I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta


II BOB TIRIKLIKNING MOLEKULA VA HUJAYRA DARAJASI



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

II BOB
TIRIKLIKNING MOLEKULA VA HUJAYRA DARAJASI
2.1. HUJAYRA – TIRIK ORGANIZMLARNING TUZILISH BIRLIGI
MUAMMONI ANIQLAYMIZ. 
1. Hayvon hujayralari baja-
radigan vazifasiga ko‘ra har xil tuzilishga ega. 2. Hujayra 
tuzilishiga ko‘ra hayvonlarni o‘simlik va zamburug‘lardan 
farq qilish mumkin. 
Yuqoridagi fikrlarning qaysi biri to‘g‘ri?
YANGI BILIMLARNI KASHF ETAMIZ.
Tirik organizmlar o‘ziga xos funksiyalarni bajaruvchi 
biologik molekulalardan tashkil topgan. Barcha tirik organizmlarning hujayralari kimyoviy 
elementlardan iborat. Shu elementlar jonsiz tabiat obyektlari tarkibiga ham kiradi. 
Tirik organizm hujayralarida uglerod, vodorod, kislorod va azot barcha kimyoviy 
elementlarning 98% dan ortiq qismini tashkil etadi. Hujayrada 2% ga yaqin kaliy, natriy, kalsiy, 
xlor, magniy, temir, fosfor va oltingugurt elementlari mavjud. Qolgan kimyoviy elementlar 
hujayralarda juda oz miqdorda bo‘ladi. Hujayra tarkibiga kiruvchi har bir element muhim 
hayotiy jarayonlarni ta’minlaydi. 
Kimyoviy elementlar bir-biri bilan bog‘lanib, 
anorganik va organik moddalarni hosil qiladi.
Hujayra tarkibidagi moddalarning har biri 
muhim ahamiyatga ega. Suv hujayra shaklini 
belgilaydi,
moddalar almashinuvi, fotosin-
tez jarayonlarida ishtirok etadi. Umurtqasiz 
hayvonlarda suv gidrostatik skelet vazifa sini 
bajaradi. Organizmda moddalar transportini 
ta’minlaydi. 
Suvning yana qanday funksiyalarini bilasiz? 
Minerallarning yetishmasligi organizm hayotiy jara yonlarining buzilishiga sabab bo‘ladi. 
Masalan, yod yetishmasligi odamlarda buqoq kasalligiga, kalsiy yetishmasligi tish va suyaklar 
rivoj lanishining orqada qolishiga, magniy yetishmasligi o‘simliklarda fotosintez jarayonining 
susayishiga olib keladi.
Uglevodlar hujayra devori tarkibiga kiradi, organizm uchun energiya manbai sifatida 
xizmat qiladi, zaxira sifatida to‘planadi. Uglevodlarga glyukoza, saxaroza, kraxmal misol bo‘ladi. 
Glyukoza parchalanib hujayrani energiya bilan ta’minlaydi. Saxaroza esa kundalik hayotimizda 
foydalaniladigan shakar bo‘lib, meva va ildizmevalarda to‘planadi. Kraxmal ko‘pincha donli 
o‘simliklar, masalan, bug‘doy, sholi, makkajo‘xorining don mevasida, kartoshkaning tugunagida 
zaxira sifatida yig‘iladi.
Oqsillar hujayraning asosiy qurilish materiali hisoblanadi (membrana oqsillari), hujayrada 
kechadigan reaksiyalarni tartibga soladi (fermentlar), organizm immunitetini ta’minlaydi 
(antitana lar) va hujayralarda zaxira sifatida to‘planadi.
Hujayra qobig‘i • 
Sitoplazma • Yadro • Golji 
majmuasi • Fagotsitoz • 
Pinotsitoz

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin