‘qitish va
tarbiyalashga e’tiborni
qaratadi. Shu bois didaktika
(ta’lim nazariyasi) va tarbiya
nazriyasi pedagogika fanining
muhim tarkibiy qismlari
hisoblanadi. Ushbu mavzuda
shaxs tomonidan ijtimoiy
tajriba o‘z ichiga bilimlar,
amaliy ko‘nikmalar va
mahoratni, hamda ijodiy
faoliyat usullarini olish uning
muhim jihati ekanligi
ko‘rsatilgan. Ko‘rsatilgan
ushbu vazifa o‘qitish
jarayonida hal qilinadi.
Didaktikni ta’lim nazariyasi sifatidagi taraqqiyoti Didaktika – pedagogikaning
ta’lim, bilim berish jarayoni va o‘qitish nazariyasini umumiy qonuniyatlarini
o‘rganuvchi mustaqil bo‘limi hisoblanadi. Didaktika yunoncha “didasko” so‘zidan
olingan bo‘lib, “o‘qitish”, “o‘rgatish” ma’nolarini bildiradi. Ta’lim qonuniyatlarini
o‘rganish, tahlil qilish jarayonida ta’lim tushunchasi uning mohiyati, mazmun va
vazifalari, o‘qitish prinsiplari shakllari haqidagi bilimlar bayon etiladi. Didaktika –
ta’lim nazariyasi. Didaktika – bilim berish nazariyasi. Aniqrog‘i, ta’lim – tarbiya
beruvchilar va ularni oluvchilar orasidagi pedagogik munosabatlarning kechish
qonuniyatlarini aniqlovchi va shu sohada qo‘llaniladigan tushuncha, atama va
qoidalarni ilmiy asoslab beruvchi hamda ularni boshqalarga o‘rgatuvchi pedagogik
ilm – fan tarmog‘idir.
152
Didaktikaning predmeti,vazifasi va funksiyalari.
Didaktika predmetini aniqlash bo‘yicha turli qarashlar ilgari surilgan. Ko‘pchilik
olimlar ta’lim obyekti deb o‘qitish jarayonining maqsadi, mazmuni, qonuniyatlari,
metodlari va tamoyillarini ko‘rsatadilar. Didaktika ta’limni ijtimoiy tajribani berish
vositasi sifatida e’tirof etiladi. Ta’limiy faoliyatni tashkil etishda o‘qituvchi –
o‘quvchi, o‘quvchi – o‘quv materiali, o‘quvchi – boshqa o‘quvchilar o‘rtasidagi
munosabatlar yuzaga keladi. O‘qish, o‘rganish ta’lim jarayonining ajralmas
xususiyatidir. Ijtimoiy tajribani o‘rgatish jarayoni sifatida ta’lim ikki shaxs
(o‘quvchi va o‘qituvchi) o‘rtasidagi munosabatlarga asoslanadi.
Didaktikaga ta’limning mazmunli va jarayonlijihatlarini birgalikda o‘rganish
xosdir. Amaliyotni qayta tashkil etish va takomillashtirish masalalarini nazarda
tutgan holda didaktika ta’limni faqatgina o‘rganish obyekti sifatidagina emas, balki
ilmiy asoslangan loyihalashtirish obyekti sifatida qaraydi.
Didaktika butun pedagogik faoliyat uchun, ya’ni ta’lim-tarbiya bilan
shug‘ullanuvchilarning nazariy va amaliy harakatlari uchun metodologik asos
vazifasini o‘taydi.
Shunday ekan, didaktikaning tadqiqot obyekti, predmeti, maqsadi va ilmiy-
tadqiqot metodlari nimadan iborat, degan savollarga javob topish mumkin.
Didaktikaning ilmiy tadqiqot obyekti – uzluksiz ta’lim va tarbiya jarayonidir.
Didaktikaning ilmiy tadqiqot predmeti – ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etuvchi
“ta’lim-tarbiya oluvchi”, “ta’lim-tarbiya beruvchi”, “o‘quv dasturi, darslik va
boshqa didaktik materiallar”, “o‘qitishning usul va uslublari” hamda “o‘qitishning
texnik vositalari” orasidagi funksional aloqadorliklardan iboratdir.
Дидактика (таълим назарияси)нинг предметиўқитиш (ўқитувчи фаолияти) ва билим олиш
(ўқувчининг ўрганиш фаолияти)нинг ўзаро боғлиқлигива алоқадорлиги жиҳатларини
ўрганишдан иборат
Дидактика(таълим назарияси, юнонча “didaktikos”
-
“ўргатувчи”, “didasko”
-
“ўрганувчи”) –
таълимнинг назарий жиҳатлари, таълим жараёнининг моҳияти, тамойиллари, қонуниятлари,
ўқувчи –
ўқитувчифаолияти, таълимнинг мақсади, мазмуни, шакллари, методлари,
воситалари, натижаси, таълим жараёнини такомиллаштириш йўллари ва ҳоказо
муаммоларни тадқиқ этади
153
Didaktikaning maqsadi – shu funksional aloqadorliklarning mavjudligi ta’lim-
tarbiya jarayonining ichki qonuniyatidan kelib chiqqanligini isbotlash va ularni bir-
biriga mutanosib ravishda taraqqiy ettirishdir.
Bu degani ta’lim-tarbiya jarayonida qatnashuvchi biron-bir elementi o‘zgarsa,
uning boshqa qismlarining ham shunga moslashtirish zarur ekanini isbotlab
berishdir. Masalan, ta’lim-tarbiya jarayoni kechadigan sinf yoki auditoriyadagi
pedagog o‘zgarsa, ta’lim-tarbiya jarayonini shakllantiruvchi o‘qitishning usul va
uslublari, texnik vositalardan foydalanish usullari ham o‘zgarishi mumkin. Yoki,
o‘qitishning dasturi o‘zgarsa, darslik va boshqa didaktik materiallar hamda
o‘qituvchi o‘zini va dars berish usullarini bir oz bo‘lsa-da o‘zgartirishga majbur.
Chunki ular o‘zaro funksional bog‘liqdirlar. Didaktikaning maqsadi mana shu
o‘zgarishlarni asoslab, ta’lim-tarbiya jarayonini muayyan qonuniyatlar asosida
kechishini nazariy tomonidan asoslab berishdan iboratdir.
Didaktika o‘z tadqiqotlarini olib borish jarayonida quyidagi an’anaviytadqiqot
usullaridan foydalanadi: tarixiy va ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish, o‘quv-uslubiy
hujjatlarni o‘rganish, fanlardan bilim berish amaliyotini sintezlash, statik usullar,
maqsadli suhbat, qiyosiy tasnif, taqqoslash va hokazo. Shu bilan birgalikda,
didaktikada nisbatan yangi hisoblanuvchi – majmuaviy yondoshuv, grafoanalitiq
matematik modellashtirish, sosiologik tadqiqot usullaridan ham foydalaniladi.
Didaktikaning vazifalari quyidagilardan iborat:
Вазифалар
Таълим жараёнлари ва уларни амалга
ошириш шартларини таърифлаш ва
тушунтириш
Дидактиканинг асосий вазифалари
Таълим жараёнини янада мукаммал
ташкил этиш, таълим тизимлари ва
технологияларини ишлаб чиқиш
Таълим жараёни учун хос бўлган умумий қонуниятларни
аниқлаш, омилларини таҳлил
қилиш
ва таърифлаш
154
Yaxlit ta’lim-tarbiya jarayonida didaktika fanining vazifalari:
Birinchi vazifasi– bilim egallash va ularni ko‘nikma va malakaga aylantirish
qonuniyatlarini aniqlab berish. Bu borada didaktika ancha yutuqlarga erishgan
bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishning quyidagi qonuniyatlarini,
ya’ni tamoyillarini aniqlagan. Bularga: bilimni uzatishda ilmiy asoslab berish,
ta’lim oluvchilar imkoniyati va yosh xususiyatlaridan kelib chiqish, ko‘rgazmaliliq
muntazamliq ta’lim va amaliyot birligi, onglilik va faolliq tizimlik va izchilliq
ta’lim va tarbiyaning birligi tamoyillari kiradi. Bular mavzumizning ikkinchi
qismida, keyingi sahifalarida batafsil tushuntirilib beriladi.
Ikkinchi vazifasi – ta’lim mazmunining tuzilishi va hajmini belgilash.
Uchinchi vazifasi –ta’lim-tarbiya berishning shakllari va usullarini
takomillashtirish.
To‘rtinchi vazifasi – yaxlit ta’lim-tarbiya jarayonini o‘quvchi va talabalarning
tarbiyalanganlik holatiga ijobiy ta’sirni ta’minlash.
Beshinchi vazifasi – insoniyat hozirgacha erishgan ilmiy bilimlar va fan-
texnikaning yutuqlari bilan yosh avlodni qurollantirish va hokazo.
Demaq ta’limning asosiy vazifalaridan biri shaxsni ilmiy bilimlar, ko‘nikma va
malakalar bilan kurollantirishdan iborat. Ta’lim inson bilish faoliyatining bir turi
sifatida bir necha ma’noni bildiradi, ya’ni ta’lim oluvchilarda bilim, ko‘nikma va
malakalar xosil kilish, ularda dunyokarash, fikr va e’tiqodlarni shakllantirish
xamda ularning qobiliyatlarini o‘stirishdir.
Ta’lim orkali yosh avlodga insoniyat tajribasi orkali to‘plangan bilimlar beriladi,
zaruriy ko‘nikma va malakalar xamda e’tikodlar shakllantiriladi. Ta’lim o‘kituvchi
va o‘quvchi-talabalarning birgalikdagi faoliyati bo‘lib, u ikki tomonlama
xarakterga ega, ya’ni unda ikki tomon o‘kituvchi va o‘quvchi-talaba faol ishtirok
etadi. O‘kituvchi anik maksadni ko‘zlab, reja va dastur asosida bilim, ko‘nikma va
malakalarni singdiradi, o‘quvchi-talabalar esa uni faol o‘zlashtirib oladi. Bildirish,
bilish murakkab, kiyin, ziddiyatli jarayondir. Bu jarayonda inson psixikasiga
tegishli sezgi, idroq xotira, xayol, diqqat, tasavvur, tafakkur va nutq kabi jarayonlar
faol ishtirok etadi va muhim rol o‘ynaydi. Ta’lim berish, yoshlarga bilim berish,
ularda ko‘nikma va malakalarni xosil kilish, ya’ni haqiqatlarni ocha olishga qodir
155
bo‘lgan jiddiy mantiqiy tafakkurni tarbiyalashdir. Didaktikaning ilmiy-nazariy
vazifasi ta’limning mavjud jarayonlarini o‘rganish, uning turli jihatlari o‘rtasidagi
bog‘liqliklar, ularning mohiyatini ochib berish, rivojlanish tendensiyalari va
kelajagini aniqlashdan iboratdir.
O‘zlashtirilgan nazariy bilimlar ta’lim amaliyotini yo‘naltirish, ta’limni jamiyat
tomonidan qo‘yilayotgan ijtimoiy talablarga muvofiq takomillashtirishga imkon
beradi. Ta’lim mazmunini anglab olish, ta’lim tamoyillari, ta’lim metod va
vositalarini qo‘llash me’yorlarini aniqlash asosida didaktika amaliy-me’yoriy
hamda tashkiliy-texnologik vazifani bajaradi.
Ta’lim funksiyalari. “Funksiya” tushunchasi “ta’lim vazifalari” tushunchasiga
yaqindir. Ta’lim funksiyasi ta’lim jarayoni mohiyatini ifoda etadi, vazifasi esa
ta’limning komponentlaridan biri hisoblanadi.
Didaktika (ta’lim jarayoni)ning quyidagi uchta funksiyasini ajratib ko‘rsatadi:
ta’lim berish, rivojlantirish va tarbiyalash.
Ta’lim natijasi sifatida bilimlarning to‘laligi, chuqurligi, tizimliligi, anglanganligi,
mustahkamligi va amaliy xususiyat kasb etishi muhimdir. Bu kabi holatlar ta’lim
jarayonining metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilganligini ifodalaydi.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilarda ular tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlar
asosida hosil qilingan amaliy ko‘nikma va malakalarning shakllanishi ham alohida
ahamiyatga ega.
Umumiy ko‘nikma va malakalarga og‘zaki va yozma nutqni bilish, axborot
materiallaridan foydalana olish, o‘qish, manbalar bilan ishlash, referat yozish,
mustaqil ishni tashkil etish kabilar kiradi.
1.Таълим жараёнининг таълим бериш функцияси
ўқувчиларда билим, кўникма ва малакаларни шакллантиришдан иборат
2.Таълимнинг ривожлантирувчи функцияси таълим жараёнида билимларни ўзлаштириш
жараёнида ўқувчининг ривожланиши содир бўлишини ифодалайди
156
Rivojlanish quyidagi yo‘nalishlarda sodir bo‘ladi: nutq, fikrlash, sensorli-harakatli
va hissiy-irodaviy sohalarning rivojlanishi. To‘g‘ri tashkil etilgan ta’lim shaxsni
har doim rivojlantiradi. Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchini har tomonlama
rivojlantirish, birinchi navbatda, aqliy rivojlantirish (analiz qilish, taqqoslash,
turlarga ajratish, xulosa chiqarish, obyektlarning muhim belgilarini ajrata bilish,
faoliyat maqsadi va usullarini aniqlashni o‘rgatish, natijalarni tekshirish malakasini
rivojlantirishga e’tibor qaratish lozim.
Ta’lim jarayoni tarbiyalovchi xususiyatga ham ega. Tarbiya va ta’lim o‘rtasidagi
bog‘liqlik obyektiv va qonuniy hisoblanadi. Biroq shaxsni ta’lim jarayonida
tarbiyalash tashqi omillar (oila, mikromuhit va boshqalar)ning ta’siri tufayli qiyin
kechadi.
Ta’lim jarayonida shaxsning ma’naviy-axloqiy va estetik tasavvurlari, xulq-atvori
va dunyoqarashi shakllantiriladi.
Sharq va G‘arb mutafakkirlarining didaktik g‘oyalari
Turkiston zaminida yashab, ilm-fan bilan chuqur shug‘ullangan va o‘zlaridan
keyingi avlodga qoldirgan meroslari bilan jahonga mashhur bo‘lgan allomalar o‘z
asarlarida yosh avlodni tarbiyalashning shakl va usullari, ta’limning jamiyat
ravnaqi, xalq farovonligi, mehnat tarbiyasining insonlar hayotida tutgan o‘rni
haqida o‘z fikrlarini bayon etadilar. Bu VIII asrdan XX asr boshlariga qadar
yashagan Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘beq Alisher Navoiy,
Jaloliddin Davoniy, Ahmad Donish, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy kabi
allomalar yaratgan asarlarida yorqin ifodasini topgan. Ularning asarlarida didaktik
3.Таълимнинг тарбиялаш функцияситурли ижтимоий тузум ҳамда шароитда ҳам яққол
намоён бўлиб, таълим мазмуни, шакли ва методларининг моҳияти билан белгиланади ва
ўқитувчи ҳамда ўқувчилар ўртасидаги муносабатларни ташкил этиш жараёнида етакчи ўрин
тутади
157
fikrlar ham bayon etildi, ammo, didaktik ta’lim, uning xususiyati haqida bir butun
asar yaratilmadi.22
Bu holat Rossiya va boshqa Yevropa pedagogikasida ham davom etdi. Taniqli
pedagog V.S. Kukushin o‘zining “Didaktika” nomli o‘quv qo‘llanmasida
aytganideq Yan Amos Komenskiy “Buyuk didaktika” asarini yozganidan buyon
300 yil o‘tgan bo‘lsa ham, haqiqiy borliq qonuniyatlari va ularning o‘zaro
bog‘liqligi ifodalangan ta’lim va bilish nazariyasi haqida asar yaratilmadi.
Kukushin o‘z asarida yarim asr ilgari D.D. Okonnar, L.V. Zankov, L.S. Vыgotskiy,
A.I. Rakimov, I.T. Karsavin tomonidan yaratilgan asarlarni tadbiq etib, didaktik
bilim ma’naviy-amaliy bilimga kiritilganini aytadi.
Ta’lim nazariyasi tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsaq o‘zbek xalq pedagogikasida
inson aqlan barkamol bo‘lishining eng muhim sharti uni bolaligida o‘qitish va
tarbiyalash deb hisoblaydi. Al-Xorazmiy, Kindiy, Beruniy, Forobiy, ibn Sino,
Umar Xayyom, Yusuf Xos Xojib, Alisher Navoiy kabi ko‘plab Sharq allomalari
qarashlarining muhim xususiyati shundan iborat ediki, ular bilishning predmeti va
manbalariga, bilish jarayoni qanday bosqichlardan tarkib topishiga, bilish faoliyati
bilan amaliy faoliyat o‘rtasidagi munosabatlarga e’tibor berganlar. Masalan,
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-850) shaxsni uzluksiz kamol topishi
nazariyasini rivojlantirish borasida muhim xizmat qildi, induktiv va deduktiv
tafakkurdagi alohidalik hamda umumiylikning birligi prinsipini muayyanlashtirdi.
Yoqub ibn Is’hoq al-Kindiy (806-866) substansiyani barcha ilmiy bilimlarning
bosh predmeti sifatida ko‘rib chiqishda eng avvalo miqdor va sifatni hissiy idrok
etish zarurligini tasdiqladi. Kimki miqdor va sifatni bilmasa, u substansiyani
bilishdan ham mahrumligini o‘qitirdi. Olim o‘zining didaktik g‘oyalarida hissiy va
rasional bilishni ifodaladi. Hissiy bilish – yakka narsalarni bilishdan iborat bo‘lsa,
rasional bilish – umumiy narsalarni bilish ekanini ta’kidladi. Uning fikricha, hissiy
bilish faqat aql uchun material beradi.
Sabablar haqiqatni bilishda va o‘zining ana shu haqiqatga muvofiq xatti-
harakatlarini anglashda insonning aqliga ko‘maklashadi. «Haqiqat», – deb yozgan
edi al-Kindiy, – har qanday narsani va uning barqarorligini bilishning sababidir,
binobarin hayotdagi mavjud hamma narsa haqiqiyligi bilan mavjuddir. Hakiqatni
bilish zarur va shunga ko‘ra mavjud narsalarni
bilish mumkin».
22
А
.
Зунунов
,
У
.
Маҳкамов
Дидактика. // “Шарқ” –
Тошкент
, 2006.
–
Б
. 15
–
16.
158
Abu Nasr al-Forobiy (870-950) o‘qitish metodlarining tasnifini ishlab chiqqan.
Ularni amaliy va nazariy metodlarga ajratgan, shu tariqa o‘qitishning amaliy
yo‘nalishi va kishilarning hayoti hamda kundalik faoliyati bilan bog‘liqligi
g‘oyalarini olg‘a surgan. Olim o‘qitishning tajriba – ko‘rsatmali, induktiv va
deduktiv amaliy metodlariga alohida e’tibor bergan. Barcha metodlarni o‘quvchi-
talabalarning hayotiy tajribasiga, mantiqiy tafakkuriga tayangan holda
birlashtirgan. O‘quv jarayonini tashkil etishga ko‘yiladigan talablarni ishlab
chiqishda deduktiv metodini ustun ko‘yib, o‘quvchi-talabalarga materialni
tushuntirishda nimalarga alohida e’tibor berish haqida, eng muhim narsalarni fanga
ishonchli bilimlar beradigan va shubhalantirmaydigan dalillar bilan yoritish va
hokazolar bo‘yicha o‘kituvchilar uchun qimmatli tavsiyalarini bayon qilgan.
Forobiy matematika fani misollari asosida o‘kitishning ilmiyliliq ko‘rsatmaliliq
tushunarlilik va izchillik prinsiplarini ishlab chiqqan. Bilish jarayonining va
fandagi bilim shakllarini moxiyatini yoritgan. Uning fikricha, ana shu jarayonlar
qonunlar sifatida shakllanadi va ularga rioya qilish fikrlashni takomillashtiradi
hamda murakkab bilish jarayonida qo‘pol xatolarning oldini oladi. Bilish jarayoni
fikrlash mantiqi orqali o‘tishi kerak. Mantiq obyekti anglashga qaratilgan va aql
yetadigan mohiyatlar tahlil etiladigan fikrlash jarayonining to‘g‘riligini belgilashga
xizmat qiladi. Mantiq quroldir va u narsalarni aniq bilishga yordam beradi. Forobiy
bilish faoliyatini tashkil etish masalalari bo‘yicha ham anchagina mufassal
tavsiyalarni ishlab chiqqan. Uning yozishicha, yaxshi nazariyotchi bo‘lish uchun
nazariya qaysi fanga taalluqli bo‘lsada, quyidagi uchta shartga rioya qilishi shart: 1.
Mazkur fan asosidagi hamma prinsiplarni to‘liq bilish; 2. Mana shu prinsiplardan
va mazkur fanga doir ma’lumotlardan tegishli xulosalar chiqara bilish: 3. Noto‘g‘ri
nazariyani rad eta bilish va hakiqatni yolg‘ondan farqlash, xatolarni to‘g‘rilash
uchun boshqa mualliflarning fikrlarini tahlil qila bilish. Borliqning aks etishi
sifatidagi hissiy bilish muammosi va eng asosiy masala – bilishning manbalari
masalasi doimo Abu Rayhon Beruniy (973-1048) nazariy bilish faoliyatining
dikqat markazida turdi. Olim bilishning nazariy asosini cheksiz va uzluksiz jarayon
sifatida tahlil hamda talqin qildi. U qadimgi davr olimlari ishlab chiqqan bilishning
ilmiy metodlarinirivojlantirib didaktik yo‘sinda muhim xulosalar chiqardi. «O‘qish
va takrorlash orqali, – deb yozgan edi Beruniy, – dunyoning tuzilishini, osmonning
va yerning shakllarini bilish astronomiya fani uchun g‘oyatda foydalidir. Binobarin
ana shu tariqa ta’lim oluvchi malaka hosil qiladi va mazkur san’at ahli ishlatadigan
so‘zlarni o‘rganadi, bu so‘zlarning ma’nosini anglaydi. Keyinchalik astronomiya
fanidagi turli sabablar va isbotlarni o‘rganishda ana shunday so‘zlar uchrasa, ularni
159
bemalol tushunib boraveradi va u yoki bu narsalarni o‘zlashtirishda
charchamaydi».
Beruniy ta’kidlaganideq o‘qitish izchil, ko‘rsatmali, maqsadga muvofiq bo‘lishi
va ma’lum tizimda olib borilishi lozim. Binobarin ko‘rsatmalilik ta’limning
tushunarliroq, muayyanroq va qiziqarliroq bo‘lishini ta’minlaydi, tafakkurni
rivojlantiradi.
Abu Ali ibn Sino (980-1037)ning bilim orqali erishiladigan natijalari hakidagi
ta’limoti o‘qitish nazariyasida alohida o‘rin egalladi. Uning fikricha, buyumlarni
chinakam bilishga tashqi ko‘rinishini tahlil qilish, sabablarini aniqlash asosida aql
bilan erishiladi. Ibn Sino aqlning rivojlanish bosqichlarini ishlab chiqqan.
Mushohada bilan idrok qilishning birinchi bosqichi aqliy kategoriyalarni
tushuntirishdir. Ikkinchi bosqich ikki xil fikrni idrok etishdir. Aql rivojlanishning
uchinchi bosqichiga o‘zlashtirilgan fikrlarni idrok etish bilan erishiladi. Shunda uni
haqiqiy aql deyiladi.
Olim aqllarni bosqichlarga bo‘lar ekan, birinchi bosqichda yodlay oladigan, lekin
hali harflarni ham, siyoh va qalamni ham bilmaydigan bolaning aqlini nazarda
tutgan; ikkinchi bosqichda – tayoqchalarni chiza boshlagan, qalamdan
foydalanishni o‘rganayotgan bolaning aqli tasavvur qilinadi; uchinchi bosqichda
inson aqliy shakllarni va ularga muvofiq hissiy obrazlarni egallagan bo‘ladi. Ibn
Sino aql deganda insonning tug‘ma iste’dodini, shuningdeq tajriba asosida va bilish
jarayonida shakllanadigan fikrlash qobiliyatini tushunadi, aqlni insonning
birlamchi
tug‘ma sog‘lom fikrlashi, yaxshi va yomon ishlarni vujudga keltiradigan, ularni
farqlantiradigan kuch, deb ta’riflaydi. Aql insonning xatti-harakatlarida namoyon
bo‘ladi. Inson aql yordamida narsalar va hodisalarni tahlil qiladi, umumlashtiradi
hamda ularning eng yaxshilarini tanlaydi,
deb uqtiradi. Shuningdeq aqlni ikki kategoriyaga ajratadi. Ularning biri – nazariy
aql bo‘lib, borliqdagi umumiy narsalarning mohiyatini idrok etishdir, ikkinchisi esa
amaliy aql bo‘lib, buyumlarni tanlashda turtki sifatida ko‘rinadigan qobiliyatdir.
Abdulla Avloniy (1878-1934) o‘zining barcha asarlarida ilm muammosini birinchi
o‘ringa qo‘ygan. «Alhosil – deb yozgan edi u, – butun hayotimiz, salomatligimiz,
saodatimiz, sarvatimiz, maishatimiz, himmatimiz, g‘ayratimiz, dunyo va oxiratimiz
ilm bilan bog‘liqdur... Shuning uchun o‘qimaq bilmak zamonlarini qo‘ldan bermay,
vujudimizning dushmani bo‘lgan jaholatdan qutulmakka jonimiz boricha sa’y
qilmog‘imiz lozimdur».
160
A.Avloniy ilm tarbiya jarayonida o‘zlashtiriladi va u yaxshini yomondan,
ezgulikni yovuzlikdan, joizni nojoizdan farqlash imkonini beradi, deb hisoblaydi.
Xususan u tarbiya bilan ta’limning birligi muammosini ishlab chiqdi. Garchi
A.Avloniy ta’lim bilan tarbiya o‘rtasida ozgina farq borligini aytgan bo‘lsa ham,
ular tana va jon singari bir-biriga chambarchas bog‘liqdir, deydi.
Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889-1929) “Yangi adabiyot”, “O‘qish kitobi”,
“Qiroat kitobi” kasbi darsliklarida tovushli savod o‘rgatish metodini ishlab
chiqqan. Uning ta’lim nazariyasidagi asosiy g‘oya o‘qitish va tarbiyalashga
kompleks yondoshish, yoshlarning aqliy, axloqiy va estetik tarbiyasini o‘zaro
bog‘liq holda amalga oshirishdan iborat edi23.
Yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki, hozirgi paytda pedagogika
nazariyasidan o‘quv dasturini, qo‘llanma va darsliklarni yaratishda o‘zbek xalq
pedagogikasi va Sharq mutafakkirlarining didaktik merosidan foydalanmasdan
turib ta’lim va tarbiya jarayonida yuksak samaradorlikka erishishi mumkin emas.
Xususan, al-Xorazmiy, al-Kindiy, Abu Rayhon Beruniy, al-Forobiy, ibn Sino va
boshqa mutafakkirlarning didaktik g‘oyalari dunyo ijtimoiy-pedagogik fikrlar
taraqqiyotiga ko‘p jihatdan ta’sir etib, muayyan darajada Yevropada Uyg‘onish
davrining asosiy shart-sharoitlarini yaratib bergan, albatta.
Bunday fikrlarni tasdiqlash uchun quyidagi bir necha dalillarning o‘zi kifoya.
Masalan, Al-Xorazmiyning “Al-kitob-al-muxtasar fi-hisob al-jabr va-l-muqobila”
(“Aljabrda muqobala hisobi haqida qisqacha kitob”) hamda “Kitob surat al-arz”
risolalaridan jahonga mashhur matematik va geograflardan Fibonnachi, Pichioli,
Tartalya, Kardano, Ferrari, Leonardo mashhur yunon olimi Klavdiy II Ptolemey,
Nyuton, Gershel, Jozef Tussen Reyno va boshqalar keng foydalanganlar.
Shuningdeq Abu Ali ibn Sinoning “Hayy ibn Yaqzon” (“Ziyrakli – Tirik
o‘g‘lon”) asari ispaniyalik pedagog va adib ibn Tufaylaning “Yakzon o‘g‘li
Xayya” haqidagi qissasini; J.J.Russoning “Emil yoki tarbiya haqida” asarini,
Forobiyning “Fanlar sanog‘i” risolasi ispaniyalik pedagog olimi Gundisalning (XII
asr) “Falsafaning bo‘linishi” asarini yozilishiga asos bo‘ldi.
Oksford universitetining professori Rodjr Bekon (XII asr) al-Forobiy va ibn
Sinolarning didaktik g‘oyalarini chuqurlashtirib, qomusiy kitoblarini yozadi. Bu
asarlar, Yevropa universitetlarida o‘quv qo‘llanmalari sifatida qo‘llanilgan va bu
23 R.Mavlonova, N.Voxidova, N.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi va tarixi. Darslik.
–
T.: “FAN VA
TEXNOLOGIYA”, 2010. 55
-58-betlar.
161
ma’lum darajada XV-XVI asrlarda pedagogikadagi pansofik harakatga turtki
beradi. Pansofik harakatning yorqin namoyondalaridan biri chex pedagogi Yan
Yamos Komenskiy “Buyuk didaktika” asarida didaktikaning ta’lim nazariyasini
rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan bo‘lsa-da, lekin didaktikani ta’lim
nazariyasida ta’lim-tarbiya mazmuni, shakli va uslublari (ayniqsa, sinf-dars tizimi
g‘oyasi) ibn Sinoga tegishli g‘oya ekanligini alohida qayd etib o‘tishimiz lozim.
Zero, Sharqda IX asrda hali Yevropaning ko‘p hududlarida, xusnixat ishlatilmagan
va sinf-dars tizimining nimaligini bilmagan bir vaqtda Xorazmdagi Ma’mun
akademiyasi qoshida tashkil etilgan maktab va madrasalarda ilmiy-pedagogik
faoliyat bilan shug‘ullangan qomusiy olimlar yaratgan pedagogik nazariyaning
o‘ziga xosligi shundan iboratki, ular ilgari surayotgan didaktik g‘oyalar bevosita
o‘rganilayotgan fan mantig‘idan ajratilmagan. Ta’lim-tarbiya maqsadi, prinsiplari,
mazmuni va uslublariga xos g‘oyalar bironta fanda aniq bilim va ko‘nikmalarni
shakllantirish jarayonida yoritiladi. Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan qomusiy
olimlarning asarlari lotin tilida o‘rta asr Yevropa Universitetlarida o‘quv
qo‘llanmalari sifatida foydalanilgan. Yuqorida bu asarlar Yevropada tabiiy va
ijtimoiy-pedagogik ilmlarni rivojlantirish uchun asos bo‘lganligiga to‘xtalgan edik.
Umuman, didaktika ta’lim, bilim berish jarayoni va o‘qitish nazariyasini umumiy
qonuniyatlarini aniqlab berish bilan birga, har bir o‘quv fanining o‘qitish metod
(usul)lari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Didaktika butun pedagogik faoliyat uchun, ya’ni ta’lim-tarbiya bilan
shug‘ullanuvchilarning nazariy va amaliy harakatlari uchun metodologik asos
vazifasini o‘taydi.
Didaktikaning asosiy kategoriyalari va didaktik tushunchalar tizimi. Muayyan
fanga xos bo‘lgan tushunchalarda ijtimoiy taraqqiyot jarayonida to‘plangan
bilimlar aks etadi. Mavjud ilmiy tushunchalar ikki asosiy guruhga ajratiladi:
1) falsafiy tushunchalar;
2) xususiy ilmiy, ya’ni, muayyan fangagina xos bo‘lgan tushunchalar.
Didaktika uchun “umumiy”, “alohida”, “mohiyat”, “hodisa”, “qarama-qarshilik”,
“bog‘liqlik” kabi falsafiy tushunchalar ham muhim ahamiyatga ega. Didaktikada
qo‘llaniladigan umumiy-ilmiy tushunchalar orasida “tizim”, “tuzilma”, “vazifa”,
“element” kabilar alohida o‘rin tutadi.
Pedagogikaga xos didaktik tushunchalarsirasiga quyidagilar kiradi:
162
Didaktikaning asosiy kategoriyalari quyidagilardan iborat:
Таълим ўқувчиларга назарий билимларни бериш асосида уларда амалий кўникма ва
малакаларни шакллантириш, уларнинг билиш қобилиятларини ўстириш ва дунёқарашларини
тарбиялашга йўналтирилган жараён
Дарс бевосита ўқитувчи раҳбарлигида муайян ўқувчилар гуруҳи билан олиб бориладиган
таълим жараёнининг асосий шакли
Билим олиш идрок этиш, ўрганиш, машқ қилиш ва муайян тажриба асосида хулқ
-
атвор ҳамда
фаолият кўникма, малакаларнинг мустаҳкамланиб, мавжуд билимларнинг такомиллашиб,
бойиб бориш жараёни
Таълим жараёни ўқитувчи ва ўқувчилар ўртасида ташкил этилувчи ҳамда илмий билимларни
ўзлаштиришга йўналтирилган педагогик жараён
Ўқув фани таълим муассасаларида ўқитилиши йўлга қўйилган ҳамда ўзида муайян фан соҳаси
бўйича умумий ёки мутахассислик билим асосларини жамлаган манба
Таълим мазмуни давлат таълим стандартлари асосида белгилаб берилган ҳамда
маълум шароитда муайян фанлар бўйича ўзлаштирилиши назарда тутилган илмий
билимлар, шунингдек, шахснинг ақлий ва жисмоний қобилиятини ҳар томонлама
ривожлантириш, дунёқараши, одоби, хулқи, ижтимоий ҳаёт ва меҳнатга тайёрлик
даражасини шакллантириш жараёнининг моҳияти
Таълим мақсади (ўқиш, билим олиш мақсади) таълимнинг аниқ йўналишини белгилаб
берувчи етакчи ғоя
Таълим тизими ёш авлодга таълим
-
тарбия бериш йўлида давлат тамойиллари асосида
фаолият юритаётган барча турдаги ўқув
-
тарбия муассасалари мажмуи
Таълим жараёнини ташкил этиш ўқитувчи ва ўқувчилар ўртасида ташкил этилувчи ҳамда
илмий билимларни ўзлаштиришга йўналтирилган педагогик жараённинг ташкилий
-
методик
жиҳатдан тўғри уюштирилиши
Таълим турлари мазмуни, ташкил этилиш ўрни, босқичи, қўлланиладиган асосий воситалари
ва жалб этиладиган таълим олувчиларнинг ёшига кўра фарқланувчи таълим кўринишлари
163
Asosiy didaktik kategoriyalar sirasiga ta’limning didaktik tizimi va ta’lim
texnologiyasi kabi tushunchalarni ham qayd etish mumkin.
Didaktik nazariya (konsepsiya)lar va ularning falsafiy asoslari. Ta’lim jarayoni
psixologik-pedagogik konsepsiyalar (ular aksariyat hollarda didaktik tizimlar ham
deb ataladi) asosida tashkil etiladi.
Таълим шакли таълим жараёнининг ташкилий қурилиши
Таълим методлари таълим жараёнида қўлланилиб, унинг самарасини таъминловчи услублар
мажмуи
Таълим тамойиллари таълим назариясининг асосий етакчи қоидалари
Таълим воситалари таълим самарадорлигини таъминловчи объектив (дарслик,
ўқув қўлланмалари, ўқув қуроллари, харита, диаграмма, плакат, расм, чизма, диопроектор,
магнитафон, видеомагнитафон, ускуна, телевизор, радио,
компьютер ва бошқалар) ва субъектив (ўқитувчининг нутқи, намунаси,
Таълим натижаси (таълим маҳсули)таълим якунининг моҳиятини қайд этувчи тушунча; ўқув
жараёнининг оқибати; белгиланган мақсадни амалга ошириш даражаси
164
Didaktik tizim ta’limning maqsadi, tamoyillari, mazmuni, shakli, metod va
vositalarining birligi asosida tashkil etilgan tuzilmalarning ichki yaxlitligini
ifodalaydi. Didaktik konsepsiya (tizim)lar quyidagi guruhlarga ajratiladi: 1)
an’anaviy; 2) progressiv; 3) zamonaviy.
Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida quyidagicha namoyon bo‘ladi:
Дидактик тизим (юнонча “systema” –
яхлит қисмлардан ташкил топган, бирлаштириш) маълум
мезонлар асосида таълим жараёнининг яхлит ҳолатини белгилаш, ажратиб кўрсатиш
н
атижа
Таълимнинг
ташкилий
шакллари
Ўқув
материали
мазмуни
Таълим
методлари
Таълим
воситалари
Таълим
мақсади
Ўқитувчи
фаолияти
Ўқувчи
фаолияти
Таълим жараёни тузилишининг андозаси (модели)
165
Ta’lim jarayonining negizini o‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’limiy faoliyatlari
tashkil etadi.
Ta’lim jarayonini boshqarish bosqichlari
Zamonaviy pedagogikada ta’lim paradigma (modeli)lari. Pedagogik paradigma
(yunoncha “paradeigma” – misol, namuna) – pedagogika fani rivojining ma’lum
bosqichida ta’limiy va tarbiyaviy muammolarni hal etish namunasi (modeli,
standarti) sifatida e’tirof etilgan nazariy va metodologik ko‘rsatmalar to‘plami
bo‘lib, u ta’limning konseptual modeli sifatida qo‘llaniladi. Ayni vaqtda ta’limning
quyidagi paradigmalari keng tarqalgan:
Парадигмалар
Анъанавий
-
консерватив парадигма
(билим парадигмаси)
Таълим парадигмалари
Рационалистик (бихевиористик)
парадигма
Гуманистик (феноменологик)
парадигма
Технократик
парадигма
Эзотерик
парадигма
Ноинституционал
парадигма
166
1. An’anaviy-konservativ paradigma (bilim paradigmasi)ga ko‘ra ta’limning
asosiy maqsadi “qanchalik qiyin bo‘lmasin bilim olish”. Ya’ni yosh avlodga
individual rivojlanishi hamda ijtimoiy tartibni saqlab qolishga yordam beruvchi
madaniy meroslarning muhim elementlari – bilim, ko‘nikma va malakalar, ilg‘or
g‘oyalar va qadriyatlarni saqlab qolish, ularni yoshlarga yetkazish zarur degan
g‘oya ilgari suriladi.
2. Rasionalistik (bixevioristik) paradigma negizida ta’lim mazmuni emas, balki
o‘quvchilar tomonidan turli bilimlarni o‘zlashtirilishini ta’minlovchi samarali
usullari yotadi. Ta’lim muassasalarining vazifasi o‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy
me’yorlar, ijtimoiy talablar va ko‘zlagan maqsadlariga mos keladigan xulq-atvor
ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
3. Gumanistik (fenomenologik) paradigmagako‘rata’lim oluvchi erkin shaxs,
ijtimoiy munosabatlar subyekti sifatida o‘ziga xos rivojlanish imkoniyatlariga ega.
Ta’limning fenomenologik (fenomen yunoncha “phainomenon” – hisoblangan,
ya’ni, mashhur, alohida nodir odam) modeli o‘quvchilarning individual-psixologik
xususiyatlarini hisobga olib, ularning talab va qiziqishlariga hurmat bilan
munosabatda bo‘lishni ko‘zda tutadi. Gumanistik paradigma doirasida faoliyat olib
boruvchi har bir ta’lim tizimi ijodiy rivojlanadi va o‘quvchi hamda o‘qituvchining
erkinligi va ijodkorligini yoqlaydi. Gumanistik paradigma g‘oyalari 1991 yildan
keyin respublika uzluksiz ta’lim tizimiga joriy etila boshlandi. Paradigmaning
diqqat markazida o‘quvchining barkamol rivojlanishi, uning intellektual ehtiyojlari,
“erkin fikrlaydigan shaxsni tarbiyalash” masalasining ijobiy hal etilishi yotadi.
Ayni vaqtda respublika ta’lim muassasalarida qo‘yidagi g‘oyalarga amal
qilinmoqda: “Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin
fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashga o‘rganmasa, berilgan
ta’lim samarasi past bo‘lishi muqarrar. ... Mustaqil fikrlash – ham katta
boylikdir”24.
4. Ezoterik paradigma(yunoncha “esoterikos” ichki, sirli, yashirin) mohiyati
haqiqat abadiy va o‘zgarmas, doimiy ekanligini ta’kidlashdan iborat. Paradigma
tarafdorlari haqiqatni bilib bo‘lmasligi, unga faqatgina fahmlash asosida erishish
mumkinligini ta’kidlaydilar.
24
Каримов
И
.
А
.
Баркамол
авлод
–
Ўзбекистон
тараққиётининг
пойдевори
.
–
Тошкент
,
Шарқ
нашриёт
-
матбаа
концерни
, 1997, 9-
бет
167
5. Ilmiy-texniq texnokratik paradigmaning asosiy maqsadi amaliyotni
takomillashtirish asosida ta’lim oluvchilarga “aniq” ilmiy bilimlarni berish va
ularning o‘zlashtirilishini ta’minlashdir. Bilim - kuchdir, shu bois shaxs qimmati
uning o‘rganish, bilim olish, imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shaxs muayyan
(o‘rtacha, standartlashtirilgan) bilim yoki xulq-atvor egasi bo‘lsagina qadriyat
sifatida e’tirof etiladi degan g‘oya ushbu paradigmaning asosini tashkil etadi.
6. Noinstitusional paradigmata’limni ijtimoiy institutlar, ya’ni, maktab va oliy
ta’lim muassasalaridan tashqarida tashkil etish g‘oyasini ilgari suradi. Bu ta’lim
Internet va kompyuterlar vositasida ta’lim dasturlariga (masofadan o‘qitish)
muvofiq o‘qitishni samarali deya hisoblaydi.
Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida. Ta’lim tushunchasi va mohiyati. Ta’lim
tizimli bilim olishning eng muhim va ishonchli usulidir. Ta’limga ikki tomonlama
aloqa (ta’lim olish va ta’lim berish), shaxsni har tomonlama rivojlantirish va
boshqa xususiyatlar xosdir. Ta’lim, shuningdeq o‘ziga xos xususiyatlar ham ega.
Ta’lim o‘qituvchi tomonidan boshqariluvchi o‘ziga xos anglash jarayonidir.
O‘qituvchining yo‘naltiruvchi sifatidagi roli o‘quvchilarning aqliy va ijodiy
qobiliyatlarini rivojlantirishni ta’minlovchi bilim, ko‘nikma va malakalarni to‘liq
o‘zlashtira olishlarida ko‘rinadi.
Aleks Muur Londonning Ta’lim Universitetining xizmat ko‘rsatgan
professori bo‘lib, 2000-yildan buyon katta ma’ruzachi sifatida ishlagan. Ta’lim
dasturi bo‘yicha va mutaxassislar o‘qituvchi tayyorlash ta’limi bo‘yicha professor
va ma’ruza o‘quvchidir25. O‘qituvchi pedagog sifatida (1999 yilda noshirlar taklif
qilingan paytda men London universiteti qoshidagi PGCE( Secondary Programme
at Goldsmith College) kolleji boshqaruvchisi edim) men o‘sha vaqtlarda
boshlang‘ich maktab o‘qituvchilarini amaliyotini oshirish uchun bozorlarda
malakali o‘qituvchilar maslahat va tavsiyalari asosida ishlangan juda yaxshi
qo‘llanmalar borligidan xabardor edim. Shuningdeq o‘sha paytlarda kuchli
qobiliyat va tanqid strukturasi asosida yozilgan adabiyotlar ham juda ko‘plab
topilardi.
Ta’lim jarayonining yaxlit tizim sifatidagi tavsifi. Ta’lim jarayonining “yaxlitligi”
“tizimliligi” va “majmuaviyligi”ni bir xilda talqin etish mumkin emas. Biroq,
ta’lim jarayonining yaxlitligi uning tizimliligi bilan uzviy bog‘liq. Ta’lim
o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqoti jarayoni ham sanaladi.Uo‘quvchilarga
25
168
o‘quv materiali mazmunini tushuntirib beradi, savol va topshiriqlar beradi, ularning
faoliyatini nazorat qiladi, xato va kamchiliklarini aniqlaydi, yo‘l qo‘yilgan
xatolarni to‘g‘rilaydi, qanday ishlash lozimligini qayta ko‘rsatadi. Har qanday
ta’lim o‘zida o‘qituvchi va o‘quvchining faoliyati, ya’ni, o‘qituvchining o‘rgatish
hamda o‘quvchining o‘rganishga yo‘naltirilgan faoliyati, boshqacha aytganda
to‘g‘ridan to‘g‘ri, bevosita va nisbiy munosabat
aks etadi.
Ta’lim yaxlit tizim sifatida ko‘plab o‘zaro bog‘liq quyidagi elementlarni o‘z
ichiga oladi: ta’lim maqsadi, o‘quv axborotlari, o‘qituvchi va o‘quvchilarning
ta’limiy faoliyatlari, uning shakllari, pedagogik muloqot vositalari, shuningdeq
ta’lim jarayonini boshqarish usullari
Zamonaviy ta’limda qo‘llnilgan mashg‘ulotlar talaba yoki o‘quvchilar
egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil
qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan.
O‘qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi
va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchiliq
yo‘naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Bunday o‘quv jarayonida talaba yoki o‘quvchi
asosiy figuraga aylanadi. Pedagog – olimlarning yillar davomida ta’lim tizimida
Nega o‘qitamiz? Nimani o‘qitamiz? Qanday o‘qitamiz? Savollariga javob izlash
bilan bir qatorda Qanday qilib samarali va natijali o‘qitish mumkin? – degan
savoliga ham javob qidirdilar. Ta’lim jarayonida tarbiyaning ikkinchi omili
o‘qituvchi va o‘quvchilarning munosabatlari, sinfdagi psixologik muhit, o‘qish
jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlari, o‘quvchilarning idrok etish
faoliyatlariga o‘qituvchining rahbarligi hisoblanadi. O‘qituvchi faoliyatining
vazifasi va tuzilishi. Ta’lim muassasasida tashkil etiladigan ta’lim jarayonida
o‘quvchining faoliyati o‘qituvchi rahbarligi ostida kechadi. O‘qituvchi
faoliyatining vazifasi o‘quvchilarning ijtimoiy borliqni ongli va faol idrok etishga
yo‘naltirilgan faoliyatlarini boshqarishdan iboratdir. O‘qituvchi faoliyatini
Дьяченко В.Д. Оганизационная структура учебного процесса и его развитие. –
Москва, Педагогика,
1984.
–
с. 44
-45
Тизим (мустақил тушунча сифатида) ўзаро боғланган кўплаб элементлар (таркибий қисмлар)
ўртасидаги мустаҳкам бирлик ва ўзаро яхлитликдир
169
rejalashtirish bosqichi kalendar-tematik yoki darslar rejalarini tuzish bilan
yakunlanadi. Rejalar, reja-konspektlar yoki konspektlarni tuzish uchun uzoq, jiddiy
ishlash kerak bo‘ladi. O‘qituvchi o‘quvchilarning tayyorliklari darajasi, ularning
o‘quv imkoniyatlari, moddiy baza holati, shaxsiy (kasbiy) imkoniyatlarini o‘rganib
chiqishi, o‘quv materiali mazmunini tanlab olishi, dars olib borish shakli va
metodini o‘ylab chiqishi kerak bo‘ladi.
Босқичлар
Режалаштириш
Таълим жараёнини бошқариш босқичлари
Ташкил этиш
Бошқариш (рағбатлантириш)
Назорат
Натижаларни баҳолаш ва таҳлил қилиш
170
O‘quvchilar faoliyatini tashkil etish o‘quvchilar oldiga o‘quv masalalarini
qo‘yishni va uni bajarish uchun imkoniyatlar yaratishdan iborat bo‘ladi.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilar faoliyatini boshqarish ularni to‘g‘ri yo‘naltirishni
nazarda tutadi. Nazorat qilish esa o‘quvchilar faoliyatining maqsadga muvofiq,
samarali tashkil etilishini ta’minlaydi. Natijalarni baholash va tahlil qilish ta’lim
jarayonining qanday kechganligini bilish, yutuqlar omillarini o‘rganish va yo‘l
qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini belgilashda muhim ahamiyatga
ega. Bujarayonlarning barchasi shaxsni shakllantirish va rivojlantirishga xizmat
qiladi.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning faoliyati. Bilim olish faoliyatning o‘ziga xos
ko‘rinishi sifatida muayyan tuzilish, rivojlanish va faoliyat qonuniyatlariga ega.
Bilim olishning muhim komponenti motiv,ya’ni, ta’limiy xarakterdagi harakat,
faoliyatni tashkil etishga nisbatan rag‘batni his etish, ehtiyojning yuzaga kelishidir.
O‘qishning keyingi komponenti o‘quv harakatlari (operasiyalari) sanalib, ular
anglangan maqsadga binoan amalga oshiriladi. O‘quv harakatlari o‘quv jarayonini
tashkil etishning barcha bosqichlarida namoyon bo‘ladi. Harakatlar tashqi
(kuzatiladigan) va ichki (kuzatilmaydigan) ko‘rinida bo‘lishi mumkin. Tashqi
o‘quv harakatlariga predmetli harakatlar (yozish, rasm chizish, tajribalar o‘tkazish);
perseptiv harakatlar (tinglash, fikrlash, kuzatish, sezish) hamda nutqdan
foydalanish kiradi.
Ichki (mnemoniq yunonchadan “mnemonikon” eslab qolish madaniyati)
harakatlarga materialni eslab qolish, uni tartibga solish va tashkil etish, shuningdeq
tasavvur va fikrlash harakatlari kiradi.
Har qanday bilimni o‘zlashtirishda o‘quvchilardan idrok etish madaniyatiga ega
bo‘lish va o‘quv materialini anglab yetish talab etiladi. Pedagogik jarayonda
Билим олиш борлиқни идрок этиш, ўрганиш, машқ қилиш ва муайян тажриба асосида хулқ
-
атвор ҳамда фаолият кўникма, малакаларининг мустаҳкамланиб, мавжуд билимларнинг
такомиллашиб, бойиб бориш жараёни
171
o‘quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning ma’nosini yetarli darajada tushunmay,
faqat tovushlar birligi sifatida qabul qilinishi va yodlab olinishi xavfilidir.
Bilimlarni o‘zlashtirish jarayonining tuzilishi. O‘quvchilarning o‘quv
faoliyatlarini samarali boshqarish uchun bilimlarni o‘zlashtirish jarayonining
mohiyati hamda bilimlarning egallash bosqichlaridan yetarlicha xabardor bo‘lish.
Bilimlarning egallash quyidagi bosqichlarda kechadi:
Босқичлар
Идрок этиш
Билимларни эгаллаш босқичлари
Ўқув материалини англаб етиш
Билимларни мустаҳкамлаш
Билимларни амалиётда қўллаш
172
Bilimlarni egallashda o‘zlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar bosqichma-bosqich boyib
va mustahkamlanib boradi. Bu holat bilimlarni egallashning dinamik xarakterini
ifodalaydi. Jarayonni sxema yordamida quyidagicha ifodalash mumkin:
Birinchi bosqich idroketish hisoblanadi. Idrok etish aniq maqsadga yo‘naltirilgan
anglash jarayoni bo‘lib, u tanlash xususiyatiga ega. Shu bois o‘quvchilarga
mavzuni, ya’ni, ularning nimani o‘rganishlari (masalani qo‘yish)ni tushuntirib
berish orqali o‘quv materiali bilan dastlabki tanishish amalga oshiriladi. Mazkur
bosqich o‘quvchi qaysi hodisa va voqyealarni, predmetlarni o‘rganish haqida
yetarlicha tasavvurga ega bo‘lganida va o‘quv masalasini tushunib yetganda
yakunlanadi.
Билимларни эгаллашнинг динамик характери
173
Ikkinchi bosqich o‘quv materialini anglab yetish bo‘lib, u ma’lumotlarning
nazariy jihatlarini ajratib olish va tahlil qilishdan iborat. Bunda asosiy mazmunni
topish, tushunchani ajratib olish, ularning belgilarini asoslab berish, tushuntirish
materialning xususiyatini aniqlab olish, misollar va tushuntiruvchi dalillar
to‘plamini o‘rganib chiqishi kerak. O‘quvchi eng asosiy, ikkinchi darajali hamda
qo‘shimcha, tushuntiruvchi elementlarni ajrata olishi lozim. O‘quvchi o‘quv
masalasini yechish usulini tushunsa, bilimlar o‘rtasidagi tizimni anglab yetsa ushbu
bosqich yakunlangan sanaladi.
Uchinchi bosqich – eslab qolish va mustahkamlash bo‘lib,o‘zlashtirilgan
bilimlarni uzoq vaqt davomida saqlab qolishdan iborat. Unda idrok etish faoliyati
ko‘proq mashqlar, mustaqil va ijodiy masalalar xususiyatiga ega bo‘ladi. Nazariy
material, tushuncha, qoida, isbotlar turli mashqlarda takrorlanadi. O‘qituvchi
o‘quvchilarning topshiriqlarni tushunib bajarishlarini kuzatib borishi kerak.
O‘quvchilar matnlarni mexanik ko‘chirib olishlari, topshiriqlarni bajarishlari, qoida
va tushunchalarni chuqur anglab yetmay bajarishlari mumkin. Bosqich yakunida
o‘quvchilar nazariy materiallarni biladilar va ulardan mashqlarni bajarish, masalani
yechish, teoremani isbotlashda foydalanishni biladilar. Ularda o‘quv malakalari va
ko‘nikmalari shakllantirilgan bo‘ladi.
To‘rtinchi bosqich bilimlarni amaliyotda qo‘llashdan iborat. Bilimlarni qo‘llash
o‘rganilayotgan materialning mazmuni xususiyatiga qarab faoliyat turli shakllari va
ko‘rinishlarida amalga oshirilishi mumkin. Bu o‘quv mashqlari, laboratoriya
ishlari, tadqiqot topshiriqlari, maktab yer maydonidagi ishlar bo‘lishi mumkin.
Ta’limning gnoseologik asoslari. O‘quv jarayonini mantiqiy qurilishi ta’lim
mazmunining gnoseologik xususiyatlariga bog‘liq.
Muhammad al-Xorazmiy (IX asr) bilish nazariyasi rivojlanishiga katta hissasini
qo‘shgan. U birinchi bo‘lib koinot obyektlarining harakatlari hamda yerdagi
nuqtalarining joylashishini jadval ko‘rinishida aks ettirib, tajriba-kuzatish va
Гносеология (юнонча –
“gnosis” (“gnoseos”) –
билим, онг, ўрганиш,
логия –
фан, таълимот) билиш, илмий билимларнинг шаклланиши,
хусусиятлари, қонуниятлари, услублари, илмий тафаккур шакллари,
шунингдек, инсонга хос бўлган борлиқни англаш қобилияти
ҳақидаги
назария, таълимот
174
tadqiqotlar metodlarini ilmiy jihatdan asoslab berdi, yagonalikning birligi tamoyili,
alohida va umumiy, induksiya va deduksiyalarning mohiyatini aniqlashtirdi;
matematik masalalarni yechishning algoritmik metodini ishlab chiqdi. Bu
metoddan bugungi kunda ham foydalanib kelinmoqda.
Al-Kindiy (IX asr) ilmiy bilishning uch bosqichli konsepsiyasini ilgari suradi.
Alloma insonning bilishini: sezgiga oid va rasional bilish tarzida ikkiga ajratadi.
Sezib bilishning predmeti va obyekti barcha jism va moddiy narsalar hisoblanadi.
Kindiyning fikricha, sezib bilish aql uchun muhim materialni beradi.”Faqatgina aql
tashqi dunyo haqida haqiqiy bilim va tushunchani ishlab chiqishga qodir”, - deb
hisoblaydi Kindiy.
Abu Nasr Forobiy (X asr) Kindiy g‘oyalarining mohiyatini aniqlashtiradi. Biror
narsani bilishga intilgan inson avvalo uning ma’lum holatini o‘rganadi, mavjud
bilimlarini o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan bilimlarga yo‘naltiradi. Alloma fanlar
klassifikasiyasi, bilish faoliyatini tashkil etishga oid tavsiyalarni ishlab chiqadi.
“Yaxshi nazariyotchi bo‘lish uchun deydi, - Abu Nasr Forobiy, - qaysi fan bilan
shug‘ullanishidan qat’iy nazar quyidagi uchta shartga amal qilish kerak:
1) fan asosida yotuvchi barcha tamoyillarni yaxshi bilishi;
2) ushbu tamoyil va ma’lumotlar asosida zarur xulosani chiqarishi, ya’ni,
mulohaza yuritish qoidalarini bilishi kerak;
3) xato nazariyalarni isbotlab berish va boshqa mualliflar fikrlarini tahlil qilishni,
shuningdeq haqiqatni yolg‘ondan ajratish va xatoni tuzatishni bilishi zarur.
Abu Rayhon Beruniy Beruniy (XI asr) bilishni uzluksiz, to‘xtovsiz davom
etadigan jarayon sifatida tushunadi. Allomaning fikricha, insoniyat borliqning
haqiqiy mohiyati, hozircha noma’lum bo‘lgan jihatlarini kelajakda bilib oladi.
Abu Ali ibn Sinoning (XI asr) bilish nazariyasida sabab haqidagi ta’limot alohida
o‘rin oladi. U sabablarni aniq, sezish asosida anglanadigan va yashirin, tashqi
holatlarini tahlil etish asosida tushuniladigan sabablarga ajratadi va hodisaning
mohiyati uning yuzaga kelish sabablarini aniqlash yo‘li bilan anglanishi mumkin
deb hisoblaydi.
Chex pedagogi Ya.A.Komenskiy XVII asrda ta’lim jarayonining mohiyatini ilmiy
asoslashga urindi. Alloma bolaning aqliy, jismoniy o‘sishini tabiiy qonuniyatga
muvofiq kelishi g‘oyasini asoslangan holda ta’lim jarayoni, uning tuzilishi, tamoyil
va metodlari belgilaydi. Ya.A.Komenskiy ushbu g‘oyasi G‘arb olimlarining ta’lim
175
jarayonining gnoseologik asoslarini ko‘rsatish, o‘quv jarayoniga tabiiy va ijtimoiy
qonuniyatlar ta’sirini yoritishga urinishlaridan biridir.
XVIII asrda fransuz olimi Jan Jak Russo ham insonning tabiat va jamiyatdagi
o‘rni haqidagi falsafiy g‘oyalar asosida ta’lim mohiyatini ochib berishga uringan.
Uning fikricha, ta’lim jarayonining mohiyati bolaning atrof-muhitni bilishiga
asoslanadi.
Hozirda ta’lim mohiyatini tushunishga turlicha yondashuv mavjud. Ya’ni:
1. Sotsiologik yondashuvga ko‘ra ta’limning mohiyati ijtimoiy tajribalarni
yoshlarga yetkazishdan iborat. O‘quvchilar insoniyatning ijtimoiy-tarixiy tajribasi
natijalari bo‘lgan bilimlarni o‘rganadilar. Ta’limning mazmuni o‘quvchilarga
ajdodlar tajribasini o‘zlashtirishga xizmat qiluvchi jarayonini tashkil etishdan
iborat. Bu qoida ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning muhim omili – shaxs kamolotini
tushunishga ilmiy yondashishni anglatadi.
2.Xususiy pedagogik yoki didaktik yondashuv yaxlit ta’lim jarayonining
borishini belgilab beruvchi bilim olish bosqichlari (o‘quv materialini o‘rganishni,
uni anglab yetish, mustahkamlash, amaliy faoliyatda bilimlarini qo‘llash)ni
ifodalaydi. Mazkur yondashuvga ko‘ra ta’lim mazmuni o‘quvchilar tomonidan
bilim egallash bosqichlarining ketma-ketligiga amal qilish asosida faoliyatni tashkil
etishdan iborat.
3. Psixologik yondashuv L.S.Vыgotskiyning (1896-1934 yillar) ta’limning shaxs
rivojlanishida asosiy omil bo‘lishi haqidagi “yaqin rivojlanish zonasi” deb
yuritiluvchi qarashining yaratilishi bilan bog‘liq. Unga ko‘ra, ta’lim faqat yaqin
zonada qurilganda, hali to‘la shakllanmagan, lekin o‘quv jarayonini qurishga asos
bo‘la oladigan mexanik harakatlar asoslangandagina mazmunga ega bo‘ladi.
4.Dialektik yondashuv tabiat, jamiyat va fikrlashning harakatlanishi hamda
rivojlanishi borasidagi umumiy qonunlarni yorituvchi falsafiy ta’limotga
asoslanadi. Unga ko‘ra ta’lim jarayoni inson ongining borliqni aks ettira olishiga
imkon berishi zarur. Haqiqatni bilish murakkab jarayon. Dialektik yondashish
g‘oyasiga ko‘ra rivojlanishning asosi qarama-qarshilik hisoblanadi. Rivojlanish
qarama-qarshi kuchlar kurashidir.
Dialektik yondashishga binoan ta’lim jarayonining asosiy qarama-qarshiliklari
quyidagilar sanaladi:
176
1. Ijtimoiy-tarixiy (ilmiy) bilimlar hajmi va o‘quvchi o‘zlashtirgan bilimlar hajmi
o‘rtasidagi qarama-qarshilik. Bu qarama-qarshilik ta’lim jarayonini
harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. U ta’lim mazmunini doimiy
takomillashtirishga olib keladi. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limini ijtimoiy-texnik taraqqiyot darajasiga yaqinlashtirish zaruriyati ta’lim
mazmunini tubdan yangilash, uni yangi tamoyil, shakl, metod va vositalarini
izlashni muhim ijtimoiy vazifa qilib qo‘ymoqda.
2. O‘quvchining bilimi va u egallab olishi kerak bo‘lgan shakl, metod va
vositalari) darajasi o‘rtasidagi qarama-qarshilik. Bu qarama-qarshilikni hal etish
o‘quvchining intellektual rivojlanishi sur’ati va darajasiga bog‘liq. Bir xil mazmun
va hajmdagi o‘quv materiali ham aqliy rivojlanishning turli ko‘rsatkichlari orqali
namoyon bo‘lishi mumkin.
3. O‘quvchining mavjud rivojlanish darajasi bilan ijtimoiy buyurtmada ko‘zda
tutiluvchi rivojlanish darajasi o‘rtasidagi qarama-qarshilik. Agarda ijtimoiy talab
bolaning idrok etish imkoniyatidan yuqori bo‘lsa, unda jiddiy qiyinchilik yuzaga
keladi.
5. Aksiologik (yunoncha “axios” – qimmatli, logiya – fan) yondashuv –
qadriyatlar haqidagi falsafiy ta’limot bo‘lib, unga ko‘ra ta’lim jarayonida o‘quvchi
hayot, sog‘liq, muhabbat, oila, ta’lim, mehnat, tinchliq ishonch, go‘zalliq ijod,
insoniylik va shu kabi qadriyatlar bilan tanishtirib borilishi lozim.
Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari. O‘quv jarayonida amal qiluvchi barcha
qonuniyatlarumumiy va xususiy xarakter kasb etishiga ko‘ra ikki guruhga
ajratiladi. Amal qilinishiga ko‘ra yaxlit didaktik tizimni qamrab oladigan
qonuniyatlar umumiy, amal qilinishiga ko‘ra faqat alohida tarkibiy qismlariga
tegishli bo‘lgan qonuniyatlar esa xususiy deb ataladi.
Ta’lim qonuniyatlari quyidagilardan iborat: 1) ta’lim omillari, shart-sharoitlari va
natijalari o‘rtasida o‘zaro aloqadorlikning mavjudligi; 2) ta’lim jarayonining
ijtimoiy omillar va jamiyat ehtiyojlari bilan bog‘liqligi; 3) ta’lim, rivojlanish va
tarbiyaning o‘zaro birligi; 4) har qanday ta’lim jarayonida o‘qituvchi, o‘quvchi va
o‘rganilayotgan obyektlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirning talab etilishi; 5) ta’lim
jarayoni samaradorligining o‘quvchilar tomonidan ko‘rsatiladigan o‘quv faolligi
asosida ta’minlanishi; 6) malakalarning muayyan operasiya va harakatlarning
muntazam, ko‘p bora takrorlanishi natijasida hosil bo‘lishi; 7) o‘zlashtirishning
puxtaligi takrorlashning izchilligiga bog‘liq ekanligi; 8) o‘quvchilar tomonidan
177
o‘zlashtirilgan murakkab faoliyat usullarining o‘qituvchi tomonidan ularga eng
oddiy faoliyat usullarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishi natijasi ekanligi.
Ta’lim qonuniyatlari asosida unga qo‘yiladigan talablar – ta’lim tamoyillari
aniqlanadi.
Ta’lim jarayonida quyidagi tamoyillar ustuvor xarakter kasb etadi: ijtimoiy-
g‘oyaviylik; onglilik va faollik; ilmiylik va tushunarlilik; ko‘rgazmalilik;
mustahkamlik; tarbiyalovchi xarakterga egalik; fundamentallik va amaliy
yo‘nalganlik (ta’limning hayot bilan, nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi);
tabiat bilan uyg‘unlik; madaniy taraqqiyot bilan uyg‘unlik; ta’limning o‘quvchilar
yoshi va individual xususiyatlariga mos kelishi; insonparvarlik; oqilona
talabchanlik bilan bola shaxsini hurmat qilishning muvofiqliligi; pedagogik
hamkorlik.
TA’LIM TAMOYILLARI
Таълим тамойиллариўқитиш асосида ётадиган, таълим ва
уни ташкил этиш жараёнини ташкил этиш мазмуни, шакл,
метод ва воситаларинитанланишини белгилайдиганбошланғич асослардир
Таълим
-
тарбиянинг бирлиги тамойили
Таълимнинг илмийлик тамойили
Таълимнинг кўрсатмалилик ва кўргазмалилик
тамойили
Таълимнинг тизимлилик ва изчиллик тамойили
Таълимнинг онглилик, фаоллик ва мустақилликка
эришиш тамойили
Таълимнинг тушунарлилик, пухталик ва тизимли
ўзлаштириб олиш тамойили
Т
А
Ъ
Л
И
М
Т
А
178
TA’LIM TAMOYILLARIGA XOS XUSUSIYaTLARGA UMUMIY
TAVSIF
TA’LIMNING ILMIYLIK TAMOYILI
179
Ilmiy bilimlar haqqoniy voqyelikni inson ongida aks ettishidir. Tevarak-
atrofni o‘rab olgan dunyoning qonuniyatlarini, narsa va xodisalarning
xossalarini va ularning o‘zaro aloqalarini aks ettiruvchi bilim ilmiy bilimlar
hisoblanadi. Ilmiy bilimlar tajribalar, tekshirishlar, tahlil qilish, isbotlash
kabilarni talab etadi. Insoniyat ilmiy bilimlarini kengaytirib borgan sari
haqiqiy voqyelikka ma’lum darajada yaqinlashib boradi. Ilmiy jihatdan
isbotlanmagan bilimlar ham mavjud va bu bilimlarni hali inson tahlil qilishi
va chuqurroq o‘rganishi kerak bo‘ladi. Ta’lim jarayonida biz talabalarga
isbotlab bo‘lingan, aniqlangan va bu bilimlarni hali inson tahlil qilishi va
chuqurroq o‘rganishi kerak bo‘ladi. Ta’lim jarayonida biz talabalarga isbotlab
bo‘lingan, aniqlangan va amaliyotda tekshirib ko‘rilgan bilimlarni
yetkazishimiz lozim.
Ta’limning ilmiyligi o‘quvchi-talabalarning o‘quv materiallaridagi
qonuniyatlarini aks ettirish, tushunish va o‘zlashtirishi uchun to‘g‘ri sharoit
yaratish maqsadida zarurdir.
Nazariy qoidalarni tushunish-materialini ilmiy asosda izohlab berishning
muhim belgisi bo‘lib, u o‘quvchi-talabalarning fikrlash faoliyatini
xususiyatlarini belgilaydi. Ilmiy bilimlar ilmiyligicha qolib, voqyeylikni har
xil darajada aks ettirishi mumkin. Ilmiy izoh ta’limning hamma bosqichlarida
ilmiylik qoidalari vazifalaridan biri nazariy ma’lumotlar tevarak-atrofdagi
dunyoni qanchalik chuqur aks etganligi nuqtai nazaridan biri nazaridan bilib
olishdir. Ilmiylik qoidasi barcha guruhlardagi va turli ta’lim muassasalaridagi
o‘quvchi-talabalarga o‘rganish uchun ilmiy jihatdan ishonarli, amalda sinab
ko‘rilgan ma’lumotlar berilishini talab etadi.
Ilmiy bilimlarni egallash jarayonida o‘quvchi-talabalarda ilmiy dunyoqarash
e’tiqod tarkib topadi. Tafakkur rivojlanadi. Yetuk milliy kadrlarni tarbiyalab
yetishtirish uchun xozirgi zamon fan-texnikasining rivoji darajasidagi ilmiy
bilimlarni egallashga erishish muhim. Shu bilan bir qatorda o‘quvchi-
talabalarni ilmiy-tadqiqot usullari bilan ham tanishtirib borish maqsadga
muvofiq. Ilmiylik ta’limning mazmuniga ham, usullariga ham aloqadordir,
ya’ni darsliklar o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv dasturlari, o‘quv rejasi, ilmiy
asosda yaratilishi lozim.
II. TA’LIM-TARBIYaNING BIRLIGI TAMOYILI
Ta’lim va tarbiyaning o‘zaro bog‘liqligi isbot talab etmaydigan haqiqatdir.
180
Har qanday bilim ma’lum tarbiyaviy ta’sirga ega va har qanday tarbiyaviy
tadbir o‘zida bilim asosini aks ettiradi. Bu hayotiy qonuniyat bo‘lib biz ta’lim
jarayonida uni hisobga olishimiz lozim. Ta’lim jarayonida o‘tilayotgan katta
va kichik mavzularning mazmunidan kelib chiqadigan tarbiyaviy tomonlarini
to‘g‘ri belgilash va uni ta’lim bilan birga bir butunlikda amalga oshirishni
ta’minlash juda qulay. Chunki tarbiya his-xayajon va amaliy hayot bilan
chambarchas bog‘liq.
Bu esa bilimlarni puxtaroq o‘rganishga yordam beradi. Bilimlar esa
bilimlarni ana shu tarbiyaviy jihatlarni mustaxkamlashga ta’sir etadi. Bilimlar
hayotni, hayotiy qonuniyatlarni bilishga xizmat qilsa, tarbiya ana shu hayotga
nisbatan to‘g‘ri munosabatni tarkib topishini ta’minlaydi. Demaq bir butun
ta’lim jarayonida ikki o‘zaro bog‘liqlik hayotini bilish va unga bo‘lgan
munosabatni tarkib toptirish jarayoni sodir bo‘lar ekan.
Ta’lim-tarbiyaning birligi ta’lim jarayonini to‘g‘ri tashkil qilishga va
o‘qitishga xilma xil metod va uslublardan foydalana olishga ko‘p jixatdan
bog‘liq. Ta’lim bilan tarbiyaning birligini ta’minlamoq uchun:
a) bayon qilinayotgan o‘quv materiallarning mazmunini ham ilmiy ham
g‘oyaviy jihatdan to‘g‘ri tashkil qilinishi;
b) o‘qitilayotgan mavzuning ilmiy va tarbiyaviy moxiyatini ochib berilishi,
ta’lim jarayonida ma’lumotlardan fodalanish imkoniyatini yaratilishi;
v) bayon qilinayotgan ilmiy bilimlarning puxta va mustaxkam o‘zgartirilishi
va turmushda unga amal qilinishi;
g) ta’limda muammoli jarayonni vujudga keltirish o‘quvchi-talabalarning
qiziqishlari faollik va tashabbuskorlikni ta’minlashga e’tiborining
kuchaytirilishi;
d) ta’lim jarayonida o‘quvchi-talabalarning uyushqoqligini intizomlik va
javobgarlikni sezish o‘zaro yordam xislarini tarbiyalanishini ta’minlash zarur.
III. TA’LIMNING TIZIMLILIK VA IZChILLIK TAMOYILI
Ijtimoiy taraqqiyotning boy tajribasi ta’limda tizimli va izchillik bo‘lishi
shart ekanini tasdiqladi. Bilimlarning ma’lum tizimiga solinishi va izchil
bo‘lishi ta’lim samaradorligini belgilovchi yetakchi omillaridan biridir.
Hozirgi zamon didaktikasida bu tamoyilga katta e’tibor berilmoqda. Chunki
181
ta’limda izchillikka rioya qilib o‘qitish butun o‘rganilgan bilimlarni
mustahkamlashga va ertaga o‘rganayotgan bilimlarga zamin tayyorlashga
yordam beradi. Ya’ni o‘tilayotgan fan yoki bayon qilinayotgan yangi material
o‘quvchi-talabalarning oldingi o‘zlashtirilgan ilmiy bilimlarga ko‘nikma va
malakalari bilan izchil va uzviy bog‘lanish, shu bilan bir vaqtda
o‘qitilayotgan o‘quv materiallarni o‘zlashtirish orqali kelajakda yangi
bilimlarni o‘zlashtirishga, shuningdeq navbatdagi ta’lim bosqichiga zamin
yaratilishi nazarda tutiladi.
Ta’limning tizimli bo‘lishi uning izchil bo‘lishi bilan bog‘liqdir.
Izchillikka asoslangan ta’limning xarakterli belgisi shundaki, o‘quvchi-
talabalarning oldidan o‘zlashtirilgan bilim va malakalari zamirida yangi bilim
ko‘nikma va malakalar xosil qilish, ularning o‘zaro boshlanishlarini
takomillashtirish va aksincha, yangi bilimlarni bayon qilish jarayonida
oldindan o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarini yana ham
chuqurlashtirish, kengaytirish va mustaxkamlashni ta’minlashga
qaratilgandir. Demaq tizimlilikda izchillik ta’limda uzluksizlikni vujudga
keltirishda ahamiyatlidir. Bundan tashqari ma’lum tizimga solingan
bilimlarni yegallash o‘rganish jarayonida qulaylik vujudga keltiriladi. Albatta
tizimli va izchillikni soddadan murakkabga qarab yo‘naltirilishi maqsadga
muvofiq. Bilimlarning asta-sekin izchillik bilan murakkablashib borishi
tafakkurni rivojlantiradi va natijada ta’limning rivojlantiruvchi xususiyati
kelib chiqadi.
IV. TA’LIMNING KO‘RSATMALILIK VA KO‘RGAZMALILIK
TAMOYILI
Ta’lim jarayonida mumkin qadar sezgi organlarini ko‘proq jalb etish
o‘rganishni osonlashtiradi. Eshitish jarayonida abstrakt tafakkur ma’lum ish
bajarsa, ko‘rish orqali obrazli tafakkur ham ishga tushadi. Ko‘rsatmalilik
mavzuni o‘rganishda yengillik tug‘dirishi bilan birga o‘quvchi-talabada
qiziqish ham uyg‘otadi. O‘rganilgan mavzuni o‘ziga uzoq muddat esda
saqlanishga va qayta yesga tushirishga yordam beradi. O‘quvchi-
talabalarning sxema, jadval, diagramma kabi materiallarni ustida ish olib
borishlari va materiallar xususiyatlarini taqqoslash, tahlil qilish,
umumlashtirish, xulosa chiqarishlari mantiqiy fikrlash qobiliyatini o‘stirishga
yordam beradi.
182
Albatta, ko‘rsatmalik samarali natijalar berishi uchun uning boshqa
tomonlarini ham e’tiborga olishi kerak. Birinchidan, ishlatiladigan
ko‘rgazmali qurollar o‘quvchi-talabalarning yoshi va o‘ziga xos xarakter
xususiyatlari, umumiy tayyorgarlik-saviyasiga mos kelgan bo‘lishi lozim.
Ikkinchidan, foydalaniladigan ko‘rsatmali qurollar o‘tilayotgan dars
mavzusining mazmunini ochib berishga yordam beradigan materiallar
bo‘lishini xisobga olmoq, uni to‘g‘ri tanlashga e’tibor bermoq lozim.
Uchinchidan, dars jarayonida foydalanishi uchun belgilangan ko‘rsatmali
materiallardan unumli foydalanmoq uchun zarur bo‘lgan ta’lim usullari
to‘g‘ri tanlangan bo‘lishi lozim.
V. TA’LIMNING ONGLILIK, FAOLLIK VA MUSTAQILLIKKA
ERIShISh TAMOYILI
O‘quvchi-talabalarni yangi materiallarni idrok qilishda ta’riflar, teoremalar,
adabiyotdan she’r yodlash va xokazolarning ifodalanishigina emas, balki
ularning hayotiy hodisalar jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan mavzuni ham
tushunishlarini talab etadi. Aks holda bilimlarda yuzakichilik avj oladi, bunda
materiallar quruq yodlab olingan bo‘ladi. Bunday bilimlar tez unitiladi.
Bundan tashqari bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtirish o‘quvchi-talabalarda
bu bilimlarga nisbatan ma’lum munosabat hosil qilishni emosional
kechinmalar uyg‘otishni ham o‘z ichiga oladi.
Ma’lumki ta’lim ikki tomonlik xususiyatga ega. Ta’lim jarayonida pedagog
yo‘naltiruvchi bo‘lib maydonga chiqadi va o‘quvchi-talabalar o‘rganishi
jarayonini o‘z boshlaridan kechiradilar. O‘rganish jarayoni murakkab psixik
jarayon bo‘lib o‘quvchi-talabalardan ma’lum faollikni talab etadi. Pedagogik
qonunchilik ta’lim jarayoni sermazmun, qiziqarli va mahorat bilan tashkil
etmasin, o‘quvchi-talabalar tomonidan ma’lum faollik bildirilmasa o‘quv
jarayonida samaraga erishish mumkin emas. Demak o‘quv jarayonida avval
o‘quvchi-talabalarda faollikni uyg‘otish zarur. Bu faollik ta’lim jarayoniga
ta’sir etadi, idrok qilish, tahlil qilish, analiz va sintez kabi psixik jarayonlarni
ishga tushiradi. O‘quvchi-talabalarda faollik holatini vujudga kelishida
motivasiyalar ahamiyatlidir. Mustaqillik tafakkur turli usullar bilan hosil
qilinadi. Tafakkurni shakllantirish usullaridan biri mustaqil hal qilish,
muomalali vazifalar qo‘yishdir. Aytib o‘tish joizki onglilik va faollikni,
mustaqil tafakkurni vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Bugungi kunda ta’lim
oldiga qo‘yilayotgan eng katta talablardan biri ham mustaqil fikrlash
183
muomalalar yechimini mustaqil topish kabi xususiyatlarni talabalarda
rivojlantirishdir. Umuman ongliliq faollik va mustaqillik o‘zaro bir-birini
to‘ldirib turuvchi psixik holatdir deyish mumkin. Bilimlarni ongli
o‘zlashtirish bir tomonidan o‘quvchi-talabalarning mustaqil faol fikr
qilishlarini nazarda tutsa, ikkinchi tomondan aynan shu jarayon davomida
talabalarni mustaqillik va faollikni hamda mantiqiy fikr qilish faoliyatlarini
tarbiyalab, takomillashtirib borishi nazarda tutadi. O‘quvchi-talabalar
faolligini rivojlantirish, ularning mustaqilligini oshirish, ularda onglilikni
o‘stirish o‘qishda yuksak samaradorlilikka erishishga yordam beradi.
VI. TA’LIMNING PUXTA VA TIZIMLI O‘ZLAShTIRIB OLISh
TAMOYILI
Ta’lim jarayonida biz o‘quvchi-talabalarni bilimlarni mustahkam yesda
saqlanib qolishini ta’minlash zaruriy talablaridan biridir. O‘quv materiallarini
mustahkam esda saqlab qolish, ayni dars jarayonida bayon qilinayotgan o‘quv
materiallarni tizimli va ongli o‘zlashtirishga bog‘liq. Avvalgi mashg‘ulotlarda
xosil qilingan bilim, ko‘nikma va malakalarini ancha murakkabroq
materiallarni o‘zlashtirib olish uchun pillapoya, zamin bo‘lib xizmat qiladi.
Shuning uchun ham bilimlar zaminining puxta bo‘lmasligi keyingi
o‘rganiladigan yangi bilimlarni ham zaif bo‘lishga olib keladi. Ya’ni
o‘zlashtirgan, mustahkamlangan bilimlarda esa keyingi yangi bilimlarni
o‘rganilishida va mustahkamlashda asos bo‘lib xizmat qiladi. Bilimlarning
o‘zlashtirish jarayonida ularning puxta anglab olinganligini tekshirish ba’zi
tushunmovchiliklarni yo‘qotish, mustahkamlashga e’tiborini qaratish
didaktikning asosiy masalalaridan biridir. Ta’lim jarayonida takrorlashni
uyushtirish, bilimlarni mustaxkamlashga yordam beradi. Takrorlashning
ahamiyati shundaki, takrorlash faqat oldidan o‘zlashtirilishligini o‘quv
materialigina esga tushirmay, balki shu o‘quv materialiga bog‘liq bo‘lgan
yangi-yangi ma’lumotlar ham beriladi, o‘zlashtirilgan bilimlarning noaniq
tuman bo‘lib qolgan tomonlar oydinlashtiriladi va to‘ldiriladi. Bilimlarni
o‘zlashtirish jarayoni uzluksiz va ma’lum tizim asosida olib borilishi ta’lim
samarasini oshiradi. Bilimlarni doimiy ravishda tekshirib takrorlash tizimli va
uzluksiz ravishda to‘ldirib borish muhim didaktik talabdir.
VII. TA’LIMNI INDIVIDUALLAShTIRISh O‘QUVChI-
TALABALARNING ShAXSIY VA YoSh XUSUSIYaTLARINI HISOBGA
OLISh TAMOYILI
184
Har bir o‘quvchi-talaba o‘ziga yarasha qiziqishlari va shu bilan bir qatorda
miqdori mavjud. Har bir o‘quvchi-talabaning o‘ziga xos bo‘lgan yutuqlari va
shu bilan bir qatorda kamchiliklari ham bor. Agar pedagoglar o‘quv
jarayonida ana shu individul xususiyatlarni xisobga olmasalar har qancha
unumli metodlardan foydalanmasinlar. O‘quv jarayonida yaxshi natijalarga
erisha olmaydilar. Chunki ta’limning asosiy vazifalaridan biri talabani
umumiy rivojini ta’minlash. Lekin o‘quvchi-talabaning haqiqiy rivoji faqat
uning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holdagina amalga oshirilishi
mumkin. O‘quvchi-talabalarning real o‘quv imkoniyatlarini, ularning
rivojlanish jihatlarini o‘rganish hozirgi vaqtda shunchaki xohish emas, balki
majburiy talabdir. Busiz o‘quv jarayonini muqobillashtirish, uni boyitish
aqlga sig‘maydi. Albatta shaxsiy xususiyatlar juda xilma-xil ularni o‘rganish
ma’lum vaqt talab etadi. Kuzatish jarayonida o‘quvchi-talabaning kuchli va
ojiz tamonlarini uning qiziqishlari, tafakkuri, nutqi, xotirasi, diqqati, hayoliga
mos bo‘lgan xususiyatlarni bilib olish mumkin. O‘quvchi-talaba shaxsining
muammolari va qiyinchiliklarni tahlil qilish hamda shu muammolarni
sabablarini aniqlash keyingi pedagogik chora-tadbirlarini rivojlantirishda juda
katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, o‘zlashtirish bir oz pastroq bo‘lgan o‘quvchi-
talabalar bilan yakka holda ishlash jarayonida pedagog o‘zi uchun o‘quvchi-
talabaning yangi qirralarini kashf etishi mumkin. Keyingi davrlarda
“differensiyalashgan ta’lim” degan tushunchani keng tarqalishining asosiy
sababi ham shaxsiy xususiyatlari, qobiliyati, qiziqishlari, iqtidori kabilarni
hisobga olingan holda talabalarni guruhlarga ajratishni va shu guruhlar uchun
alohida dasturlar ishlab chiqishga qaratilgan guruhlar uchun tuzilgan dasturlar
qo‘llaniladigan metodlar asosida o‘quvchi-talabalarning shaxsi tanlanadi.
Ma’lum guruh uchun belgilangan o‘quv dasturi, mazmuni va hajmi
o‘quvchi-talabalarning yosh xususiyatlariga mos bo‘lishi lozim.
O‘rganilayotgan bilimlar hosil qilinayotgan malaka va ko‘nikmalar o‘quvchi-
talabalarning xaddan ziyod toliqtirib qo‘ymasligi lozim. Boshqacha qilib
aytganda o‘quv jarayonida o‘quvchi-talabalarning sog‘ligi psixik holatida
salbiy ta’sir etishini oldini olish lozim. Buning uchun har bir o‘quvchi-
talabaning xususiyatlarni chuqurroq o‘rganib imkoniyatlar jarajasida belgilab
olish kerak. Ta’limning mazmuni shaxslarning kuch-quvvatiga mos bo‘lishga
erishish lozim. Ta’limni haddan ziyod “yengillashtirish”, “osonlashtirish”
ham maqsadga muvofiq emas, chunki bunday ta’lim rivojlantiruvchi bo‘la
olmaydi. Demaq har bir yosh davrda o‘quvchi-talabalarning imkoniyatlarini
185
o‘rganish va imkoniyatlarga mos ravishda ta’limni tashkil etish,
o‘rganiladigan bilimlar hajmini belgilashda ta’lim oluvchilarning yosh
xususiyatlarini hisobga olish juda muhim bo‘lib, bu yo‘nalishda ham tegishli
ilmiy tekshirish ishlari olib borilmoqda. O‘zbekistonda “Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi” asosda uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirishning
asosiy tamoyillari (prinsiplari) belgilangan. Bular ta’limning ustuvorligi,
ta’limning iijtimoiylashuvi, ta’limning milliy yo‘nalishiga, ta’lim va
tarbiyaning uzviy bog‘liqliligi, iqtidorli yoshlarni aniqlash yuqori darajada
bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish kabilardir. Ko‘rib
turganimizdek uzluksiz ta’limni rivojlantirish tamoyillari didaktik tamoyillari
bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ana shu didaktik tamoyillarini yanada
mukammallashuviga turtki bo‘lib xizmat qilmoqda.
Demaq bugungi kunda o‘quvchi-talabalarni ehtiyojlarini hisobga olingan
holda pedagogika va uning ajralmas qismi hisoblanmish didaktika o‘quv
jarayoni qonunlarini yanada chuqurroq o‘rganish hamda ta’lim
samaradorligini oshirish ustida ilmiy-tadqiqot ishlarini keng miqyosda olib
borishi maqsadga muvofiq.
VIII. TA’LIMNING FANLARARO BOG‘LIQLIK TAMOYILI
Ta’limning asosiy maqsadi o‘quvchi-talabalarni mustaqil hayotga
tayyorlash, ya’ni turli xil hayotiy sharoitlarda o‘z bilim, malaka va
ko‘nikmalarini amalda qo‘llay olish darajasiga yetkazishdir. Shuning uchun
ta’lim jarayonida o‘quvchi-talabalarni faqat ilmiy bilimlar bilan
qurollantiribgina qolmasdan, balki ana shu fanlararo bog‘liq bilimlarni
amaliyotda qo‘llay olishlarini ta’minlashimiz lozim. Demaq bu tamoyil
ta’limning fanlararo bog‘liqligi bilan hamoxang bo‘lib, ular bir-birlarini
to‘ldirib keladilar. Ta’limning fanlararo bog‘liqligi ilmiy bilimlarni nazariy
jihatdan o‘rganishga, mantiqiy bog‘liqliklarni tushunishiga, fikrlash
qobiliyatini o‘stirishga xizmat qilsa, amaliy harakatlar ana shu bilimlarni
amalda qo‘llab ko‘rish, yanada to‘liqroq ishonch hosil qilish, malaka hamda
ko‘nikmalarni shakllantirishga yordam beradi.
IX. TA’LIMNING NAZARIYa BILAN AMALIYoT BIRLIGI TAMOYILI
Mazkur tamoyillarda dastavval o‘quv fanining mazmunini va o‘ziga xos
xususiyatga bog‘liq holda o‘qish jarayonida amalga oshiriladi. Bu birlik ilmiy
bilimlarni puxta o‘zlashtirish va uni amalda qo‘llay olish. O‘quv materiallarni
186
idrok qilish, aniqlash, shuningdeq uni mustahkam esda saqlab qolish kabi
ruhiy jarayon bilan bog‘liq hola bir butun jarayonni tashkil qiladi.
Ta’lim jarayonida o‘quvchi-talabalar tomonidan matematika, tabiiy
fanlardan hamda ijtimoiy gumanitar fanlardan o‘zlashtirilgan nazariy bilim
ko‘nikma va malakalari tajriba xonalari va labaratoriya, zamonaviy texnika
vositalari, tajriba yer uchastkalari va ishlab chiqarish mehnati va iqtisodiy
munosabatlar jarayonida qo‘llaniladi. Bu mashg‘ulotlar ular kelgusida
murakkab ilmiy nazariyalari amalda qo‘llana olishlari uchun zarur bo‘lgan
tajriba bilan qurollantiriladi. O‘quvchi-talabalar o‘quv materiallarini tub
mohiyatini, tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonunlarini ilmiy asosda atroflicha
to‘g‘ri, chuqur tushunib oladilar va kelajakda amaliy faoliyatlari uchun zarur
bo‘lgan mahorat, ko‘nikma va malakalar hosil qiladilar. Shuning uchun ham
har-bir mavzuning xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘rganilayotgan yangi
bilimlarni mumkin qadar amaliyotga bog‘lash uchun jarayonning tamoyili
sifatida qabul qilinadi.
TA’LIM QONUNIYATI, QONUNLARI
Didaktikada ta’lim-tarbiya jarayonida amal qilinishi shart bo‘lgan qonun-qoidalar
va tamoyillar ishlab chiqilgan. Shunday ekan, “qonuniyat”,“qonun”, “qoida”,
“tamoyil” degan tushunchalarning tom ma’nosini aniqroq bilib olishimiz lozim.
Qonuniyat - bizning ixtiyorimizdan tashqari obyektiv mavjud bo‘lgan narsa va
hodisalar o‘rtasidagi, ularning tadrijiy rivoji (evolyusiyasi) zaruriyatidan kelib
chiqqan bog‘lanish. Tabiiy fanlarda, uni qonun deb ham nomlaydilar. Masalan,
Yerning tortilish qonuni, Markazdan qochma kuchqonuni, Jovul-Lens qonuni va
hokazo.
Ta’lim-taryiya jarayonining qonuniyatlarini tushuntiradigan bo‘lsaq ular ta’lim-
tarbiya jarayonining tadrijiy rivoji zaruriyatidan kelib chiquvchi ta’lim-tarbiyani bir
butun qilib turgan qismlari orasidagi zaruriy bog‘liqliklardir. Chunonchi, ta’lim
beruvchi va ta’lim oluvchi orasidagi zaruriy bog‘liqlik yoki ta’lim beruchi bilan
o‘quv dasturi orasidagi zaruriy bog‘liqlik va hokazolar.
Qonun atamasi aslida insoniyat tomonidan yaratilgan tartib va koidalarga nisbatan
ishlatiladi. Ammo tabiiy fanlarda, ularni o‘rganish jarayonida aniklangan tartiblarni
Alloh taolo, ya’ni Xudo tomonidan, ishlab chiqilgan tartib-qoida degan mazmunda,
uni qonun deb nomlanib kelingan. Izohli lug‘atlarda bu atamalar sinonim sifatida
qo‘llanilgan. Ilmiy nuktai nazardan qaralganda, tabiiy fanlardagi tabiat
187
qonunlaridan tashkari, barcha bizning ixtiyorimizdan tashqarida mavjud bo‘lgan va
ularning tadrijiy rivoji natijasida paydo bo‘lgan bog‘liqliklarni qonuniyat deyiladi.
Ijtimoiy hayotdagi inson va narsalar orasidagi goho zaruriy, goho nozaruriy
(birovni foydasini ko‘zlab) o‘rndtilgan bog‘liqliklar qonun deyiladi.
Qoida – bu inson harakat tartibining oxirgi bosqichi bo‘lib, obyektiv qonuniyatlar
asosida ishlab chiqilgan tamoyillarning u yoki bu harakatlarini chuqurlashtirib,
konkretlashtirib beruvchi harakat tartibidir. Qoidalar nazariya bilan amaliyot
orasini bog‘lab turuvchi vositadir.
Uni pedagogik jarayon misolida ko‘radigan bo‘lsaq u o‘qitish qoidalarida
namoyon bo‘ladi. O‘qitish qoidalari tipik vaziyatlarda o‘qituvchilarning tipik
harakati ifoda etilgan. Boshqacha qilib aytganda, didaktik qoidalar tipik pedagogik
vaziyatda o‘qituvchi va o‘quvchi-talabalar o‘zini qanday tutishi kerakligini
ko‘rsatib beradilar. Shuning uchun ular amaliyotga yaqin turadilar.
Pedagogik adabiyotlarda pedagogik koidalarga ikki xildagi qarash mavjud.
Birinchisi, amaliyotchi o‘qituvchilarga didaktika qonuniyatlari va tamoyillarini
bilish shart emas, ular olimlar tomonidan ishlab chiqilgan dars o‘tish qoidalarini
o‘zlshtirib olsalar, shuning o‘zi yetarli deydilar. Shu kunda xorijiy mamlakatlarda
va Oktyabr inqilobidan oldingi rus pedagogikasida bu fikr ustunlik qilgan. Bu
masalaga ikkinchi turdagi qarash ham bor, ular amaliyotchi o‘qituvchilarning faqat
tayyor o‘qitish qoidalariga bog‘lab qo‘ysaq ularning tashabbuskorligini cheklab
ko‘ygan bo‘lamiz deydilar. Bularning ikkalasining fikrlarida ham mantiq bor.
Haqiqat, har doimgideq ikkalasining o‘rtasida yotadi. O‘qituvchilarni pedagogik
qoidalarga qattiq bog‘lab qo‘yib, ularning erkini cheklash yomon bo‘lgani kabi,
amaliyotdan uzilgan va juda ham nazariylashgan pedagogik tamoyillarni va
qonuniyatlarni pedagoglardan talab qilish va pedagogik jarayonni erkin
harakatlarga aylantirib ko‘yish ham noo‘rin.
Ta’lim-tarbiyada, boshqa mehnat turlaridagideq standart holatlar juda ko‘p. Bu
holda o‘qituvchi uchun ko‘p ham tashabbus ko‘rsatishi shart emas, aks hollarda,
o‘qituvchining tashabbuskorligi darsni muvaffaqiyatli o‘tishiga halal ham
beradi. Bu holda, dars o‘tganda aynan pedagogik koidalarga rioya qilish talab
qilinadi.
Qoidalar didaktika tamoyillaridan kelib chikkani kabi, didaktika tamoyillari o‘z
ifodasini pedagogik qoidalarda topadi. Biroq, koidalar o‘z ichiga yana ko‘p sonli
o‘qituvchi va pedagoglarning ko‘p yillik tajribasini ham qamrab olgan bo‘ladi.
188
Dars o‘tish koidalari qancha degan savolga K.D.Ushinskiyning so‘zlarini keltirish
o‘rinlidir. U, barcha pedagogik koidalarni bir varakka sig‘dirish xam mumkin,
ulardan bir necha jildli kitoblar ham yaratish mumkin, degan ekan.
Odatda ular tavsiyanoma, ko‘llanma va eslatmalar sifatida beriladi.
Ta’lim qonunlari. Ta’lim qonunlari to‘g‘risida gap borganda, MDHga kiruvchi
mamlakatlarda goho ta’lim tamoyillarini ham, goho ta’lim qoidalarini ham
qonundeb yuritilishi kuzatiladi. Shuning uchun, qonun deb aniq aytilgan
Amerikalik Torndayk maktabi bo‘yicha kuyidagi qonunlarni qayd kilish bilan
cheklanamiz.
1. O‘zaro bog‘liqlik qonuni – ta’lim-tarbiya jarayonida ikkita ruhiy harakatning
o‘zaro bog‘liqlikdagi rivojlanish qonuni. Bu qonun bo‘yicha ta’lim-tarbiya jarayoni
ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi ruhining bir yo‘nalishdagi harakatini taqozo
yetadi. Bu qonunga binoan, agar ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qiluvchi ikki
shaxsning birining ruh harakati ikkinchisiniki bilan mos tushmasa, ta’lim-tarbiya
jarayoni sodir bo‘lmaydi. Bilim berish jarayoni sodir bo‘lishi mumkin, tazyiq yo‘li
bilan, ammo haqiqiy ta’lim-tarbiya jarayoni amalga oshmaydi. Bu qonunga binoan
darsni tashkil qilish va uni amalga oshirish uchun pedagog sinfda yoki auditoriyada
bir xildagi ruhiy holatni, ya’ni bilim berish va bilim olish holatini shakllantirishi
kerak.
2. Mashq qonuni – bu qonun bo‘yicha, egallangan bilimni ko‘nikmadan so‘ng
malakaga aylantirish uchun, mashq qanchalik tezfaol bo‘lsa, qaytar reaksiya ham
shunchalik tez bo‘lib, bilim o‘zlashtirilishi ham tez o‘tadi, u bilimni xotirada
uzoq muddatga saqlanishi ta’minlanadi. Bu qonun bo‘yicha, bilim egallaganda har
bir kishi o‘zining qabul qilish tezligi qobiliyatiga binoan egallasa ham, uni
ko‘nikma va malakaga aylantirishda, mashqni iloji boricha tez amalga oshirishni
taqozo etadi.
3. Intensivlik qonuni – bu qonun bo‘yicha ham, mashqlar javobi qanchalik
intensiv ravishda bo‘lsa, u shunchalik tez o‘zlashtiriladi.
4. Assimiliasiya qonuni bo‘yicha – har bir yangi turtki qaytar reaksiyani vujudga
keltiradi, deyiladi. Shuning uchun egallagan bilimni kaytarish yo‘li bilan turtib
turish kerak deyiladi.
5. Natijaviy qonunda – reaksiya ijobiy bo‘lsa bilim mustahkamlanadi, agar salbiy
bo‘lsa xotira uni o‘chirib tashlaydi, deyiladi.
189
Hakikatdan xam bu qonunlar hayotdan olingan bo‘lib, amaliyotda minglab,
marotaba sinalib ko‘rilgan. Shuning uchun pedagogik amaliyotda bulardan kelib
chiqishlik pedagogik jarayonning samaradorligini oshiradi.26
Didaktika tamoyillari (prinsiplari). Didaktika tamoyillarining tarixi shuni
ko‘rsatadiki, o‘qituvchilar dars oldidan ko‘zlagan maqsadlariga ko‘p kuch va vaqt
sarflamay aniq etishlari uchun, bir necha avlod olimlari tinimsiz izlanishlar olib
borib didaktika prinsiplari majmui yaratilishiga sababchi bo‘lganlar.
X-XII asrlardagi mashhur qomusiy olimlar ilmiy bilishning asosiy qonuniyatlariga
va didaktika prinsiplariga faqat o‘qitishning emas, balki ahloqiy tarbiyaning asosi
sifatida qaraganlar. Buyuk matematik Muhammad Ibn Muso al-Xorazmiy (783-
850) o‘zining bilish nazariyasida moddiy olamdagi narsa va hodisalar o‘rtasidagi
obyektiv munosabatlarni, tabiiy jarayonlarni “...sezgi orqali bilish, bu qisman bilim
bo‘lsa, mantiqiy bayon, aqliy bilish esa haqiqiy bilishning muhim tomonini
namoyon etadi”, deb hisoblaydi. Olimning fikricha “insonning xulq-atvori, xatti-
harakati mantiqiy fikrlashga asoslangandagina mukammal shakllanishi mumkin”.
Sharqda birinchi bo‘lib ilmlar tasnifi bilan shug‘ullangan olim Yoqub ibn Is’hoq
al-Kindiy (806-866) fikricha, moddiy olamdagi narsalar, ya’ni “birinchi
substansiyalar”ni ularning xususiyatlari – miqdori va sifatini o‘rganish asosidagina
bilish mumkin. Olim o‘z tasnifida insonda ijobiy sifatlarni tarkib toptirishning eng
zarur omili uning aql kuchini rivojlantirishdir.
Aql kuchi rivojlanmasa, inson umr bo‘yi Arastuning kitoblarini o‘qisa ham, ularda
ifodalangan fanlarning birontasini o‘zlashtira olmaydi. Bunday odam har qancha
urinsada, faqat boshqalarning gaplarini takrorlab bera oladigan bo‘ladi. U hyech
narsaning mohiyatini tushunmaydi va o‘zlashtira olmaydi. Al-Kindiy ana shu
fikrlarini bayon qilar ekan, o‘qitishning ilmiyligi va ongliligi qoidasini, ya’ni
prinsipini nazarda tutgan.
Abu Bakr al-Roziy (865-925) ilmiy bilish nazariyasida inson aqli va tafakkuri
yuksak darajada rivojlangan ijtimoiy mavjudod bo‘lganligi uchun ham olamdagi
hamma narsalardan ustun turadi deb talqin etadi: “Bizga foydali bo‘lgan ishlarda
o‘zimiz hukm yurita bilishimiz uchun bizga hayvonotga nisbatan ustunlik aql bilan
berilgandir. Aql orqali o‘zimizni ulug‘lovchi, ziynatlovchi va hayotimizni hayrli
26
Бўри Зиёмсуҳаммадов. Педагогика. Ўқув қўлланма –Т.: 2006, 91
-101-
бетлар; Ёқутхон Раҳмонова.
Ҳамширалик
ишида педагогика. Дарслик. –Т.: 2007, 88
-89-
бетлар.
190
qiluvchi hamma narsani bila olamiz. Aql bilan biz o‘z xohish maqsadlarimizga
yetamiz...”
Abu Nasr al Forobiy (870-950) “Namunali ta’lim” risolasida ta’lim oluvchilar
o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan materialni yaxshi yo‘sinda bayon qilish masalasiga
alohida to‘xtalib, o‘qitishning ikkita turini, yangi prinsipini tavsiya etgan: ularning
biri bevosita sezgi, ikkinchisi aql bilan bog‘liqdir. U o‘zining fikrini shunday talqin
etadi: “Narsalar bizdan, hislarimizdan tashqarida turib, bizning sezgi a’zolarimizga
ta’sir etadi, ta’sir etadigan narsalar cheksizdir.
Inson o‘zining aqlini, xayolini ishga soladi va shular vositasida bilmagan
narsalarini bilib oladi, ularga asoslanib bilish manbai bo‘lgan olam va uning
mohiyati haqida chuqurroq, atrofliroq bilim va ma’lumotga ega bo‘ladi” U fikrini
davom ettirib: “... avval bilim zarur bo‘lgan ilm o‘rganiladi, bu – olam asoslari
haqidagi ilmdir. Jismlar tuzilishini, shaklini, osmon haqidagi bilimlarni o‘rganish
lozim. Undan so‘ng umuman, jonli tabiat o‘simlik va hayvonlar haqidagi ilm
o‘rganiladi.
Kishi bilim va tajriba orttirmasdan oldin juda ko‘p narsalarni nazarga ilmaydi,
bilim egallab, tajriba hosil qilgach, haligi narsalarga qarashini o‘zgartiradi, avval
behuda deb hisoblovchi narsalarning zaruratligini his etadi, ilgari e’tiborini
tortmagan narsa endi aksincha uni hayratga soladi”.
Abu Rayhon Beruniy (973-1048) o‘quv jarayonida pedagog quyidagi didaktika
prinsiplariga qat’iy amal qilishi lozimligini ta’kidlaydi:
– ta’lim oluvchini zeriktirmasligi;
– bilim berishda turlilikka asoslanishi;
– uzviylikka, tizimlilikka, izchillikka va mantiqiylikka rioya qilishi;
– yangi mavzularni qiziqarli, asosan, ko‘rgazmali bayon etishi va h.k.
Abu Ali ibn Sino (980-1037) didaktikaning prinsiplariga, xususan, ko‘rsatmali
o‘qitishga zo‘r qiziqish bilan qarab, inson dastlabki o‘quv mashg‘ulotlarida
buyumning tashqi hossasini o‘rgansa, o‘sha buyumni va uning tasvirini ko‘rib
chiqsa, o‘zi mustaqil holda bilimlarni o‘zlashtira oladi, deb hisoblaydi. Olim inson
haqiqatan mavjud narsalarni yoki ularning tasvirini idrok etish tufayli unda
obyektiv voqyelikni to‘g‘ri aks ettiradigan tasavvur shakllanishini ta’kidlaydi.
191
Shuningdeq ibn Sinoning ilmiy bilimlarni egallash usullari va yo‘llari, ta’lim
oluvchilarni sinf-dars shaklida o‘qitish haqidagi didaktik prinsiplari muhim
ahamiyatga egadir:
– ta’lim oluvchini bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo‘ymaslik;
– o‘qitishda jamoa (sinf) bo‘lib o‘qitishga e’tibor berish;
– bilim berishda ilm o‘rganuvchilarning qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish;
– o‘qitishni jismoniy mashqlar bilan qo‘shib olib borish va h.k.27
Shubhasiz, keyinchalik yuqorida nomlari qayd etilgan va zikr etilmagan boshqa
ko‘pgina Sharq qomusiy olimlarning ishlab chiqqan didaktika qonun-qoidalari va
(prinsip) tamoyillari chex olimi Yan Amos Komenskiy (1592-1670) tomonidan
“Buyuk didaktika” asarining yaratilishiga asos bo‘lib, pedagogika tarixida
“Didaktikaning otasi, asoschisi” nomiga sazovor bo‘ladi.
Avval ham aytganymizdeq yakin vaktlargacha pedagogikadagi qonun, qonuniyat
va tamoyil degan tushunchalar sinonim sifatida ishlatilib, yoki bularning bitgasiga
yo qonun, yo qonuniyat, yo prinsipga ustunlik berilib kelingan.
Ammo, ko‘p yillik tajribalar va bu sohadagi izlanishlar shuni ko‘rsatdiki
qonuniyat turg‘un bo‘lib, ular asosida yaratilgan.
Yaratilgan qonun va tamoyillar o‘zgarib ham turishlari mumkin ekan. Ba’zi eski
tamoyillar, masalan, tabiatga mos ravishda rivojlantirish tamoyili yo‘q bo‘lib ketib,
o‘rniga yangi tamoyillar kiritilgan.
Tamoyillar to‘g‘risida didaktikada shunday koida o‘rnashib qolganki, tamoyillar
tarixiy vaziyatdan kelib chiqib konkret jamiyatning ehtiyojlarini ifoda etar ekan.
Ijtimoiy taraqqiyot va ilm-fanni rivojlanishi hamda ta’lim-tarbiya jarayonida yangi
qonuniyatlarni aniqlanishi, shuningdeq ilg‘or psdagogik tajribalar natijasida
pedagogik tamoyillar tizimi boyib boraverar ekan.
O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da
mamlakatimizda uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish yangi qonuniyatlar
va pedagogik prinsip (tamoyil)lari to‘liq o‘z ifodasini topgan. Bu pedagogik ta’lim
tamoyillari quyidagilardan iborat:
ta’limning ustuvorligi;
27
С.Ҳасанов. Хоразм маънавияти дарғалари. –Т.: “Адолат”, 2001, 103
-119-
бетлар.
192
ta’limning demokratlashuvi;
ta’limning insonparvarlashuvi;
ta’limning ijtimoiylashuvi;
ta’limning milliy yo‘naltirilganligi;
ta’lim va tarbiya uzviy bog‘liqligi;
iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori darajada bilim olishlari uchun shart-sharoit
yaratish28kabilardir.
Ma’lumki, o‘quv jarayonining muvaffaqiyatli va samarali natijasi ta’lim
jarayonining qonun-qoidalari, ya’ni ta’limga qo‘yilgan didaktik talablar va
tamoyillarga qay darajada amal qilishlariga bog‘liqdir. Chunki ta’lim tamoyillari
o‘quv jarayoniga qo‘yiladigan ijtimoiy talablar, ta’limni tashkil etish va
boshqarishda rivoya qiladigan qonun-qoidalar sifatida amal qiladi.
Pedagogik amaliyotlarda ba’zan “o‘qitish prinsiplari” atamasi ham ishlatiladi.
Lekin ta’lim tamoyillari (prinsislari) ta’lim jarayonining ikkala subyekti o‘qituvchi
va o‘quvchi-talabaga ham dahldor. Shuning uchun taniqli didaktik olimlar
O.Roziqov, A.Zunnunov, U.Mahkamov ularni ta’lim prinsiplari deb atagan
ma’qul deb ta’kidlaydilar. Chunki ta’limni tashkil yetish, boshqarish va nazorat
qilishda o‘qituvchi va o‘quvchi-talaba faoliyatiga qo‘yiladigan talablar, qoidalar,
ta’lim prinsiplari deb ataladi. Prinsiplar umumdidaktik kategoriya bo‘lib, ular
ta’limning barcha turlari, darajalari, subyektlari, o‘quv-tarbiya jarayonining hamma
komponentlariga daxldor umumiy qoidalardir. Prinsiplar va ta’lim qonuniyatlari
uzviylikda mavjuddir. Qonuniyatlar prinsiplarning ayrim tomonlarini yoritadi.
Prinsip umummilliy xususiyatiga ega bo‘lib, ta’limda barcha o‘quv fanlarini
o‘qitish bosqichlarida qo‘llanadi.29
O‘qitish bilish faoliyatining ajralmas qismi sifatida, insonning tevarak – atrofdagi
dunyoni bilishining umumiy qonunlari asosida sodir bo‘ladi. Shuning uchun
o‘qitish tamoyillari ta’lim jarayonining eng muhim masalalarini nazariy va amaliy
jihatdan to‘g‘ri hal qilishning asosiy negizi hisoblanadi.
28
Кадрлар тайёрлаш Миллий дастури. Баркамол авлод –
Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори –Т.:
1998, 43-
44-
бетлар.
29
А.Зуннунов, У. Маҳкамов. Дидактика. –Т.: “Шарқ”, 2006, 49
-
бет
193
Demaq ta’lim tamoyillari pedagogning faoliyatini va talabalar tomonidan ilmiy
bilimlarning o‘zlashtirilishi tegishli ko‘nikma va malakalar xosil qilishning asosiy
qonun va yo‘l-yo‘riqlarini o‘z ichiga oladi. Shu bilan bir vaqtda ta’lim tamoyillari
har ikkala faoliyatning, ya’ni pedagog va talaba tomonidan o‘z oldiga qo‘yilgan
vazifalarni muvvafaqiyatli amalga oshirish imkoniyatini beradigan bir qancha
talablarni ham umumlashtirib beradi. Shunga ko‘ra ta’lim qoidalari o‘qitishning
eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to‘g‘ri xal qilishning asosiy
negizi hisoblanadi. Umuman, ta’lim tamoyillari deb umuminsoniy tarbiyaning
maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan o‘qish va o‘qitish
jarayonlariningyo‘nalishi talabalar tomonidan ilmiy bilimlarning o‘zlashtirilishi,
bilim va malaka hosil qilishning asosiy qonun va qoidalarining yig‘indisiga
aytiladi.
Ta’lim tamoyillari ta’lim muassasalari oldida turgan ulkan vazifalar asosida
belgilanadi. Ular o‘zaro bir-biri bilan mustahkam bog‘liq holda bir sistemani
tashkil etadi. Har bir darsda didaktik tamoyillarning bir nechtasi ishtirok etishi
mumkin. Ular ta’lim oldida turgan asosiy maqsadlarni hal etishga o‘z hissasini
qo‘shadi. Hozirgi jarayonda o‘quvchi-talabalarga mustahkam bilim berish, ularni
erkin, mustaqil fikrlay oladigan barkamol inson qilib tarbiyalashda, ta’lim
tamoyillarining mohiyatini chuqur anglash va hayotga tatbiq etish muhim
muammolardan biridir.
Ta’lim shakllari, metodlari va vositalari tasnifi
Metod, o‘qitish metodi, usul, metodika,
qoida kategoriyalarining farqi nimada?
Metod so‘zi grekcha tadqiqot, maqsadga
erishish yo‘li, usuli deganidir. Bu so‘zning
etimologiyasi (kelib chiqishi) uning ilmiy
kategoriya sifatidagi talqinida ham aks
etgan. “Metod – eng umumiy ma’noda – maqsadga erishish usuli, ma’lum tarzda
tartibga solingan faoliyat”.
Ta’lim metodlari deyilganda, o‘rganilayotgan materialni egallashga
qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi
ishi va o‘quvchilar o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari tushuniladi.
Ta’lim usuli– ta’lim metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni, metodlar
bilan usullar munosabati o‘zaro bir-biriga bog‘langan. Usul va metod butun va
Яхши ўқитувчи – болаларга ҳақиқатни
сўзлаб беради, буюк ўқитувчи эса ўша
ҳақиқатга олиб борувчи йўлни
кўрсатади.
Адольф Дистерверг
194
qism sifatida bir-biriga bog‘lanadi. Usullar yordamida faqat pedagogik yoki o‘quv
vazifasining bir qismi hal qilinadi. Xuddi shu metodik usullar turli metodlarda
foydalanilgan bo‘lishi mumkin. Va aksincha xuddi shu metod turli o‘qituvchilar
tomonidan turli usullarda ochib berilishi mumkin.
Metodika – bu xususiy didaktika, ya’ni biror bir fanni o‘qitish nazariyasi. O‘zaro
ta’sir utishning turli shakllarini o‘rganish asosida biror fanni o‘qitish va o‘rganish
yo‘llarini o‘quv fani metodikasi ishlab chiqadi va ta’lim oluvchilarga ta’sir
etishning aniq tizimini o‘qituvchilarga taklif etadi. Bu tizimlar DTS, o‘quv dasturi
va darsliklarda ochib beriluvchi ta’lim mazmunida o‘z aksini topadi hamda ta’lim
metodlari, shakllari va vositalari orqali amalga oshadi. O‘quv fani metodikasi
didaktika bilan mustahkam bog‘langan va uning umumiy qoidalariga tayanadi.
Qoida – tanlab olingan metod bilan bog‘liqlikda faoliyat usullarini amalga
oshirish uchun qulay tarzda harakat qilish zarurligini belgilab beruvchi me’yoriy
ko‘rsatmalardir.
Ta’lim metodlari tasnifi30:
1. An’anaviy (manbasiga ko‘ra) ta’lim metodlari (Ye.I.Golant, N.M.Verzilin va
bosh.)
2. O‘quvchilarning bilish faoliyati tavsifiga ko‘ra ta’lim metodlari tasnifi
(I.Ya.Lerner va M.N.Skatkin).
3. Asosiy didaktik maqsadlariga ko‘ra ta’lim metodlari tasnifi (M.A.Danilov va
B.P.Yesipov).
4. Ta’limning binar metodlari (M.I.Maxmutov).
5. Yaxlit yondashuv bo‘yicha ta’lim metodlari tasnifi ( Yu.K.Babanskiy).
6. Ta’limning interfaol metodlari.
30
Педагогика: Учебник / Л. П. Крившенко, М. Е. Вайндорф
-
Сысоева и др.; Под ред. Л
.
П
.
Крившенко
.
С
.278
Og‘zaki
Ko‘rgazmali
Amaliy
Kitob bilan
ishlash
Videometod
Анъанавий (манбасига кўра) таълим методлари
195
HIKOYa– bu o‘qituvchi tomonidan o‘quv materialini ketma-ket bayon qilish
bo‘lib, u odatda tasviriy vositalar yordamida ta’limning barcha bosqichlarida,
ko‘proq boshlang‘ich sinflarda qo‘llaniladi.
Bu metodning samarasi ko‘p jihatdan o‘qituvchining nuqt mahorati, so‘zlarni o‘z
o‘rnida, ifodali bayon qilishi, shuningdeq o‘quvchilarning yoshi, rivojlanish
darajasini inobatga olgan holda yondashuviga bog‘liq. Shu bois hikoya mazmuni
o‘quvchilarning mavjud bilimlariga tayanishi, ularni kengaytirishga xizmat qilishi
zarur. Hikoyaning axborotlar bilan boyitilishi maqsadga muvofiqdir.
SUHBAT – savollar va javoblar shaklidagi dialogik ta’lim metodi bo‘lib, u fanga
qadimdan ma’lum, xatto undan o‘z faoliyatida Suqrot ham mohirona foydalangan.
Suhbat ta’lim jarayonida ko‘p funksiyalar (aqliy fikrlash, hozirjavobliq muloqot
madaniyati va boshqa sifatlarni shakllantiradi) bajaradi, ammo asosiysi o‘quvchida
faollikni yuzaga keltiradi. Suhbat o‘qituvchi fikriga mos harakat qilish, natijada
yangi bilimlarni bosqichma-bosqich egallashga imkon beradi.
Yakuniy suhbat o‘quvchilar tomonidan egallangan bilimlarni umumlashtirish va
tizimlashtirish maqsadida amalga oshiriladi.
Katexizism (qisqa bayonli) suhbat – o‘quvchilarning boshlang‘ich bilim darajasi
hamda ularning yangi o‘quv metodikasini o‘zlashtirishga tayyorgarligini aniqlash
uchun tajribali o‘qituvchilar tomonidan dars avvalida yohud o‘rganilgan materialni
mustahkamlash uchun dars so‘nggida qo‘llaniladi.
Evristik suhbat yangi bilimlarni muammoli tarzda egallashga yo‘naltiriladi.
Bunda savollar shunday ketma-ketlikda berilishi zarurki, natijada ularga «ha» yoki
«yo‘q» tarzidagi javoblarni olish emas, aksincha, o‘quvchilarni mustaqil fikrlash,
Hikoya
Suhbat
Tushuntirish
Ma’ruza
Munozara
Illyustrasiya
Demonstrasiya
Mashq
Amaliy
Laboratoriya
Didaktik o‘yin
O‘qish
O‘rganish
Reja tuzish
Konspekt
qilish
Ko‘rish,
O‘rganish,
Nazorat qilish
196
ularda faollikning yuzaga kelishini ta’minlash, ularni tahlil qilishga undash,
dalillarni ilgari surishga erishish imkoniyati yaratilsin.
Demaq evristik suhbat jarayonida o‘quvchilar bilimlarni o‘zlarining
tirishqoqliklari va mustaqil fikr yuritish layoqatiga egaliklari bois o‘zlashtira
olsinlar.
TUShUNTIRISh o‘quv materialini isbot, tahlil, umumlashma, taqqoslash asosida
bayon qilishdir. Bu metod hikoyaga nisbatan birmuncha keng qo‘llaniladi. Undan
odatda nazariy materiallar hamda murakkab masalalarni o‘rganishda foydalaniladi.
Tushuntirish jarayonida o‘quv materialining bir qadar qiyin unsurlari ko‘zga
tashlanadi va shu asosda materialning mohiyati ochib beriladi. Tushuntirish
samarasi ko‘p hollarda o‘qituvchining ko‘rgazmali vositalardan oqilona
foydalanishiga bog‘liq bo‘ladi.
MA’RUZA – yirik hajmdagi o‘quv materialini og‘zaki bayon qilish sanalib, uning
o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: qat’iy mantiqiy ketma-ketliq
uzatilayotgan axborotlarning ko‘pligi, bilimlar bayonining tizimliligi. Maktab
ma’ruzasi mazmunini murakab tizimlar, hodisalar, obyektlar, jarayonlar, ularning
sababli-oqibatli bog‘lanishlari, qonun va qoidalar tashkil etadi. Shu bois
ma’ruza maktab sharoitida yuqori sinflardagina qo‘llaniladi. Chunki u butun dars
jarayonini qamrab olishi mumkin. Ma’ruza metodi tushuntirish va suhbatning asta-
sekin kengayib borishidan vujudga keladi va bir vaqida o‘quvchilarni qisqacha
yozib olish (konspektlash)ga o‘rgata boradi.
Ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlashda ko‘rgazmali metodlarham alohida
ahamiyatga ega.
NAMOYISh METODI (demonstrasiya)o‘rganilayotgan obyekt harakat
dinamikasini ochib berishda qo‘l keladi va ayni chog‘da predmetning tashqi
ko‘rinishi va ichki tuzilishi haqida to‘laqonli ma’lumot berishda keng qo‘llaniladi.
Tabiiy obyektlarni namoyish qilishda odatda uning tashqi ko‘rinishi (shakli, hajmi,
miqdori, rangi, qismlari, ularning o‘zaro munosabatlari)ga e’tibor qaratiladi,
so‘ngra ichki tuzilishi yoki alohida xususiyatlarini o‘rganishga o‘tiladi. Ko‘rsatish
ko‘p holatlarda o‘rganilayotgan obyektlarning subyekti yoki chizmasi yordamida
kuzatiladi. Tajribalar namoyishi esa sinf taxtasiga chizish yoki o‘qituvchining
maxsus jihozlar yordamida ko‘rsatib berishi hisobiga amalga oshadi, bunda ushbu
tajriba asosida yotuvchi tamoyillarni tushunish osonlashadi.
197
Predmetlar, hodisa yoki jarayonlarni tabiiy holatda namoyish qilish yanada
ko‘proq didaktik samara beradi, biroq, bunday namoyishni amalga oshirish har
doim ham mumkin bo‘lavermaydi. Shu bois o‘qituvchilar tabiiy predmetlarni
namoyish qilishda sun’iy muhitga murojaat qilishadi (masalan, hayvonlar bilan
hayvonot bog‘ida, turli o‘simliklar bilan esa issiqxonalarda tanishish) yoki sun’iy
ravishda yaratilgan obyektlar (maket, model, mulyaj, skelet va boshqalar)dan
foydalaniladi.
ILLYuSTRASIYanamoyish metodiga chambarchas bog‘liq bo‘lsada, didaktikada
alohida o‘rganiladi. Illyustrasiya narsa, hodisalar va jarayonlarni ularning ramziy
ko‘rinishlari – chizma, port, rasm, fotosurat, yassi modellar va boshqalar
yordamida ko‘rsatishni taqozo etadi.
Namoyish va illyustrasiya metodlari o‘zaro bog‘liqlikda bir-birini to‘ldirgan holda
qo‘llaniladi. Agar hodisa va jarayonni o‘quvchi yaxlit holda qabul qilishi zarur
bo‘lsa namoyishdan foydalanish, agar hodisa mohiyati hamda uning unsurlari
o‘rtasidagi bog‘lanishlarni anglash talab etilsa Illyustrasiyaga murojaat qilinadi.
Illyustrasiyaning samarasi ko‘pincha o‘qituvchi tomonidan ko‘rsatuv
texnologiyasi qay darajada o‘zlashtirilganligiga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘rsatmalardan
foydalanishning bilish jarayonidagi didaktik ahamiyati o‘rganilayotgan obyekt
mohiyatini to‘laqonli yorita olishi bilan belgilanadi. Aslida Illyustrasiyalar
oldindan tayyorlanib, dars jarayonida zarur o‘rinlarda kerakli hajmda ko‘rsatiladi,
aks holda ular sonining oshib ketishi o‘quvchilarni hodisa mohiyatini anglashda
chalg‘itadi. Ayrim hollarda tarqatma materiallar (fotosurat, jadval, tabiiy obyektlar
va boshqalar) yoki texnik vositalar xizmatidan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
AMALIY METODLAR o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlar
yordamida ularda amaliy ko‘nikma va malakalarni hosil qilishda alohida ahamiyat
kasb etadi.
Ushbu metodlardan foydalanish zaruriyati
ko’rsatmalilik
tamoyiliga amal qilish maqsadga muvofiq
ekanligida
ko’rinadi
. Inson miyasining 30 foiz hajmini
ko’rishni
, faqat 3 foizigina eshitishni
ta’minlovchi
neyronlar tashkil etadi. Pedagogik-psixologik
yo’nalishda
olib borilgan tadqiqotlar natijalaridan
ma’lum
bo’ladiki
, shaxs tomonidan
o’zlashtirilayotgan
bilimlarning 85 foizi
ko’rish
retseptorlari
yordamida
o’zlashtiriladi
.
198
qayd etilganideq ushbu metodlar
o‘quvchilarda amaliy ko‘nikma va
malakalarni shakllantirishga yordam
beradi. Aynan amaliy faoliyat
jarayonida nazariy bilimlar
harakatdagi shaklga ega bo‘ladi.
MAShQ- aqliy yoki amaliy
(jismoniy) harakatlarni bajarish
ko‘nikmalarini egallash yo‘lidagi
ko‘p
marta takrorlanishlar bo‘lib,
mashqsiz ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirish mumkin emas. Mashqlar
og‘zaki, yozma, gradikaviy (texnik jarayonlar mohiyatini ifodalash), ijtimoiy-
foydali, jismoniy va boshqa turlarga bo‘linadi.
Og‘zaki mashqlardan ta’lim jarayonida keng foydalaniladi. Ular o‘quvchilarning
umumiy madaniyati, mantiqiy fikrlashi hamda bilish qobiliyatini rivojlantirish
bilan bog‘liqdir. Shuningdeq og‘zaki mashqlarning nutq boyligini oshirish va
xorijiy tillarni o‘rganishdagi ahamiyati beqiyos.
Yozma mashqlar – ta’limning tarkibiy qismi sifatida zaruriy ko‘nikma va
malakalarni shakllantirish hamda mustahkamlash maqsadida qo‘llaniladi. Diktant,
insho, masala, misol, shuningdeq referat yozish va tajriba mohiyatini yoritish ham
yozma mashqlar sirasiga kiradi.
Grafikaviy ishlar ham yozma ishlar bilan o‘xshash jihatlarga ega bo‘lib, ulardan
asosan texnik jarayonlar (jumladan, geografiya, fizika, matematika, chizmachiliq
rasm hamda texnologik ta’lim)da keng ko‘lamda foydalaniladi.
Ўқувчиларнинг билиш фаолияти тавсифига кўра таълим методлари таснифи: (И.Я.Лернер ва
М.Н.Скаткин):
199
Ta’lim metodi
O‘qituvchi faoliyati
O‘quvchi faoliyati
Axboriy-reseptiv O‘quv axborotini uzatish,
o‘rganilayotgan obyekt bilan
o‘quvchi harakatini tashkil etish
Bilimlarni idrok etish,
anglash va yodda saqlash.
Reproduktiv
Bilimlar hamda aqliy va faoliyat
usullarini hosil qilishga doir
topshiriqlarni tuzish va taqdim
etish
Namuna asosida bilimlarni
hamda aqliy va faoliyat
usullarini egallash.
Muammoli
bayon etish
Muammoni qo‘yish va uni hal
etish usullarini ochib berish
Topshiriqni idrok etish va
uni qismlarga ajratish.
Topshiriq qismlarini mustaqil
hal etish va o‘z-o‘zini nazorat
qilish
Evristik (qisman-
izlanish)
Muammoni qo‘yish va uni hal
etishga doir qadamlar ketma-
ketligini rejalatirish. O‘quvchilar
faoliyatini boshqarish
Qo‘yilgan vazifa bilan
bog‘liqlikda muammoni hal
etish yo‘llarini mustaqil
izlash va o‘qituvchining
qisman ko‘magi yordamida
muammoni hal etish
Tadqiqotchilikka
doir
Mustaqil hal etishga doir
muammoli vazifalarni
shakllantirish. Muammoni hal
etilish jarayonini nazorat qilish
Muammoni mustaqil hal
etish.
Таълимнинг бинар методлари (М.И.Махмутов).
200
Yangi bilimlarni egallash metodlari;
Ko‘nikma va malakalarni shakllantirish metodlari;
Bilimlarni amaliyotda qo‘llash metodlari;
O‘rgatish metodlari
O‘rganish metodlari
Axboriy-ma’lumotli
Ijro etish (bajarish)
Tushuntirishli
Reproduktiv
Ko‘rgazmali-amaliy
Ijodiy-amaliy
Tushuntirishli-undovchi
Qisman izlanishli
Undovchi
Izlanishli
Асосий дидактик мақсадларига кўра таълим методлари таснифи (М.А.Данилов ва
Б.П.Есипов).
201
Bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash va nazorat qilish metodlari.
O‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari.
O‘quv-bilish faoliyatini motivatsiyalash va rag‘batlantirish metodlari.
O‘quv-bilish faoliyatini nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish metodlari.
O‘rganilayotganlarini
o‘zlashtirishga da’vat
qilish metodlari
Yangi materialni anglash
metodlari
O‘rganilganlarini
fikrlashga imkon beruvchi
metodlar
erkin yozish.
Klaster.
Aqliy hujum.
B-B-B chizmasi.
Chalkashtirilgan
mantiqiy zanjirlar ketma-
Semantik xususiyatlar
tahlili.
B-B-B chizmasi.
O‘qitish bo‘yicha
qo‘llanma.
Bir-biriga o‘rgatish.
eng asosiy tushunchalar,
takrorlash.
T-chizma.
Konseptual jadval.
Venn diagrammasi.
Nilufar guli.
Интерфаол методлар
Яхлит ёндашув бўйича таълим методлари таснифи ( Ю.К.Бабанский).
202
Ta’lim metodlari ta’limiy faoliyatni loyihalashning asosi bo‘lib hizmat qiladi.
O‘qitish metodlarini tanlab olishga qator omillar ta’sir ko‘rsatadi. Bular: ta’lim
oluvchilarning rivojlanganlik darajasi, ta’lim beruvchining maqsadi va kutilmalari,
tashqi ijtimoiy muhit (vaqt, jismoniy ustanovka va resurslar). Tasavvur qiling siz
biror bir fan yuzasidan biror bir mavzuni o‘quvchilarga tushintryapsiz. Tabiyki
sizning ushbu mashg‘ulotdan ko‘zlagan maqsadlaringiz bor. Ushbu maqsadlarga
erishish uchun faqat bir dona ta’lim metodidan foydalanib bo‘lmaydi. Buning
uchun sizga bir qancha metodlar jamlanmasi yordamga keladi. Masalan
ko‘rgazmali (demonstrasiya yoki ilyustarsiya) metodi orqali siz faqat bir ko‘zlagan
maqsadingizga erishishingiz mumkin, lekin hammasiga emas.
Umuman olganda ta’lim metodlarining 5 ta turkumi mavjud bo‘lib, pedagogig
faoliyatingiz mobaynida ularni deyarli barchasini qo‘llab ko‘rasiz.
An’anaviy –didaktik metodlar; verbal, odatiy ma’ruzalar yoki taqdimotlar
shaklida
An’anaviy -modellashtirish metodlari; vizual, demonstrasiya yoki amaliy ishlar
shaklida
Boshqaruvli – noan’anaviy yoki interaktiv metodlar; hamkorlikdagi, individual
yoki guruhiy shakllarda
Dialagik - noan’anaviy yoki interaktiv metodlar; Suqrotcha dialog metodi, savol-
javob,
An’anaviy shakldagi metodlar qo‘llanilganda o‘qituvchi o‘quvchilarga tayyor
bilimlarni beradi yoki mahoratini namoyish etadi, noan’anaviy shakldagi metodlar
qo‘llanilganda o‘qituvchi yo‘nalishni belgilab beradi biroq to‘g‘ridan to‘g‘ri
o‘rgatmaydi, o‘quvchilar mazmunni mustaqil holda tushunib oladilar. Interaktiv
ketligi.
Semantik xususiyatlar
tahlili.
Bir-biridan so‘rash.
Ikki qismli kundaliklar.
eng asosiy tushunchalar
Besh minutlik esse.
O‘n minutlik esse.
203
shakldagi metodlar qo‘llanilganda o‘quvchilar o‘zaro axborot yoki material
almashadilar. O‘qituvchi esa yo‘naltiruvchi va tashkillashtiruvchi vaazifalarini
bajaradi. empirik shakldagi metodlar qo‘llanilganda o‘quvchilar o‘zlari bevosita
jarayonda ishtirok etadilar va buni his etadilar. Mustaqil ish shaklidagi metodlarda
o‘quvchilar o‘qituvchining nazorati va ko‘magisiz mavzuning ayrim jihatlarini
o‘zaro muhokama qiladilar. Ba’zi nazariyotchilar ushbu shakllarni 3 tagacha
qisqartirishni ham taklif etadilar. Bular
Tarnsmissiv
Tarnsaktiv
Tarnsformativ shakllardir.
Tarnsmissiv yoki an’anaviy shaklda o‘qituvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘nalish
beradi (ma’ruza o‘qish yoki demonstassiya).
Transaktiv yoki noan’anaviy shaklda o‘qituvchi va o‘quvchilar dialog olib
borishlari mumkin, biroq to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘nalishlar berilmaydi.
Transformativ yoki an’anaviy va noan’anaviy shakllar birikmasi bo‘lib bunda
o‘qituvchi va o‘quvchilar bir birlarining ichki olamiga kirib borishga harakat
qiladilar.
Ta’lim metodlarining 4 oilasi (guruhi) (Joycye &Wyeil)
Ijtimoiy faoliyat guruhi – individning jamiyat yoki alohida olingan shaxslarga
nisbatan munosabatini oydinlashtirishga yordam beradi. Bunda individning
jamiyatdagi boshqa shaxslar orasida individuallashuviga katta e’tiibor beriladi.
Sheriklik yoki guruhiy hamkorlik;
Rolli o‘yinlar;
Huquqiy so‘rovnomalar
Axborotni qayta ishlash guruhi- o‘quvchilarga axborotni qayta ishlashga yordam
beradi. Bunda o‘quvchilarning tashqi muhit omillarini hisobga olishiga, g‘oyalarini
amalga oshirishga harakat qilishlariga, ma’lumotlarni tahlil qilishlari va
muammolarga yechim topishlariga ahamiyat beriladi.
Induktiv tadqiqot
Deduktiv tadqiqot
204
Memorizasiya (eslab qolish)
Sinektik (ijodiy metodlar)
Loyihalash va muammoli metodlar
Individuallshuv guruhi – shaxsni individual rivojlanishi, uning o‘z-o‘zini va
emotsional holatini yuksalishini ta’minlaydi. Bunda o‘z-o‘zini anglashga e’tibor
qaratriladi.
Noan’anaviy o‘qitish
Bilish mashqlari va qadriyatlar ni oydinlashtirsh
Rolli modellashtirish
O‘z-o‘zini refleksiyalash
Xulq –atvorga ta’sir etish guruhi – bunda asosiy etibor va metodni qo‘llashdan
ko‘zlangan maqsad o‘quvchining xulq-atvorini o‘zgartirishga qaratilgan bo‘ladi.
An’anaviy ta’lim (demonstarsiya va taqdimot)
Zo‘riqishni bartarash qilish
Dasturiy ta’lim
Rag‘bat
Hamkorlik 31
DE-BONONING OLTI HIL FIKRLOVChI ShLYaPALARI. Bu metod doktor
eduard De-Bono tomonidan 1980 yilda ishlab chiqilgan. Ularning har biri fikrlash
uchun asos bo‘lib hizmat qiladi. 6 xil shlyapa 6 xil fikrlash usulini anglatadi. Uning
vazifalari:
1.Paralel fikrlashni rag‘batlantirish;
2.To‘liq fikrlashni rag‘batlantirish
31What teachers need to know about teaching methods. Peter WestWood, Camberwell, Vic. : ACER Press,
2008.p 16-36
205
Janob edvard De Bono taklif etgan usulda o‘qituvchi 6 ta har xil rangdagi
shlyapalardan foydalanadi. O‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha har xil shlyapali
ta’lim oluvchilar, turlicha fikrlab, turlicha qarashlarni ifodalaydilar.
Janob De Bononing fikricha turli rangdagi shlyapalar quyidagi ma’nolarni
ifodalaydi. Masalan:
Oq shlyapa -
neytral, his-hayajonlarsiz va baholamasdan faktlarni konstatasiya
qilishni ifodalaydi.
Qizil shlyapa - spontan, instinktlarga ko‘ra, o‘z his - hayajonlarini ifodalash.
Qora shlyapa - negativ,salbiy tomonlarini, zararni ko‘rishnianglatadi.
Sariq shlyapa - faqat yaxshi tomonlarni ko‘radi, imkoniyatlarni izlab, topish va
undan foydalanishni anglatadi.
Moviy shlyapa - dirijyor, uzoqdan kuzatadi, nazorat qiladi, fikrlab qaror qabul
qiladi.
Yashil shlyapa - doimo harakatda, yangiliklarni izlaydi va yaratadi, boshqalarni
ham o‘z ishiga jalb qiladi.
BLUM TOKSONOMIYaSI.
Bilim olish darajasini tasvirlash uchun AQSh pedagogi Benjamin Blum
tomonidan 1956 yil e’lon qilingan «Taksonomiya seley obucheniya» chast 1.
«Kognitivnaya sfera» asarida ta’lim maqsadlarini qat’iy belgilangan mezonlarini
ishlab chiqqan. Undan o‘tiladigan darsni maqsadini rivojlantirishda, auditoriyada
bajarish yoki nazorat ishi uchun savollar, test tayyorlashda foydalanish mumkin.
Uning fikricha bilim olish (kognitiv)32 darajasi ma’lum iyerarxiya tarzida
joylashib, har bir bosqich avvalgisiga qaraganda murakkab, hamda har bir bosqich
o‘zidan avvalgi bosqichlarni ham o‘z ichiga oladi. Ya’ni har bir yangi pog‘onaga
ko‘tarilar ekan, albatta avvalgi bosqichni ham takrorlash lozim bo‘ladi. Ular
quyidagilar:
1 Olingan bilimni yodda saqlash. Bu esda olish qobiliyati yoki darsda o‘tilgan,
o‘qiganlarni kerak bo‘lganda eslab, yodga tushirish qobiliyati. Bunda o‘tilgan
tushuncha, tendensiya, mezonlar, umumlashtirilgan xulosa kabilarni eslab yodga
solish ko‘zda tutiladi. U darsning dastlabki maqsadi.
32 Lot cognito
–
bilim ma`nosida
206
2. Tushunish. Bu talabalarni darsda eshitganlari, o‘qiganlari, ko‘rganlarini
ma’nosini tushunishi. Qonunlar, tendensiyalar, tushunchalar g‘oyalar ma’nosini
tushunib ularni o‘zgarishi nimaga olib kelishini ko‘z o‘ngiga keltira olish
qobiliyati. Lekin tushunish uchun avval olingan bilimni yodda saqlash kerak.
3.Olingan bilimni qo‘llash. G‘oya, prinsip, konsepsiyalarni yangi vaziyatlarda
qo‘llash iqtidori. Unda eng avvalo bilganlarini yodga tushirib uni yangi vaziyatda
taqqoslash kerak.
4. Tahlil qilish. Voqyea xodisalarni bo‘laklarga bo‘lish, ular o‘rtasida mantiqiy
aloqalarni aniqlashni talab etadi. Tahlil qilish (analiz) iqtisodiy voqyeliq
jarayonlarni u yoki bu shaklda induksiya uslubini qo‘llashga tayanadi. Tahlil qilish
uchun esa olgan bilimni yodga tushirish, muammoga tushunish, uni qo‘llay bilish
kerak.
5. Sintez qilish. Bilim olish va fikrlashning bu bosqichida alohida tarkibiy
qismlar va turli manbalardan olingan axborotni bir butun yagona tizimg keltirish
qobiliyati. Buning uchun yodga tushirish, masalaga tushunish, uni qo‘llay bilish,
tahlil qila bilish kerak.
6. Baholash. Bu bilishning yuqori bosqichi bo‘lib, talabaning qo‘yilgan masalaga
o‘z fikri, nuqtai nazarini bildirish qobiliyatini ifodalaydi. Bunda u yoki bu masala,
muammoni yechishning turli yo‘llari shakllanadi. Uning qaysi biri to‘g‘ri, samarali,
iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi baholanadi. Odatda baholash
mezonlaridan foydalaniladi. Bu mezon o‘qituvchi tomonidan qo‘yilishi yoki
talabalarning o‘zi belgilashi mumkin. Baho berish uchun avvalo olgan bilimni
yodga tushirish, masalani tushunish, Yangi vaziyatda bilganlarini qo‘llay bilish,
tahlil qilish, sintez qilishni bilish kerak.
Talabaga berilayotgan topshiriq, ana shu bilishning olti bosqichidan qaysi
bosqichiga to‘g‘ri kelishini aniqlashda qo‘llaniladigan asosiy so‘zlar quyidagilar
hisoblanadi:
1. Aniqlang, tasvirlang, sanab chiqing, yodga tushiring, ko‘rsating.
2. Taqqoslang, farqini ko‘rsating, tushuntiring, gapirib bering, misollar bilan
izohlang, o‘zgartirib ifoda qiling.
207
3. Qo‘llang, tuzing, namoyish qiling, fikrni davom ettiring, chuqurlashtiring,
loyihasini tuzing, ishlab chiqing, yeching.
4. Tahlil qiling, kategoriyalarga, bo‘laklarga bo‘ling, tasvirlang, farqini ko‘rsating.
5. Ishlab chiqing, tuzing (yarating), tendensiyani qonuniyatini aniqlang,
umumlashtiring, tavsiya qiling, ta’riflab bering.
6. Tinglang, yeching, baholang, muhokama qiling.
Bilishning bosqichlariga ko‘ra talabaning fikrlash doirasi, qobiliyatini hisobga
olib topshiriq, vazifa berish kerak. O‘qitishning turli uslublarini qo‘llashdan, asosiy
maqsad talabalar bilimini yuqori bosqichlarga olib chiqish.
GARDNERNING KO‘P QISMLI INTELLEKTI:
Gardner intellektni “Muammo va ommabop vaziyatlarni samarali yechish usuli
va bir yoki bir nechta madaniy ustanovkalarning yig‘indisi” deb tushuntiradi.
Biologik va psixologik tadqiqotlari natijasida 7 xil intellekt turini ajratib ko‘rsatadi:
1. Mantiqiy-matematik intellekt. Qonuniyat va sabablarni topish va deduksiya va
mantiqiylikni ifodalaydi.
2. Lingvistik intellekt. Bu til o‘rganish va uni egallash bilan aloqador. Bu intellekt
tilni boshqarish, o‘zini namoyon qilish, shoirona so‘zlash kabi vazifalarni bajaradi.
Shuningdek og‘zaki ma’lumotlarni esda saqlab qolish funksiyasini ham bajaradi.
3.Fazoviy intellekt. Insonga muammolarni yechish uchun manipulyatsiya qilish va
tasvirlar hosil qilishda as qotadi. Gardner bu intellekt ayniqsa ko‘r bolalarda yaxshi
rivojlangan bo‘ladi deb hisoblaydi.
4. Musiqiy intellekt- insonga musiqani anglash, ajratish va kuy bastalash uchun
hizmat qiladi. Kuy, ohang, ritmlarni tanishda shu intellekt turidan foydalaniladi.
5.Tana taktil intellekti. Insonga fazoda o‘z tana holatini aniqlash va o‘zini
muvozanatda ushlash imkonini beradi. Bu intellekt turi aqliy va jismoniy faollik
o‘zaro bog‘liq emas deb biluvchi olimlar tomonidan misol tariqasida ko‘p
keltiriladi.
6.Shaxsiy intellekt. Shaxslararo va shaxsiy hissiyot va kechinmalarni tushunishga
yordam beradi.
7. Naturalistik intellekt. Inson qobiliyatlarini o‘zgalardan ajratib ko‘rsatish uchun
hizmat qiladi.
208
Gardner bu intellekt turlarini bir-biridan ajratishiga qaramasdan ular bir butun
holda ishlaydi. Ular bir birini to‘ldiradi va muammoni hal qilishga yordam beradi.
Ko‘p qismli intellekt nazariyasi pedagoglarga ta’lim jarayonida bolalar qobiliyati
va malakasini rivojlantirishga yordam beradi. Masalan ikkinchi jahon urushi
mavzusida dars o‘tilayotganda o‘qituvchi bolalarga o‘sha davr haritasini
ko‘rsatishi, harbiy qo‘shiqlar kuylab berishi, o‘sha davr haqidagi kitob, jurnal va
hikoyalarni o‘qitishi lozim. Shunda bolada bu mavzu haqida kompleks tasavvurlar
hosil bo‘ladi. 33
SUGESTOPEDIA
Bugungi kunda AQShda boshqa bir qator malakatlarda bo‘lgani kabi
“sugestopedia” nomi bilan tanilgan metodika keng rivoj topdi. Ta’limni
intensifikasiyalash va gipnoz bilan bog‘liq bo‘lgan bu metod turlicha baholangan,
tanqid ostiga ham olingan, olqishlangan ham. Biroq uning natijalari
hayratlanarlidir. Suggestopedia asosida dars o‘tadigan pedagoglar maxsus
tayyorgarlikdan o‘tadi. Bunda ta’lim oluvchilarni yangi tilni tezkorlik bilan
o‘rganishlari uchun maksimal qulay sharoit yaratiladi. Har bir o‘quvchi o‘zining
g‘ayrioddiy lingvistik qobiliyatlari borligiga ishontiriladi, dars harakatda va
o‘qinlar yordamida o‘tkaziladi, shuningdek materialni qabul qilishni
yengillashtirish maqsadida musiqiy ta’sir ko‘rsatiladi, doimiy ravishda multimedia
vositalaridan foydalaniladi vahokazo. Mazkur metod qo‘llanilganda tilni o‘rganish
tezligi 40-50 barobar oshadi, chunki kuniga yod olinadigan so‘zlar va jumlalar soni
odatiy metodikadagi raqamlardan ancha ko‘p. (qayd etilgan rekord bir kunda
mingga yaqin so‘z va ibora).
“Jigsaw reading” bu metod talabalarda o‘qish,so‘zlashish va xulosa qila olish
ko‘nikmalarini rivojlantirishda foydalaniladi. Ayniqsa qisqa hikoyalar, matnlar va
maqolalar bilan ishlashda bu usul juda samaralidir. U quyidagicha amalga
oshiriladi. Talabalar ikki guruhga bo‘linadi. Birinchi guruhga hikoyaning birinchi
qismi, ikkinchi guruhga hikoyaning ikkinchi qismi beriladi. Talabalar o‘zlariga
berilgan hikoyaning qismini o‘qib yaxshilab eslab qolishlari kerak bo‘ladi. So‘ng
har bir talabaga narigi guruhdan juftliklar tanlanadi. Har bir juftlik bir biriga
o‘qigan hikoyasini so‘zlab beradi. Ish yakunida har bir juftlikda to‘liq hikoya
paydo bo‘ladi. Talabalar hikoyani eslab qolishlari uchun ayrim qaydlarni amalga
oshirishlari mumkin. O‘yin so‘ngida mavzuni mustahkamlash uchun savol-javob
qo‘llash ham mumkin. Matn ustida ishlashning bu turini boshacha ko‘rinishda ham
33Pedagogy . Lea Chapius, Education and training. Australian capital territory, 2003/Module 1, page 12-18
209
tashkil qilish mumkin. Birinchi guruh talabalariga matn undagi so‘z yoki jumlalar
o‘chirilgan xolda beriladi. Ikkinchi guruh a’zolariga butunlay boshqa so‘z va
jumlalar o‘chirilgan xolda beriladi. Har ikki guruh a’zolari savol berish yo‘li bilan
o‘z matnini to‘ldirib olishi kerak.
“Socratic seminar” ushbu metod mashxur faylasuf Suqrotning bexisob savollar
berish yordamida ta’lim berish usuliga asoslangan. O‘qituvchi talabalarga kerakli
mavzu yoritilgan matn va tayyorlanish uchun vaqt beradi. O‘qituvchi ketma ket
savollar berish natijasida talabalarning mavzuni qay darajada tushunganligini bilib
oladi.
“Philosophical chair” metodidebatgao‘xshaydi. Talabalarga asosiy mavzu va
savollar beriladi. Ular bildirilgan fikrga qo‘shilishlari, norozi bo‘lishlari yoki
betaraf qolishlari mumkin. Bu metod talabalarning bir birlari bilan jonli munozara
o‘tkazishga bir-birlaridan yangi narsalar o‘rganishlariga asoslangan. Har bir talaba
markazda joylashgan stulda o‘tirib navbatma-navbat o‘z fikrlarini bildiradi. Keyin
baxs – munozara boshlanadi.
O‘QITIShMETODLARI (Sruikshanq Bainer & Metcalf)
Ta’limiy o‘yinlar yoki raqobatchilik – raqobat orqali yoki o‘yin orqali qaysi guruh
yoki alohida olingan shaxsning boshqalardan ustunroq ekanligini anglashga
yordam beradi. Komyuterli o‘yinlar ham juda mashxurdir.
Brainstorming – ijodiy fikrlarni to‘plash uchun o‘tkaziladi,bunda ishtirokchilar
tanqid va kesatiqlarsiz muayyan muammo yuzasidan o‘z fikrlarini ochiq oydin
bayon etadilar va ushbu muammoning yechimini izlaydilar. Masalan o‘quvchilarga
dunyodagi ocharchilik muammosi haqida fikr bildirish vazifa qilib topshirilsa
o‘quvchilar o‘z fikr mulohazalarini birin – ketin aytadilar, hamma fikrlar qayd etib
olinganidan so‘ng ushbu muammo bilan kurashish usullarining eng maqbul
variantlari ko‘rib chiqiladi.
Case studi-Case ta’limi turida 1 ta talaba yoki odatda bir guruh talabalar biror
sodir bo‘lgan voqyea yoki ma’lum vaziyatni tafsilotini namoyish etadilar. Keyin
ular biror bir aniq va to‘g‘ri fikrga kelishdan oldin, shu vaziyatni muhokama va
o‘rganish uchun yig‘ilgan bilim va tushunchalarni amalda qo‘llashlari talab
qilinadi. Tehnologiya bilan ta’minlangan case ta’limi odatda tibbiyot ta’limida qo‘l
keladi/foydalaniladi. Bunda case ta’limi tibbiyot tarixini va bemorning
simptomplari, ko‘pincha ko‘rgazmaviy qurollar, turli holatlar bilan bog‘liq
simptomplar haqidagi ma’lumot va mutaxassining ishi haqidagi turli xil fikrlar
210
bog‘liqligi to‘g‘risidagi resurslarni o‘z ichiga oladi. Talabalar esa ma’lum bir fikrga
kelishdan oldin hamma berilgan ma’lumot va fikrlar ko‘rib chiqib muhokama
qiladilar.
Bir qator omillar yaxshilab tushunilib qaralsa, va ma’lum bir vaziyatda to‘g‘ri
qaror qabul qilinsa, case ta’limining juda ko‘plab sohalarda foydasi katta. Chunki
case ta’limi talabalarda ko‘p va kerakli resurslardan foydalanishni talab qiladi, bu
guruhli yoki masofadan o‘qitish muhitiga o‘rganish imkoniyatini yaratuvchi eng
yaxshi yo‘nalish hisoblanadi, keyin esa talabalarga mavzu bilan shug‘ullanishalari
uchun dastlabki imkoniyatlar beriladi. O‘qituvchi doim ham hamma kerakli
ma’lumotni o‘zlari yaratishlari shart emas, chunki har qanday sohadagi eng sara
ma’lumotlar internet saytlarida allaqachon joylashtirilgan. Bu dagani o‘qituvchi
shu berilgan vazifa bo‘yicha tushuncha va savollarni berishi keyin esa sayt
manzilalrini berib va shu orqali atrofda va berilgan vaziyatlarda nima sodir
bo‘lganligi, asosiy tushunchalar, boshqa o‘xshash misollar va kerakli izohlar orqali
ma’lumot olishlari mumkin. Bundan tashqari,talabalar uchun bebaho bo‘lgan har
qanday holatdagi turli muloqotlar talab qilinishi mumkin.
Qiziqishlar markazi – muayyan bir mavzuga tegishli turli kolleksiya va
ekspozitsiyalar orqali o‘quvchilarni qiziqishlarini orttirishga hizmat qiladi. Masalan
o‘quvchilarga o‘zlarining etnik eklib chiqishlarini izohlovchi turli materiallar, oila
shajarasining rasmlarini maktabga olib kelish va uni sinfdoshlariga so‘zlab berish
vazifasi topshiriladi. Bu metod orqali o‘quvchilarning dunyo millatlarini kelib
chiqishini o‘rganishga qiziqishlari ortadi va o‘zga madaniyat namoyondalarini
hurmat qilishgao‘rgatiladi
Colliqua –sinfdagilarning qiziqishlaridan kelib chiqib sinfga taklif qilingan
mehmonlar o‘z faoliyatlari va kasblari haqida so‘zlab beradilar. Masalan sinfga
taklif qilingan sozanda o‘z kasbi va faoliyati haqida o‘quvchilarga ma’lumot
berishi, jonli ijro orqali esa o‘quvchilarda musiqaga bo‘lgan muhabbatni
tarbiyalashi mumkin.
Hamkorlikda o‘qitish- yuklatilgan vazifa va muammolarni bir guruh bo‘lib hal
etishga o‘rgatadi.
Ommaviy madaniyat tazyiqi (culture jumming)- ommaviy axborot vositalari
umuman ommaga qarshi tura olishga va turli stereotiplarni yengishga o‘rgatadi.
Debat – muayyan mavzu yoki muammoli vaziyatga turli nuqtai nazarlar bilan
yondoshish va o‘z fikrini omma oldida himoya qilishga o‘rgatadi.
211
Debrifing – muayyan tajriba yoki sinovdan so‘ng o‘z hissiy kechinmalari va
intelektual zaxiralari bilan almashinishdan iborat bo‘ladi.
Demonstarsiya – muayyan jarayon yoki qurilmani sihlash va faoliyat yuritishini
ko‘rsatish ya’ni namoyish qilishdir.
Kashfiyot yoki tadqiqotchilik – muayyan vaziyat yoki holatga nisbatan yangilik
yoki o‘z nuqtai nazarni ilgari surishni taqazo etadi.
Diskussiya –muayyan mavzu, vaziyat yoki holatni muhokama qilish.34
TA’LIMNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI
Hozirgi vaqtda ta’limni tashkil etishning quyidagi uch tizimi keng tarqalgan: 1)
individual; 2) sinf-dars; 3) ma’ruza-seminar.
Ta’limni tashkil etishning individual tizimi
Afzalliklari
Kamchiliklari
34 What teachers need to know about teaching methods. Peter WestWood, Camberwell, Vic. : ACER Press,
2008.p 16-36
212
1) o‘quv faoliyati mazmuni,
metodi va sur’atini to‘la
individualashtirishimkoniyatining
mavjudligi;
2) aniq bir masalani hal etishda
ta’lim oluvchining har bir
harakati va operasiyalarini
kuzatib borishga imkon berishi.
1) vaqtning tejamli emasligi;
2) o‘qituvchi ta’sirining cheklanganligi
(o‘qituvchining vazifasi o‘quvchiga topshiriq
berish va uni bajarilishini tekshirishdan
iborat);
3) boshqa o‘quvchilar bilan hamkorlikda
ishlash imkoniyati cheklanganligi (bu holat
ijtimoiylashishi jarayoniga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi);
4) jamoada ishlash tajribasining
shakllanmasligi.
Sinf-dars tizimi
Afzalliklari
Kamchiliklari
1) yaxlit o‘quv-tarbiyaviy jarayonning
tartibli ketishini ta’minlovchi aniq
tashkiliy tizim;
2) jarayonlarning oddiy boshqarilishi:
muammoning jamoa bo‘lib muhokama
qilinishi, masalaning echimini birgalikda
izlash jarayonida bolalar o‘rtasida o‘zaro
munosabatlarning shakllanish
imkoniyati;
3) o‘qituvchining o‘quvchilar va
ularning tarbiyasiga doimiy emotsional
ta’sir ko‘rsatishi;
4) ta’limning emotsionalligi (zero,
o‘qituvchi bir vaqtning o‘zida o‘quvchi-
larning katta guruhi bilan ish olib
boradi), o‘quv faoliyatiga
1) tizimning asosan bilimlarni
o‘rtacha darajada o‘zlashtiruvchi
o‘quvchilar uchun mo‘ljallanganligi;
2) bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar
uchun qiyinchiliklarning yuzaga
kelishi va kuchli o‘zlashtiruvchi
o‘quvchilar qobiliyatlarining
rivojlanish sur’atining ortga surilishi;
3) o‘qituvchi uchun o‘qitish
mazmuni va o‘qitish sur’atlari hamda
metodlari bo‘yicha individual
ishlarni tashkil etish, shuningdeq
o‘quvchilarning individual
xususiyatlarini hisobga olishda
qiyinchilikning yuzaga kelishi;
4) katta va kichik yoshli o‘quvchilar
213
musobaqalashish elementlarini kiritish
uchun sharoitning yarati-lishi;
5) bilimsizlikdan bilimlarni
o‘zlashtirish sari harakatlarning
muntazamligi va ketma-ketligi.
o‘rtasidagi munosabatlarning qaror
topmasligi.
Ta’limning ma’ruza-seminar tizimi
Birinchi universitetlar paydo bo‘lishi bilan ta’limning ma’ruza-seminar tizimi
yuzaga kela boshlaydi. U yaratilgan paytdan beri hali deyarli hyech bir katta
o‘zgarishlarga ega emas. Ma’ruza, seminar, amaliy va laboratoriya ishlari,
konsultatsiya va tanlagan kasbi bo‘yicha amaliyot hozirgacha lektsion-seminar
tizim sifatida o‘qishning asosiy shakllaridan biri bo‘lib kelmoqda. Ma’ruza-seminar
tizimi o‘zining sof ko‘rinishida oliy va oliy maktabdan keyingi ta’lim amaliyotida
qo‘llaniladi. O‘zbekistonda uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tatbiq
etilishi bilan ma’ruza-seminar tizimidan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida
foydalanila boshlandi.
MA’RUZA VA UNING O‘ZIGA XOSLIKLARI
Ma’ruza – oliy ta’limda o‘qitishning asosiy shakli hisoblanib, quyidagi vazifalarni
amalga oshirishga imkon beradi:
1) yo‘naltiruvchi: talabalarni o‘quv materialining asosiy jihatlariga e’tibor
qaratishga imkon berish;
2) axborot: o‘qituvchi ma’ruza vaqtida muammoni, muammo bilan bog‘liq asosiy
dalil va xulosalar mohiyatini ochib beradi;
3) metodologik: ma’ruza jarayonida muammoning falsafiy-nazariy asoslari
namoyon etiladi.
4) tarbiyalovchi: talabalarda tinglash, idrok etish, munozarada ishtirok etish
madaniyatini shakllantirish;
5) rivojlantiruvchi: talabalarda mantiqiy fikrlash, xulosalar chiqara olish
qobiliyatini rivojlantirish.
214
Ma’ruza turlari va uning o‘ziga xos xususiyatlari
Ma’ruza turlari
O‘ziga xos xususiyatlari
Kirish ma’ruzasi
Talabalarda o‘quv fani to‘g‘risidagi umumiy
tasavvurlarni shakllantirish
Ma’lumotli ma’ruza
Talabalarda muammoga doir ma’lumotlarni axboriy-
retseptli tarzda taqdim etish
Anjuman-ma’ruza
Talabalar tomonidan o‘quv materialini izlanishli
tarzda o‘zlashtirilishiga erishish
Muammoli-ma’ruza
Talabalarga muammoli savol, muammoli vaziyat va
muammoli topshiriqlarni taqdim etish orqali o‘quv
birliklarini bayon etish
Ma’ruza-munozara
Fikrlar almashinuvini tashkil etish asosida ma’ruza
qismlarini o‘zlashtirishga erishish
Vizual-ma’ruza
Vizual-materiallarni taqdim etish orqali talabalar
tomonidan materialni o‘zlashtirishga erishish
Konspektli-ma’ruza
Talabalar tomonidan o‘quv materialini o‘zlashtirishga
erishish maqsadida tushuntirish bilan birga eng asosiy
qismlarini yozdirib borish
Maslahatli-ma’ruza
Savol va javoblar tarzida ma’ruza mashg‘ulotini
tashkil etish
Binar-ma’ruza
Muammo yuzasidan tadqiqot olib borgan mutaxassis-
olim bilan birgalikda ma’ruzani tashkil etish
SEMINAR VA UNING O‘ZIGA XOSLIKLARI
Seminar – bu o‘qituvchini ta’lim oluvchilar bilan faol muloqotga kirishishiga
yo‘naltirilgan, nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda amalga oshirish uchun zaruriy
shart-sharoitni ta’minlovchi ta’limni tashkil etish shaklidir.
215
Seminar quyidagi maqsadlarga erishish uchun qo‘llaniladi:
1) nazariy materialni tartibga solish;
2) bilimlarni mustahkamlash;
3) ko‘nikma va malakalarni hosil qilish;
3) bilimlarni nazorat qilish.
Seminar mashg‘ulotiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish
Seminar mashg‘ulotiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishda quyidagi savollarga
javob topiladi:
1. Nima uchun?– Seminarni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad.
2. Qanday tarzda?– Seminarni olib borish texnologiyasini ishlab chiqish.
3. Nimani muhokama qilish?– Seminarni olib borish vaqtida muhokama
qilinadigan materiallar mazmuni.
4. Qanday omillarni hisobga olish zarur? – Seminarni tashkil etish jarayonida
ma’lum omillarni hisobga olish.
Seminar turlari va uning o‘ziga xos xususiyatlari
Seminar turlari
O‘ziga xos xususiyatlari
Ma’ruza(doklad)li seminar
Seminar mashg‘uloti talabalarning
ma’ruzalarini tinglash va munozara shaklida
o‘tkaziladi.
Dialogli seminar
Seminar mashg‘uloti ommaviy va indiviudal
savol-javoblar tariqasida tashkil etiladi
Refleksiv seminar
Seminar mashg‘uloti mavzuga doir
ma’lumotlarni muhokama qilish va aniq
xulosalarga kelish tarzida o‘tkaziladi.
Seminar-fikrlar almashuvi
Seminar mashg‘ulotini tashkil etishda
manbalardan foydalaniladi va turli fikrlarni
216
shakllantirishga erishiladi
Seminar-Illyustrasiya
Seminar mashg‘uloti manbalar bilan ishlash
tarzida tashkil etiladi va materiallar
Illyustrasiya tarzida namoyish etiladi.
Evristik seminar
Seminar izlanishli-topshiriqli tarzda tashkil
etiladi.
AMALIY MASHG‘ULOTLAR
Amaliy mashg‘ulot o‘quv ishini tashkil etishning asosiy shakllaridan biri bo‘lib,
eksperimental tavsifdagi mustaqil topshiriqlarni talabalarning professor-o‘qituvchi
bilan birgalikda bajarishini o‘zida aks ettiradi.
Amaliy mashg‘ulotining bosh maqsadi – biror bir fanga doir nazariy qoidalarni
amaliy jihatlarini ochib berish; talabalarning o‘rganilayotgan qonuniyatlarni o‘ziga
xosliklari va namoyon bo‘lish shakllarini chuqur tushunishlarini ta’minlash;
bo‘lajak mutaxassislarda o‘rganilayotgan obyekt bilan amaliy muloqotga kirishish
ko‘nikmasini shakllantirishdir. Laboratoriya (amaliy) mashg‘ulotlar talabalarning
ilmiy dunyoqarashini shaklantirishda muhim rol o‘ynaydi.
MUSTAQIL ISH, KURS ISHI, BITIRUV MALAKAVIY ISHLARINI VA
ULARNING O‘ZIGA XOSLIKLARI
Mustaqil ish – ta’limni tashkil etish shakllaridan biri bo‘lib, bunda talabalar o‘z
oldilariga u yoki bu vazifalarni, maqsadlarni ongli ravishda qo‘yib, faoliyatni
rejalashtiradi va uni amalga oshiradi hamda o‘z-o‘zini baholaydi.
Mustaqil ish – o‘qituvchining topshirig‘i va uning rahbarligida o‘quv vazifasini
hal etadigan ta’limni tashkil etish shakli. Mustaqil ish bu qo‘yilgan maqsad bilan
bog‘liqlikda talabalarning aniq faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishdir.
Talabalarning mustaqil ishlari ularning yuqori darajadagi faolliq ijodiyliq mustaqil
tahlil, tashabbuskorlikka asoslangan faoliyatlaridir.
Kurs ishini yozishdan maqsadtalabalarning egallagan bilim, ko‘nikma va
malakalarini chuqurlashtirish, boyitish hamda ularda tahlil etish, izlanishga doir
ko‘nikma va malakalarni tarkib toptirishga erishishdir.
217
Kurs ishini yozishda quyidagi tartibga asoslaniladi:
1) kafedra mudirining taqsimoti asosida mavzuni va ilmiy rahbarni aniqlash;
2) ilmiy rahbar bilan uchrashish va mavzu yuzasidan maslahat olish;
3) ilmiy rahbar ko‘rsatmasiga asosan adabiyotlarni o‘rganib chiqish va tahlil
etish;
4) o‘rganilgan adabiyotlar asosida kurs ishi rejasini tuzish va ilmiy rahbar
tasdig‘idan o‘tkazish;
5) rejaning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, o‘rganilish darajasi, obyekti,
predmeti, maqsad va vazifalar, amaliy ahamiyati, ishning tuzilishi ko‘rsatib
beriladi;
6) reja masalalarini ketma-ketlikda bayon etiladi va har bir masaladan so‘ng qisqa
xulosa beriladi;
7) reja masalalarini bayon etayotganda adabiyotlardan foydalanishda belgilangan
tartibda snoska keltiriladi;
8) rejadagi barcha masalalar bayon etib bo‘lingach, umumiy xulosa qilinadi;
9) agar ilova qilinadigan Illyustrasiyalar mavjud bo‘lsa, xulosadan so‘ng beriladi;
10) kurs ishining umumiy hajmi 30 betni tashkil etishi kerak (kompyuterda
yozilgan xolatda);
11) kurs ishining adabiyotlar ro‘yxati belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi
shart;
12) kurs ishi to‘liq tugatilgandan so‘ng, kurs ishi topshiruvchi va ilmiy rahbari
titul varag‘iga imzolarni qo‘yib, kafedraga taqdim etishadi;
13) kurs ishi himoyasi belgilangan tartibda o‘tkaziladi va himoya
o‘tkazilishidan bir hafta oldin e’lon qilinadi;
14) kurs ishi yozilayotgan o‘quv fanidan YaN olingunga qadar topshirilishi kerak.
Bitiruv malakaviy ish – ta’limning yakuniy bosqichida oliy ta’lim
muassasasi rahbari tomonidan tayinlangan ilmiy rahbarning topshirig‘i va
ko‘rsatmasi asosida talaba tomonidan mustaqil bajariladigan ilmiy-nazariy va
metodik loyihadir.
218
Bitiruv malakaviy ish himoyasi bakalavriat yo‘nalishi talabasining yakuniy davlat
attestasiyasi sinovi ko‘rinishlaridan biridir. Shuningdeq bitiruv malakaviy ish
talabaning o‘z ixtisosligi bo‘yicha egallagan nazariy hamda amaliy bilim, ko‘nikma
va malakalari ko‘lami va darajasini, bitiruvchining saviyasi va salohiyatini
belgilovchi, mustaqil ilmiy, ijodiy tadqiqot ishidir (O‘z.R. OO‘MTVning 2010 yil
9 iyundagi 225-sonli buyrug‘i).
Bitiruv malakaviy ishni bajarish jarayoni quyidagi ketma-ketlikda amalga
oshiriladi:
1. Tayyorgarlik bosqichi:
- tanlangan mavzu buyicha bitiruv malakaviy ishni bajarish uchun ruxsat olish
(mavzuni tasdiqlash);
- malakaviy ishni bajarish bo‘yicha topshiriqlarni ishlab chiqish.
- mavzu tanlash;
2. Bitiruv malakaviy ish mavzusi quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- mavzuning talaba ta’lim yo‘nalishi, ihtisosligiga mosligi;
- dolzarb pedagogik muammoga bag‘ishlanganligi;
- fanning amaldagi holati va uni rivojlantirish istiqbollariga mosligi;
- iste’molchilarda qiziqish uyg‘otishi va amaliy ahamiyatga ega bo‘lishi.
3. Bitiruv malakaviy ish mavzusini tanlashda quyidagilarni hisobga olish
maqsadga muqofiqdir:
- tadqiq etilayotgan muammoning adabiyotlarda yoritilishi va ishlanganlik
darajasi;
- oliy ta’limda ta’lim olish davrida talabaning kurs ishlari hamda boshqa ilmiy
ishlarni bajarish borasida egallagan ko‘nikmalari;
- bitiruv ishini bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni topish imkoniyati;
- iste’molchi tashkilotning bitiruv malakaviy ish materiallariga qiziqishi va
ehtiyoji;
- talabaning imkoniyatlari va nazariy-amaliy tayyorgarlik darajasi.
4. Bitiruv malakaviy ish tarkibiga quyidagilar kiradi:
219
Titul varag‘i
Mundarija
Kirish
a) tanlangan mavzuning dolzarbligi;
b) ishning maqsad va vazifalari;
v) ishning obyekti va predmeti;
g) metodologik asosi va tadqiqot metodlari;
d) himoyaga olib chiqilayotgan holatlar;
ye) ishning amaliy ahamiyati;
j) ishningtuzilishi.
Asosiy qism.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Ilovalar.
TA’LIM VOSITALARI
Ta’lim metodlari ta’lim vositalari bilan birgalikda qo‘llaniladi. Didaktik vositalar
deganda, o‘quv va ko‘rgazmali qo‘llanmalar, namoyishli qurilmalar, texnik
vositalar tushuniladi. Ta’lim vositalari – bu yangi bilimlarni o‘zlashtirish uchun
o‘qituvchi va talabalar tomonidan foydalaniladigan obyekt.
Ta’lim vositalari o‘zida o‘quv-tarbiyaviy maqsadga erishish uchun zarur bo‘lgan
moddiy yoki ma’naviy qadriyatlarni aks ettiradi. Odatda ular ta’lim metodlariga
mos holatda foydalaniladi. Biroq, agar metodlar «qanday o‘qitish» savoliga javob
bersa, vositalar esa, «uning yordamida niamani o‘qitish» savoliga javob beradi.
Ta’lim vositalari tasnifi
Ta’lim vositalari tasnifi aniq va yagona bo‘lishi mumkin emas. Ta’lim
vositasining ahamiyatli tomoni ularning birgalikda qo‘llanili-shidir va hyech
qachon bir-birini inkor etmaydi. O‘qituvchining vazifasi – dars jarayonini
faollashtirish uchun ta’limning samarali vositasini tanlab olishdir.
220
Ta’lim vositalarini tasniflashda turli asoslarga ko‘ra yondashish mumkin:
Faoliyat
subyektiga ko‘ra;
Faoliyat
obyektiga ko‘ra;
O‘quv axborotiga
munosabatiga
ko‘ra;
O‘quv
jarayonidagi
vazifasiga ko‘ra.
Faoliyat subyekti bo‘yicha ta’lim vositalari tasnifi
Faoliyat subyekti bo‘yicha ta’lim vositalari o‘rgatish va o‘rganishga bo‘linadi.
1. O‘qitish vositalari. Masalan, namoyishli-tajriba qurollari. Bunday qurollar
o‘qituvchi toionidan mavzuni tushuntirish va mustahkamlash uchun qo‘llaniladi.
2. O‘rganish vositalari. Masalan, laboratoriya-praktikum qurollari. Bunday
vositalar talabalar tomonidan yangi bilimlarni egallash uchun qo‘llaniladi.
Faoliyat obyektlari bo‘yicha ta’lim vositalari tasnifi
Faoliyat obyektlari bo‘yicha ham ta’lim vositalari ikkiga bo‘linadi:
1. Material ta’lim vositalari. Bu o‘quv qo‘llanmalari, darsliklar, jadvallar,
maketlar, modellar, o‘quv-texnik vositalar, mebel, o‘quv-laboratoriya qurilmalari,
ko‘rgazmali vositalar bo‘lishi mumkin.
2. Ideal ta’lim vositalari – bular pedagog va talabalar yangi bilimlarni egallashda
qo‘llaydigan vositalar: chizmalar, sxemalar, diagrammalar, tasviriy, san’at, nutq,
xat va boshqalar. Ideal vositalar – bu «fikrlar haqidagi fikrlar»: o‘qituvchi ularni
o‘rgatish uchun belgilangan shaklda ko‘rsatishi zarur. Masalan, materializatsiya –
abstrakt simvollar tarzida ko‘rsatiladigan vosita(grafiklar, jadvallar, chizmalar),
verbalizatsiya – nutq bayoni tarzida ko‘rsatiladigan vosita(tahlil, muhokama qilish,
dalil keltirish).
O‘quv axborotiga munosabatiga ko‘ra ta’lim vositalari yangi materialni o‘rganish
vositalari, takrorlash, mustahkamlash, umumlashtirish vositalari, bilimlarni nazoart
qilish vositalari, o‘quv jarayonini tashkil etish va boshqarish vositalari va axborot
vositalariga bo‘linadi.
O‘quv jarayonidagi vazifasiga ko‘ra ta’lim vositalari kommunikatsiya (muloqot)
va o‘quv ishlari vositalariga tasnif etiladi. O‘quv ishi vazifa, muammo, masalalarni
hal etish, turli mashqlarni bajarish jarayonidir. Ta’lim – kommunikatsiya (muloqot)
221
o‘qituvchi va talabalarning o‘quv faoliyati sanaladigan kommunikativ-faoliyatli
jarayon. Kommunikatsiya – bu kodlash (o‘qituvchi nutqidagi atamalarda), uzatish
(yozilish) va talabalarning axborotni qabul qilishi (tushunish va dastlabki eslab
qolish).
Didaktik vositalar his qilish, sezish uchun foydalanishiga ko‘ra ham tasnif
qilinadi. Bunday bog‘liqlikka ko‘ra didaktik vositalar vizual (ko‘rish) –
haqiqiy(original) narsalar yoki turli obrazli ekvivalentlari, diagrammalar, kartalar;
audial(yeshitish) – radio, magnitofon, musiqa asboblari; audioizual(ko‘rish-
yeshitish) – ovozli filmlar, televideniye, kompyuterlar, didaktik mashinalar,
elektron darsliklar.
Ta’limning texnik vositalari
TTV – bu o‘zida o‘quv-axborotlarini ekranli-ovozli aks ettiruvchi asbob va
moslamalardir. Ularga:
1. O‘quv kinofilmlari.
2. Diafilmlar.
3. Kompyuterlar.
4. Magnitofon tasmalari.
5. Radioeshittirish.
6. Teleko‘rsatuvlar kiradi.
TTVning funksiyalari:
ta’limning sifati va samaradorligini oshiradi;
o‘quv jarayonining jadallashuvini ta’minlaydi;
talabalarni idrok qilishga yo‘naltiradi;
talabalarda bilimlarni egallashga nisbatan katta qiziqish hosil qiladi;
dunyoqarashni, ishonchni, talabalarning axloqiy qiyofasini shakllantirishga
yordam beradi;
o‘quv ishiga nisbatan talabalarda emotsional munosabatni oshirishni ta’minlaydi;
bilimlarni nazorat, o‘zini-o‘zi nazorat qilishni ta’minlaydi.
222
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayoni sifatini
nazorat qilishning o‘ziga xos hususiyatlari
Ta’lim sifatini ta’minlashning me’yoriy-huquqiy, tashkiliy, moddiy-texniq o‘quv-
uslubiy va boshqa jihatlarini amalga oshirish hamda ularni takomillashtirish
bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar
Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining qarorlari
hamda buyruqlari me’yoriy-huquqiy asos bo‘lib hizmat qilmoqda. Ta’lim jarayoni
nazoratining asosiy tamoyillari Davlat ta’lim standarti (DTC) asosiy qoidalarida
aniq va ravshan keltirilgan bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Ichki nazorat- OTM tomonidan amalga oshiriladi. Ichki nazorat oily ta’limni
boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan “Oliy ta’lim
muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi
to‘g‘risida”gi Nizom asosida o‘tkaziladi;
Yakuniy davlat nazorati - oily ta’lim yo‘nalishlari va mutahassisliklari bo‘yicha
DTS ga muvofiq ravishda o‘quv fanlari bo‘yicha davlat attestatsiyasi, bakalavr
bitiruv malakaviy ishi yoki magistrlik dissertatsiyasi himoyasini o‘z ichiga oladi.
Tashqi nazorat – belgilangan tartibda davlat test markazining kadrlar tayyorlash
sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalari attestatsiyasi bosh
boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Sifatni baholash va belgilash har doim baxs va munozaralar ichida bo‘lib kelgan.
K.Kempbel va K.Roznialarning “Sifat baholanmaydi va o‘lchanmaydi, balki ilm
ahli tomonidan sifatning qayerda va qachon ta’minlanishi tan olinadi” degan talqini
mavjud va u ham turli munozaralarning yana ham kuchayishiga sabab bo‘ladi.
Britaniyalik mualliflar N.Jakson va X.Lund oily ta’limdagi sifatni baholash
masalalariga yondashishda “konseptual tizim” asoslanadilar.
N.Jakson va X.Lundning “konseptual tizimi”
Kirim va resurs
(Input)
Jarayon
(Process)
Natija maqsad
(Output)
Talaba: uning
Ta’lim dasturlari va
Talabaning
223
dastlabki bilim saviyasi,
qobiliyati, sohasi va
malakasi.
O‘qituvchi hodim: ilmiy
salohiyati, malakasi,
ekspertlik darajasi,
kompitentligi,
rivojlanuvchi ta’limga
tayyorligi.
Jismoniy resurslar: turar
joy, shart-sharoitlar,
texnika va jihozlar,
kutubxona va information
texnologiya
imkoniyatlari.
Moliyaviy resurslar:
talaba va o‘qitvchi
hodimlarga sarflanadigan
sarf harajatlar.
Tashqi resurslar:
noakademik
mutaxassislardan
foydalanish, oily ta’lim
muassasasiqaramog‘ida
bo‘lmagan texnika va
jihozlardan foydalanish.
o‘qitish shart sharoitlari
bilan tanishtirish. O‘quv
dasturlari dizayni va
baholash.
O‘qitish va o‘rganish
strategiyalari va
metodlari, effektivligi,
innovatsion
yondashuvlar.
Talabalarga raxbarlik va
qo‘llab-quvvatlash:
akademik va individual
saboq berish tizimi,
qo‘llanma va boshqa
turdagi ma’ruza matni
hamda ma’lumotlar,
loyihalarga raxbarlik
qilish.
Talabalar faoliyatini
qayd qilish tizimi:
talabaning
o‘zlashtirishini baholash
va hisobot tayyorlash.
Menejment va
adminestrativ boshqaruv
tizimi:
Tahliliy ishlar va
kamchiliklarni tuzatish.
Talabalardan yoki
hodimlardan kelib
tushadigan talab va
takliflar asosida.
raqobatbardosh kadr
bo‘lib yetishishi, yuqotri
reytingga ega bo‘lish,
ta’lim standartlarini
bajarishi, uzluksiz
ta’limning keying
bosqichiga tayyor
bo‘lishi.
O‘qituvchi hodimlar:
ularning o‘qitish, ilmiy
tadqiqotlarida,
boshqaruvda
supervayzerlikda
mahsuldorlikka va
kreativlikka erishishi.
224
Yevropada oily ta’lim va fanni qilinishining maqsad va vazifalari to‘g‘ridan
to‘g‘ri ikkita asosiy hujjat – Boloniya deklarasiyasi va Lissobon konvensiyasi
orqali amalga oshiriladi.
Ushbu huquqiy meyoriy hujjatlar shunga mos holda Boloniya va Lissobon
strategiyasi ishlab chiqilgan. Islohotning ushbu ikki konsepsiyasi maqsadi oily
ta’lim sifatini doimiy yaxshilashga, mehnat bozorida bitiruvchilarning
raqobatbardoshligini oshirishga, ta’lim sifati va amaliy ta’lim hizmatini samarali
biriktirishga qaratilgan, umumiy fundamental tamoyillarga asoslangan, birlashgan
Yevropa oily ta’lim hamjamiyatini yaratishdan iborat.
Lissobon konvensiyasi 1997-yil 11-aprelda qabul qilingan bo‘lib, pereambula va
quyidagi 11 ta asosiy qismlar va ularga tegishli 44 ta moddalardan iborat:
1. Ta’rif va bitta modda;
2. Davlar organlari kompitensiyasi va uchta modda;
3. Malakani baholashning asosiy tamoyillari va beshta modda.;
4. Oliy ta’lim olish huquqini beruvchi malakani tan olish va beshta modda;
5. Ta’lim davrini tan olihs va uchta modda;
6. Oliy ta’lim malakasini tan olish va beshta modda;
7.Qochoqlar, ko‘chib kelganlar va qochoqlar holatidagi shaxslar malakasini tan
olihs va bitta modda;
8. OTM va dasturni baholash haqidagi ma’lumot va ikkita modda;
9. Tan olish masalalari haqidagi ma’lumot va uchta modda;
10. Amalga oshirish maxanizmlari va uchta modda;
11. Xulosaviy ko‘rsatmalar va to‘qqizta modda.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, Lissobon konvensiyasida asosan Yevropa
ta’limining davri, kompitensiyasi, malakalarga qo‘yilgan talablar, ta’lim sifati, uni
umumiy talablarga javob berishi, nazorati, jarayonni amalga oshirish va natijalarni
tan olish kabi masalalarda hududiy birlashish kelishilgan.
Boloniya dekloratsiyasida Yevropa OTMlarida kadrlar tayyorlash, uni ta’lim
tizimida birlashtirishga yordam berish hamda ta’lim va fanga oid
raqobatbardoshlikni oshirish maqsadida quyidagi vazifalar hal qilingan:
225
Ikki bosqichli ta’limni joriy etish;
Kredit tizimini joriy etish va uni tan olish;
Safarbarlik va mobillikni kengaytirish;
Bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanishini yaxshilash;
Yevropa ta’lim tizimi sifatini ta’minlash;
Aspiranturani oliy ta’limning umumiy tizimiga kiritish;
Oliy tizimda “Yevropa o‘lchovlari”ni shakllantirish;
Yevropa oliy ta’limini raqobatbardoshligini va sifatini oshirish;
Oliy ta’limning ijtimoiy rolini oshirish, uning ommabopligi, qo‘shimcha ta’lim
tizimini rivojlantirish;
Dostları ilə paylaş: |