Achituvchi bakteriyalar dan sut mahsulotlari: qatiq,
pishloq, yogurt tayyorlashda foydala niladi
(1.9-rasm) .
Burchoqdoshlar oilasiga mansub o‘simliklar ildizida
ya shaydigan tugunak bakteriyalar havodagi azotni o‘zlashti-
radi. Tugunak bakteriyalar faoliyati natijasida tuproq azotli
birikmalar bilan boyiydi. Bu azotli birikmalar o‘simliklar ning
mineral oziqlanishi uchun juda zarur.
Parazit bakteriyalar odamlarda sil, terlama, bo‘g‘ma, vabo, o‘lat va boshqa ko‘pgina
yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Har bir o‘quvchi
parazit bakteriyalardan saqlanish chora-tadbirlariga amal
qilishi lozim.
Protoktistalar dunyosiga (L. Margelis va K. Shvarts bo‘yicha) bir va ko‘p hujayrali sod-
da organizmlar: Soxta oyoqlilar, xivchinlilar, infuzoriyalar, sporalilar, yashil suvo‘tlar, qizil suv-
o‘tlar, qo‘ng‘ir suvo‘tlar kabilar kiradi.
Suvo‘tlar tanasi bir va ko‘p hujayradan tuzilgan bo‘lib, to‘qima va organlarga bo‘linma
-
gan tana, ya’ni
tallom deyiladi. Barcha suvo‘tlar avtotrof organizmlardir. Chuchuk suvlarda
ya shaydigan oddiy xlorella, xlamidomona-
da hujayrasi yupqa va mustahkam qobiq
bilan o‘ralgan. Hujayrada sitoplazma va
yadrodan tashqari fotosintez funksiya sini
bajaruvchi
xromatoforalar h
xromatoforalar ham joylash-
gan. Ular suv hamda unda erigan karbo-
nat angidrid va mine rallarni po‘sti orqali
shimib oladi
(1.10-rasm) .
Xlamidomonada ning yorug‘likni
sezuvchi qizil ko‘zchasi bo‘lib, u xivchinlari
yordamida harakatlanadi.
Daryo va soylarda ko‘p uchraydigan
belbog‘li ulotriks suv ostidagi tosh va boshqa narsa-
larga rizoidi yordamida yopishib o‘sadi. Ulotriks tanasi ipsimon bo‘lib, bir xil silindr shaklidagi
hujayralardan tashkil topgan.
1.9-rasm. Achituvchi
bakteriyalar ishtirokida
olinadigan oziq-ovqat
mahsulotlari.