Biologiya bilan bog‘liq kasblar.
Biologiya 70 ga yaqin fan sohalarini o‘z ichiga oladi.
Masalan, mikrobiolog, biokimyogar, biotexnolog, bioinjener, biofizik, sud-tibbiyot eksperti,
genetik, farmatsevt, shifokor, agronom, botanik, zoolog, ekolog va boshqalar ana shunday
sohalarning mutaxassislaridir
(1.3-rasm)
.
1.3-rasm.
Biologiya bilan bog‘liq kasblar.
Barcha tibbiyot xodimlari – pediatr, jarroh, stomatolog, psixolog va boshqalar biologik
ma’lumotga ega bo‘lishlari kerak. Agronom, veterinar, seleksioner kabi qishloq xo‘jaligi sohasi
vakillarining faoliyati ham biologiya bilan bog‘liq. Jadal rivojlanayotgan oziq-ovqat sanoati,
mikrobiologiya, biotexnologiya hamda farmatsevtika uchun ham biolog mutaxassislar juda
zarur. Ekologiyaning turli sohalarida bioekolog, geoekolog, ekolog-injener, landshaft dizayneri
kabi kasb egalariga talab kuchli. Siz ham kelajakda biologiya bilan bog‘liq kasb egasi bo‘lishingiz
mumkin.
Biologiyaning tadqiqot metodlari.
Qadimgi davrlardan boshlab odamlar tabiatni turli
metodlar (yunoncha
methodos
– “bilish usuli”) yordamida o‘rganib kelganlar. Kuzatish, taqqos-
lash, eksperiment (tajriba) va o‘lchash biologiyaning asosiy metodlari hisoblanadi.
Kuzatish
bu – tabiiy obyekt yoki hodisalarni sezgi organlari yordamida idrok etish.
Obyekt yoki hodisani kuzatish jarayonida kuzatuvchi jarayonga ta’sir etmagan holda faqatgina
natijalarni qayd etadi
(1.4-rasm)
.
ANATOMIYA
– tirik organizmlar tuzilishi haqidagi fan.
GENETIKA
– irsiyat va o‘zgaruvchanlik haqidagi fan.
– tirik organizmlarning o‘zaro va tashqi muhit bilan
munosabati haqidagi fan.
EMBRIOLOGIYA
– embrion rivojlanishi haqidagi fan.
SITOLOGIYA
– hujayra haqidagi fan.
FIZIOLOGIYA
– tirik organizmlarning hayotiy jarayonlari haqidagi fan.
Dostları ilə paylaş: |