11
chuchmomadoshlar kabi oilalar to‘planib, bir urug‘pallali o‘simliklar sinfini hosil qiladi. Ra’no
-
doshlar, ituzum doshlar, gul xayridoshlar oilalari birlashib, ikki urug‘pallali o‘simliklar sinfini
tashkil etadi.
Turlarning ilmiy nomini yozishda oldin turkum, keyin tur nomi yoziladi. Masalan,
Tulipa
Greigii
yoki
Tulipa Ferganica.
Bir va ikki urug‘pallalilar sinfiga oid o‘simliklarning barchasi gulli o‘simlik bo‘lgani uchun
bu ikki sinf gulli o‘simliklar yoki yopiq urug‘li o‘simliklar bo‘limiga birlashtiriladi.
O‘simliklar dunyosi o‘simliklar sistematikasidagi eng katta birlik bo‘lib, yo‘sinlar, qirqqu-
loqlar, ignabarglilar, gulli o‘simliklar kabi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi.
Hozirgi kunda ko‘pchilik mutaxassislar tomonidan organik olam ikkita katta dunyo: prokariot
va eukariotlarga ajratilgan. Prokariotlarga bakteriyalar, eukariotlarga esa protoktistalar,
zamburug‘lar, o‘simliklar va hayvonlar dunyosi kiradi.
Bakteriyalar dunyosiga birlashtirilgan tirik organizmlarning hujayralarida yadro bo‘lmaydi.
Shuning uchun ular
Dostları ilə paylaş: