248
1. Mifologiya
(yunoncha metos naql, rivoyat, logos, ta’limot degani) bo‘lib,
ibtidoiy ongda voqyelikning xayoliy in’ikosidir. Mifologik dunyoqarashda
olamning kelib chiqishi, tuzilishi tabiat va jamiyatning turli xodisa va voqyealarni
umumlashtirib hayoliy shakllarda tasvirlanishidir. Masalan, Gommerning “Iliada”,
hind eposi “Romayana”, o‘zbek xalq eposi “Alpomish” v.b.
2.Diniy dunyoqarash
din tabiat, jamiyat, inson uning ongi, yashashdan maqsadi
hamda taqdiri insoniyatning bevosita qurshab olgan atrof –
muxitdan tashqari
bo‘lgan uni yaratgan, insonlarga to‘g‘ri hayot yo‘lini ko‘rsatadigan va o‘rgatadigan
ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan qarash, ta’limotdir
3.Falsafiy dunyoqarash
dunyoni, borliqni ilmiy
jihatdan umumlashtirib
tushuntiruvchi nazariy qarashlar tizimidir.
37
1. Dunyoqarashlik funksiyasi bilimlarning asosiy xususiyati bo‘lib, insonni borliq,
materiya, tabiat, jamiyat, inson, inson ongi va tafakkuri, insonni dunyoning bilish
haqidagi eng umumiy qarashlari bilimi bilan qurollantiradigan funksiyasidir.
2. Metodologik funksiyasi
metodologiya sifatida
tibbiyot ilmi taraqqiyotining konkret tarixiy
sharoitlari bilan qonuniyatli aloqasini tushunishga,
ilmiy kashfiyotlar va ularning tadbiq etilishini
ijtimoiy
qiymatini
va
umumiy
istiqbolini
chuqurroq
anglashga
yordam
beradigan
funksiyasidir.
3. Gnoseologik funksiyasi
dunyoni bilish asosida
uni
o‘zgartirishda
insonni
faol
faoliyat
ko‘rsatishga undaydi. Shu bilan birga falsafa
amaliy va nazariy masalalarni xal qilishda katta
rol o‘ynaydi. Bularni
barchasi falsafaning
gnoseologik funksiyasida namoyon bo‘ladi.
4. Ijtimoiy funksiyasi. Insonning ijtimoiy tabiatini va mohiyatini ochib berish
bilan birga, u insonning tabiatga munosabatini, jamiyat-ning
tabiat bilan uzviy
bog‘liqligini ko‘rsatib beradi, shuningdek insonning tabiatga g‘amxo‘rlik bilan
munosabatda bo‘lishini o‘rgatadigan funksiyasidir.
5. Tarbiyaviy funksiya kishining aqliy jihatdan kamol topishida,
nazariy
tafakkurning qaror topishida, jamiyat-ning yetuk kishisi bo‘lib yetishishida yuksak
g‘oyaviy mustahkam e’tiqod ruhida tarbiyalashda ilmiy dunyoqarashni qaror
toptirishda muhim rol o‘ynaydi.
Dostları ilə paylaş: