“Yangi bilimlarni qo‘llaymiz” rukni sizga biologik obyekt, hodisa, jarayonlarni
bilish va tushunish, bilimlarni qo‘llash, tahlil, sintez, baholash darajalaridagi topshiriq larni tak
-
lif etadi.
Darslikda berilgan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari tirik organizmlar tuzilishi va
ha yotiy jarayonlar mohiyatini tushunish hamda bilimlarni qo‘llash, biologik muammolar yechi
-
mi uchun zarur qarorlarni qabul qila olish ko‘nikmalari ning shakllanishiga yordam beradi. Har
bir bob so‘ngida bilimlaringizni mustahkamlashga qaratilgan topshiriqlar berilgan.
Quyidagi shartli belgilar sizni amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida rioya qilinishi zarur
qoidalar haqida ogohlantiradi:
Himoya kiyimini kiying Mashg‘ulot vaqtida usti-
ngizga turli moddalar te-
gishining oldini olish uchun
himoya
kiyimi kiyishingiz
kerak.
Qo‘lqop kiying Qo‘lni shikastlaydigan
xavf mavjudligini ko‘rsatadi.
Qo‘llarni himoya qilish uchun
qo‘lqop kiyishingiz kerak.
O‘tkir/kesuvchi buyum O‘tkir va kesuvchi bu-
yumlar shikastlanishga olib
kelishi mumkin. Ushbu mate-
riallardan foydalanganda eh-
tiyot bo‘lishingiz kerak.
Mo‘rt material Laboratoriya jihozlari
sinib, sizga va atrof-muhit-
ga zarar yetkazishi mumkin.
Ushbu materiallardan foyda-
langanda ehtiyot bo‘lishingiz
kerak.
Biologik xavf Bakteriya,
protoktista ,
zamburug‘, o‘sim lik va hay-
vonlar keltirib chiqaradigan
kasalliklardan ehtiyot bo‘li-
shingiz kerak.
Yonuvchan modda yoki yuqori harorat Turli sabablarga ko‘ra
kimyoviy moddalarning
port lashi yoki yong‘in yuza-
ga
kelishidan ehtiyot bo‘li-
shingiz kerak.