9
1.2. TIRIK ORGANIZMLARNING XILMAXILLIGI
MUAMMONI ANIQLAYMIZ
.
1-fikr.
Tirik organizm-
larning har qanday klassifikatsiyasi ularning tuzilishi va
xususiyatlarini to‘liq tushunib olishga imkon beradi.
2-fikr.
Tirik organizmlarni kelib chiqishi va qarindosh-
ligiga ko‘ra klassifikatsiya qilish ularning tuzilishi va xususiyatlarini to‘liq aks ettiradi.
Bu fikr
-
larning har biriga o‘z munosabatingizni bildiring.
YANGI BILIMLARNI KASHF ETAMIZ.
Sayyoramizda yashaydigan tirik organizmlar hayrat-
lanarli darajada xilma-xil. Yerda tirik organizmlarning nechta turi mavjud? Olimlarning
taxminiy hisob-kitoblariga ko‘ra, dunyoda 8 millionga yaqin organizm turlari mavjud bo‘lib,
ularning 2 mln ga yaqini o‘rganilgan. Sayyoramizdagi hayotning xilmaxilligini o‘rganish qulay
bo‘lishi uchun ularni ma’lum tartibga keltirish, ya’ni organizmlarni muayyan xususiyatlari
-
ga ko‘ra tizimlashtirish zarur. Tirik organizmlarning qaysi xususiyatlari muhim? Masalan,
agronomlar o‘simliklarni yovvoyi va madaniy, sabzavot va mevali o‘simliklarga ajratadilar.
Dorishunoslar esa o‘simliklarni shifobaxshlik xususiyatlariga ko‘ra klassifikatsiya qiladilar. Bu
tasniflarning barchasi muhim, ammo ular faqat iqtisodiy vazifalarni hal etishga qaratilgan.
Barcha tirik organizmlar uchun umumiy bo‘lgan klassifikatsiyani qanday yaratish mumkin?
Ushbu muammoni o‘zaro qarindoshlik darajasiga ko‘ra sistematika fani hal etadi. Sistematika
tirik organizmlarni tashqi va ichki tuzilishidagi o‘xshashlik darajasiga qarab ma’lum tartibga –
sistema (tizim)ga solish bilan shug‘ullanadi.
Ikki o‘quvchi bahslashib qoldi.
Dostları ilə paylaş: