14
Dengizlarda uchraydigan qo‘ng‘ir suvo‘t
yapon
laminariyasi
“Dengiz karami” deb nom olgan.
Yapon laminariyasi tanasida ko‘p miqdorda
darmondorilar, shakar va boshqa moddalar
to‘planadi.
Laminariya, nemalion
va
ulva
kabi
dengiz suvo‘tlari iste’mol qilinadi. Suvo‘tlarning
fotosintezi natijasida suv havzalari kislorod bilan
boyiydi. Suvo‘tlar suvdagi organizmlar uchun
asosiy oziq manbaidir.
Soxta oyoqlilarga mansub oddiy amyoba ko‘lmak
suvlar tubida hayot kechiradi. Tanasi 0,2–0,5 mm,
shaffof. Sitoplazmaning harakati tufayli soxta oyoq-
lar uzluksiz hosil bo‘ladi va yo‘qolib turadi. Shu-
ning uchun amyobaning tana shakli doimiy emas.
Amyo ba geterotrof organizm bo‘lib, suvo‘t, bakte-
riya va organik qoldiqlar bilan oziqlanadi. Oziqqa
duch kelgan amyoba soxta oyoqlari yordamida
fa gotsitoz usulida oziqni qamrab oladi
(1.11-rasm)
.
Dengizlarda soxta oyoqlilardan ohak chig‘anoqli
foraminiferalar va kremniy skeletli nursimonlar
uchraydi. Million yillar davomida nobud bo‘lgan
foraminifera chig‘anoqlari qoldig‘idan ohaktosh
konlari hosil bo‘lgan. Odam va sutemizuvchilar
ichagida yashaydigan ichburug‘ amyobasi ichburug‘
kasalligiga sabab bo‘ladi.
Xivchinlilarga mansub
yashil evglena
hujayrasi
qattiq qobiq bilan qoplangani uchun tana shakli
doimiy bo‘lib, harakatlanish organoidi – xivchinga
ega. Maxsus “ko‘zcha” yordamida yorug‘lik tomonga
harakatlanadi. Yashil evglena xromatofora
xromatoforalarga
ega bo‘lib, yorug‘lik yetarli sharoitda fotosintez,
yorug‘lik yetarli bo‘lmagan sharoitda tayyor orga-
nik birikmalarni shimib, saprofit usulda oziqlanadi
(1.12-rasm)
.
Dostları ilə paylaş: