8
Tajriba
obyekt yoki hodisani maxsus tashkil etilgan, muayyan sharoitda o‘rganishga
imkon beradigan metod hisoblanadi. Masalan, biz turli xil o‘simlik urug‘larining unib chiqishi
uchun zarur shart-sharoitni aniqlashga doir tajriba o‘tkazishimiz mumkin
(1.5-rasm)
.
1.5-rasm.
Tajribalar o‘tkazish.
Kuzatish va tajribalar jarayonida olingan dalillar yangi kuzatish va tajribalar yordamida
qayta tekshirilishi va tasdiqlanishi zarur. Shundagina ularni ilmiy dalil deb hisoblash mumkin.
Kuzatish va tajribalarda turli o‘lchovlar o‘tkaziladi. Sizlar ko‘p marta jismlarning uzunligi,
kengligi, vazni hamda hajmi, vaqt, harorat, masofasi, harakatlanish tezligi va boshqalarni
o‘lchagansiz. Kuzatish va tajribalar davomida olingan o‘lchovlarni tahlil qilish hamda taqqoslash
muayyan qonuniyatlarni aniqlashga imkon beradi
(1.6-rasm)
.
1.6-rasm.
O‘lchovlar o‘tkazish.
Tirik organizmlarning xilmaxilligini tushunish, tartibga solish uchun ulardagi o‘xshashlik
va farqlar hamda umumiy qonuniyatlarni aniqlashda
taqqoslash
metodidan foydalaniladi.
Modellashtirish metodi.
Model
(lotincha
modulus
– “o‘lchov”, “me’yor”) – biologik obyekt
yoki obyektlar sistemasining obrazi, ya’ni namunasidir. Masalan, globus – yerning modeli,
akvarium – suv havzasining modeli, gultuvakdagi o‘simlikni ekosistemaning modeli deyish
mumkin.
Modellashtirish
biologik obyekt, hodisa va jarayonlarni ularning modellari yordamida
o‘rganishdir.
Dostları ilə paylaş: