5
K I R I S H
Aziz o‘quvchi!
Siz 1–6-sinflarda o‘qish mobaynida “Tabiiy fanlar” darslarida tabiat
haqidagi
ko‘plab tushuncha va atama, qonuniyatlar bilan tanishdingiz. Bu yil siz yangi fan – biologiyani
o‘rganishni boshlaysiz. “Tabiiy fanlar” darslarida o‘zlashtirgan
bilimingizni endi siz uchun
yangi fan – biologiya orqali takomillashtirib borasiz. Qo‘lingizda turgan darslik esa bunda sizga
yordam beradi. Biologiya tirik organizmlarning
tuzilishi va hayotiy faoliyati, xilmaxilligi, tarixiy
va individual rivojlanish qonuniyatlarini, shuningdek, insonning tirik tabiatga ta’sirini o‘rgana
-
di.
Mazkur darslik yordamida siz biologiya darslarida va
mustaqil ravishda bakteriyalar,
protoktistalar, zamburug‘lar va o‘simliklar, hayvonlarning tuzilishi va hayotiy faoliyatini,
ularning ko‘payish va
rivojlanish xususiyatlari, tirik organizm turlarining xilmaxilligi, ularning
tabiat va inson hayotidagi ahamiyati haqida bilimlarga ega bo‘lasiz.
Darslikning
har bir mavzusida berilgan
“Muammoni aniqlaymiz”
ruknida sizga taqdim
etilayotgan mavzuning asosiy mohiyatini tushunishga yordam beradigan topshiriq va savollar
keltirilgan.
Mavzuning “
Yangi bilimlarni kashf etamiz”
ruknida berilgan ma’lumotlar sizni yangi
bi limlar olamiga taklif etadi va siz yosh tadqiqotchi sifatida o‘zingiz
uchun yangi bilimlarni
o‘rganasiz.
Mavzuning
Dostları ilə paylaş: