XULOSA CHIQARAMIZ •
Bir hujayrali organizmlar
mikroorganizmlar deyi ladi. Tirik organizmlar oziqlanishiga ko‘ra avtotrof,
gete rotroflarga ajratiladi. Har bir tirik organizmning
tabiatda o‘z o‘rni va vazifasi bor.
YANGI BILIMLARNI QO‘LLAYMIZ Bilish va tushunish 1. “Mikroorganizm”, “mikrob” so‘zlarining ma’nosini ayting.
2. Avtotrof va geterotrof organizmlarning farqi nimada?
3. Bakteriyalarning oziqlanishiga ko‘ra qanday turlari
mavjud?
4. Protoktistalarga qanday organizmlar kiradi?
5. Zamburug‘larning qanday turlarini bilasiz?
Qo‘llash Tirik organizmlarni oziqlanishiga ko‘ra guruhlarga
ajra ting: sianobakteriyalar (ko‘k-yashil suvo‘tlar), chirituvchi
bak teriyalar, xlorella, achituvchi bakteriyalar, laminariya,
tripanosoma, fillofora, tugunak bakteriyalar, parazit bakteriyalar, volvoks, ulotriks, tufelka infuzoriyasi,
qo‘ziqorin, xlamidomonada, spirogira, leyshmaniya, achitqi zamburug‘lari, qo‘zidumba.
Avtotrof organizmlar Geterotrof organizmlar Tahlil . Yashil evglena va tufelka infuzoriyasining o‘xshashligi va farqini Venn diagrammasida ifoda
eting.
Sintez Bir hujayrali organizmlar oqsil, yog‘, uglevod va vitaminlarga boy. Ular juda tez o‘sadi va ko‘payadi.
1960–1970-yillarda olimlar ko‘p yillik kosmik parvozlarni rejalashtirayotganda kosmik kemadagi
akvariumlarda suvo‘tlar (xlorella) tomonidan oziq moddalarini ishlab chiqarish imkoniyatini o‘rgandilar.
Suvo‘tlarni sun’iy ko‘paytirish texnologiyasini yana qan day sohalarda qo‘llagan bo‘lardingiz?
Baholash Chirituvchi bakteriyalar va qalpoqchali zamburug‘larning
o‘simliklar uchun ahamiyatini baholang.
1.15-rasm. Qo‘zidumba.
1.16-rasm. Qo‘ziqorin.
Topshiriq Iste’mol qilish mumkin bo‘lgan
qalpoqchali zamburug‘lar haqida
ma’lumot to‘plang.
1.17-rasm. Muxomor.