I BOB TIRIK ORGANIZMLARNING XILMAXILLIGI 1.1. BIOLOGIYA – HAYOT HAQIDAGI FAN MUAMMONI ANIQLAYMIZ. Fan nima? Barcha bilimlarni
ilmiy deyish mumkinmi?
YANGI BILIMLARNI KASHF ETAMIZ. Tirik organizmlar
tabiatning muhim qismidir. Sayyora mizda tirik organizmlar
juda xilma-xil. Bular bakteriya, protoktista, zamburug‘, o‘simlik va hayvonlardir
(1.1-rasm) .
Yerning tirik organizmlar yashaydigan qobig‘i
biosfera (yunoncha
bios – “hayot” va
sfera –
“shar”) deyiladi. Biosferaga atmosferaning pastki qatlamlari, gidrosfera, litosferaning yuqori
qatlami kiradi. Biosfera ning yuqori chega rasi ozon ekrani bilan belgilanadi. U quyoshning tirik
organizmlar uchun halokatli bo‘lgan ultrabinafsha nurlarini qaytaradi.
“Biologiya” atamasi yunoncha
bios –
“hayot”
va
logos – “ta’limot” so‘zlaridan kelib
chiqqan.
Biologiya tirik organizmlarning tuzili-
shi va hayotiy faoliyati, xilmaxilligi, tari xiy
va individual rivojlanish qonuniyatlarini,
shuningdek, insonning tirik tabiatga ta’si rini
o‘rganadi.
Tirik organizmlarning tuzilishi, hayoti,
tabiatdagi ahamiyatini yaxshi anglagan holda
inson ulardan samarali foydalanadi. Masalan,
madaniy o‘simliklar hosilini begona o‘t va
zararkunandalardan, o‘z sog‘lig‘ini kasalliklardan himoya qiladi, noyob va yo‘qolib borayotgan
o‘simlik va hayvon turlarini muhofaza qiladi.
Zamonaviy biologiya ko‘plab sohalarni o‘z ichiga oladi
(1.2-rasm) .
Barcha tirik organizmlar bir-biri va atrof-muhit bilan chambarchas bog‘liq. Tirik organizm
-
lar atrof-muhitga ta’sir qiladi va ularning mavjudligi muhit sharoitlariga bog‘liq.
Biologiyaning inson hayotidagi ahamiyati. Biologiya oldida inson salomatligini asrash,
sifatli oziq-ovqat bilan ta’minlash va sayyoramizdagi organizmlar xilmaxilligini saqlash kabi
dolzarb muammolar mavjud. Biologiya sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar yuqoridagi
masalalarni hal qilishga qaratilgan bo‘lib, biologiya tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat
sanoati, yengil sanoat va boshqa sohalar bilan chambarchas bog‘liq. Insonlar salomatligi uchun
foydalaniladigan dori vositalari o‘simliklar va mikroorganizmlar faoliyatida hosil bo‘ladigan
mahsulotlardan tayyorlanadi. Biologik qonuniyatlarni bilish kasalliklarni davolash va ularning
oldini olishga yordam beradi. Qishloq xo‘jaligining muvaffaqiyatli rivojlanishi o‘simlik navlari
va hayvon zotlarini yaxshilash hamda yangilarini yaratish bilan shug‘ullanadigan seleksio-
ner biologlarga bog‘liq. Tirik organizmlar sanoatda ham keng qo‘llanadi. Ayrim bakteriyalar
va zamburug‘lar faoliyati tufayli tvorog, qatiq, yogurt va pishloq kabi sut mahsulotlari olinadi.
1.1-rasm. Tirik organizmlarning xilmaxilligi.
Fiziologiya • Ekologiya • Sitologiya • Anatomiya • Embriologiya • Genetika